Xudoyberdi Toxtaboyev 22-147 guruh talabasi



Yüklə 419,63 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü419,63 Kb.
#160484
Xudoyberdi Toxtaboyev

Xudoyberdi Toxtaboyev

22-147 guruh talabasi

Ashuraliyeva Madinaxon

Xudoyberdi To’xtaboyev romannavis adib

O’zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli vakillaridan biri Xudoyberdi To‘xtaboyev Farg‘ona viloyatining O’zbekiston tumanida 1933 yili tug‘ildi. U o‘rta maktabni bitirgach, O’rta Osiyo dorilfununining filologiya fakultetida (1950—1955) ta’lim oldi. U ko‘p vaqt «Toshkent haqiqati», «Qizil O’zbekiston» ro‘znomalarida, «Guliston» oynomasida bo‘lim muharriri va boshlig‘i bo‘lib xizmat qildi. 1972—1977 yillarda «Yosh gvardiya» nashriyotida bosh muharrir, «Sharq yulduzi» oynomasida muharrir o‘rinbosari, hozir esa «Yosh kuch» oynomasining bosh muharriridir.

Xudoyberdi To‘xtaboyevning ijodi asosan 1958 yildan boshlandi. Uning «Shoshqaloq» nomli hikoyalar to‘plami 1962 yilda, «Yosh gvardiya» (1963) nomli hikoyalar to‘plami, «Sir ochildi» (1964) va «Sehrli qalpoqcha» (1965) nomli qissalari birin-ketin nashr qilinib, keng kitobxonlar ommasining mehr-muhabbatini qozondi.

U o‘zining yumoristik roman, qissalarida yoshlarning to‘g‘rilik, insonlarga bo‘lgan mehru muhabbat, sadoqat kabi olijanob xislatlartshi va firibgarlikka qarshi olib borgan kurashlarini qiziqarli va ta’sirtan sahifalarda aks ettiradi. Bu jihatdan Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» (1969) va «Sariq devning o‘limi» (1973), romanlari 70-yillar o‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga qo‘shilgan salmoqli hissadir. Shuningdek, X. To‘xtaboev «Besh bolali yigitcha» (1975), «Qasoskorning oltin boshi», «Yillar va yo’llar» (1983), «Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida» (1987) asarlarining ham muallifidir. Adib mazkur asari uchun Hamza mukofotini olgan. O’zbekiston xalq yozuvchisidir (1991).

Xudoyberdi To‘xtaboyev bolalar adabiyotining chinakam jonkuyari sifatida «Kamalak» nashriyotida muharrir, bosh muharrir vazifalarida ishlagan. Bu ijodkor nomi o‘zbek jurnalistikasida A. Qodiriy, K. Aliev, V. Mahkamov, U.Yusupov singari feletonchilik borasia ham ma’lum va mashhur. Uning o‘tkir feletonlari 60—70-yillar publitsistikasining ajoyib namunalari sifatida jamiyatimizning salbiy illatlaridan qisman tozalanishida o‘z amaliy hissasini qo‘shgan.


Yüklə 419,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin