"Yuzlik" mavzusida arifmetik amallarni o‘rganish. 100 ichida qo‘shish va ayirish


Og‘zaki hisoblash malakalarini shakllantirish texnologiyasidan foydalanish metodlari



Yüklə 61 Kb.
səhifə3/3
tarix26.10.2022
ölçüsü61 Kb.
#66332
1   2   3
yuz ichida amallar

Og‘zaki hisoblash malakalarini shakllantirish texnologiyasidan foydalanish metodlari

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar og‘zaki hisoblash bilimini shakllantirish hozirgi zamon o‘qitish metodikasida yangi texnologiyani joriy etishni asosiy masala qilib qo‘ymoqda. Lotin yozuviga asoslangan matematika darsliklarimizda ayniqsa, yuz ichida, ming ichida arifmetik amallar bajarish jarayoni o‘quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini o‘stiradigan, ijodiy qobiliyatini aniqlaydigan, yig‘indidan ko‘paytmaga o‘tish qoidasi, ko‘paytma, bo‘linma tushunchalari, ularning komponentlari orasidagi munosabatlarini mukammal o‘zlashtirishni talab etadiki, bu yuqori sinf matematika fanidan oladigan bilimini mustahkamlash asosi bo‘lsin. Boshlang‘ich sinflarda eng qulay usul bilan hisoblash masalasi arifmetik amallar bajarishning asosiy tayanchi bo‘lib hisoblanadi. O‘qituvchi darslikdagi materiallar bilan cheklanib qolmasdan, balki ijodiy fikrlaydigan materiallar bilan darsni boyitish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 10, 100, 1000 ichida ko‘paytirishni turli ko‘rinishlaridan foydalanish o‘quvchilarni qiziqishini oshiradi.


68x5 = (34x2)x5 =34x (2x5) = 34x10 =340
68x50= 34x100=3400
Qo‘shishning distrebutevlik qonuniga ko‘ra:
17x50= (16+1) x50= 16x50+1x50=800+50 = 850
Sonlarni bo‘lish texnikasiga ko‘ra:
135:5= (135x2) : (5x2) =270:10=27
2250:50=4500:100=45
O‘quvchilar diqqatini shunga jalb etish zarurki, og‘zaki va yozma ko‘paytirish oddiy odat bo‘lib qolishini o‘qituvchi nazorat qilishi kerak.
24x25 = (6x4) x 25= 6x (4x25) = 6x100=600
Bunda imkon boricha qisqa holat tanlashga intilish zarur:
24x25=(24:4) x(25x4) = 6x100=600
Ko‘paytirishning qavslardan foydalanish holatlari juda ham qiziqarlidir:
37x25=(36+1) x25=36x25+25=900+25=925
35x25=(36-1)x25=36x25-1x25=900-25=875
38x25=(36+2) x25=36x25+2x25=900+50=950
25 ga ko‘paytirishning og‘zaki usulini 24 va 26 ga ko‘paytirishni
(25-1) va (25+1) ifoda bilan almashtirish maqsadga muvofiqdir.
(Bu chorak,bo‘lak, ulushlar tushunchasini o‘tganda zarur bo‘ladi.)
Masalan: 36x26=36(25+1)=36x25+36x1=900+36=936
36x24=36(25-1)=36x25-36x1=900-36=864
25 ga bo‘lish esa, 5 ga bo‘lish qoidasidek bajariladi. Yuqoridagi hisoblashlarga teskari hisoblashlarni bajarish bilan mustahkamlaymiz. Bo‘luvchini 2 ga, 4 ga ikki martalab ko‘paytirish bo‘lgan hollar uchun xonalarni nollar bilan to‘ldirish qoidalariga asoslanadi:
225:25=(225x2)x2=225x4=900
Agar 9,99 va 999 ga ko‘paytirish kerak bo‘lsa, u holda eng qulay usulda hisoblash qoidasiga ko‘ra (10-1), (100-1), (1000-1) ko‘rinishlarda distrebutevlik qonuniga ko‘ra:
678x9=678x(10–1)=6780-678=6102
577x99=577(100–1)=57700-577=57123
34x999=34(1000–1)=34000-34=33966
2-sinfda (14x15) ko‘paytirish qoidasi
14x15=14(10+5)=140x14x5=140+70=210
Buni darhol hisoblashga shoshilmasdan bajarish zarur, chunki 14x15=14x10+14x5=(14+7)x10=21x10=210
ko‘rinishda hisoblashni bajarishni unutmaslik kerak.
Agar 23x15 bo‘lsa
23x15=(22+1)x15=22x15+1x15=330+15=345
Shuningdek, 14 va 16 ga ko‘paytirishni (15+1) va (15-1) ifodaga almashtirish mumkin.

66x14=66x(15–1)=66x15 – 66 = 990 – 66 = 924


62x16=62(15+1)=62x15+15x1=930+62=992
61x69=6(6+1)x100+1x9=4200+9=4209
243x247=24x25x100+3x7=60000+21=60021
Bunday usullardagi hisoblashlarni bajarish o‘quvchilarni arifmetik amallar bajarishda hisoblashlarini mustahkamlaydi.
Hisoblash malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyasiga asos bo‘ladi.
Yüklə 61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin