Sopol materiallar va ularning sinflari Sopol materiallar uchun xom ashyolar Sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/9
tarix17.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#99534
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sopol materiallar va ularning sinflari Sopol materiallar uchun x


4-MA’RUZA. KERAMIK MATERIALLAR VA BUYUMLAR TARKIBI VA XOSSALARI.
Reja:

  1. Sopol materiallar va ularning sinflari

  2. Sopol materiallar uchun xom ashyolar

  3. Sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish
  4. Sopol materiallar va buyumlarning xillari


Sopol materiallar va ularning sinflari


Gilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qo‘shilmalar qo‘shib, qoliplash va kuydirish yo‘li bilan olinadigan materiallar va buyumlarga “sopol materiallar” deb ataladi.


Sopol buyumlarni (asosan turmushda ishlatiladigan idish-tovoqlar, vaza va shu kabilar) ishlab chiqarish miloddan bir necha ming yil avval, juda qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. Ancha keyin cherepitsa, qoplama plitalar va g‘isht kabi sopol qurilish materiallarini tayyorlash boshlangan.
Hozirgi kun qurilishida sopol materiallar va buyumlardan devorlar qurish va bino tomlarini yopish, pol, devor va fasadlarni qoplash, o‘choq va tutun quvurlarini terish, oqova va drenaj quvurlarini qurish hamda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Sopol buyumlar yasaladigan material sopol ishlab chiqarish texnologiyasida “sopolak” deb ataladi.
Qurilishbop sopol buyumlar sopolakning tuzilishi, konstruktiv tavsiflari, sirtining holati va h. bo‘yicha turlanadi.
Konstruktiv tavsiflari va ishlatilishi bo‘yicha sopol materiallar va buyumlar quyidagi guruxlarga bo‘linadi: devorlar uchun (g‘isht, sopolak toshlar, g‘ishtdan qilingan bloklar va panellar); tomlar uchun (ichi kovak toshlar, sopol toshlardan yasalgan to‘sinlar, tom va qoplama panellari); binolar fasadini qoplash uchun (sopol g‘isht va toshlar, fasad plitkalari, gilam sifatidagi sopolak va boshqalar); binolar ichiga qoplash uchun (sirlangan plitkalar va fason detallar, pol uchun plitkalar); tom uchun mo‘ljallangan (shtamplangan pazli va tasmasimon gil cherepitsa, yassi va to‘lqinsimon tasma va boshqalar); oqova va drenaj quvurlari, santexnika buyumlari (chanoq, vanna, hojatxona tuvagi, yuvish idishchalari va boshqalar); kislotabardosh buyumlar (g‘isht, plitkalar, quvurlar); yo‘l materiallari (g‘isht va toshlar); issiqdan himoyalovchi materiallar (g‘ovakli ichi bo‘sh g‘ishtlar va toshlar, perlitli sopol va boshqalar); engil betonlar uchun to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit); olovbardosh buyumlar (g‘isht va shakldor buyumlar).
Sopolakning tuzilishiga ko‘ra sopol buyumlar g‘ovakli va zich xillarga bo‘linadi. G‘ovakli materiallardan yasalgan sopolak singanda xira ko‘rinadi, suvni oson shimib oladi, g‘ovakligi 5% dan ortiq. G‘ovakli sopol buyumlar jumlasiga g‘isht, ichi kovak toshlar, cherepitsa va boshqalar kiradi. Oq yoki bir tekis bo‘yalgan zich materiallar singanda yaltiroq chig‘anoqsimon ko‘rinadi, g‘ovakligi 5% dan oshmaydi, suyuqlik va gazlarni o‘tkazmaydi. Zich sopol buyumlar ichida pol plitkalari, kislotaga chidamli g‘isht va boshqalarni aytish mumkin.
Sopol buyumlar sirlangan va sirlanmagan bo‘lishi mumkin Sir (bo‘yoq) kuydirish yo‘li bilan puxtalab singdirilgan shishasimon qoplamdir. U buyumlarni tashqi ta’sirlarga chidamli, suv o‘tkazmaydigan va chiroyli manzarali qiladi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin