Tadbirkorlik va biznes asoslari Mavzu: Yakka tartibdagi tadbirkorlik, o’zini-o`zi band qilish yakka tartibdagi tadbirkorlik



Yüklə 12,21 Kb.
səhifə1/5
tarix16.12.2023
ölçüsü12,21 Kb.
#181843
  1   2   3   4   5
Yakka tartibdagi tadbirkorlik-fayllar.org


Yakka tartibdagi tadbirkorlik

Tadbirkorlik va biznes asoslari
Mavzu: Yakka tartibdagi tadbirkorlik, o’zini-o`zi band qilish
YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIK
Siz tadbirkorlikni boshlashdan avval uni qanday shaklda amalga oshirishingizni aniqlab olishingiz lozim. Buning uchun dastlab eng oddiy shaklni tanlash maqsadga muvofiqdir. Bu esa yakka tartibdagi tadbirkorlik hisoblanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shaklidir. Bunday faoliyatni amalga oshirish uchun «yakka tartibdagi tadbirkor» sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish kifoya.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.
JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR
Fuqorolik kodeksiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqoroligi bo`lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deyiladi. U jamoaviy tuzilma bo‘lgan yuridik shaxsdan farq qiladi: jismoniy shaxs bevosita o‘z nomidan ish yuritadi – faoliyat yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma – tegishli firma yoki korxonani qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart emas.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, yuridik shaxs o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lib, ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilotdir. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.


YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIKNING


Afzalliklari


KAMCHILIKLARI

O‘z faoliyatini mustaqil boshqarish huquqiga egaligi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik murakkab boshqaruv tuzilmasiga ega emas. Ya’ni, unda korxonadagi singari direktor, buxgalter kabi lavozimlarni tashkil etish shart emas. Ushbu vazifalarning barchasini yakka tartibdagi tadbirkorning o‘zi bajaradi


O‘z faoliyati natijalari uchun cheklanmagan shaxsiy javobgarlikka egaligi. Deylik, siz yakka tartibdagi tadbirkor sifatida zararga kirib qoldingiz. Bu qanday holda ro‘y berganidan qat’i nazar, siz ushbu faoliyatga sarflangan mablag‘larni o‘z mol-mulkingiz bilan qoplashga majbursiz


Faoliyat yuritishning nisbatan yengilligi. Masalan, yuridik shaxs ko‘rinishidagi korxonalar zarur hollarda o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish imkoniga ega emas. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun esa tegishli soliq idorasiga murojaat


Faoliyatni kengaytirishda yollanma mehnatdan foydalanishning cheklanganligi. Ya’ni, qonunchilikka ko‘ra, faoliyat turiga qarab, bir nafardan uch nafargacha xodimni yollashga ruxsat etiladi. Bu esa, yakka tartibdagi tadbir-


qilish orqali o‘z faoliyatini muayyan muddatga to‘xtatib turish va bu davr uchun soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirmasligi ruxsat etiladi


korga o‘z faoliyatida ko‘p ishchilarni talab qiluvchi texnologiyani joriy qilishga imkon bermasligi mumkin







Yüklə 12,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin