U qilgan xatosini tuzatish uchun o’zi bilan ustasini ham olib yuradi



Yüklə 5,29 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü5,29 Kb.
#196362
Savol 3

savol .U narsa ko’p xato qiladi. Chunki, uning ishongan tomoni bor. Yaponlarning maqolida “U qilgan xatosini tuzatish uchun o’zi bilan ustasini ham olib yuradi”, deb aniq aytilgan. Savol, gap nima haqida ketmoqda?
2- Savol.Agar biz choydan uni olib qo’ysak, hosil bo’lganini odatda kechqurun ko’ra olamiz. Agar uni elakka qo’shib qo’ysak, unda yana bir ro’zg’or buyumini hosil qilgan bo’lamiz? Savol, bu erda nima nazarda tutildi?

3-Savol.Shifokorlarning bir “xato”si tufayli har yili 7000 ga yaqin inson hayotdan ko’z yumadi. Shifokorlar bu ishni o’zlari mutlaqo bilmagan holda qilishadi. Ya’ni buni ular xato deb ham hisoblashmaydi. Bu “xato” deyarli 100% shifokorlarda kuzatiladi. Lekin umuman ahamiyat berilmaydi.


Diqqat savol: Bu holat barcha turdagi shifokorlarda birdek kuzatilishini inobatga olgan holda ayting-chi, bu aynan qanday xato?
4-Savol.Benjamin Franklinning fikricha, unga sarflangan mablag’ eng foydali xarajatdir? U nimani nazarda tutgan?
5-Savol.Bular qadimgi Bobilda 6 ta, Misrda 10 ta, mayya qabilalarida 5 ta, bizda esa 7 ta bo’lsa, ko’pchilik uning ettinchisini ko’proq yaxshi ko’rishadi. Bular nima?
6-Savol.Bu tarixiy shaxsni ko’pchiligimiz yaxshi taniymiz. U hayotida bir marta jangda mag’lub bo’ladi. Mag’lubiyat sababi uning sotqin sherigi bilan bog’liq. Mag’lubiyatiga yana bir kichik sabab, tabiat hodisasi ham halaqit qilgan. Shuning uchun ham jang nomi shu hodisa tufayli yuzaga kelgan. Savol: Bu shaxs kim va qaysi jang nazarda tutildi?
7-Savol.Yapon she’riyatidan: Ilgari men qorni qish kunlari ertalabdan ko’rardim. Endi esa har kuni uni bir narsada ko’raman. Savol: shoir qorni qaerda ko’radi?
Ui
8-Savol.Temuriylar davrida Samarqand bozorlarida osiyoiy, zargaron, sedana payvand kabi turlari bilan mashhur qanday mahsulot sotilgan?

9- Savol.Uilyam Shekspir “Ayol latofatini 3 narsa yo’qqa chiqaradi”, deb aytib o’tgan. “1. Qaysarlik. 2. Asabiylik. 3. ...” Savol, uchinchisida nimani nazarda tutgan?


10-Savol.Xorazmshoh Sulton Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad nima sababdan Manguberdi deb atalgan?
11-Savol.Dastlab 2 ta osmonga qarata projektr yonadi, soʻngra yana 2 tasi yonib oltinrang raqamlar va soʻzlarni yoritadi.Gap qaysi kinokompaniya haqida ketyapti.
12 -Savol.Xalqimizda nikohlangan kelinning onasiga berilgan sovgʻa shunday atalgan .U qizni tarbiyalagan ona mehnatini alohida taqdirlash uchun nikoh toʻyi oldidan kuyov tomonidan berilgan. U qanday nomlangan
13-Savol.Narshaxiyning malumotiga koʻra arablar istilo qilga hudud aholisi arablardan moddiy manfaatdor boʻlishgan.Arablar mazkur hudud aholisiga uchun bir ishlari uchun 2 dirhamdan berishgan . Savol qaysi ishlari uchun?
14-savol. T K Q J ...... bu qatorni davom ettiring.
15-Savol.Tijoratda Raqobatga qarshi 3 qudratli qurol bor .1-Narx 2-Sifat .3. ..... .Savol uchunchisi nima?
16-Savol. Mashhur siyosatchi Otto Fon Bismark shunay gap aytgan.Odamlar ovdan keyin, urushdan keyin va undan oldin koʻproq yolgʻon gapirishga moyil boʻladilar. Savol nimadan oldin ?
17 -savol .U qozoqlarda Kures ,gurizinlarda CHidaoba armanlarda Kox deb ataladi . Savol U oʻzbeklarda nima deb ataladi ?
18 -savol Gollandiyada haydovchilikka oʻrgatish maktabida Yoʻllar atayin juda yomon .Sababi nimada?
19.


Yüklə 5,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin