Bundan tashqari boshqa paygʻambarlar qolib
Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallamga beriladigan
shafoatlardan quyidagilardir:
1) Jannat eshigini ochishdagi shafoat
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Men
Jannatga shafoat qiladigan odamlarning eng avvalgisiman. Va
men ergashuvchilari eng koʻp boʻlgan paygʻambarman”
2
.
Yana aytadilar: “Qiyomat kuni jannat eshigiga kelamanda,
uni taqillataman. Qoʻriqchi: “Sen kimsan?” deb soʻraydi.
“Muhammadman”, deyman. U: “Senga (ochishga)
buyurilganman. Sendan avval hech kimga ochmayman”,
deydi”
3
.
2) Baʻzi qavmlarning jannatga hisob-kitobsiz
kirishlari uchun shafoat
1
Buxoriy, 4712. Muslim, 193.
2
Muslim, 196.
3
Muslim, 197.
67
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
“Ummatimdan jannatga bir guruhi kiradi. Ular yetmish
mingta boʻlishadi. Yuzlari oy nuridek porlab turadi”.
Shunda Ukosha Ibn Mihson Asadiy egnidagi namirani
1
koʻtarib, oʻrnidan turdi va: “Ey Allohning rosuli, haqqimga
duo qiling, meni ham oʻshalardan qilsin”, dedi. U zot:
“Allohim, uni oʻshalardan qilgin!” dedilar
2
.
3) Azobga haqli boʻlganlardan azobni yengillatish
borasidagi shafoat
Amakilari Abu Tolibga qilgan shafoatlari shular
jumlasidan.
Abbos Ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhu Nabiy
sollallohu alayhi vasallamga: “Amakingizga nima foyda
yetkazdingiz? Axir u sizni ehtiyotlar, sizni deb oʻzgalarga
gʻazab qilar edi”, dedi. U zot: “U doʻzaxning eng sayoz joyida.
Men boʻlmaganimda uning qaʻrida boʻlar edi”, dedilar
3
.
U zot sollallohu alayhi vasallam amakilari Abu Tolib
haqida shunday dedilar: “Shoyad, qiyomat kuni unga
shafoatim manfaat berib, doʻzaxning eng sayoz joyida –
toʻpigʻiga yetib bundan miyasi qaynaydigan joyida - qilinsa”
4
.
1
Namira – jundan qilingan, oq-qora yo’lli, popuk hoshiyali ustki kiyim.
2
Buxoriy, 5811. Muslim, 216.
3
Buxoriy, 3883. Muslim, 209.
4
Buxoriy, 3885. Muslim, 210.
|