65
marta rezba kesiladi. Kerilma yarim plashkalar ramkadagi prizmatik
yo`naltiruvchilarga shunday o`rnatilsinki, kluppdagi va plankadagi raqamlar bir-
birining ro`parasida tursin.
13.3. Qlupp vositasida rezba kesish
1.Kluppning plashkalariva yo`naltiruvchi ramkalari artiladi hamda yupqa
moy qatlami bilan moylanadi.
Klupp ramkasiga 1, 2-raqamli plashkalar
birin-ketin shunday qilib
qo`yiladiki, plashkalardagi tamg`alar klupp korpusidagi tamg`alar tomo-nida
bo`ladi (rayemga qarang). Plashkalar bosuvchi murvat vositasida qisiladi.
2. Boltda (shpilkada) rezba kesish.
Rezbalar jadvalidan foydalanib, bolt diametrining o`yilayotgan rezbaga
mosligi tekshiriladi. Bolt (shpilka) girada tik qolatda (bolt kallagidan, shpilka-
rezba kesilmaydigan o`rta qismidan) mahkamlanadi.
Kluppning taranglovchi murvati salgina bo`shatilganida, plashka sterjenni 3/4
qalinligicha qamrab olishi kerak, so`ngra taranglovchi murvat yana mahkamlab
buriladi. Plashka va sterjenuchi obdan moylanadi va sterjenda klupp dastasi soat
mili yo`nalishida bir-ikki va teskari yo`nalishda yarim aylantirilib,
kerakli
uzunlikda rezba kesiladi.
Klupp soat mili yo`nalishiga teskari aylantirilib, dastlabki holatga o`rnatiladi,
taranglovchi murvat yarim aylanishga buraladi va sterjenda yana rezba
kesiladi.Rezba kesish to`la rezba shakli hosil qilinguncha
shu tartibda davom
ettiriladi, rezba kalibr qalkalar yoki gayka vositasida tekshiriladi.
66
3. Rezba sifatini tekshirish. Rezba sifati tashqi tomondan qarab tekshiriladi
(yuluq joylari, o`rami uzilgan rezbalar bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi). Rezba
gayka vositasida tekshiriladi (bunda gayka osongina, lekin liqillamasdan buralib
borishi kerak). Rezba kalibr halqa
bilan tekshiriladi (o`tadigan halqa
buralishi, o`tmaydigani esa buralmasligi
kerak). Rezba toza latta bilan yaxshilab
artilgandan keyin uning sifati rezbali halqa
bilan nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: