Tadbirkorlik va boshqaruv


Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishning jahon amaliyotida qo’llaniladigan usullari



Yüklə 73,22 Kb.
səhifə7/14
tarix12.05.2023
ölçüsü73,22 Kb.
#112250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
kurs ishi ramazon 1

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishning jahon amaliyotida qo’llaniladigan usullari


Umumlashtirish maqsadida bosh va shuba korxonalari guruhini bosh korxonaga qaram jamiyatlardan iborat yagona iqtisodiy tuzilma sifatida baholab, bosh korxonaga qaram barcha jamiyatlarning aktiv va passivlari, daromad va xarajatlari umumlashtirilishi lozim. Mazkur jamiyatlar qatoriga turli mamlakatlarda joylashgan, faoliyatning barcha huquqiy shakllaridagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni har xil usullar hamda turli hisobot muddatidan foydalangan holda tuzadigan jamiyatlar va korxonalar kiradi.
Bosh korxonaning bosh va shuba korxonalari guruhning qolgan jamiyatlariga muayyan darajada ta’sir qilishi konsern mavjudligining asosiy belgisi hisoblanar ekan, xalqaro amaliyotda ushbu ta’sir quyidagi uchta turli darajaga bo’linadi: 1) hal qiluvchi ta’sir,
2) hamkorlikdagi ta’sir, 3) ahamiyatli ta’sir.
Тa’sir (nazorat) - jamiyatning moliyaviy va tezkor faoliyatini moliyaviy yoki nomoliyaviy xususiyatga ega iqtisodiy foyda olish maqsadida boshqarish imkoniyatidir.
Hal qiluvchi ta’sir - bu iqtisodiy siyosatni aniqlash imkonini beradigan va shuba korxonasi, bosh korxona tomonidan boshqaruv qarorlarni so’zsiz qabul qilinishini ta’minlaydigan nazoratdir.
Ahamiyatli ta’sir moliyaviy va rasmiy qarorlarni hal etishda ishtirok etish imkonini beradi, biroq, hal qiluvchi ta’sirdan farqli ravishda ularni aniqlamaydi.
BHХSga ko’ra, bosh va shuba korxonalari guruhining jamiyatlari uchta alohida jamiyatga bo’linadi: shuba, birgalikda nazorat qilinadigan va qaram jamiyatlar. Shunday qilib, shuba va qaram jamiyatlar bosh va shuba korxonalari guruhi (konsern, korporotiv oila) a’zolari hisoblanadi. Qaram jamiyatlar birlashish maqsadlariga qarab, bevosita qaram va qo’shma (hamkorlikda nazorat qilinadigan) jamiyatlarga bo’linadi.
Yuqorida bosh va shuba korxonalari guruhi jamiyatlarining ularga bosh korxona ta’siri darajasidan qat’iy nazar bo’linishini ta’kidlagan edik. Biroq, bunda muayyan jamiyatga ta’sir darajasini aniqlaydigan mezonlar yoki belgilar aniqlanmagan edi. quyida BHХS tarkibidagi ob’yektiv belgilar tahlil qilinadi. Mazkur belgilarga muvofiq hal qiluvchi, hamkorlikdagi va ahamiyatli ta’sir o’rtasidagi bo’linishni keltirish mumkin.
Agar bosh korxona shuba aksionerlik korxonasi ovozlarining yarmidan ko’piga yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan shuba jamiyati ustav kapitalining yarmidan ko’piga ega bo’lsa umumiy holatda hal qiluvchi ta’sirning mavjudligi taxmin qilinadi. Chunki, shunday vaziyatlar bo’ladiki, ovozlar yoki kapitaldagi ulushning ko’pligiga qaramasdan bosh korxona shuba jamiyatiga (masalan, uning Nizomida cheklanish qayd etilgan bo’lsa) hal qiluvchi ta’sir ko’rsata olmaydi. IAS (BHХS) qoidalariga muvofiq, bunday jamiyatlar birlashtirilayotganda shuba jamiyati hisoblanmaydi. Ayni paytda, teskari holat ham paydo bo’lishi mumkin. Bunda Bosh korxona shuba jamiyatda ovozlarning yarmidan kamiga ega bo’ladi ya’ni:
-aslida boshqa aksiyadorlar bilan shartnoma asosida ovozlarning yarmidan ko’piga ega bo’lsa;
-ushbu jamiyatga shartnoma (g’arbda "Hukmronlik to’g’risida shartnomalar" deb nomlangan) asosida yoki Nizom qoidasiga muvofiq hal qiluvchi ta’sir ko’rsatish imkoniga ega bo’lsa;
-boshqaruv a’zolarining aksariyat qismini tayinlash yoki chaqirish imkoniga ega bo’lsa;
-ko’pchilik qaroriga ta’sir qilish ya’ni Boshqaruv va shunga o’xshash organ yig’ilishida o’z siyosatini o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lsa.
Bunday holatlarda Bosh korxona aslida hal qiluvchi ta’sir qilishni amalga oshirgani sababli bu jamiyatlar shuba jamiyatlari sifatida ko’rib chiqiladi.
Amaliyotda, ishtirok etish tizimi tarmoqlarga bo’linishi ya’ni bunda bitta Shuba jamiyati o’z navbatida boshqa jamiyatlarga ega bo’lish holatlari uchrab turadi.
Shuningdek, o’ziga xos kichik korxonalar ham paydo bo’ladi. Ushbu korxonalar shuba, qaram yoki hamkorlikda nazorat qilinadigan bo’lishi. Muayyan kichik korxonalar qaysi turga kirishini aniqlash uchun quyidagi qoidaga amal qilish kerak: bosh korxona ovozlarning foizini yoki nabira kompaniya kapitalidagi ulushini aniqlashda kompaniya ovozlari (ulushi) uning shuba kompaniyalariga tegishli ovozlar ulushi bilan qo’shilishini hisobga olish lozim.
Yuqorida ko’rib chiqilgan barcha turdagi: Shuba, hamkorlikda nazorat qilinadigan va qaram jamiyatlar alohida ko’zda tutilgan usullar yordamida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritiladi.
Odatda, jamiyatlar ikkita katta Bosh va shuba korxonalari guruhiga bo’linadi: birlashtirishning tashqi doirasi jamiyati va ichki doirasi jamiyati.
Bosh va shuba korxonalari guruhi ichki doirasiga yaqin bo’lgan dastlabki tuzilma Shuba jamiyatlari hisoblanadi. Chunki asosiy jamiyat ularga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatish orqali to’liq nazorat qiladi. Iqtisodiy nuqtai-nazardan qaraganda mazkur jamiyatlar konsernning tashkiliy qismini hosil qiladi. Aynan shu sababli, shuba jamiyatlarining moliyaviy hisoboti konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga to’liq umumlashtirish usuli yordamida kiritiladi, ya’ni ulardan to’liq hajmda foydalaniladi. Bunda umumlashtirish jarayonlariga quyidagilar kiradi: kapitalni umumlashtirish, «majburiyatlarni» (debitorlik, kreditorlik qarzlarini va rezervlarni) umumlashtirish, «oraliq natijalarni» chiqarib tashlash, daromad va xarajatlarni umumlashtirish. Ushbu holatda shuba jamiyatlari birinchi ichki doira-to’liq umumlashtirish doirasini ifoda etadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Shuba jamiyatlarini to’liq birlashtirishda shuba jamiyatining 100 %dan kamroq kapitaliga ega bo’lgan ozchilik ulushi moddasini alohida aks ettirish muhimdir. Ozchilik ulushi (boshqa ishtirokchilar ulushi) deganda bosh va shuba korxonalari guruhi shuba jamiyatlarining kapitali yoki aktivlari hajmida, shuningdek, uning tarkibiga kirmaydigan jamiyatlarga tegishli va ularning foizli ishtirokidan qat’iy-nazar ko’zda tutilgan daromadlari yoki xarajatlari tushuniladi. Ushbu bandni o’z mablag’i sifatida (Birlik nazariyasini qo’llagan holda) yoki qarz kapitali sifatida (Manfaatlar nazariyasini qo’llagan holda) ko’rib chiqish mumkin.
Ikkinchi tuzilma yoki ichki birlashtirishning ikkinchi doirasida Bosh korxonaning ta’sir darajasi qo’shma jamiyatda shuba jamiyatiga nisbatan kamroq bo’lib, u jamiyatning ishtirok ulushi bilan aniqlanadi. Demak, bosh va shuba korxonalari guruhiga hamkorlikda nazorat qilinayotgan (qo’shma) jamiyatdagi asosiy jamiyat ishtirok etish ulushining ma’lum bir qismigina tegishlidir. Shuning uchun, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga hamkorlikda nazorat qilinayotgan jamiyatlar moliyaviy hisoboti mutanosib birlashtirish usuli orqali kiritiladi. Bu usul shuba jamiyatlarini to’liq umumlashtirish usuliga o’xshash, faqat uning quyidagi o’ziga xos xususiyati mavjud:
-qo’shma jamiyat yoki hamkorlik faoliyatining aktiv va majburiyatlari, barcha xarajatlari hamda daromadlari kiritiladi;
-kapitalni umumlashtirish uchun sotib olish usuli qo’llaniladi, ayni paytda birlashtirish usulidan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi;
-ozchilik ulushi hisobga olinmaydi va aks ettirilmaydi (bu balans bahosi va yangi qiymat usullarini bir-biriga mos kelishiga olib keladi).
Bosh va shuba korxonalari guruhi qo’shma jamiyati va jamiyatlari o’rtasidagi muomalalar bosh korxonaning ishtirok etish ulushiga mutanosib ravishda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotdan chiqariladi.

Yüklə 73,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin