Sodir etilgan qilmishni Jinoyat huquqi nazariyasi va O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori tushuntirishlaridan kelib chiqib huquqiy tahlil qiling



Yüklə 20,64 Kb.
səhifə1/2
tarix21.08.2023
ölçüsü20,64 Kb.
#140091
  1   2
Zaynobidinov Azizbek


1-kazus

Toshkent shahrida yashovchi Ashurmatovning OITS bilan kasallanganligini bilgan onasi Ashurmatova o'g'lining yoshi 34 ga kirgan bo'lsada uylantirolmayotganligidan tashvishlanib, opasi Bekboeva va singlisi Kuchimovalarga maslahat soladi. Opa-singillar o'zaro maslahatlashib, Ashurmatovni uylantirish uchun Sirdaryo viloyatida yashovchi tanishi Xosilovaga iltimos qilishadi. Ashurmatovning OITS bilan kasallanganligidan bexabar Xosilova o'zining ota-onasiz o'sgan jiyani Abidovani kelinlikka tavsiya qiladi. Tomonlar o'zaro kelishib 2019 yilning 25 sentyabr` kuni to'yni o'tkazish to'g'risida kelishib olishadi. Ashurmatov va Abidovalarning nikoh to'yi 2019 yilning 25 sentyabr` kuni Toshkent shahridagi Oq tulpor to'yxonasida bo'lib o'tdi. Biroq, Abidovaning yangi namunadagi biometrik pasporti yo'qligi sababli ular o'rtasida nikoh FHDYO organida qayd etilmaydi. Ashurmatov va Abidova o'zlarining nikohini taxminan 2020 yilning yanvar`-fevral` oylarida o'tkazishga kelishib olishadi.To'ydan keyin, ya'ni 2019 yilning 4 oktyabrida jiyani Abidovadan xabar olgani kelgan Xosilova qo'shnilardan Ashurmatovning OITS bilan kasallanganligi haqida xabar topadi. Dastlab bu xabarga ishonmaydi, masalaga aniqlik kiritish uchun Ashurmatovning onasiga uchrashib, u bilan gaplashadi. Shu payt Ashurmatovning onasi yig'lab, bo'lgan voqeani so'zlab beradi. Xosilova esa bundan jahli chiqib, nega bu haqda avvaldan aytishmaganini, agar bilganida jiyanini kelinlikka tavsiya qilmasligini bildiradi. Shuningdek, Xosilova bu haqda jiyani Abidovaga ham xabar berib, tuman ichki ishlar bo'limiga ariza bilan murojaat etishadi.


Sodir etilgan qilmishni Jinoyat huquqi nazariyasi va O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori tushuntirishlaridan kelib chiqib huquqiy tahlil qiling.Qilmishni sodir etgan shaxslar harakatlarini kvalifikatsiya qiling.
Kazusdan shu narsa ko`rinib turibdiki, jinoyat ishtirokchilikda sodir etilgan, shu sababli Jinoyat kodeksining ishtirokchilikda jinoyat sodir etish bobiga qisqacha to`xtalib o`tsak. Real borliqda jinoyatlar ko'pincha bir nechta shaxs tomonidan sodir etilib, ular jinoyat sodir etish yoxud jinoiy faoliyat bilan shug'ullanish uchun o'z kuchlarini birlashtiradilar. Jinoyat kodeksining Umumiy qismida jinoiy faoliyatning alohida shakli sifatida ishtirokchilikning yuridik tabiati nazarda tutilgan bo'lib, ishtirokchilikda jinoyat sodir etgan shaxslarning javobgarlik doirasi va asoslari aniqlab berilgan. Jinoyat kodeksining 27-moddasiga binoan, ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. Ushbu tushunchadan kelib chiqqan holda, ishtirokchilik jinoiy faoliyatning alohida shakli bo'lib, u quyidagi majburiy subyektiv va obyektiv belgilar majmuiga ega deyish mumkin. Obyektiv tomondan ishtirokchilikka quyidagi belgilar xos: 1) ikki va undan ortiq shaxslarning mavjudligi; 2) jinoiy qilmishda birgalikda ishtirok etish. Jinoyatda birgalikda ishtirok etish jinoyat va jinoiy faoliyatning birgalashib, umumiy maqsadlami ko'zlagan holda amalga oshirilishini anglatadi va quyidagilarni bildiradi: har bir ishtirokchining qilmishi boshqa ishtirokchilar qilmishini amalga oshirish uchun zaruriy shart hisoblanib, ular bir-birini to'ldiradi; barcha ishtirokchilarning qilmishlari bajaruvchi sodir etayotgan jinoyat bilan sababiy bog'lanishga ega bo'ladi; yuzaga kelgan jinoiy oqibat barcha ishtirokchilar uchun umumiy va yagona hisoblanadi. Subyektiv tomondan ishtirokchilik: 1) qasddan sodir etilgan jinoyatning mavjudligi; 2) o'zaro xabardorlik bilan ta'riflanadi. Birinchi subyektiv alomat - ishtirokchilik faqat qasddan sodir etilgan jinoyatlarda bo'lishi hamda barcha ishtirokchilarning xatti-harakati qasddan sodir etilgan jinoyat sifatida talqin etilishidan iborat. Ishtirokchilikda subyektiv tomonning o'ziga xos xususiyati jinoyatda yoki jinoiy faoliyat bilan shug'ullanish uchun tashkil topgan jinoiy guruhda ishtirok etayotgan har bir shaxsning boshqa ishtirokchilarning jinoiy harakatlaridan xabardorligi bilan tavsiflanadi. Demak, ishtirokchilikda subyektiv tomonning mavjud bo'lishi uchun ishtirokchilarda umumiy qasd mavjud bo'lishi kerak. U quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1) ishtirokchilarning har biri yoki ba'zilarining sodir etayotgan jinoyatlaridan xabardorligi; 2) har bir ishtirokchining boshqa ishtirokchilar bilan birgalikda jinoyat sodir etayotganligi yoxud jinoyat sodir etishda yordam berayotganligini tushunib yetishi: 3) umumiy jinoiy oqibatni xohlash yoki unga bila turib yo'l qo'yish. Ishtirokchilik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlarda bo'lmaydi.1 Kazusdagi holat O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 4-qismida bila turib, boshqa shaxsni OIТS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirganlik yoki unga OIТS kasalligini yuqtirganlik uchun javobgarlik belgilangan. OIТS virusi jinsiy aloqa natijasida, ukol qilish uchun sterillanmagan shprislardan foydalanilganda, tarkibida virus bo‘lgan donor qoni yoki dorilarni tomirga yuborish yo‘li bilan, ona suti orqali va boshqa shu kabi manbalardan yuqtirilishi mumkin. Shuni esda saqlash kerakki, bunday kasallikka chalingan shaxsga, hozircha davo yo‘q va bu kasallikka chalingan shaxs o‘lim xavfidan xoli emas. Sharhlanayotgan jinoyatning ob'ekti – o'zga kishining hayoti va sog'lig'idir. Oldindan bila turib deganda, aybdorning o'zidagi OITS kasalligini aniq bila turib, jabrlanuvchiga uni yuqtirish xavfi ostida qoldirishi tushuniladi. JK 113-moddasining 4-qismi bo'yicha javobgarlik kelib chiqishi uchun shaxs bila turib, OITS kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirishi yoki bu kasallikni yuqtirgan bo'lishi kerak. OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) – inson organizmining har qanday kasallikka qarshi kurashish qobiliyatining yo'qolishi. OITS virusi har xil: jinsiy aloqa, sterillanmagan shprits, ushbu virus mavjud bo'lgan donorlik qoni orqali va boshqa yo'llar bilan yuqishi mumkin. Jinoyat OITS bilan kasallanish xavfi ostida qoldirish yoki kasallik yuqtirilgan paytdan tugallangan hisoblanadi. Aybdorni JK 113-moddasining 4-qismi bilan javobgarlikka tortish uchun aybdor o'zida VICH infektsiya virusi mavjudligini bilishi lozim. Agar shaxs o'zining VICH infektsiya virusi bilan zararlanganligini bilmay turib, boshqa shaxsni OITS kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirsa yoki bu kasallikni unga yuqtirsa, ushbu qilmishda jinoyat tarkibi bo'lmaydi, chunki bunday hollarda ayb mavjud emas. Har qanday 16 yoshga to'lgan va OITS kasalligi bilan kasallangan shaxs jinoyat sub'ekti bo'la oladi. Bundan kelib chiqadiki, kasallangan Ashurmatov bilan oila qurgan Abidova ma’lum bir vaqt o’tib virusni jinsiy aloqa qilish yo’li bilan yuqtirib olish ehtimoli yuqori. Shu o’rinda aytib o’tish kerak, bu jinoyatni sodir etishda subyekt o’zining kasallanganini qilmishning sodir etilishidan oldin bilishi shart. Agarda kasallanganini bilmasdan turib qilmishni sodir etsa ham jinoyat tarkibini bermaydi. Agarda subyekt o’zining kasallanganini bilib va bundan xabardor bo’lgan jabrlanuvchi bilan jinsiy aloqa qilsa yoki jinsiy aloqa qilish jarayonida kasallikning yuqishini oldini olluvchi har xil vositalardan foydalansa ham javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo’lmaydi. Jinoyatni sodir etishda ishtirokchilik mavjud bo’lib, 28-moddaga binoan, Ashurmatov bevosita bajaruvchi uning onasi Ashurmatova esa tashkilotchi vazifalarini bajargan. Ashurmatovaning opasi va singlisi agarda jiyanining kasalligidan boxabar bolgan taqdirda ishtirokchi, behabar bo’lganida esa ishtirokchi deb hisoblanmaydi.
Ashurmatovning OITS bilan kasallanganligidan bexabar Xosilova va Obidovaning xati- harakatlariga baho beradigan bo`lsak, Xosilovaning ro’li mutlaqo jinoyatda ishtirokchilikga aloqador emas. Sababi Xosilova bundan behabar bo’lgan. Voqeadan habar topganidan keyingi harakatlari fikrimizni tasdiqlaydi. Abidova esa, kasallikni yuqtirgan yoki yuqtirmaganligidan qati nazar jabrlanuvchi hisoblanadi va jabrlanuvchi sifatida keyingi jarayonlarda ishtirok etadi.
Ashurmatov va Abidovalarning nikoh to'yi 2019 yilning 25 sentyabr` kuni Toshkent shahridagi Oq tulpor to'yxonasida bo'lib o'tdi. Biroq, Abidovaning yangi namunadagi biometrik pasporti yo'qligi sababli ular o'rtasida nikoh FHDYO organida qayd etilmaydi. Quydagi vaziyat qanday huquqiy asoslarga ega, FHDYO organlarida nikohni qayd etish holatlari haqida to`xtladigan bo`lsak, Prezidentning «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» muvofiq FHDYO organlariga quyidagi vazifalar topshirilgan:
fuqarolik holati dalolatnomalari (tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish va o‘lim)ni qayd etadi, shuningdek otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish harakatlarini amalga oshirish;
nikohni, shu jumladan nikoh uylarida va tug‘ilganlikni tantanali ravishda qayd etish (fuqarolarning xohishiga ko‘ra);
tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklariga nikoh munosabatlari bo‘yicha dalolatnomalarni qayd etish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarni oldini olish bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etish.
Nizomga muvofiq, oila qurishni istagida bo’lgan shaxslar, nikoh kunidan bir oy oldin FHDYO organiga ariza bilan murojaat qilishlari kerak edi. E’tiborli tomoni shundaki bir oy davomida nikoh qurmoqchi bo’lgan shaxslarga tibbiy tekshiruvdan o’tish sharti qo’yilganligidadir. Agarda, kazusdagi nikoh holati FHDYO organi tomonidan qonuniy amalga oshirilgan bo’lganida, tibbiy tekshiruv jarayonida Ashurmatovning yoki Abidovaning sog’ligi bo’yicha barcha ma’lumotlar aniqlangan bo’lar edi.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, OITS kasalligi haqida juda ko‘p eshitamiz. Darhaqiqat, targ‘ibot ishlari kuchidan ushbu bedavo xastalikka chalinish sabablari va uning oqibatlari borasida deyarli barcha kishilar boshlang‘ich tushunchaga ega. Lekin, shunday bo‘lishiga qaramay, kasallangan insonlar soni kamayib qolayotgani yo‘q. Demak, jamiyatimizda kasallikni oldini olish bo‘yicha hali ko‘p harakat qilishimiz zarur. Lekin, ko‘pchilik kishilar aynan shu kasallikdan atrofidagi insonlar aziyat chekkanidagina xulosa chiqarmoqda. Shu o‘rinda aytilaverib, ta'sir kuchini deyarli yo‘qotayotgan iboraga to‘xtalamiz: “Kasallikni davolashdan ko‘ra, oldini olgan ma'qul”. Kazusimizdagi holat ham Xosilova kuyovni yaxshilab surishtirmay jiyanini uzatib yuborganligiga guhov bo`lishimiz mumkin. Yangi yangi qonunlar joriy qilish, sanksiyalarni kuchaytirish bilan bu holatni kamaytirish qiyin, fuqorolarimizni huquqiy savodxonligini oshirishimiz, hushyorlikka davat qilishimiz kerak.


Yüklə 20,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin