1-amaliy mashg’ulot Metrologiyani jamiyat rivojlanishida, ilmiy izlanishlarda, zamonaviy ishlab chiqarishda va mahsulot ishlab chiqarishda ahamiyati. Reja


Metrologiyaning rivojlanish bosqichlari va uning ilmiy-texnikaviy taraqqiyotga ta’siri



Yüklə 43,5 Kb.
səhifə2/2
tarix06.07.2023
ölçüsü43,5 Kb.
#135885
1   2
1-amaliy

2. Metrologiyaning rivojlanish bosqichlari va uning ilmiy-texnikaviy taraqqiyotga ta’siri

O‘lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. Ushbu rivojlanish davrini uning mazmuni va mohiyatiga asoslangan holda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:


1. Antik rivojlanish davri.
2. Stixiyali rivojlanish davri.
3. Metrik tizimning joriy etilishi.
4. Metrologiya xizmatlarining integratsiyalashish davri.
5. O‘zbekistonnning mustaqillik davridagi rivojlanish.

O‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. «O‘lchash» atamasining tom ma’nosi bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, qadimgi davrda insoniyat asosan «organoleptik o‘lchashlar» - ya’ni, o‘zining his etish a’zolari orqali u yoki bu fizikaviy xossa bo‘yicha taxminiy ma’lumotlar olgan. Bunda mana shu his etish organlari o‘lchash vositasi vazifalarini bajargan. Garchand bu kabi o‘lchashlarda aniq bir qiymat olinmasa ham, har bil o‘lchashda, aniqrog‘i baholashda muayyan bir o‘lchovga nisbatan solishtirish amalga oshirilgan. Dastlab, solishtirish o‘lchovi moddiy bo‘lmagan, balki insonning o‘z tajribasi, zakovati va atrof-muhitni bilish darajasiga qarab individual tarzda belgilangan. Keyinchalik ish va ozuqa topish qurollari amalda qo‘llana borgan sari solishtirish o‘lchovlari moddiylasha borgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, er maydonlarining yuzalarini, jismlarning o‘lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o‘zining sezgisi va tajribasi asosida o‘lchay boshlagan.




3. O‘zbekistonnning mustaqillik davridagi rivojlanish.

Hozirda metrologiya sohasi yanada tez rivojlanmoqda chunki sanoatning rivojlanishi, hozirgi zamon talablarining bajarilishi nazorat-o‘lchash asboblariga bog‘liqdir. Bu esa O‘zbekiston mustaqillikga erishgandan so‘ng yaqqolroq namoyon bo‘la boshladi. CHunki sobiq ittifoq davrida O‘zbekistonga asosan hom-ashyo yaratishga asoslangan davlat sifatida qaralar edi. Bundan 15-20 yil muqaddam respublikamizda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning (YAIM) 70-80 foizi hom ashyo (asosan qishloq xo‘jalik) mahsulotlari bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib YAIMning tarkibida turli xizmat turlari, iste’molga tayyor sanoat va qishloq ho‘jalik mahsulotlari o‘rin olgan. Respublikamizning eksport salohiyati salmoqli ortishiga erishildi. Mamlakatimiz o‘z avtosanoatiga, energetikasiga, kommunikatsiyasiga ega bo‘ldi, Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO) to‘la huquqli a’zosi sifatida qabul qilindi.


Mustaqillik yillarida, qisqa davr ichida mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarning sifati va xavfsizligini o‘lchash vositalari, o‘lchash uslubiyatlari, malakali mutaxassislar, bir so‘z bilan aytganda metrologik faoliyat talablarini amalga oshiradigan Metrologiya bo‘yicha Milliy idora sifatida dastlab O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi “O‘zdavstandart” (1992), keyinchalik esa “O‘zstandart” agentligi (2002) tashkil etildi. SHu bois barcha O‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi (O‘BTDT) xam yaratildi. Bu tizim milliy qonunchilik talablari bilan bir qatorda Metrologiya bo‘yicha xalqaro va regional tashkilotlar tartib qoidalari asosida tashkil etildi.
SHunday qilib boshqa davlatlar bilan bir qatorda o‘zbek metrologiyasi turli tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘tib, shakllandi, rivoj topa boshladi va hozirda ham takomillashib rivojlanib kelmoqda. Bu soxani rivojiga, akademiklardan: M.Z.Xamidxonov, D.A.Abdullaev, N.R.YUsupbekov, V.Q.Qobilov, T.D. Rajabov, professorlardan: O.A.Azimov, R.K.Azimov, M.F.Zaripov, SH.M.G‘ulomov, X.Z.Igamberdiev, P.R.Ismatullaev, B.I.Muxamedov, O.SH.Xakimov va ko‘plab fan nomzodlari, olimlar, tajribali metrologlar o‘zbek metrologiyasining rivojiga katta xissa qo‘shmoqdalar.
Bu boradagi yana bir muhim ahamiyatga molik bo‘lgan ijobiy yangilik sifatida respublikamizda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida milliy kadrlar tayyorlash tizimini shakllanganligini ko‘rsatib o‘tish lozim. Agar, sobiq ittifoq davrida mazkur sohadagi mutaxassislar asosan Rossiya o‘quv muassasalarida tayyorlangan bo‘lsa, endilikda o‘rta va oliy ma’lumotli mutaxassislar mahalliy ta’lim muassasalarida tayyorlanishi yo‘lga qo‘yildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ushbu masalaga jiddiylik bilan kirishildi va 1992 yilda prof. P.R.Ismatullaevning tashabbusi bilan mazkur sohada mutaxassis tayyorlovchi kafedra Toshkent Davlat texnika universiteti tarkibida tashkil etildi. Mazkur kafedra bazasida har yili o‘nlab standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida oliy ma’lumotli bakalavr va magistr akademik darajasidagi yosh mutaxassislar hayotga yo‘llanma olmoqdalar. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatldashtirishning qariyb 40 dan ziyod yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash “O‘zstandart” agentligi qoshidagi “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish” ilmiy-tadqiqot institutida faollik bilan olib borilmoqda.
Hozirda o‘zbek metrologiya xizmatining oldida turgan asosiy vazifalardan biri - O‘zbekistonning Xalqaro savdo tashkilotiga (XST) a’zo bo‘lishi borasida sohaga oid barcha tadbirlarni amalga oshirishdir.
Kishilik jamiyatining taraqqiyoti o‘lchash madaniyatining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu bog‘liqlik esa o‘lchashlar, o‘lchash vositalari va o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining uzluksiz tarzda takomillashuvi jarayonini tashkil etadi.
Boshqacha qilib aytganda, kishilik jamiyatining rivojlanish (taraqqiyoti) bu ularning sezgi organlari va ma’lum darajadagi tajribalari orqali oddiy o‘lchashdan to o‘lchashlarning ilmiy asoslarigacha bosib o‘tilgan yo‘ldan iboratdir.
Bu yo‘l esa zamonaviy metrologiyaning eng asosiy: ya’ni – o‘lchashlar haqidagi fanni, uning usullari va vositalari yordamida o‘lchashlar birliligini va uni talab etiladigan aniqlikda ta’minlash yo‘llarini o‘rgatadigan fanni tashkil etadi.
Metrologiyaning, ya’ni o‘lchashlarning mohiyati, ahamiyati fan-texnikaning rivojlanishida beqiyos bo‘lib va u bilan bog‘liq muammolarni echishda keng imkoniyatlarni ochib bermoqda.
O‘lchash sohasida keng ko‘lamda olib borilayotgan ishlar uning fan-texnikadagi va kishilik jamiyatining hayotdagi roli nihoyatda yuqori ekanligidan dalolat beradi. Va, albatta jamiyatning taraqqiyoti o‘lchashlarning holati va imkoniyatlari va uning metrologik ta’minoti bilan beligilanadi. O‘lchashlar birliligini ta’minlash metrologiyaning eng dolzarb (ustivor) masalalaridan biri hisoblanadi. SHuning uchun ham o‘lchashlar natijasida olingan har qanday o‘lchash informatsiyasi (o‘lchashlar qanday sharoitda, qanday vaqtda, qaerda o‘tkazilishidan qat’iy nazar) talab etiladigan aniqlikda o‘lchash birliligini ta’minlashdek talabga javob bersagina uning ahamiyati va foydasi ko‘proq (yuqori) bo‘ladi.
Ko‘pgina olimlar o‘lchashlarni ahamiyatini yuqori baholaganlar. Masalan, buyuk rus olimi D.M. Mendeleev bu haqda shunday degan edi; “Har qanday fan o‘lchashdan boshlanadi, aniq fanni o‘lchovsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi”.
U. Kelvin esa o‘lchash to‘g‘risida shunday degan; “Har qanday narsa uni qay darajada o‘lchanish darajasi orqali aniqlanadi”.
Filosoflarning talqinicha fizikaviy xossalar, jarayonlarni tekshirish, o‘rganishda eng asosiy yo‘l (metod) o‘lchashlar hisoblanadi.
Texnik aspektda esa o‘lchashlarning ahamiyati texnologik jarayonlarni boshqarish, mahsulotning yuqori sifatliligini ta’minlash, ob’ektni boshqarish, nazorat qilish bo‘yicha informatsiya hosil qilinishi bilan belgilanadi.
Endi esa o‘lchashlarni fanda tutgan ahamiyati (roli) to‘g‘risida to‘xtalamiz. O‘lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. Xalq xo‘jaligida, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan murakkab tizimlarning yaratilishi o‘z navbatida xususan metrologiya va o‘lchashlar texnikasining har xil sohalarini rivojlanishi istiqbolini ochib bermoqda. O‘lchash haqidagi fanning, ya’ni metrologiyaning rivojlanishi o‘z navbatida universitetimizda informatsion o‘lchash texnikasi va texnologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini avtomatlashtirish bo‘yicha nazariy metrologiya bo‘yicha yangi o‘quv mutaxassisliklari yo‘nalishlarini ochilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa albatta, deyarli xamma yo‘nalish mutaxassislarning metrologiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yuqori bosqichga ko‘tarishni taqazo etadi. SHu sababli ilgaridan qo‘llanib kelayotgan kam quvvatli, inertli asboblar sekin-asta juda tezkor, yuqori unumdorli asboblar bilan almashtirilmoqdaki, bu o‘lchash amalini bajarayotgan shaxslarning faoliyatini va albatta tabiiyki ularga qo‘yiladigan talabni ham o‘zgartirmoqda.
Hozirgi kunda o‘lchash jarayonlarini avtomatlashtirilishi, kompyuterlashtirilishi va zamonaviy texnologiyalarning ishlatilishiga faqat programmalashtirilgan tizimga tayangan holda erishish mumkin. Zamonaviy metrologiyaning rivojlanishida murakkab empirik (tanlash, ilg‘ash) metodlarini, ehtimollik nazariyasiga tayangan holda statistik metodlarini qo‘llanilishi katta o‘rin tutmoqdaki, bu metrologiyaning ilmiy asoslarini tashkil etadi.
Ilmiy tadqiqot o‘tkazishda yoki ishlab chiqarishda biror o‘lchashni amalga oshirish uchun, avvalo: 1) nima o‘lchanishi kerak yoki o‘lchash ob’ekti aniqlanishi kerak va u ob’ekt qanday fizik kattaliklar orqali xarakterlanadi; 2) qanday vosita yordamida o‘lchanadi, ya’ni talab etiladigan natijaga erishish uchun eng optimal variantli o‘lchash vositasini ishlatish zarur va nihoyat; 3) o‘lchash qanday aniqlikda olib borilishi zarur. Boshqacha qilib aytganda, dastavval o‘lchash masalasi aniq belgilanib olinishi kerak.
O‘lchashlar sanoatning qaysi sohasida elektro-energetikadami, mexanika sohasidami, tibbiyot sohasidami, ilmiy izlanishdami va xokazo kattaliklarni o‘lchash aniqligiga qo‘yiladigan talablarni umumlashgan holda ma’lumotlar orqali berilishi mumkin.
O‘lchashlarni yuqoridagi majmui albatta yuqori darajada tashkil etilgan va zamonaviy asboblar infrastrukturasi bilan jihozlangan milliy o‘lchash tizimi yordamida hamda o‘lchashlar birliligini, ularni ishonchliligini aniqligini ta’minlash shartlari bajarilishi bilan amalga oshirilishi mumkin.


Nazorat uchun savollar.



  1. “Metrologiya asoslari” fanini o‘rganishning tabiiy zarurligi.

  2. “Metrologiya asoslari” ning fan sifatida shakllanib borish jarayoni qanday kechgan?

  3. Fanning rivojlanishida o‘ziga xos hissa qo‘shgan olimlardan kimlarni bilasiz?

  4. Metrologiya fanining rivojlanish tarixi hswids nimarni bilasiz?

  5. Metrologiya rivojlanish davrlari nechaga bo’linadi va qanday nomlanadi?

  6. O‘zbekistonnning mustaqillik davridagi rivojlanishi haqida gapirib bering.

Yüklə 43,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin