qildik. Teng yoshli boʻyi yetgan qizlar qildik”
1
, deydi”,
dedilar”
2
.
Shijoatlari
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam insonlarning eng
shijoatlisi edilar.
Bir kuni madinada baland shovqin eshitilib, odamlar
qoʻrquvga tushdi. Insonlar ovoz tomon yuzlandilar. Yoʻlda
Rosulullohni u yerdan qaytayotgan hollarida yoʻliqishdi. U zot
ovoz tomon ulardan oʻzib ketgandilar. Oʻshanda Abu
Talhaning egarsiz oti ustida edilar. Boʻynida qilich osigʻliq edi.
U zot sollallohu alayhi vasallam boʻlsa, odamlarga:
“Qoʻrqmanglar, qoʻrqmanglar”, derdilar.
Anas roziyallohu anhu aytadi: “U zot (jasoratda) dengiz
edilar”
3
.
Kiyimlari
U zot sollallohu alayhi vasallam eng yaxshi koʻrgan
kiyimlari Qomiys edi
4
. Qomiys hozirda arablar kiyadigan uzun
koʻylak. Koʻylaklarining yengi rusgʻ
5
larigacha edi. Koʻylaklari
tugmasiz edi
6
.
1
Voqea surasi, 35-37-oyatlar.
2
Termiziy. “Shamoil”, 205.
3
Buxoriy, 6033. Muslim, 2307.
4
Abu Dovud, 4025. Termiziy, 1762. Nasaiy, 9589. Ibn Moja, 3575.
5
Rusg’ – qo’lning soat taqiladigan yeri.
6
Abu Dovud, 4027. Ibn Moja, 3578. Ahmad, 15581.
15
U zot sollallohu alayhi vasallam qizil ranglari bor, yoʻl
yoʻl, biroz dagʻal matoni ikki yelkalariga tashlab olardilar
1
.
Uhud gʻazotida ikkita sovutni ustma-ust kiyganlar
2
.
Urushda boshlariga dubulgʻa kiyardilar
3
.
Kiyimlarining rangi
U zot sollallohu alayhi vasallamning eng yaxshi koʻrgan
kiyimlari hibaro edi
4
. Hibaro yoʻl yoʻl kiyim boʻlib, ziynatlari
kam va kirlikni ham koʻtaradigan matodan iboratdir.
U zot sollallohu alayhi vasallam qizil yoʻl-yoʻl hulla
kiyardilar
5
.
Hulla - beldan pastga kiyiladigan izor va ustidan
tashlanadigan ridodan iborat kiyim.
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam ikkita yashil rangli
plash kiyardilar
6
.
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam ikkita eski
yopinchiqcha kiyardilar
7
.
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam egar surati bor
boʻlgan, qora jundan qilingan plash kiyardilar
8
.
1
Ahmad, 13763.
2
Termiziy, 3738.
3
Buxoriy, 1846. Muslim, 1357.
4
Buxoriy, 5812. Muslim, 2079.
5
Termiziy, 197. Ahmad, 18759.
6
Abu Dovud, 4206. Termiziy, 2812. Nasaiy, 1572. Ahmad, 17496.
7
Termiziy, 2814.
8
Muslim, 2081.
16
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam yenglari tor boʻlgan
Shom oʻlkasida tikiladigan jubba kiyardilar
1
. Jubba – koʻylak
ustidan kiyiladigan choʻponga oʻxshagan kiyim.
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam qora salla kiyardilar.
Sallaning peshini esa ikki yelka orasiga tushirib olardilar
2
.
U zot vafot etganlarida egnilarida Yamanda tikiladigan
dagʻal izor va yamoqli kiyim bor edi
3
.
U zot sollallohu alayhi vasallam aytardilar: “Oq
Dostları ilə paylaş: |