1-Amaliy mashg`ulot. Mavzu: Microsoft Access dasturida shakllar bilan ishlash



Yüklə 361,38 Kb.
səhifə5/13
tarix02.01.2022
ölçüsü361,38 Kb.
#42496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1 Mavzu

Конструктор usulini tanlab OK tugmasini bosing. Natijada konstruktor so`rovining bo`sh oynasi va Добавление таблицы muloqat oynasi paydo bo`ladi. Добавление таблицы muloqat oynasi uchta qo`yilmadan tashkil topadi - Таблицы, Запросы va Таблицы и запросы. Ular asosida so`rov yaratishda ishlatiladigan jadval va so`rovlarni yangilash amalga oshiriladi. Таблицы qo`yilmasiga o`tib, СПИСОК СДАЧИ ЭКЗАМЕНОВ jadvalini belgilab Добавить tugmasini bosing. So`ngra СПИСОК УЧАЩИХСЯ jadvalini belgilab yana Добавить tugmasini bosing. Закрыть tugmasini bosib muloqat oynasini yoping. Jadvallar nomlari so`rovlarni loyihalash oynasida paydo bo`ladi.

So`rovlar konstruktori oynasi

So`rovlar konstruktori oynasi ikki qismga bo`lingan bo`ladi. Yuqori yarmida maydon ro`yxati bilan jadval oynasi joylashadi. Har bir jadvalning nomi bunday oynaning sarlavhalar qatorida aks ettiriladi. Bir nechta jadvallar asosida so`rov yaratayotganda maydonlar orasidagi munosabatlarni ko`rsatib, ular orasidagi zarur aloqalar o`rnatiladi. Aks holda so`rovlarni qayta ishlash natijalari nokorrekt bo`lishi mumkin.

Qaralayotgan misoldagi kabi ikkita jadval o`rtasidagi munosabatlar berilgan, ikkita jadval maydonlari orasidan chiziq o`tkazilgan. Undan tashqari, sxemada aloqaning birdan ko`plikka xarakterdaligi ham ko`rinib turibdi. Bu holda eng asosiysi СПИСОК УЧАЩИХСЯ jadvalidir. Shuni ta`kidlash lozimki, agar hatto munosabatlar oldindan aniqlanmagan bo`lsa ham, jadval o`rtasidagi aloqa baribir o`rnatiladi.




Yüklə 361,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin