12
U zot sollallohu alayhi vasallam Hassonga: “Mushriklarni
hajv qilaver. Albatta, Jabroil sen bilandir”, derdilar
1
.
Kulishlari
Nabiy sollallohu alayhi vasallam eng koʻp tabassum
qiluvchi inson edilar
2
. U zot tilchalari koʻrinib ketadigan
darajada kulmasdilar. Faqatgina tabassum qilardilar
3
.
U zot kulsalar oziq tishlari koʻrinardi
4
.
Sahobalaridan kimni koʻrsalar ham yuziga tabassum
qilardilar
5
.
U zot sollallohu alayhi vasallam bomdodni oʻqigach,
namoz oʻqigan joylaridan quyosh chiqmagunicha turmasdilar.
Quyosh chiqqach turardilar. Odamlar bilan gaplashar,
johiliyat ishlarini eslashar va kulishar edi. U zot esa tabassum
qilardilar
6
.
Dostları ilə paylaş: