Vaqt o‗tishi bilan temir tangalar o‗rnini bronza, kumush va oltin egalladi, 3–
rasmga qarang. Temir metallardan yasalgan tanga to‗lov vositasini bajarganda
ularning baho masshtabini tanganing og‗irligi bilan anqilangan. Keyinchalik
bronza, mis va oltin tangalar to‗lov vositasini bajarganda esa baho masshtabi
qimmatbaho metallarning nafaqat og‗irligi, balki ularning xossalari orqali ham
aniqlanadigan bo‗ldi.
Muomalada metall tangalar, ayniqsa oltin tangalar pulning vazifasini
bajarganda iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishga ehtiyoj bo‗lmaydi.
Chunki, qimmatbaho metallar haqiqiy qiymatga ega bo‗lgan asl pul hisoblanib,
uning hajmi tovar massasasiga nisbatan avtomatik tarzda tartibga solinib boriladi.
Ya‘ni, agar iqtisodiyotda tovar massasi oltin massasi (qiymati)ga nisbatan kam
bo‗lsa muomaladagi ortiqcha oltin tangalar boylik sifatida xazinaga joylashtiriladi.
Agar, aksincha, muomalada oltin tangalar massasi tovar massasiga nisbatan kam
bo‗lsa boylik sifatida xazinaga joylashtirilgan mablag‗lar muomalaga chiqarish
orqali o‗zaro muvozanat ta‘minlanadi.
Dostları ilə paylaş: