0‘zbekist0n respublikasi xalq ta’limi vazirining


-bob. Xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid



Yüklə 273,92 Kb.
səhifə6/11
tarix05.12.2022
ölçüsü273,92 Kb.
#72405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Одоб-аҳлоқ қоидалари 329 буйру yangi

6-bob. Xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid
odob-axloq qoidalari

  1. Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning vazirlik faoliyatiga hurmatini, shu jumladan vazirlikning nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.

  2. Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning vazirlikka nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.

  3. Davlat xizmatchisi kiyinish uslubining sipoligi va kamtaronaligi bilan ajralib turishi, toza va orasta kiyinishi, saranjom-sarishta yurishi, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutishi, haddan tashqari ochiq va kalta kiyim kiymasligi, ish joyida ortiqcha g‘ashga tegadigan kiyim-bosh kiymasligi, bezaklar va boshqa aksessuarlar taqmasligi va me’yordan oshmagan pardoz bilan yurishi, erkaklar sochlarining uzunligi me’yordan oshmasligi, ayollar ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim.

  1. bob. Manfaatlar to‘qnashuvi

  1. Davlat xizmatchilari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.

  2. Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda xodimlar o‘zining rahbarini darhol xabardor qilishi shart.

Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar bu to‘qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishga majbur.


6





  1. Yüklə 273,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin