Yil va davrlarni aniqlash Reja


Hafta kunlari nomlanishining astronomik ifodasi



Yüklə 32,76 Kb.
səhifə2/7
tarix17.06.2023
ölçüsü32,76 Kb.
#131921
1   2   3   4   5   6   7
Yil va davrlarni aniqlash usullari Tarixiy manbalarni tadqiq etishda

Hafta kunlari nomlanishining astronomik ifodasi

Qadimda sayyoralarning nomi soatlarga ham berilgan. Bir haftada 168 soat (24x7) boʻlgan. Shanbaning birinchi soatini (shuningdek, 8, 15, 22-soatlarini), 23-soatini Yupiter, 24-soatini Mars boshqargan.
Yetti kunlik hafta Gʻarbda imperator Avgust davrida keng tarqaldi. Eramizdan avvalgi 321-yilda Konstantin “Hamma fuqarolar Quyosh kuni dam olsin”, deb farmon berdi. Slavyanlarda ham yetti kunlik hafta boʻlib yakshanba “nedeley”, yaʼni “hech narsa qilma”, “ishlamaydigan kun” - deyilgan. Dushanba–“ponedelnik”-“nedeley”dan keyingi kun, vtornik (seshanba)-“nedeli”dan keyingi ikkinchi, sreda (chorshanba)-“nedeli” (haftaning oʻrtasi), “chetverg”, “pyatnitsa”-toʻrtinchi va beshinchi kun deb ataladi. “Subbota”-sabbat» (shabat)-yaʼni, dam olish soʻzidan olingan. Qadimgi Rusda zamonaviy yakshanba XVI asrgacha “nedeli” deb atalgan. Hafta soʻzining oʻrnida esa “sedmitsa” ishlatilgan. Slavyan xalqlarida haftalarning nomlanishi quyidagicha boʻlgan.
Qadimgi Skandinaviya xalqlarida shanba–“laugarsday” yaʼni, «hammom kuni» degan maʼnoni bildirgan. Bu shvedlarda (lorsday va larsday) ham saqlanib qolgan. Baʼzi xalqlarda, jumladan, eston, latish, arab, grek va xitoyliklarda hafta nomlari tartib raqami boʻyicha atalgan. Haftalarni raqamlash Qadimgi Bobilda ham mavjud boʻlgan. Masalan, Saturn kuni baxtsiz hisoblangani bois shu kuni ular biror ish bilan shugʻullanishmagan, u «shabbat»-«osudalik» nomini olgan. Shu nom keyinchalik arab va slavyan tillarida ham ishlatilgan.
Baʼzi xalqlarda haftalarning tartib raqami biroz boshqacharoq qoʻyilgan. Masalan, gruzin tilida beshta shanba mavjud. Haqiqiy shanba-«shabati»dan tashqari yana, ikkinchi shanba (orshabati)-yaʼni, dushanba, uchinchi shanba (samshabati)-seshanba, toʻrtinchi shanba (otxshabati)-chorshanba, beshinchi shanba (xutshabati) payshanba, juma-paraskevi, yakshanba-kriva deb ataladi. Forschada ham hafta nomlarida «shanba» soʻzi olti marta takrorlanadi. Yakshanba–birinchi shanba, dushanba–ikkinchi shanba, seshanba–uchinchi shanba, chorshanba–toʻrtinchi shanba, payshanba–beshinchi shanba tarzida. Juma-muqaddas kun hisoblanadi. Haftalarning forscha nomlari Kavkaz va Oʻrta Osiyo xalqlari tomonidan ham ishlatiladi. Ozarbayjon tilida «bozor»-yakshanba, turkchada ham yakshanba–«pazar», dushanba «pazartesi»-bozordan keyingi kun deb ataladi. Angliyada bir vaqtlar shanba haftaning oxirgi kuni hisoblangan. Galfrid Monmutskiy (XII asr) asarlaridan bunga misol topishi mumkin.
Xulosa sifatida, shuni aytish mumkinki, turli xalqlarda turli nomlar va shakllardagi haftalardan foydalanilgan.

Yüklə 32,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin