Didaktika tushunchasi. Ta'limning didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari, ularning bog‘liqligi.
Ta'lim jarayonining mohiyati. Ta'lim jarayonining qonuniyatlari
Ta'lim mazmunini shakllantirish prinsiplari.
Davlat ta'lim standartlari. O‘quv reja, o‘quv dastur va darsliklar tavsifi
BILISH
dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar, mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, tasniflar, shuningdek, abstrakt bilimlar: tamoyillar, aksiomalar, teoremalar, umumlashma fikrlar, strukturalar va shu kabilarni biladi, eslaydi, takrorlaydi, asar voqea-hodisalarini bayon qila oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’l namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, taniy olish, gapirib berish, takrorlash.
Tushunish
darajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar, qoidalar, chizmalar, jadvallarni tushunadi, qayta tuza oladi, o‘zgartira oladi (so‘zdan raqamga yoki obrazga), mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash oydinlashtirish.
Qo‘llash
darajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas, noan’anaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni ma’lum bir model, formula, ko‘rsatma asosida to‘g‘ri qo‘llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o‘rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish