1. A. Fitrat "Nahv" asarida nechta tinish belgisini keltirib o‘tgan?



Yüklə 20,13 Kb.
səhifə1/2
tarix02.05.2023
ölçüsü20,13 Kb.
#105747
  1   2

I- variant.
1. A. Fitrat “Nahv” asarida nechta tinish belgisini keltirib o‘tgan?
A) 10 B) 8 C) 11 D) 12

2. “Turkiston viloyatining gazeti” da nisbatan oldin ishlatilgan tinish belgisi qaysi?


A) tire B) qavs C) ko‘p nuqta D) nuqta

3. “Turkiston viloyatining gazeti” da dastlab rasmiy qog‘ozlarda ishlatilgan tinish belgisi qaysi?


A) tire B) qavs C) ko‘p nuqta D) nuqta

4. “Turkiston viloyatining gazeti” da eng ko‘p foydalanilgan tinish belgisi qaysi?


A) tire B) qavs C) ko‘p nuqta D) nuqta

5. Qaysi tinish belgisi vazifasini dastlab bo‘sh joy – probel bajargan?


A) tire B) qavs C) nuqta D) nuqtali vergul

6. «Temur tuzuklari»da shunday deb bitilmish: «Tajribamdan ko‘rilgankim, amri qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdur».


Ushbu gapdagi tinish belgilarining qo‘llanish qoidalari noto‘g‘ri izohlangan javobni aniqlang.
A) Ushbu gapda uyushiq aniqlovchilar orasida vergul qo‘llangan.
B) Ushbu gapdagi vergullarning barchasi uyushiq bo‘laklarni bog‘lash uchun qo‘llangan.
C) Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelgani uchun ikki nuqta qo‘llangan.
D) Ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichida yozilgan.

7. Millatlarni elatlarni deydi M.Ulug‘ova buyuk do‘stlik birlashtiradi


Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to‘g‘ri va to‘liq berilgan?
A) «, -, -». B) «, , -.» C) «, , - , -». D) :«, -, -».

8. Aqlli kishi sabr etar har nafas deydi Sa’diy Sheroziy


Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to‘g‘ri va to‘liq berilgan?
A) «, -, -». B) « »,-. C) :«,», -. D) «,» -.

9. O‘zingiz ko‘rib turgan edingiz: mening hayotim masalasi, qalbim masalasi hal bo‘lmoqda edi.


Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangani uchun
B) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak qo‘llanganligi uchun
C) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun
D) qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish munosabati ifodalangani uchun

10. Mening anglaganim shu bo‘ldi: yomonlik jazosiz qolmas ekan.


Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak qollanganligi uchun
B) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangani uchun
C) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun
D) qo‘shma gap qismlari bir paytda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarni ifodalagani uchun

11. Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta tinish belgisi tushirib qoldirilgan?


A) Dadam shu atrofdan / / qishloqdan chiqaverishdan, do‘kon qidirdi.
B) Aql ko‘pga yetkazadi / / hunar bo‘lsa insonni ulug‘likka yetkazadi.
C) Uylar, devorlar, daraxtlar // hamma narsa qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi.
D) Men bu qizni yaxshi taniyman // o‘tgan yil tanlovda birga qatnashgan edik.

12. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?


A) Ona tilim sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman.
B) Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar sa’va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo‘r bo‘ldi.
C) Yaxshi niyatli kishilarning ahdi - shu.
D) A’lo o‘qish bizning asosiy vazifamiz.

13. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?


A) Hamma narsa uylar, devorlar, daraxtlar qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi.
B) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron - hech narsa dovyuraklarni qo‘rqitolmadi.
C) Muloyimlik rizq sari yetaklovchi kalit.
D) Xullas shuni bilginki, qars ikki qo‘ldan chiqadi.

14. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?


A) Yer don, dehqon bo‘lsa xazinabondir.
B) Erkin o‘g‘lingman, qabul et, o‘zbegim jon o‘zbegim.
C) Hech kim: na Dilobar, na Gulnoza ertalab kelmadi.
D) Poytaxt bo‘lish uchun avvalambor poytaxtlik maqomi kerak.

15. Darhaqiqat o‘zbekistonning qayeriga borsangiz darxon kenagas jaloyir bahrin nayman kabi joy nomlariga duch kelishingiz mumkin.


Ushbu parchada necha o‘rinda vergul tushirib qoldirilgan?
A) 4 B) 7 C) 6 D) 5

16. Qaysi javobdagi gapda / / belgisi o‘rnida tire tinish belgisini qo‘yib bo‘lmaydi?


A) A’lo o‘qish / / bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz.
B) Uylar, devorlar, daraxtlar / / hammasi qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi.
C) Otamning akalari ham // haydovchi.
D) o‘rinsiz g‘azab / / o‘zingga azob.

17. Qaysi javobdagi gapda / / belgisi o‘rnida tire tinish belgisi qo‘yiladi?


A) Bildi ota / / foydasizdir kurashmoq.
B) Otamning akalari ham // haydovchi.
C) Harakat // sen ezgulikning haqiqiy qadr-qimmatini belgilaysan.
D) A’lo o‘qish / / bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz.

18. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?


A) Muloyimlik rizq sari yetaklovchi kalit.
B) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron - hech narsa dovyuraklarni qo‘rqitolmadi.
C) Hamma narsa uylar, devorlar, daraxtlar qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi.
D) Xullas shuni bilginki, qars ikki qo‘ldan chiqadi.

19. 1. Qaysi gapda sodda gaplar orasida tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘yilgan?


A) Hozir qishloqda yoz, bu yerga esa bahor endigina qadam qo‘ygandek edi; qiyaliklarni qoplagan qoqigullar yulduz parchalariday yaltiraydi, qorli cho‘qqilar orasidan yugurib pastga tushib kelayotgan jilg‘alarning bo‘yida chuchmomalar yaproq yozmoqda.
B) Demak, gap bunday: o‘ttizinchi yillar adabiyotini o‘rganishni kechiktiramiz.
C) Bir narsani surishtirib, tagiga yetmoqchi bo‘lsak, aslidan kelamiz: asli nima edi? Asli qanday edi? va hokazo.
D) Siddiqjon to‘xtadi: orqasidan kimdir kelayotgan edi.

20. San’atkor tajang edi // tanaffus vaqtida zalga chiqqan edi, bir traktorist uni savodsizlikda aybladi.


Ushbu gapda // belgisi o‘rnida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) tire B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) bergul

21. Qaysi javobdagi gapda tinish belgilarining ishlatilish bo‘yicha qoidalarga rioya qilinmagan?


A) Yana uvlar dahshat shamoli,
Ko‘kni qora bulut quchadi.
B) Quyoshning uyg‘onishi sen ta’riflagandan ham antiqa: tong nihoyatda go‘zal bo‘ladi.
C) Uning qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q: duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik – hammasini eplaydi.
D) O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik, barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz.

22. Abror qizni darrov tanidi // u qo‘shni mahalladagi do‘konda ishlar edi.


Ushbu gapda qaysi tinish belgi tushirib qoldirilgan?
A) vergul B) ikki nuqta C) tire D) nuqtali vergul

23. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi tinish belgilarining qo‘llanish sabablari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


Shirinsuxan, oqko‘ngil insonlar mevali daraxtga o‘xshaydi: hamma ulardan bahra oladi.
1) uyushiq bo‘laklarning oldidan umumlashtiruvchi so‘z kelgani uchun ikki nuqta qo‘yilgan; 2) uyushiq bo‘laklar qo‘llangani uchun vergul ishlatilgan; 3) sodda gaplarda mazmunan unchalik yaqin bo‘lmagan voqea-hodisalar ifodalanganligi uchun ular orasiga ikki nuqta qo‘yilgan; 4) gapda ajratilgan bo‘lak qatnashgani uchun vergul qo‘yilgan; 5) bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘rtasida izohlash munosabati ifodalanganligi uchun ikki nuqta qo‘yilgan
A) 2, 3 B) 3, 4 C) 1, 2 D) 2, 5

24. Quyida keltirilgan gapda qaysi o‘rinlarda tinish belgilari ishlatiladi?


Siz (1) o‘z millatingizning ko‘z qarog‘larisiz (2) ammo unutmang (3) tanbal (4) daqqi (5) bezori kishi ma’naviy nogiron degan so‘z.
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 6
C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5

25. Qaysi gapda // belgisi o‘rnida ikki nuqta ishlatilmaydi?


A) Oltmishga kirib bildim // umrim bekorga o‘tmabdi, odamlarga kerakli ekanman hayotda iz qoldiribman.
B) Rasadxona zimiston bo‘lsa ham, Ali Qushchining o‘tkir ko‘zlari darrov ko‘rdi // poygakda bir kimsa gavdasi bilan eshikni to‘sib, qaqqayib turardi.
C) Qor yog‘di // izlar bosildi.
D) Abror qizni darrov tanidi // u qo‘shni mahalladagi do‘konda ishlar edi


Yüklə 20,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin