1. Biologik membranalar: tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy vazifalari


Leykotsitlarning klassifikatsiyasi va tavsifi. Leykotsitar formula



Yüklə 364,56 Kb.
səhifə15/51
tarix27.12.2023
ölçüsü364,56 Kb.
#198753
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
1. Biologik membranalar tuzilishi, kimyoviy tarkibi va asosiy v

28. Leykotsitlarning klassifikatsiyasi va tavsifi. Leykotsitar formula.
Leykotsitlar - qondan, to’qimaga migratsiya bo’ladi, bu yerda immun tizim bilan bog’liq turli vazifalarni bajaradi. Leykotsitlar tsitoplazmasidagi donachalari va yadrosining morfologiyasiga qarab, ikki turga ajratiladi: donasiz va donador leykotsitlarga. Bu ikkala tip ham, sferik shaklda, qonda sirkulyatsiya bo’lib, tomirlardan to’qimaga o’tganda amyobasimon harakat qilish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Donador leykotsitlarning tsitoplazasida ikki hil donachalari mavjud: lizosomal, azurofil donachalar hamda mahsus donachalar bo’lib, ular neytral,ishqoriy va kislotali bo’yoqlar bilan bo’yalib,mahsus vazifalarni bajaradi. Donador leykotsitlarni yana polimorf yadroli leykotsitlar deyilib,ularning yadrosi ikki va undan ortiq segmentlardan iborat bo’lib, ularga neytrofillar, bazofillar, eozinofillar kiradi.
Donasiz leykotsitlar tsitoplazmasida mahsus donachalari bo’lmaydi, lekin azurofil donachalarni saqlaydi. Agranulotsit leykotsitlarning yadrosi bo’laklarga bo’linmagan bo’lib,sferik shaklga ega, biroz o’ng tarafga surilgan. Agranulotsit leykotsitlarning ikki turi ajratiladi: limfotsitlar va monotsitlar.
Turli leykotsitlar foiz miqdorining nisbati leykotsitar formula yoki Shilling formulasi deb ataladi. Hozirgi vaqtda normal leykotsitlar formula ko`rsatkichlari qilib quyidagilar qabul qilingan.
Leykotsitlar 1 mm3 qonda 3,8-9 ming atrofida bo`ladi, shulardan: neytrofillar-65-70%, eozinofillar-2-5%, bazofillar-0,5-1%, limfotsitlar-20- 35%, monotsitlar-6-8% ni tashkil etadi.
29. Donador leykotsitlar: neytrofillar, eozinofillar, bazofillar, ularning tuzilishi va vazifalari.
Neytrofillar yumaloq shaklda, diametri qonda 7- 9 mkm, qon surtmalarida esa yapaloqlashib 10-13 mkm gacha yetadi. Leykotsitlar ichida eng ko`p sonli bo`lib, ular umumiy miqdorining 65-70 foizini tashkil etadi. Donachalari asosiy ikki xildan - birlamchi (azurofil) va ikkilamchi (maxsus) donachalardan iborat. Birlamchi donachalar yirikroq (0,4- 0,8 mkm diametrga) va katta elektron zichlikka ega. Ikkilamchi donachalar elektron zichligi kamroq va o`lchamlari ham nisbatan kichikroqdir (0,2-0,5 mkm). Birlamchi donachalar o`z tarkibida bir qator gidrolitik fermentlar, jumladan, kislotali fosfataza, b-glyukuronidaza, arilsulfataza, proteaza va miyeloperoksidaza saqlaydi. Ikkilamchi donachalarning tarkibi boshqacharoq bo`lib, ularda asosan ishqoriy fosfataza bo`ladi. Ularga xos laktoferrin, kationli oqsillar, lizotsim. Neytrofillar tashqi tomondan ko`p sonli yolg`on oyoqlari (psevdopodiylar) tufayli notekis bo`lgan hujayra qobig`i bilan o`ralgan.

Yüklə 364,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin