1-Amaliy mashg`ulot
Matnli hujjatlarni formatlash va taxrirlashni avtomatlashtirish Wordda grafik ob'ektlarni hosil qilish va tahrirlash.Wordda jadval yaratish. Excelning ta'lim jarayonidagi imkoniyatlari.
Taqdimotlar muxarrirlari va ularda ishlash. Power Point dasturida slaydlarni boshqarish
Reja:
Matnli hujjat muharrirlari. Matnli hujjatlarni taxrirlashni avtomatlashtirish.
Elektron jadval muharrirlar. MS Excel dasturi. MS Excel dasturida ishlash texnologiyalari.
Taqdimot muharrirlari va ularda ishlash.
Tayanch iboralar: Windows, Microsoft Office, word, ish kitobi, ish sahifasi, yacheyka, formula, funksiya, taqdimot, slayd.
WORD muharririda ba’zi bir tushunchalar
Microsoft Word - Windows muhitida ishlash uchun mo‘ljallangan Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dasturlardan biri bo‘lib, uni matn muharriri deb atashadi. U xar xil xatlar, hujjatlar va hisobotlar tayyorlashda qulay vositadir. Shuningdek uning yordamida blanklar va anketalar, maqolalar xamda risolalar xam tayyorlash mumkin.
Wordda xujjatlarni yaratishda, uning tarkibiga kiritilgan, ko‘plab shablonlar tizimi va formatlash uslublaridan foydalaniladi. Word WYSIWYG (nimani ko‘rsang shuni olasan, ya`ni ekranda qanday ko‘rinsa, chop etilganda qog‘ozda xam shundayligicha ko‘rinadi) turidagi muharrirlar guruxiga kiradi.
Odatda Word matnli fayllarni o‘zining shaxsiy ikkilik formatida .doc kengaytmali fayl sifatida saqlaydi. Bu formatning matnli laxjasi RTF format (Rich Text Format) sifatida Microsoft firmasi tomonidan hujjatlashtirilgan va boshqa ayrim firmalarning matn protsessorlari tomonidan xam qo‘llash uchun qabul qilingan. RTF formati o‘zining matnli tuzilmasi bo‘yicha kompyuter viruslarini tarqatish nuqtai nazaridan qaraganda ancha xavfsizdir. Xozirda DOC formatidagi fayllar kompyuterlar orasida virus tarqatish vositasi bo‘lib hizmat qilmoqda. Bu protsessorning oxirgi laxjalari fayllarni gipermatnli formatlarda (.html yoki .htm) xam saqlash imkoniyatiga ega.
Word matn protsessorida hujjat bilan ishlashni osonlashtirishga xizmat qiladigan bir nechta lentalari ishlatiladi. Ayrim uskunalar panellari (lentalar) va ularning vazifalari bilan tanishamiz.
Standartnaya – fayl va almashishlar buferi bilan ishlaydigan buyruqlarni ifodalovchi tugmachalaridan iborat.