Tasdiqlayma n” Boysun tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri: B. Soxibov Boysun tumani ta’limi muassalari 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Korrupsiga



Yüklə 16,15 Kb.
tarix01.12.2022
ölçüsü16,15 Kb.
#71758
T A S D I Q L A Y M A N


T A S D I Q L A Y M A N”
Boysun tuman xalq ta’limi bo‘limi
mudiri: ______ B. Soxibov
Boysun tumani ta’limi muassalari 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Korrupsiga qarshi birgalikda kurashamiz ” mavzusida insholar tanlovi tuman bosqichi yakuni to‘g‘risida navbatdan tashqari Boysun tuman XTB mudiri huzuridagi
o‘tkazilgan yig‘ilish


BAYONI № ­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­____
“___” “___“ 2022-yil Boysun tumani

Raislik qiluvchi: Tuman xalq ta‘limi bo‘limi mudiri


o‘rinbosari
B.Ergashev

Qatnashdilar: Tuman XTB metodisti


I.Solayev
Umumta‘lim maktabi ona tili va adabiyot
fani o‘iqtuvchilari


KUN TARTIBI:

O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan 2022-yil 17-avgustdagi 8-sonli bayonnomasi bilan “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o‘tkazilgan tadbirlar rejasi tasdiqlanganligi to‘g‘risida


(B.Ergashev, I.Solayev, S. Rahmonova, G.Qurbonova)


Yig‘ilishni tuman xalq ta‘limi mudir o‘rinbosari B.Ergashev ochib berib, kun tartibidagi masala, ya’ni umumta’lim muassasalar 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida insholar tanlovi yakuni to‘g‘risida ekanligi o‘qib eshittirildi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tashkil etilgan umumta‘lim maktablarining 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi tanlov e’lon qilinganligini ta’kidladi va tanlov natijalari to‘g‘risida ma’ruza qildi, hamda tanlov shartlari haqida ma‘lumot berdi. Tanlov hududlar miqyosida ikki bosqichda, quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi va tuman bosqichi 9-20-noyabrda, ikkinchi bosqich 20-30-noyabr kunlarida o‘tkaziladi va eng yuqori uch o‘rinni egallagan o‘quvchilarning ishlari baholanadi.


Shundan so‘ng fan metodisti tanlovining tuman bosqichi tanlov nizomiga asosan o‘tkazulganligi o‘quvchilarning ijodiy ishlarini holisona va shaffof baholash uchun tuman ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilaridan iborat hakamlar hay’ati tuzilganligi haqida aytib o‘tidi. Tanlov 30-noyabr kuni tumandagi 1-sonli umumta‘lim maktabtabda o‘tkazildi.
Tanlov shartlariga asosan ta’lim muassasalari 8-9-10-11- sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Insho yozish uchun ikki soat vaqt berildi. O‘quvchilarning ijodiy ishlari inshoni baholash mezoniga asosan hakamlar hay’ati tomonidan baholandi va sinflar kesimida o‘quvchilar g‘olib bo‘lib quyidagi natijalar qayd etildi.

Jumladan, 6-sonli umumta‘lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Normamatova Sevinch 1-o‘rinni va 8-sinf o‘quvchisi Ahmedova Aziza 1-o‘rinni, 2-sonli umumta‘lim maktabining 11- sinf o‘quvchisi Xolnazarov Baxtiyor 1- o‘rinni egalladi. 10-sonli umumta‘lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Ismoilova Shaxzoda 2-o‘rin, 54-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdusattorova Dilshoda 3- o‘rinni egalladi. Bildirilgan fikr mulohazalardan kelib chiqib yig‘ilish




Q A R O R Q I L A D I

  1. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan 2022-yil 17-avgustdagi 8-sonli bayonnomasi bilan “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o‘tkazilgan tadbirlar rejasi tasdiqlanganligi to‘g‘risida xati ma‘lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Tuman xalq ta’limi bo‘limi metodisti I.Solayevga:

“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida insholar tanlovida g‘olib deb topilgan o‘quvchilarga tuman xalq ta’limi bo‘limining I-II-III- darajali diplomlar va estalik sovg‘alari taqdim etilsin.

  1. Ushbu yig‘ilish bayonining ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Yig‘ilish kotibi : I.Solayev
Yüklə 16,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin