1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: “Makroiqtisodiyot”ga kirish (2 soat) Reja



Yüklə 153,67 Kb.
səhifə20/36
tarix19.12.2023
ölçüsü153,67 Kb.
#184484
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
1-amaliy mashg‘ulot Mavzu “Makroiqtisodiyot”ga kirish (2 soat) -fayllar.org

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Internet saytlari.


10-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Pul bozorida muvozanat (2 soat)
Reja:
1.Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari;
2. Pul taklifi. Bank multiplikatori;
3. Pul taklifininf kengaytirilgan modeli. Pul multiplikatori;
4. Pulga talabning klassik va keynscha nazariyalari;
5. Pul bozorida muvozanat.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Pul tushunchasi, funksiyalari va pul agregatlarini ta’riflash; pulga talab nazariyalarini tahlil qilish, pul taklifi; bank multiplikatorini o‘rganish, hisoblash; pul taklifining kengaytirilgan modeli pul multiplikatori haqida tushuncha va uni hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Materiallar va jihozlar: o‘quv-uslubiy majmua, slaydlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar: Pul tushunchasi, pul agregatlari, pulga talabning klassik va neokeynscha nazariyalari, pul taklifi, pul multipliktori, bank multiplikatori
Umumiy ma’lumotlar:
Milliy ishlab chiqarish o‘rtasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar pul yoki uning vositalari yordamida amalga oshiriladi va pul maxsus hususiyatga ega bo‘lgan tovar hisoblanib, ayirboshlashning rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan.
Pulga bo‘lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talabdan va moliyaviy aktivlar uchun pulga talabdan iborat. Bitimlar uchun pulga talab – bu aholiga va korxona, firmalarga tovar hamda xizmatlarni xarid qilish uchun zarur bo‘lgan pul miqdoridir. U nominal YaIMni o‘sishi bilan oshib boradi. Moliyaviy aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab pulning jamg’arish vositasi sifatidagi funktsiyasiga asoslangan.
Pulga bo‘lgan umumiy talab foiz stavkasi miqdoriga yoki pulning ishlatilishi bahosiga nisbatan teskari bog’liqlikda bo‘ladi.
Pulga talab bildirishning transaktsion, ehtiyotkorlik va chayqovchilik sabablari mavjud.
Baumol-Tobin modeli har bir davr boshlanishida daromad uy xo‘jaliklariga naqd emas, balki depozitga kafolatlangan foizli daromad bilan o‘tkazilishini ko‘zda tutadi.

Topshiriqlar:


  1. Pulga bo‘lgan umumiy talab nominal ifodada 1000 so‘mga teng. Aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab funktsiyasi: L = 204 – 20i. Nominal foiz stavkasi i = 20%. bitimlar uchun pulga bo‘lgan talabni aniqlang;


  1. agar nominal milliy daromad 2400 ga teng bo‘lsa, pul aylanish tezligi nechaga teng bo‘ladi.



Yüklə 153,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin