Yo‘l harakati hamda Yo‘l belgilari va signallari to‘g‘risidagi Konvensiya



Yüklə 23,32 Kb.
səhifə2/3
tarix05.09.2023
ölçüsü23,32 Kb.
#141561
1   2   3
Amaliy 1

2. Imtiyoz belgilari.


Imtiyoz belgilarichorrahalarda, alohida joylashgan qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek, yo‘lning tor qismida yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlanishi navbatini belgilash uchun qo‘llaniladi.
Imtiyoz belgilari 7 ta bo‘lib, ular ko‘rinishi jihatidan har xil, chunki bu belgi guruhi boshqa yo‘l belgi guruhlaridan tashkil to‘gan. Shuning uchun ham uchburchak, to‘rtburchak va doira shaklidagi ko‘rinishga ega. Bu belgilar bevosita kesishma, tutashma va yo‘lning tor qismlariga o‘rnatiladi.


2.1

"Asosiy yo‘l" Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda ikkinchi darajali yo‘lda harakatlanayotgan transport vositasidan oldin o‘tish huquqi beriladigan yo‘lning boshlanishi.


2.2

"Asosiy yo‘lning oxiri "


2.3.1

"Ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv"


2.3.2

"Ikkinchi darajali yo‘lning tutashuvi" 2.3.2 - tutashuv o‘ngdan, 2.3.3 - tutashuv chapdan.


2.3.3


2.4

"Yo‘l bering" Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan kelayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.


2.5

"To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘lda 7.13 qo‘shimcha belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan chiqayotgan transport vositalariga yo‘l berish kerak.
Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin masqanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.


2.6

"Ro‘para harakatlanishning ustunligi" Qarama-qarshi harakatnalishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.


2.7

"Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz" Yo‘lning tor qismida harakatlanmoqchi bo‘lgan haydovchi ro‘paradan kelayotgan transport vositasidan oldin o‘tish huquqiga ega.




Yüklə 23,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin