1. A. Fitrat "Nahv" asarida nechta tinish belgisini keltirib o‘tgan?



Yüklə 20,13 Kb.
səhifə2/2
tarix02.05.2023
ölçüsü20,13 Kb.
#105747
1   2
II- variant

1. Punktuatsion qonun-qoidalarni gapning ohangi, intonatsiyasi bilan bog‘lab tahlil qilgan olimlarni belgilang.


A) F.I.Buslayev, S.f Abakumov, A.B.Shapiro B) S.Bulich, N.Grech, Sh.Shoabdurahmonov
C) L.V.Shcherba, A.M.Peshkovskiy, H.Rustamov D) G‘.Abdurahmonov, K.Nazarov, Sh.Shoabdurahmonov

2. Tinish belgilari qo‘llanish o‘rniga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?


A) gap oxirida, gap ichida va aralash holda B) yakka, takror va qator
C) bir elementli va ko‘p elementli D) chegaralovchi (qo‘shtirnoq, qavs), ayiruvchi (nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul), murakkab funksiyali (tire, ikki nuqta, vergul)

3. Tinish belgilari qo‘llanish usuliga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?


A) gap oxirida, gap ichida va aralash holda B) yakka, takror va qator
C) bir elementli va ko‘p elementli D) chegaralovchi (qo‘shtirnoq, qavs), ayiruvchi (nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul), murakkab funksiyali (tire, ikki nuqta, vergul)

4. Tinish belgilari tuzilishiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?


A) gap oxirida, gap ichida va aralash holda B) yakka, takror va qator
C) bir elementli va ko‘p elementli D) chegaralovchi (qo‘shtirnoq, qavs), ayiruvchi (nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul), murakkab funksiyali (tire, ikki nuqta, vergul)

5. Tinish belgilari vazifasiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?


A) gap oxirida, gap ichida va aralash holda B) yakka, takror va qator
C) bir elementli va ko‘p elementli D) chegaralovchi (qo‘shtirnoq, qavs), ayiruvchi (nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul), murakkab funksiyali (tire, ikki nuqta, vergul)

6. Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi Inson hayvondan aql bilan farq qiladi


Mazkur ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) « », -. B) :« », -. C) :« ». D) :«-».

7. Millatlarni elatlarni deydi ijodkor buyuk do‘stlik birlashtiradi


Mazkur ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to‘liq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) «-», -. B) :« », -. C) «, , - , -». D) «, -, -».

8. Qaysi javobda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi?


A) Avval ular bizga yetib olishsin keyin birga jo‘nayrniz.
B) Vaqting ketdi - baxting ketdi.
C) Yer dehqonning qonidir - suv joni.
D) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron hech narsa dovyuraklarni qo‘rqita olmadi.

9. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi?


A) Tabiat hodisalari; shamol, qor, yomg‘ir, do‘l o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi.
B) Zorqishloq ko‘chalarida, adir va soylarida, serdaraxt bog‘larida - ko‘klam namoyishi kezadi.
C) Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar: sa’va, mayna, bulbul va boshqalar unga jo‘r bo‘libdi.
D) Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar: qizlar maktab hovlisini supurdilar.

10. Qaysi gapda tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan?


A) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron hech narsa dovyuraklarni qo‘rqita olmadi.
B) Shunday odamlar borki kelajakni oldindan bashorat qila oladilar.
C) Mening opam ham tajribali shifokor.
D) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.

11. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud?


A) «Ertaga hammamiz kelamiz», - dedi usta.
B) Muharrir mehri tovlanib: «Rahmat, ona qizim!» - dedi.
C) «Millatlarni, elatlarni, - deydi M. Ulug‘ova: - buyuk do‘stlik birlashtiradi».
D) «Vatan ona kabi azizdir», - dedi ustozimiz.

12. «Hunari va odobi bo‘lmagan kishidan deydi Mahmud Koshg‘ariy baxt va davlat ketadi».


Ushbu gapda necha o‘rinda qaysi tinish belgilari tushirib qoldirilgan?
A) 2 o‘rinda vergul, 2 o‘rinda tire
B) 1 o‘rinda vergul, 1 o‘rinda tire, 1 o‘rinda ikki nuqta
C) 2 o‘rinda vergul, 1 o‘rinda tire
D) 1 o‘rinda vergul, 2 o‘rinda tire

13. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?


A) «Odob o‘rgatsalar, quloq sol, - deydi Yusufiy. - Birov odob o‘rgatsa, o‘rganmagan kishi hayvon kabidir».
B) «Ha, - dedi Nafisa qat’iy qilib, aytmoqchi emas edim, endi aytadigan bo‘ldim».
C) «Anvarjon uka - dedim unga, - siz o‘sishingiz kerak».
D) «Kenjatoyingiz qani? - deb so‘radi u - Yordam bersa bo‘lmasmidi?»

14. Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan?


A) Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad / / milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash.
B) Mening opam ham / / talaba, bu yil oliygohga kirdilar.
C) Bildi ota / / foydasizdir kurashmoq.
D) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir / / tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.

15. Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan?


A) Bugun bu yerda eshitganlarim ham // haqiqat edi.
B) Shuni bilingki / / biz sizni aslo unutmaymiz.
C) Saltanat ham // ikkinchi bosqich talabasi.
D) Tilga ixtiyorsiz / / elga e’tiborsiz.

16. Qaysi gapda tire tinish belgisini tushirib qoldirish bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi?


A) Bildi ota foydasizdir kurashmoq.
B) Shuni bilingki, mehmondo‘stlik o‘zbek xalqining ezgu fazilati.
C) Tilga ixtiyorsiz elga e’tiborsiz.
D) Tinchlik farovon hayot manbayi.

17. Qaysi gapda tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan?


A) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.
B) Yaxshi niyatli kishilarning ahdi shu edi.
C) Mening opam ham mohir tikuvchi, ular bejirim ko‘ylaklar tikib charchamaydilar.
D) Vatan har bir inson tug‘ilib o‘sgan, kindik qoni to‘kilgan tabarruk go‘sha!

18. Surayyoning peshonasiga qo‘limni qo‘yib qo‘rqib ketdim: isitmasi nihoyatda baland


ekan.
Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish munosabati ifodalangani uchun
B) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak qo‘llanganligi uchun
C) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangani uchun
D) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun

19. Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmabdi...


Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun
B) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangani uchun
C) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak qo‘llanganligi uchun
D) qo‘shma gap qismlari ketma-ket sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarni ifodalagani uchun

20. Hojiyevning uzun gapidan chiqqan qisqa xulosa shu bo‘ldi: bugungi avlod o‘z ajdodlariga munosib voris bo‘lmoqda.


Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangani uchun
B) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun
C) qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish munosabati ifodalangani uchun
D) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak qo‘llanganligi uchun.

21. Birdan tush kabi uzuq-yuluq xotiralar yopiriladi // yuragim gursullagancha o‘rnimdan turib ketaman.


Ushbu gapda // belgisi o‘rnida qaysi tinish belgisi qo‘yiladi?
A) tire B) nuqtali vergul C) verul D) ikki nuqta

22. Qaysi gapda tinish belgisining qo‘shma gap qismlari orasida qo‘yilish qoidalariga rioya qilinmagan?


A) Hozir qishloqda yoz, bu yerga esa bahor endigina qadam qo‘ygandek edi: qiyaliklarni qoplagan qoqigullar yulduz parchalariday yaltiraydi, qorli cho‘qqilar orasidan yugurib pastga tushib kelayotgan jilg‘alarning bo‘yida chuchmomalar yaproq yozmoqda. B) Halimaxonni ko‘rdim, sira o‘zgarmabdi: hamon o‘sha-o‘sha.
C) Taqdirin qo‘l bilan yaratur inson,
G‘oyibdan kelajak baxt – bir afsona.
D) Jimlik tilaydi yurak,
Sizdan bugun birgina o‘tinch,
Yolg‘iz qo‘ying meni do‘stlarim,
Charchaganman, orom olayin.

23. O‘ttizinchi yillarning o‘rtalarida, bolaligimni o‘ylaganimda chalakam-chatti tush ko‘rganday bo‘lar edim // dumli yulduz chiqqan edi // Babar (Bobir bo‘lsa kerak) degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o‘lmagan edi.


Ushbu gapda // belgisi o‘rnida qaysi tinish belgilari qo‘yiladi?
A) ikki nuqta, nuqtali vergul B) nuqtali vergul, tire
C) nuqta, vergul D) ikki nuqta, vergul

24. Qaysi javobdagi gapda tinish belgilarining ishlatilishi bo‘yicha qoidalarga rioya qilinmagan?


A) Yana uvlar dahshat shamoli,
Ko‘kni qora bulut quchadi.
B) Rang-tusni bildiruvchi sifatlar qanday, qanaqa, qaysi so‘roqlariga javob bo‘ladi.
C) O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik – barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz.
D) Taqdirin qo‘l bilan yaratur inson,
G‘oyibdan kelajak baxt – bir afsona.

25. Qaysi javobdagi gapda tinish belgilarining ishlatilish bo‘yicha qoidalarga rioya qilinmagan?


A) Yana uvlar dahshat shamoli,
Ko‘kni qora bulut quchadi.
B) Uning qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q: duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik – hammasini eplaydi.
C) Yolg‘on o‘rmonga o‘xshaydi – unga qanchalik kirib boraversang, undan chiqib olish ham shunchalik chuqurlashaveradi.
D) O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik – barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz.

1. Qaysi tinish belgisi o‘zbek tilida teskari pesh, pesh, yarim turish, yarim tinish kabi nomlar bilan yuritilgan?


A) tire B) qavs C) vergul D) nuqta

2. O‘zbek yozuvida nisbatan keyin paydo bo‘lgan tinish belgisi qaysi?


A) A) tire B) qavs C) ikkki nuqta D) nuqtali vergul

3. Punktuatsion qoidalarni belgilashda semantikaga – gapning mazmuniga e’tibor qaratish, ya’ni tinish belgilarining qo‘llanilishini ma’noga bog‘lash tarafdori bo‘lgan olimlarni belgilang.


A) F.I.Buslayev, S.f Abakumov, A.B.Shapiro
B) S.Bulich, N.Grech, Sh.Shoabdurahmonov
C) L.V.Shcherba, A.M.Peshkovskiy, H.Rustamov
D) G‘.Abdurahmonov, K.Nazarov, Sh.Shoabdurahmonov

4. Punktuatsion qoidalarni belgilashda sintaktik qurilishga tayanadigan, aniqrog‘i, tinish belgilarining qo‘llanilishini gap qurilishiga bog‘lab izohlaydiganr olimlarni belgilang.


A) F.I.Buslayev, S.f Abakumov, A.B.Shapiro B) S.Bulich, N.Grech, Sh.Shoabdurahmonov
C) L.V.Shcherba, A.M.Peshkovskiy, H.Rustamov D) G‘.Abdurahmonov, K.Nazarov, Sh.Shoabdurahmonov

5. Punktuatsion qonun-qoidalarni gapning ohangi, intonatsiyasi bilan bog‘lab tahlil qilgan olimlarni belgilang.


A) F.I.Buslayev, S.f Abakumov, A.B.Shapiro B) S.Bulich, N.Grech, Sh.Shoabdurahmonov
C) L.V.Shcherba, A.M.Peshkovskiy, H.Rustamov D) G‘.Abdurahmonov, K.Nazarov, Sh.Shoabdurahmonov

6. Anvar jon siz ko‘p narsalami o‘rganishingiz kerak dedim unga


Mazkur ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatilgan?
A) « », -. B) «,», -. C) «,» -. D) :« », -.

7. Kamgaplik deydi H. Olimjon donolik yo‘lining boshlanishidir


Mazkur ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to‘liq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) «, -, -.» B) «-, -». C) «, - , -». D) «-, -.»

8. Quyida berilgan gapda ishlatilishi kerak bo‘lgan vergullar sonini aniqlang.


Kel o‘zbek qardoshim kel mening aziz qo‘nog‘im bo‘l qalbing huzurli o‘lsun dedi u o‘rnidan turib.
A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta

9. Quyida berilgan gapda qaysi so‘z(lar)dan keyin tire qo‘yiladi?


Endi senlar o‘qib, oq-qorani taninglar, deydi Xoliyor amaki. Hozir dunyo ilmli odamlarniki.
A) Xoliyor amaki B) taninglar, Xoliyor amaki C) deydi, Xoliyor amaki D) taninglar

10. Usta Turdining gapi o‘rinli edi // modomiki hamma “qilko‘prik”dan o‘tar ekan, yo jannatga o‘tib ketadi, yo do‘zaxga yiqiladi.


Ushbu gapda // belgisi o‘rnida qanday tinish belgi qo‘yiladi?
A) ikki nuqta B) vergul C) tire D) nuqtali vergul

11. Qaysi javobda quyida keltirilgan gapdagi vergullarning qo‘yilish sabablari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


Eng muhimi, mustaqillik tufayli odamlarimizning dunyoqarashi va tafakkuri, ma’naviy qiyofasi o‘zgardi, jamiyatimizda ahillik, muruvvat, mehr-oqibat, tinchlik va osoyishtalik qaror topdi.
1) gapda kirish so‘z ishtirok etganligi uchun;
2) gapda ajratilgan bo‘lak mavjudligi uchun;
3) so‘z-gapdan keyin kelgan bo‘laklar bo‘lgani uchun;
4) uyushiq bo‘laklar ishtirok etgani uchun;
5) sodda gaplar bog‘lovchisiz bog‘langani uchun;
6) bog‘langan qo‘shma gaplar bo‘lgani uchun
A) 1, 2, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 6 D) 1, 4, 5

12. Dunyo shoirlari Vatan sha’niga


Sifat axtarmishlar qator va qator.
Nihoyat kelmishlar bitta ma’niga //
Ona Vatan deya bitmishlar ash’or.
Ushbu gapda // belgisi o‘rnida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) tire B) vergul C) ikki nuqta D) nuqtali vergul


13. Taqdirin qo‘l bilan yaratur inson,
G‘oyibdan kelajak baxt bir afsona.
Ushbu gapda yo‘l qo‘yilgan xatolik qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolik
B) tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik
C) so‘z imlosi bilan bog‘liq xatolik
D) kelishik qo‘shimchalari bilan bog‘liq xatolik

14. Ilm ikki xil bo‘ladi // biri – qalbdagi ilm, ikkinchisi – tildagi ilm.


Ushbu gapdagi // belgisi o‘rnida qaysi tinish belgi qo‘yiladi?
A) ikki nuqta B) tire C) nuqtali vergul D) vergul

15. Qaysi qatorda qo‘shma gap qismlari orasida tinish belgisi to‘g‘ri qo‘yilgan?


A) Bu dunyoda uning qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q; duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik hammasini eplaydi.
B) Yozgan xatiga qarab turib bexato aytish mumkin; bu odam sermulohaza, latif, dono, ishonuvchan, dilgir, kuyunchak, mehribon yo bo‘lmasa shoshqaloq, ziqna, asabiy, dag‘al, dali-g‘uli va hokazo.
C) Ruboiyni ichida o‘qidi: yuzini tabassum qopladi.
D) Kavushini to‘g‘rilab qo‘yish kerak: qurilishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi.

16. Quyida keltirilgan gapdagi qaysi so‘zlardan so‘ng vergul qo‘yilishi lozim?


Aziz do‘stlar oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki es-hushi va kasb-hunari bo‘lmagan kishi kambag‘aldir.
A) do‘stlar, emas, balki B) do‘stlar, emas, bo‘lmagan
C) do‘stlar, emas D) aziz, do‘stlar, balki

17. Bora-bora shunga odatlanib qoldim // hamma darsdan a’lochi bo‘ldim.


Ushbu gapda // belgisi o‘rnida qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) vergul B) nuqtali vergul C) tire D) ikki nuqta

18. Siz (1) o‘z millatingizning ko‘z qarog‘larisiz (2) ammo unutmang (3) tanbal (4) daqqi (5) bezori kishi ma’naviy nogiron (6) degan so‘z.


Berilgan gapda qaysi o‘rinlarda tinish belgilari ishlatiladi.
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 6
C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 2, 3, 4, 5

19. Qaysi gapda tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘llanilgan?


A) Bora-bora shunga odatlanib qoldim – hamma darsdan a’lochi bo‘ldim.
B) Bu – tanlovga taqdim etilgan yangi loyiha
C) Ilm bir daryo – ichi to‘lmish dur-u gavhar bilan.
D) Temur, Damir, Sardor – hammamiz darrov to‘plandik.

20. Quyida berilgan gapda necha o‘rinda vergul ishlatilishi kerak?


Respublikamiz hayotida muhim bir voqea yuz bersa biz sabrsizlik bilan Abdulla Qahhor nima der ekan deb kutardik ustoz yozuvchi albatta hammani hayratga soladigan ko‘pchilikka ma’qul bo‘ladigan bir gapni aytardi.
A) 5 B) 3 C) 4 D) 6


21. Sulton Abu Said otasining izidan quvmadi // uch kun Sherozda qolib ketdi.
Ushbu gapda // belgisi o‘rniga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) nuqtali vergul B) ikki nuqta C) tire D) vergul

22. Lekin avtor shu kichkina hikoyada katta ish qiladi o‘quvchining ko‘z oldiga odamning havasi keladigan har qanday kishining muhabbatini o‘ziga qaratadigan har qancha izzat qilsa arziydigan va bu izzatga o‘zining jafokashligi g‘ayrati farosati el-yurt uchun qayg‘urishi bilan sazovor bo‘lgan bir chol keladi.


Ushbu gapda nechta vergul qo‘yiladi?
A) 5 ta B) 3 ta C) 6 ta D) 4 ta

23. Kavushini to‘g‘rilab qo‘yish kerak // qurilishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi.


Berilgan gapda // belgisi o‘rniga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi?
A) tire B) vergul C) ikki nuqta D) nuqtali vergul

24. Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta’minlash maqsadida turli xil rasmiy ma’lumotlarda, nashr ishlarida ayrim so‘zlardan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?


A) ikki nuqta B) tire C) vergul D) nuqtali vergul

25. O‘zbek yozuvida nuqta tinish belgisi sifatida qachondan boshlab ishlatilgan?


A) XVIII asrning oxirlaridan
B) XIX asrning oxirgi choragidan
C) XIX asrning ikkinchi yarmidan
D) XIX asr boshlaridan



Yüklə 20,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin