▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotda tabiiy ishsizlik darajasi – 6%, haqiqiy ishsizlik 10%ni tashkil etadi. Ishlab chiqarish hajmi - 600 mln. so‘m. YaIMning ishsizlik darajasining o‘zgarishiga ta’sirchanligi koeffitsienti 3 ga teng. YaIM uzilishini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Yil boshida iqtisodiyotdagi pul massasi 172 mlrd. so‘mni tashkil etgan, pul aylanishi tezligi o‘zgarmasdan 0,8ga teng. Narxlar darajasi ham o‘zgarmaydi. Yil oxirida pul miqdori 1,5 martaga oshgan. Iqtisodiyotning o‘sish (pasayish) miqdorini foizda aniqlang.
▲ ▲ ▲
Iqtisodiyotdagi ishsizlikning tabiiy darajasi - 6%, haqiqiy ishsizlik 10%ni tashkil etadi. Ishlab chiqarish hajmi - 600 mln. so‘m. Ishsizlik tebranishlariga YaIMning ta’sirchanlik koeffitsienti 3 tashkil etsa, haqiqiy YaIMning potentsial YaIMdan uzilish miqdorini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Aholi soni 27 mln. kishi, 14 mln. kishi-16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va maxsus davlat muassasalarida bo‘lgan shaxslar; 1 mln. kishi-ishchi kuchi tarkibidan chiqib ketdi. 2 mln. 400 ming kishi ishsizlar; 0.1 mln. kishi to‘liqsiz ish kuni bandlar va ish qidirayotgan. Ushbu ma’lumotlar asosida ishchi kuchi sonini va ishsizlik darajasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Agar ishsizlik darajasi joriy yilda 7,6 %, ishsizlikning tabiiy darajasi 6 % bo‘lsa, real YaIM ni potentsial YaIM dan farqini hisoblang. Ouken koeffitsentini 3 ga teng deb oling.
▲ ▲ ▲
Mamlakatdagi 16 va undan katta yoshdagi aholi soni 25 mln. kishini tashkil etsa va shu aholining 20 foizi ishchi kuchi tarkibidan chiqib ketgan, biroq ulardan 10 foizi ishlayotgan shaxslar bo‘lsa, ishchi kuchi va iqtisodiy faol aholi sonini hamda bandlik darajasini aniqlang.
▲ ▲ ▲
Mamlakatdagi katta yoshdagi aholi soni 150 mln. kishiga teng. Ish bilan band bo‘lganlar soni 90 mln. kishini, ishsizlik darajasi 25 foizni tashkil etadi. Ishchi kuchi va ishsizlar sonini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |