Tadbirkorlik va boshqaruv


Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot



Yüklə 73,22 Kb.
səhifə3/14
tarix12.05.2023
ölçüsü73,22 Kb.
#112250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs ishi ramazon 1

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot - (konsolidatsiya inglizcha consolidate - birlashtirmoq, mustahkamlamoq) hisobot sanasidagi moliyaviy ahvolni va xo’jalik yurituvchi jamiyatlar guruhining hisobot davri uchun moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi umumlashtirilgan ko’rsatkichlar tizimi hisoblanadi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot alohida moliyaviy hisobotlar, ya’ni xo’jalik yurituvchi jamiyatlar guruhi har bir a’zosining umumlashtirish lozim bo’lgan hisobotlarini umumlashtirish asosida tuziladi.
Bosh va shuba korxonalari guruhi hisobotining tavsifi mantiqan Bosh va shuba korxonalari guruhi mazmuni va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot maqsadidan kelib chiqadi. Chunki, konsernni mavjudligini aniqlovchi xususiyat Bosh korxonaning Bosh va shuba korxonalari guruhi jamiyatlarini muayyan darajada nazorat qilish imkoniyati hisoblanadi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning maqsadi Bosh va shuba korxonalari guruhining mulkiy va moliyaviy holati, shuningdek, uning faoliyati natijalarini alohida mustaqil iqtisodiy birlik, konsern misolida ko’rsatish hisoblanadi.
Ushbu maqsadga muvofiq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tarkibi oddiy jamiyat hisobotiga muvofiq kelishi lozim. Shuning uchun u o’z ichiga quyidagilarni oladi:
konsolidatsiyalashgan balans;
moliyaviy natijalar to’g’risidagi konsolidatsiyalashgan hisobot;
pul oqimlari to’g’risidagi konsolidatsiyalashgan hisobot; tushuntirish xati va
izohlar.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning bunday tarkibi BHХSda ham belgilab qo’yilgan. Shuni ta’kidlash joizki, umlashtirilgan moliyaviy hisobot tarkibi muayyan mamlakatlar hususiyatlaridan kelib chiqqan holda ajratilishi mumkin. Masalan, Germaniyada AQShdan farqli o’laroq pul oqimlari to’g’risidagi konsolidatsiyalashgan hisobot asosiy tarkibiy qism hisoblanmaydi.
Respublikamizda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda moliyaviy hisobot shakllarining barcha turlari to’ldiriladi.
Bosh va shuba korxonalari guruhi hisobotining tarkibi Yevropa mamlakatlarida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishning umumiy qoidalarini aniqlaydigan YeIHning 7-yo’riqnomasiga muvofiq, o’z ichiga buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotni oladi hamda konsern moliyaviy holati to’g’risidagi hisobot bilan to’ldiriladi. Bunda bosh korxona tashabbus tarzida pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni qo’shimcha tuzishi, shuningdek, konsern moliyaviy hisobotini o’zaro bog’liq korxonalar boshqaruvi rahbariyatining ma’ruzasi bilan to’ldirilishi mumkin.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzishda birlashtirish ob’yektlari yoki birlashtirish doirasi ya’ni Bosh va shuba korxonalari guruhi hisobotiga kiritilishi lozim bo’lgan jamiyatlarni aniqlash ancha murakkab hisoblanadi.
Dastlab konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot 1866-yilda Cotton Oil Trust kompaniyasi tomonidan tayyorlangan edi. AQShdagi Price Waterhouse auditorlik firmasi vakili, ingliz buxgalteri Artur Dikinson umumlashtirish muallifi hisoblanadi. U mazkur kompaniya bosh buxgalteri V.Filbert bilan birgalikda o’zaro hamkorlik qiluvchi kompaniyalar yaxlitligiga doir iqtisodiy nazariyadan foydalangan holda umumlashtirish tartibini ishlab chiqdi.
Yevropa mamlakatlarida umumlashtirish g’oyalari kechroq rivojlandi. Bu borada Gollandiya ancha ilg’or bo’lib chiqdi Mueller So firmasining konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti haqidagi dastlabki ma’lumot 1926-yilda qayd etilgan.
Germaniyada 30-yillargacha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot deyarli qo’llanilmagan. Faqat 1965-yilga kelib, hisob yuritishda umumlashtirish majburiy deb e’lon qilindi. Ayni paytda u inglizcha-amerikacha amaliyotdan farq qilar edi va bu tafovut 1985 yilda YeIHning 7-sonli yo’riqnomasi bilan bartaraf etildi.
Fransiyada 1983-yilgacha umumlashtirish haqida maxsus qonun yo’q edi, shu tufayli konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot ayrim hollarda tuzilar edi. Biroq iqtisodiy jarayonlar taqozosi bilan 1983-yilga kelib qimmatli qog’ozlar birjasida ro’yxatdan barcha o’tgan kompaniyalarning 75%i ixtiyoriy ravishda umlashtirilgan moliyaviy hisobot tuzdi.
Yevropaning boshqa mamlakatlarida bu boradagi dastlabki ishlar 80-yillarda boshlangan.
Yaponiyada «Buxgalteriya hisoboti bo’yicha nizom» 1977-yilda Moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan bo’lib, uning tamoyillari ingliz-amerika maktabining ta’limotiga asoslangan. Korxonalarni samarali boshqarishda xalqaro tajribani qo’llash zarurati umumlashtirish nazariyasini amaliyotga joriy etishni taqozo etdi. Shu maqsadda qator xalqaro tashkilotlar qoshida maxsus qo’mitalar tashkil etildi. Shulardan eng nufuzlisi BMТ qoshida 1973-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qo’mitasidir (IASC), dastlab unga 13 ta mamlakat: AqSh, Angliya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar a’zo bo’lib kirdilar. qo’mita ustavida uning vazifalari quyidagicha belgilangan:
moliyaviy hisobot tuzish va taqdim etishda qo’llanilishi lozim bo’lgan buxgalteriya hisobining standartlarini shakllantirish va nashr etish, ularning butun dunyoda qabul qilinishini rag’batlantirish va joriy etilishini kuzatish; moliyaviy hisobot tuzishga tegishli bo’lgan buxgalteriya hisobi yo’riqnomalari,
standartlari va jarayonlarini takomillashtirish hamda uyg’unlashtirish.
Hozirgi kunga kelib, IASC 40dan ortiq standartlarni ishlab chiqqan. Ushbu standartlar (BХХS) tavsiya xususiyatiga ega bo’lib, yuridik jihatdan ularga amal qilish majburiy emas.
70-yillarning o’rtalarida qo’mita umumlashtirish jarayonini tadqiq etishga kirishdi. O’tgan davr mobaynida ushbu muammoga bag’ishlangan 5ta standartni e’lon qildi. Masalan, 14-standart “Segmentlar bo’yicha moliyaviy hisobot”, 27standart “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot va shuba korxonalariga investitsiyalar hisobini yuritish”, 21-standart “Chet el valutasini qayta hisoblash tufayli vujudga kelgan o’zgarishlar hisobini yuritish”, 22-standart “Biznes kombinatsiyalari hisobini yuritish” 25-standart “Investitsiyalar hisobini yuritish”, shuningdek, 28-standart “Uyushgan kompaniyalarda investitsiyalar hisobini yuritish”.
Bu sohada Yevropa Hamjamiyati doirasida ham keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda 1983-yilda mashhur yettinchi direktiva “Hisob yuritish va konsolidatsiyalashgan hisobot” qabul qilindi va u konsolidatsiyalashgan hisobot tarixida muhim bosqich bo’lib qoldi.
Hamjamiyat a’zolariga 1988-yilga kelib, hisob yuritish va hisobotga doir milliy qonunchilikka o’zgartirishlar kiritish, 1990-yilgacha esa, ushbu direktivani bajarish bo’yicha uslubiy va metodologik tavsiyalar ishlab chiqish vazifalari topshirildi.
Yettinchi direktiva amalda BХХSni sharhlaydi, konsolidatsiyalashgan hisobot tuzishga doir ko’plab masalalarni tartibga soladi. Chunonchi, u konsolidatsiyalashgan hisobot tuzishning tamoyillari va qo’llanilishi mumkin bo’lgan usullarini belgilaydi, uni tuzishga majbur jamiyatlarni, umumlashtirilishi lozim bo’lgan yoki bo’lmagan jamiyatlarini aniqlaydi. Хususan Yettinchi direktvada konsolidatsiyalashgan hisobotning quyidagi tarkibi ko’zda tutilgan: balans, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, tushuntirish xati, korxonanining moliyaviy holati to’g’risidagi hisobot va auditorlik xulosasi. Konsolidatsiyalashgan hisobot nashr etilishi talab qilinadi.
Asosiy jamiyat konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzishga, Yettinchi direktivaga ko’ra, quyidagi hollarda majburdir:
-u ovoz berish huquqiga ega aksiyalarning yoki boshqa jamiyat kapitalining katta qismiga ega bo’lsa;
-rahbariyatning, boshqaruvning yoki taftish komissiyasining asosiy qismini tayinlash va chaqirib olish huquqiga ega bo’lsa va ayni paytda ushbu jamiyat ta’sischisi bo’lsa;
-boshqa jamiyatga uning ta’sis hujjatlariga yoki maxsus shartnomalarga muvofiq hal qiluvchi ta’sir ko’rsatish huquqiga ega bo’lsa;
-biror jamiyatning ta’sischisi bo’lgan holda boshqa ta’sischilar bilan kelishib, muayyan qarorlarni qabul qilishda ovozlarning aksariyatiga ega bo’lsa.


Yüklə 73,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin