Venchur kapitali hisobiga investitsiyalarni moliyalashtirish istiqbollari



Yüklə 1,04 Mb.
tarix07.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#126374
Invest. prezentatsiya2

VENCHUR KAPITALI HISOBIGA INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Tayyorladi: BH-119 guruh talabasi Xurramov Otabek

Reja:


1.Venchurli investitsiyalar, ularning kelib chiqishi va rivojlanishi
2.Venchurli investitsiyalarning xalqaro investitsion muhitdagi o’rni
3.Venchurli investitsiyalar va venchur kapitali harakatining xususiyatlari
Venchurli investitsiyalar, ularning kelib chiqishi va rivojlanishi
Venchurli investitsiya – biznes modelning yangi modeli bo’lib, unda hali biznes g’oyasi tugallan(ma)gan ishlanma holatida bo’lgan bozorda yuqori potensialli va o’suvchi aksiyali kompaniyalarga kiritilgan moliyaviy capital. Venchurli investitsiyalar asosan venchur kapitali fondlari tomonidan hali bozorga kirib ulgurmagan mahsulot, xizmat yoki usulni ulush sifatida tijoriylashtiradi va hali bozorga kirmagan mahsulot, ish yoki uslubni qimmatli qog’ozlar orqali moliyalashtiradi va ulushli munosabatni shakllantiradi.
Venchurli investitsiya kiritgan investor venche fondi yoki vencheur firmasi bo’lmagan yuridik shaxs bo’lsa, bunday investor farishta (angel) Investor deyiladi. Yirik korporatsiyalar tomonidan yangi tashqi startaplarga kiritilgan investitsiyalar korporativ venchurli investitsiyalar deyiladi. Ilk venchurli investitsiya 1938-yilda Rokfeller va Vanderbilt tomonidan kiritilgan bo’lib, hozirgi Ericsson, Altlas Capco kompaniyalar ayni shu sarmoya orgali yuzaga kelgan. 1946-yilda venchurli kapital otasi nomini olgan Jorjas Doriot Amerika Ilmiy tadqiqotlar va konstruktiv ishlanmalar korporatsiyasiga asos soladi va ilk venchurli investitsiya firmasini ochadi. 1957-yilda Digital Eguipment Corporationni 70 000 AQSh dollariga venchur kapitali kiritadi va 1968-yilda 120 barobar foyda ko'radi.
Silikon Vodiysi. Silikon Vodysiga ilk marta 1959- yilda yarimo’tkazgichlarga Venrock Associates tomoniclan venchurli investitsiya taklifi beriladi. Dastlabki venchur kapitali 1969 yilda kiritiladi va u MCHJ shakliga ega bo’lib, aniq foizli xarakterga ega bo’lmaydi. Bugungi kundagi amaliyotda ham venchur firmalar MCHJ shaklida ishlaydi va g’oya egasiga o’zgarmas 20% ulushni taqdim etish bilan kifoyalanadi. 1995 yilga kelib internet ommalasha boshlaydi, 2000-yilda venchurli kapital portlashi yuzaga keladi. NASDAQ indeksiga kirgan venchur kaptali asosida qurilgan kompaniyalar qiymati aksiya qiymatidan oshib ketadi. Venchurli kapital bozori 2003-yilga gadar samarasiz faoliyat yuritadi.
Venchurli moliyalashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Negiz (ing. Seed) bosqichi bu bosqich g’oyaning o'rinliligini isbotlash, foyda marjalarini va istiqbolni chamalash bosqichi hisoblanib, eng kam miqdorda venchur mablag'i ajratiladi va eng riskli bosqich hisoblanadi. Bunda biznes planning asosi yaratilib, marketing tadqiqiot guruhlari shakllantiriladi. Yuqori darajali risk sababli bu bosqichda venchur firmalari tomonidan emas, farishta investorlar tomonidan ko'proq moliyalashtiriladi.
Dastlabki mahsulot bosqichi – mahsulotni marketing va bozordagi sinov bosqichi.
Ikkinchi bosqich – dastlabki mahsulot bosqichi natijalariga asoslanib texnik va iqtisodiy kelishuvlar amalga oshiriladi.
Kengayish bosqichi – texnik va iqtisodiy kelishuvga erishilgach mahsulot bozoriga realizatsiya uchun chiqarila boshlaydi.
Keyingi bosqich – venchurli kapital asosida kompaniya shakllana boshlaydi.
Chiqish bosqichi – venchurli kapital egalari chiqib ketadi va kompaniya to’la asosda listingga o’tadi.
Jahon bo’yicha venchurli investitsiyalar hajmi va venchur shartnomalari soni, 2014-2022
Sohalar bo’yicha venchurli investitsiya ulushi va shartnomalar soni, 2014
Venchurli investitsiyalar moliyalashtirish bosqichi bo’yicha ulushlari, 2014
YI davlatlarida YIMda venchurli investitsiyalarning ulushi, 2013
E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin