1 – Mavzu. Menejmentning nazariy asoslari


Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari



Yüklə 56,62 Kb.
səhifə4/6
tarix15.02.2023
ölçüsü56,62 Kb.
#84391
1   2   3   4   5   6
1 – Mavzu. Menejmentning nazariy asoslari

2.3. Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari
Menejmentning samaradorligi ko‘proq darajada ilmiy yondashuvlar va tamoyillardan foydalanish bilan belgalanadi. Hozirgi vaqtda amaliyotda menejmentga nisbatan faqat ba’zi bir ilmiy yondashuvlar va tamoyillar qo‘llaniladi., bu uni tushunishni “torligi” bilan izohlanadi.
Har bir ob’ektni boshqarishning nazariyasi va amaliyoti tahlili R.A.Fatxutdinov bo‘yicha menejmentga nisbatan o‘z ilmiy yondoshuvlarini qo‘llash zarurligini belgilashga imkon beradi. (2.1- jadval).
Ushbu yondoshuvlarni boshqaruvning asosiy tamoyillariga kiritish mumkin. Boshqaruv jarayonlarini aniq ob’ektlarini boshqarish jarayonida boshqaruv sub’ektlari(idoralari) amal qilishlari kerak bo‘lgan jamiyatning ob’ektiv qonunlari va qonuniyatlaridan kelib chiquvchi asosiy qoidalar sifatida belgilash mumkin.

1.1-jadval


Menejmentga nisbatan yondoshuvlar



Nomi

Qisqacha mazmuni

Ma’muriy
Qayta ishlab
chiqaruvchi

Dinamik
Integratsiyali


Miqdoriy


Majmuaviy

Marketingli


Me’yoriy


Ahloqiy


Jarayonli


Tizimli


Vaziyatli


Vazifaviy



Ma’muriy yondoshuvda me’yoriy hujjatlardagi menejment tizimining vazifalari, huquqlari, majburiyatlari, element- lari tartibga solinadi

Qayta ishlab chiqaruvchi yondoshuv bozor ehtiyojlarini kamroq xarajatlar bilan qanoatlantirish uchun tovar ishlab chiqarishni doimo qaytadan boshlashga mo‘ljallangan


Dinamik yondoshuvda boshqaruv ob’ekti dialektik rivojlanishda, sabab-natija aloqalarida va birgalikdagi tobelikda ko‘rib chiqiladi

Integratsiyali yondoshuvda alohida tizimchalar va boshqaruv tizimining elementlari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatiladi


Miqdoriy yondoshuvning mohiyati matematik, statistik va muxandislik hisoblashlar yordamida miqdoriy baholashdan foydalanishdan iboratdir

Majmuaviy yondoshuvda menejmentning texnik, iqtisodiy ijtimoiy va boshqa jihatlari hisobga olinadi


Marketing yondoshuvi boshqaruvchi tizimchalarni iste’molchi- ga qaratishni ko‘zda tutadi
Me’yoriy yondoshuvda boshqaruvdagi me’yorlar va normativlar belgilanadi

Ahloqiy yondoshuv xodimga shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga yordam berishdan iboratdir.


Jarayonli yondoshuvda boshqaruv o‘zaro bog‘liq vazifalarning majmuasi sifatida ko‘rib chiqiladi
Tizimli yondoshuvda har qanday tizimga o‘zaro bog‘liq elementlarning majmuasi sifatida qaraladi
Vaziyatli yondoshuv boshqaruvning har xil usullar qo‘llanishi aniq vaziyat bilan belgilanishi nazarda tutiladi
Vazifaviy yondoshuvning mohiyati ehtiyojni qanoatlashtirish uchun bajarish kerak bo‘lgan vazifalarning majmuasi sifatida ko‘rib chiqilishida iborat bo‘ladi

Birinchi marta “boshqaruv tamoyillari” atamasini F. Teylor kirit- gan, u 1911 yilda “Ilmiy menejment tamoyillari” nomi ostida asarini nashr qilgan. Ishlarni bajarish asoslari va mehnat operatsiyalarini o‘rganish asosida ishchilarning shaxsiy mehnatlarini boshqarishning to‘rtta tamoyillarini shakllantirgan:



  • ishning har bir elementini bajarilishiga ilmiy yondoshuv;

  • ishchilarni tanlash, o‘qitish va mashq qildirishga ilmiy yondoshuv;

  • ishchilar bilan kooperatsiyalashish;

  • natijalar uchun javobgarlikni menejerlar va ishchilar o‘rtasida taqsimlash.

Menejment sohasidagi boshqa mashhur mutaxassis A.Fayol 1916 yilda “Umumiy va sanoat boshqaruvi” kitobida tashkilotlardagi boshqaruvchilar ishini shakllantirilgan holda ta’riflashni taklif qilgan va boshqaruvning 14 tamoyillarini shakllantirgan, boshqaruv vazifalarini hal qilish va menejment vazifalarini bajarishda ularga amal qilish taklif etiladi (2.2. - jadval).
2.2 - jadval

Yüklə 56,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin