Tushuncha. Tushunchaning turlari Tushuncha



Yüklə 19,32 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü19,32 Kb.
#171024
Документ Microsoft Word


Tushuncha.Tushunchaning turlari


Tushuncha predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir.
Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning birbiriga o’xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Har bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada bo’lganligi uchun ko’p belgilarga ega. Ularning ba’zilari faqat bitta predmetga xos bo’lgan, uning individual, yakkalik belgilarini
tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma’lum bir guruhiga tegishli bo’lib, umumiy belgilar hisoblanadi. Masalan, har bir kishi faqat o„zigagina xos
bo„lgan ruhiy kechinmalar va shu kabi individual belgilarga ega. Shuning
bilan birga kishilarning ma‟lum bir guruhiga (mehnat jamoasi, millat va
shu kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mehnat qilish, fikr yuritish
qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos
bo„lgan umumiy belgilarga ega.
Individual va umumiy belgilarning ba‟zilari predmetning mavjud bo„lishi
uchun zarur bo„lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar
predmetning muhim belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud
13
bo„lishi uning o„z maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega bo„lishini
taqozo etadi.
Nomuhim belgilar predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning
yo„qolishi bilan predmetning tabiati o„zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa,
millatga, jinsga taalluqli bo„lishi individning inson sifatida mavjud bo„lishi
uchun muhim emas.
Shuni ham aytish lozimki, predmet belgisining muhim yoki nomuhim
bo„lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo„lishimizga
qarab ham belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo„lmagan
belgilar boshqa munosabatda muhim bo„lishi mumkin. Masalan, kishining
layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bo„lsa, inson sifatida
mavjud bo„lishi uchun muhim emas.
Predmet to„xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo„lganligi uchun, vaqt
o„tishi bilan uning muhim bo„lgan belgisi nomuhim bo„lgan belgiga yoki,
aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin.
Demak, tushunchada predmet o„zining muhim belgilari orqali fikr qilinib,
bu belgilar predmetning umumiy va individual belgilari bo„lishi mumkin.
Masalan, “Abdulla Qodiriy” tushunchasida predmetning umumiy belgilari
(inson, yozuvchi) bilan bir qatorda, individual muhim belgilari (xususan,
“O„tgan kunlar” romanining muallifi) ham fikr qilinadi.
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida
e‟tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol
obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, o„zimiz yozib
o„tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u to„g„risida tasavvurga ega
bo„lishimiz mumkin, “umuman qalam”ni idrok qilib bo„lmaydi. Chunki
tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir.
Qalam tushunchasi o„zida konkret qalamlarning barchasini qamrab olgani
holda, ularning har biriga xos bo„lgan individual belgilarni tashlab
yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi.
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak
uni to„laligicha aks ettira olmaydi. Bu ma‟noda u hissiy bilish shakllariga
nisbatan borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin, tushuncha predmetning
muhim belgilarini in‟ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish
shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, to„laroq ifoda etadi.
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli o„laroq, inson miyasida
to„g„ridan-to„g„ri aks etmaydi. U ma‟lum bir mantiqiy usullardan
foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, analiz, sintez,
abstraksiyalash, umumlashtirishlardan iborat.
14
Taqqoslash yordamida predmetlar o„zaro solishtirilib, ularning
o„xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual
belgilari aniqlanadi. Taqqoslash analizni taqozo qiladi. Chunki predmetlarni
yaxlit holda solishtirib bo„lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko„ra
taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim.
Analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga
ajratilib, har qaysisi alohida o„rganiladi.
Sintez analizga teskari usul bo„lib, u analiz davomida ajratilgan qismlar,
tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun holiga keltirishdan
iborat. Sintez bo„lmasa predmet haqida yaxlit fikr hosil qilib bo„lmaydi.
Analiz va sintez uzviy bog„liqdir.
Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan
aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi,
nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraksiyalash yordamida
amalga oshiriladi.
Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim
xususiyatlariga ko„ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta
tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati
yaratiladi.
Tushunchalar so„z va so„z birikmalari yordamida ifoda qilinadi.
Masalan “talaba”, “universitet,”, “muhandislik texnologiyalari fakulteti”,
“Toshkent davlat texnika universiteti”. Lekin bundan tushuncha va so„z
aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha har
xil tillarda, ba‟zan bir tilda ham turli xil so„zlar bilan ifoda qilinadi.
Tilimizdagi omonim va sinonim hodisalari so„z va tushunchaning nisbiy
mustaqil holda mavjudligidan dalolat beradi.
Tushuncha o„zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning
mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari yig„indisi
tashkil etadi. Masalan, “fan” tushunchasining mazmunini fanning muhim
belgilari, ya‟ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning
birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi obyektiv
chin (haqiqiy) bilimlar sistemasidan iborat bo„lishi, dunyoqarashning
shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi.
Tushunchaning hajmi esa unda fikr qilinayotgan predmetlar
yig„indisidan iborat. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan “fan”
tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq
va hokazolarni o„zida qamrab oladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog„liq bo„lib, u
tushunchaning mazmuni va hajmi o„rtasidagi teskari nisbat qonuni
15
yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning hajmi
kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha hajmi toraytirilsa, mazmuni
kengayadi. Masalan, “Fan” tushunchasining mazmuniga “mantiqqa oid
bo„lish” belgisini qo„shish bilan hajm jihatidan undan torroq bo„lgan
“mantiq fani” tushunchasiga o„tiladi.
“Fan” tushunchasining hajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan
unga nisbatan torroq bo„lgan “ijtimoiy ong shakli” tushunchasi hosil
qilinadi. Bunda faqat fanga xos bo„lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida,
masalan san‟atda bo„lmagan spetsifik belgilar tushuncha mazmunidan
chiqarib tashlanadi.
Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo„yicha bir qancha turlarga
bo„linadi. Xususan, hajmiga ko„ra alohida va umumiy tushunchalar farq
qilinadi.
Alohida tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan,
“Yer planetasi”, “ToshDTU asosiy kutubxonasi” va shu kabilar alohida
tushunchalardir. Umumiy tushunchalar predmetlar guruhini aks ettiradi.
“Planeta”, “Kutubxona” tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi.
Mazmuni bo„yicha tushunchalar, avvalambor, abstrakt va konkret
tushunchalarga bo„linadi. Konkret tushunchalarda predmet o„zining belgilari
bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning
belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan “Inson”,
“Tabiat” tushunchalari konkret tushunchalar, “qahramonlik” (insonga xos
xususiyatni aks ettiradi), “go„zallik” (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni
ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir.
Mazmuni bo„yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham
ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud
bo„lgan predmetlarni aks ettiradi. “Davlat”, “badiiy asar” ana shunday
tushunchalardir.
Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud
bo„lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan,
“o„qituvchi” va “o„quvchi”, “ijobiy qahramon” va “salbiy qahramon”,
“sabab” va “oqibat” tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi.
Ba‟zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. Ijobiy
tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa,
salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo„lmagan belgilar
orqali fikr qilinadi. Masalan, “savodli kishi”, “vijdonli kishi” – ijobiy
tushunchalar, “savodsiz kishi”, “vijdonsiz kishi” esa salbiy
tushunchalardir.
16
4. Tushunchalar bilan olib boriladigan mantiqiy amallar
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish tushunchalar ustida
olib boriladigani amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va
hajmi o„rtasidagi teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda amalga
oshiriladi.
Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmiga tor
tushunchaga fikran o„tishdan iborat. Masalan, “harakat” tushunchasidan
“mexanik harakat” tushunchasiga o„tsak, uning hajmini chegaralagan
bo„lamiz.
Tushunchalarni bo„lish. Tushunchaning hajmini unda aks etgan
predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yo„li bilan
aniqlashga tushunchani bo„lish deyiladi. Bo„lish amalini bo„linuvchi
tushuncha (hajmi aniqlanishi lozim bo„lgan tushuncha), bo„lish asosi
(predmetning tushunchada fikr qilanadigan birorta umumiy belgisi) va
bo„lish a‟zolari (bo„lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar)
tashkil etadi. Masalan “Inson” tushunchasini (bo„linuvchi tushuncha)
ijtimoiy kelib chiqishiga ko„ra (bo„lish asosi) “ishchi”, “dehqon”, “ziyoli”
(bo„lish a‟zolari) tushunchalariga ajratish yo„li bilan uning hajmi
aniqlanadi. Bo„linuvchi tushuncha jins tushuncha, bo„lish a‟zolari tur
tushunchalar bo„lib, ular o„zaro birga bo„ysunish munosabatidadirlar.
Tushunchalarni bo„lish amalini predmetlarni qismlarga ajratishdan farq
qilish lozim. Masalan, avtomobilni kuzov, shassi, dvigatel va shu kabilarga
ajratsak, uni qismlarga bo„lgan bo„lamiz. Predmetning qismi predmetning
umumiy belgilariga ega bo„lmasligi mumkin. Shuning uchun ham “Kuzov
avtomashinadir”, degan hukm hosil qilsak, u xato bo„ladi. Agar
“avtomobil” tushunchasini “yengil avtomobil”, “yuk tashuvchi avtomobil”
tushunchalariga ajratsak, uni bo„lgan bo„lamiz.
Bo„lishning ikkita turi mavjud: asos bo„lgan belgining o„zgarishiga
qarab bo„lish va dixotomik bo„lish. Birinchi turida predmetning birorta
umumiy belgisi bo„lish uchun asos qilib olinib, uning o„zgarishiga
muvofiq holda predmetlarning ayrim guruhlari aniqlanadi. Masalan:
burchakning o„zgarishiga qarab “uchburchak” tushunchasi uchta tur
tushunchaga: “to„g„ri burchakli uchburchak”, “o„tmas burchakli
uchburchak”, “o„tkir burchakli uchburchak”larga ajratiladi. Bo„lish asosi
qilib bo„linuvchi tushunchaning mazmunida fikr qilinadigan har qanday
umumiy belgini olish mumkin. Masalan “uchburchak” tushunchasini
tomonlariga qarab “teng tomonli uchburchak”, “teng yonli uchburchak”,
“turli tomonli uchburchak” tushunchalariga ajratish mumkin.
17
Dixotomik bo„lish bo„linuvchi tushunchani o„zaro zid bo„lgan ikkita
tur tushunchaga ajratishdan iborat. Masalan, barcha kishilarni “dindorlar”
va “dindor emaslarga” ajratsak, dixotomik tarzda bo„lgan bo„lamiz.
Dixotomik bo„lish bir qator qulayliklarga ega. Xususan, bunda biz
bo„linuvchi tushunchaning barcha turlarini ko„rsatib o„tirmasdan,
o„zimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga zid bo„lgan tushunchaga
birlashtiramiz. Shu bilan birga dixotomik bo„lish ma‟lum bir
kamchiliklarga ham ega. Masalan, inkor tushunchaning hajmi noaniq
bo„ladi. Undan tashqari dixotomik bo„lishdan faqat bir marta
foydalangandagina kutilgan maqsadga erishish mumkin. Bo„lish amali
to„g„ri borishi uchun ma‟lum bir qoidalarga rioya qilish kerak. Ular bo„lish
qoidalari deb ataladi.
a) Bo„lish teng hajmli bo„lishi, ya‟ni bo„lish a‟zolari hajmlarining
yig„indisi bo„linuvchi tushuncha hajmiga teng bo„lishi kerak. Masalan,
“fe‟l zamonlari” tushunchasini “o„tgan zamon fe‟li” va “hozirgi zamon
fe‟li” tushunchalariga ajratsak, xato ro„y beradi. Chunki “kelasi zamon
fe‟li” tushunchasi qolib ketgan. Ikkinchi xil xatoda esa ortiqcha bo„lish
a‟zosi ko„rsatilgan bo„ladi.
b) Bo„lish bir asos bo„yicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha
aytganda, asos qilib olingan belgi bo„lish davomida boshqa belgi bilan
almashtirilmasligi zarur.
d) Bo„lish a‟zolari hajmi bo„yicha bir-birini istisno qilishi kerak. Buning
uchun ular birga bo„ysunish munosabatidagi tushunchalar bo„lishi kerak.
Agar “bino” tushunchasini “bir qavatli bino”, “ko„p qavatli bino”,
“osmono„par bino” tushunchalariga bo„lsak, xatoga yo„l qo„ygan bo„lamiz.
Chunki “ko„p qavatli bino” tushunchasi bilan “osmono„par bino”
tushunchasi bir-birini hajmi bo„yicha istisno qilmaydi.
e) Bo„lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, unda “sakrash” bo„lmasligi
kerak. Masalan, “gap” tushunchasini “oddiy gap”, “ergashgan qo„shma
gap”, “bog„langan qo„shma gap” tushunchalariga ajratsak, bo„lishdagi
izchillik yo„qoladi. Bunda oxirgi ikkita bo„lish a‟zosi “qo„shma gap”
tushunchasining turlaridir. Demak, “sakrash” hodisasi ro„y bergan.
Klassifikatsiya (turkumlash) tushunchalarni bo„lishning alohida turidir.
Klassifikatsiya predmetlarni ma‟lum bir turlarga (kichik sinflarga yoki
ayrim predmetlarga) ajratishdan iborat bo„lib, bunda har bir tur
boshqalariga nisbatan o„zining aniq va qat‟iy o„rniga ega. Klassifikatsiya
natijalari har xil jadvallar, sxemalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda
o„z aksini topadi.
18
Mantiqda sun‟iy va tabiiy klassifikatsiyalar farq qilinadi. Sun‟iy
klassifikatsiya predmetlarning birorta umumiy belgisiga ko„ra amalga
oshiriladi. Unga misol qilib kutubxonadagi kitoblar katalogini ko„rsatish
mumkin. Tabiiy klassifikatsiyani amalga oshirish uchun bo„lish asosi qilib
predmetlarning birorta muhim belgisini olish kerak. Ana shuning uchun ham u
predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy
bog„lanishlarni aniqlash imkonini beradi. Bunga Mendeleyevning kimyoviy
elementlar davriy sistemasi, Darvinning jonli tabiat predmetlari
klassifikatsiyasi misol bo„la oladi.
Tushunchalarni ta‟riflash (definitsiya) tushunchaning mazmunini
ochib beradigan mantiqiy amaldir. Ta‟rif aniqlanuvchi va aniqlovchi
qismlardan tashkil topadi. Aniqlanuvchi qismning mazmuni ochib berilishi
lozim bo„lgan tushuncha, aniqlovchi qismni esa aniqlanuvchi
tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi.
Masalan, “Mantiq to„g„ri tafakkur shakllari va qonunlarini o„rganuvchi
falsafiy fandir” degan ta‟rifda “mantiq” aniqlanuvchi qismni, qolganlari
esa aniqlovchi qismni hosil qiladi. Ta‟riflash bilishda quyidagi asosiy
vazifalarni hal qilishda yordam beradi:
1) tushunchada aks etuvchi predmetning muhim belgilarini ko„rsatadi;
2) tushunchani ifoda qiluvchi so„zning (terminning) ma‟nosini ochib
beradi;
3) termin hosil qilishga imkon beradi. Yuqoridagi vazifalardan qaysi
birining hal qilinishiga qarab nominal va real ta‟riflar farq qilinadi.
Nominal ta‟riflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar
yangi termin bilan almashtiriladi hamda uning ma‟nosi aniqlanadi.
Masalan, “Mantiq” grekcha “logos” so„zidan olingan bo„lib, tushuncha,
fikr, so„z, qonuniyat kabi ma‟nolarga ega” desak, mantiq tushunchasiga
nominal ta‟rif bergan bo„lamiz. “Til belgilarini o„rganuvchi fan
semiotikadir” degan ta‟rif ham nominal ta‟rifga misoldir.
Real ta‟rifda predmetning muhim belgisi aniqlanadi. Masalan, “Atom –
moddaning yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasidir” degan
ta‟rif real ta‟rifdir.
Real ta‟rif aniq va noaniq ko„rinishlarda bo„lishi mumkin. Aniq real
ta‟rif predmetlarning muhim belgilarini to„g„ridan-to„g„ri ko„rsatib beradi.
Noaniq real ta‟rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar
orqali ochib beriladi. Masalan, o„qigan parchamizda notanish terminlar
uchrab qolganda, uning ma‟nosini lug„atdan foydalanmasdan, boshqa
so„zlarning ma‟nosiga qarab aniqlashimiz mumkin.
19
Genetik ta‟rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalagan
predmetning kelib chiqishini ko„rsatish orqali ochib beriladi. Masalan,
“Suv ikki atom vodorod va bir atom kislorod birikishi natijasida hosil
bo„lgan kimyoviy birikmadir”, degan ta‟rif genetik ta‟rifga misoldir. Bu
ta‟rifning mantiqiy strukturasi yaqin jinsi va tur belgisini ko„rsatish orqali
ta‟riflash bilan bir xildir.
Ta‟riflash ma‟lum qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Ular
quyidagilardan iborat:
a) ta‟rif teng hajmli bo„lishi kerak, ya‟ni aniqlanuvchi tushuncha hajmi
bilan aniqlovchi tushunchalar hajmlari yig„indisi teng bo„lishi kerak;
b) ta‟rif aniq bo„lishi kerak;
d) ta‟rif aylana shaklida bo„lib qolmasligi kerak. Ta‟rif berishda aniqlovchi
tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o„ziga
murojaat etilsa, ta‟rifda aylana hosil bo„ladi. Masalan, “Mantiq to„g„ri fikrlash
haqidagi fandir” deyilganda ta‟rifda aylana vujudga keladi. Chunki, “To„g„ri
fikrlash nima?”, degan savolga, “U mantiq qonun-qoidalariga rioya qilingan
holda fikrlashdir”, deb javob berishga to„g„ri keladi, ya‟ni “mantiq”
tushunchasiga murojaat qilinadi.
Tavtologiya ham shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo„ladi. Bunda
aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan
bo„ladi. Masalan, “Ta‟magir ta‟magirlik qiluvchi kishidir” desak,
tavtologiyaga yo„l qo„ygan bo„lamiz;
e) ta‟rif iloji boricha inkor shaklda bo„lmasligi kerak. Aks holda
predmetga xos bo„lgan belgi o„rniga unda yo„q bo„lgan belgi ko„rsatiladi.
Masalan, “Ong moddiy emas” degan ta‟rif “ong” tushunchasining
mazmunini to„liq ochib bera olmaydi.
Yüklə 19,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin