Web sahifa sarlavhasi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə2/4
tarix08.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#87034
1   2   3   4
Axmadjonova O.

1.Web sahifa yaratish
Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri WWW (World Wide Web) - bu ko‘p sonli o‘zaro bir-biriga bog‘langan hujjatlardir. Web sahifada boshqa Web sahifalar bilan bog‘lovchi chekli gipermurojaat bo‘ladi. Gipermurojaat mexanizmini bir necha so‘z bilan izohlash qiyin, lekin kamida bir marta Web sahifaga kirib ishlagan odam buni darhol tushunadi.
Gipermurojaat butunjahon o‘rgimchak to‘ridan hujjatning URL deb nomlanuvchi manzilini qidirishda ishlatiladi. 1986 yili xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan qog‘ozdagi hujjatni ekranda tasvirlash imkonini beruvchi hamma variantlarni etiborga olgan SGML (Standart Generalired Markup Language) tili yaratildi. Hamma imkoniyatlarni etiborga olgan kuchli sistema ishlab chiqildi.
Web sahifa uchun bu yaxshi yo‘l deb hisoblangan edi. Lekin bu til qonun qoidalari izohi yuzlab sahifalarni egalladi. Bunday til asosida yaratilgan sahifani tasvirlovchi dasturni ishlab chiqish uchun juda ko‘p vaqt ketgan bo‘lardi, shuning uchun Internet ehtiyoji uchun SGML tilining malum bir qismi tanlab olindi va HTML (Hyper Text Markup Language) deb nomlandi. HTML tilida yozilgan Web sahifa faylida axborotning qanday tasvirlanishi haqidagi yo‘l yo‘riqlar ketma - ket joylashgan bo‘ladi. Bu fayl oddiy matnli fayl bo‘lib uni maxsus brauzer datsturlarsiz o‘qish qiyin. Grafik rasmlarni esa umumman ko‘rib bo‘lmaydi chunki uning o‘rnida brauzer dasturga biror rasm kerakligini ko‘rsatuvchi TEG turadi. Agar biz o‘z Web sahifamizni yaratmoqchi bo‘lsak, albatta HTML tilini yaxshi bilishimiz kerak bo‘ladi.


1.1.HTML hujjatining tuzilishi
HTML ning konstruksiyasi TEG lar deyiladi. Brauzer TEG larni oddiy matnlardan farqlashi uchun ular burchak qavslarga olinadilar. TEG tasvirlash jarayoni hatti harakatlarining boshlanishini bildiradi. Agar bu harakat butun hujjatga talluqli bo‘lsa, bunday teg o‘zining yopiluvchi juftiga ega bo‘lmaydi. Juft teglarning ikkinchisi birinchisining harakatini yakunlaydi. Masalan, har bir Web sahifa tegi bilan boshlanib tegi bilan yopilishi kerak. Etibor bergan bo‘lsangiz yopiluvchi teg ochiluvchidan « / » belgisi bilan farq qiladi. Teg nomlari katta yoki kichik harflar bilan yozilishi mumkin, bularni brauzer bir xil qabul qiladi. HTML tilida boshqa kompyuter tillaridagi kabi izoh berish imkoniyati mavjud. Izoh quyidagi «<- - » va «- ->» belgilar orsiga yoziladi.
Masalan:
<-- Bu izox -->
Har qanday Web sahifa ikkita qismdan tashkil topadi. Bular sarlavha qismi va asosiy qism. Sarlavha qismida Web sahifa haqidagi malumot joylashadi, asosiy qismda esa Web sahifaning mazmuni bilan tasvirlanish qoidalari joylashadi. Sarlavha qismi quyidagi ochiluvchi va yopiluvchi teglari orasida joylashadi. Asosiy qism esa va
Asosiy qism

va
Mening bu sahifamga kiruvchilarga alangali salom
tegi bir qancha qo‘shimcha parametrlarga ega. Bu parametrlar tegning ochiluvchi qismida joylashadi. Parametrlar ikki qismdan iborat bo‘ladi: parametr nomi va parametr qiymati. Masalan bgcolor parametri tasvirlanayotgan Web sahifa fonining rangini belgilaydi.
Masalan:
Parametrlarning satrli qiymatlari qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Biz quyida tegining parametrlari bilan tanishamiz.

  • Background - fon sifatida biror bir grafik tasvirdan foydalanish. Parametr qiymati sifatida grafik tasvir joylashgan manzil (URL) beriladi.

  • Text - tasvirlanayotgan matn rangi.

  • Link - Web sahifadagi matnli gipermurojat rangi.

  • Vlink-foydalanuvchi tomonidan oldin murojat qilingan gipermurojaat rangi.

  • Alink - foydalanuvchi tomonidan tanlangan gipermurojaat rangi.

  • Lang - Web sahifa matni yozilgan tilni aniqlash.




Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin