Shaxsni o‘rganishga turlicha yondashuv



Yüklə 42,3 Kb.
tarix27.02.2023
ölçüsü42,3 Kb.
#85736
Shaxsni o‘rganishga turlicha yondashuv


SHAXSNI O‘RGANISHGA TURLICHA YONDASHUV

1. Psixologiyada shaxs tushunchasi. Psixologiya fanida inson tushunchasini ochib beruvchi bir necha tushunchalar mavjud – sub’ekt, individ, shaxs. Bu tushunchalar insonning har xil qirralarini anglashga imkon beradi. Birinchidan, psixologiya insonni bir butun tarixiy va ijtimoiy jarayonning sub’ekti (ishtirokchisi, bajaruvchisi) hamda ob’ektiv reallikni o‘zgartiruvchi va bilish manbai sifatida namoyon bo‘luvchi aniq faoliyat sub’ekti sifatida tushunadi. Faoliyat esa inson faolligining shakli sifatida namoyon bo‘lib, insonga atrofdagi olamni va o‘z-o‘zini bilishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, psixologiya insonni individ sifatida o‘rganib va quyidagilarni nazarda tutadi:


• inson boshqa tirik mavjudotlarning o‘ziga xos vakili bo‘lib, hayvonlardan filo- va ontogenez rivojlanishi bilan farq qiladi;
• insonlar jamoatining alohida vakili bo‘lib, faqat o‘ziga xos bo‘lgan psixika va xulq-atvorga ega; Uchinchidan, psixologiyada har bir insonning individualligi alohida ta’kidlanadi.
Individuallik deganda insonni boshqa odamlardan ajratadigan xususiyatlar tushuniladi. Har qanday inson individual, lekin kimningdir individualligi yorqin namoyon bo‘lsa, kimningdirniki esa bilinmaydi. To‘rtinchidan, psixologiya fani insonni shaxs sifatida o‘rganib, uning ijtimoiy mohiyatini ko‘rsatadi. Jamoa, ijtimoiy va kasbiy guruh tashqarisida inson shaxs bo‘la olmaydi. Tabiat insonni yaratadi, jamiyat esa shaxsni shakllantiradi. Inson shaxsi turli xil munosabatlar ta’sirida shakllanadi:
1) Ciyosiy munosabatlar. Shaxs psixologiyasi shaxs mustaqilligi, o‘z huquqlariga ega ekanligi, jamiyat hayotini muhokama eta olishi yoki hukmronlik qilayotgan sinfning buyruqlarini bajarishi bilan bog‘liq;
2) Mafkuraviy munosabatlar. Mafkura jamiyat haqidagi g‘oyalar majmui sifatida shaxsga ta’sir etadi va uning psixologiyasi, dunyoqarashi, individual va ijtimoiy ustanovkalarini shakllantiradi;
3) Shaxs a’zo bo‘lgan guruhdagi insonlar munosabati. O‘zaro hamkorlik va muloqot jarayonida insonlar bir birlariga ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida esa ularning qarashlari, ijtimoiy ustanovkalari hamda jamiyat, mehnat, insonlar, o‘z xususiyatlariga bo‘lgan boshqa munosabatlari shakllanib boradi. Shu bilan birga shaxs guruhda ma’lum bir avtoritetga ega bo‘lib, o‘ziga ajratilgan maxsus rollarni bajaradi. SHaxs ijtimoiy munosabatlarning nafaqat ob’ekti, balki sub’ekti, ya’ni faol bir qismi hamdir. SHaxslar o‘zaro munosabatlarga kirishib, ob’ektiv ijtimoiy qonuniyatlar ta’sirida insoniyat tarixini yaratadi. Shunday qilib, shaxs – ma’lum bir mamlakat, jamiyat va guruh (ijtimoiy, etnik, diniy, siyosiy va boshqa guruhlar) a’zosi bo‘lib, atrofdagi olam va ijtimoiy borliqqa o‘z munosabatini bildiradigan, maxsus faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan hamda individual va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan insondir.
Shaxs rivojlanishi har xil omillarga bog‘liq. Ular ichiga odatda quyidagilar kiradi: oliy nerv tizimning o‘ziga xosligi, anatomik va fiziologik xususiyatlar, atrofdagi olam va jamiyat, ijtimoiy-foydali faoliyat. Bu omillarning har biriga to‘xtalib o‘tamiz.
1. Oliy nerv tizimning o‘ziga xosligi butun nerv tizimining ishida, miyadagi tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarining nisbatida, temperament, his-tuyg‘ular, xulq-atvorda namoyon bo‘ladi.
2. Shaxsning anatomik va fiziologik xususiyatlar – psixika va xulq-atvoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ko‘zning yaxshi ko‘rmasligi yoki quloqning yaxshi eshitmasligini muloqot va o‘zaro hamkorlik jarayonida inobatga olish kerak. Anatomik-fiziologik xususiyatlarning amalga oshirilishi asosida inson layoqati yotadi. Layoqatlar organizmning tug‘ma anatomik-fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib, qobiliyatlar rivojlanishiga yordam beradi.
3. Atrofdagi olam va jamiyat.
YUqorida aytib o‘tganimizdek shaxs faqat jamiyatda shakllanadi. Tabiat ham shaxs shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq shimolda o‘sgan odamlar o‘z xulq-atvorini boshqara olishi, vaqtdan samarali foydalanishi bilan ajralib turadi. Individning tabiiy xususiyatlari, shu jumladan, faolligi va emotsionalligi tug‘madir. Inson faolligi har xil faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga moyillik, psixik jarayonlar kechishining tezligi va kuchliligi sifatida namoyon bo‘ladi. Emotsionallik individning atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlarini aks ettiruvchi xis-tuyg‘ulari va emotsiyalari dinamikasida namoyon bo‘ladi. Makromuhit, ya’ni jamiyat ham shaxs shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, totalitar jamiyatda o‘sgan insonning rivojlanishi va tarbiyasi, demokratik jamiyatda o‘sgan inson rivoji va tarbiyasidan keskin farq qiladi. Mikromuhit, ya’ni guruh, mikromuhit, oila va h.k. ham shaxs shakllanishidagi muhim omildir. Aynan mikromuhitda insonning eng muhim axloqiy va axloqiy-psixologik xususiyatlari shakllanadi. Bu xususiyatlarni bir tomondan inobatga olish kerak. Ikkinchi tomondan esa ularni ta’lim va tarbiya jarayonida takomillashtirish zarur.
4. Ijtimoiy-foydali faoliyat, ya’ni mehnat jarayonida inson boshqa insonlar bilan muloqotga kirishadi, o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonlari insonning eng muhim shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2. Shaxs haqidagi nazariyalar. Shaxs haqidagi asosiy psixologik nazariyalar uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tgan. Zamonaviy psixologiyada shaxs haqida shakllangan nazariy va metodologik qarashlar tahlil etilib, qayta o‘rganilmoqda. SHaxs haqida to‘g‘ri psixologik bilimlarni olish uchun chet el psixologiyasining yutuqlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shaxs haqidagi nazariyalarni uch qismga ajratishimiz mumkin: I. Shaxs haqidagi an’anaviy nazariyalar (V.Diltey, K.Levin, V. Shtern, 3.Freyd, K. YUng va boshq.); II. Yangi nazariyalar (G. Ayzenk, D. Kettel, A. Maslou, G Ollport, K. Rodjers, K. Xorni va boshq.); III. Eng yangi nazariyalar (E. Bern, K. Leongard, D. Mid, G. Salliven, Sire, E. Fromm va boshq.). І. Shaxs haqidagi an’anaviy nazariyalar ichida freydizm etakchi o‘rin egallaydi. Bu nazariyaga avstriyalik olim Z. Freyd asos solgan.
Freydizm shaxs rivojlanishi va strukturasini ongimiz uchun irratsional va antogonistik bo‘lgan psixik dalillar bilan tushuntiradi va shu asosida psixoterapiya texnikasini qo‘llaydi. Z. Freyd o‘zi davolayotgan kishilardagi kasallik sabablarini ularning yoshligidan qidirgan. Ma’lum bir ruhiy kasalliklar (yoki komplekslar) insonning yoshlik davridagi voqea va hodisalarga bog‘liq deb hisoblaydi. Bu komplekslar insonlar tomonidan anglanmaydi, lekin ularning xulq-atvoriga qattiq ta’sir ko‘rsatadi va salbiy oqibatlarga olib keladi. Har xil metodlar (erkin assotsiatsiyalar metodi, gipnoz, xato harakatlar metodi va boshq.) yordamida Z.Freyd psixik nuqsonlarning sabablarini anglash ijobiy davolovchi effektga ega ekanligini isbotlagan. Bu esa Freydga shaxs psixik hayotining uch darajasini aniqlashga yordam bergan: ongsiz, ong oldi, ongli.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. –T., 2008.
2. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori: - T.: Sharq, 1997.
3. Ivanov P., Zufarova M. Umumiy psixologiya. Darslik. – T., 2008
4. Boymurodov N. Amaliy psixologiya. – T., 2008.
5. Karimova V.M., Akramova F.A. Psixologiya. Ma’ruzalar matni. – T, 2005.
6. Karimova V.M. Psixologiya. O‘quv qo‘llanma. – T.: Abdulla Qodiriy nomli xalq merosi nashriyoti, 2002. – 205
7. Antipova I. i dr. Psixologiya. Uchebnoe posobie dlya studentov vuzov, obuchayuщixsya po ped. spetsialnostyam. – M., 2005 – 591 s
8. Nemov R.S. Psixologiya. V 3-x kn. – M., 2005.
9. Obщaya psixologiya i psixologiya lichnosti / pod red. A.A. Reana. – M., 2009. – 639 s.
10. G‘oziev E.G. Psixologiya (YOsh davrlari psixologiyasi). - T.:O‘qituvchi, 1995.
11. Andreeva G.A. Sotsialnaya psixologiya. – Moskva: izdatelstvo Mir, 1992
12. Karimova V.M. Targ‘ibotning psixologik uslublari. – T.: Ma’naviyat, 2000 – 16 b.
13. Abdullaeva R.M., Raxmonov A. SHaxsning kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan psixologik xususiyatlarni aniqlash usullari. – T, 2001
14. Nishonova Z. Psixologik xizmat. – T., 2007.
15. Nishonova Z. Eksperimental psixologiya. – T., 2007.
16. Abdullaeva SH. va boshq. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan, 2004.
17. Abdullaeva SH., Xolmamatova L.A. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. – T.: TAQI, 2005.
18. Ochilov M. Oliy maktab pedagogikasi. – T., 2008.
19. Mirkomilov M . Pedagogika nazariyasi. – T., 2008.
20. Askarova O.M. Pedagogika. – T., 2008.
21. Podlasыy I.P. Pedagogika. Novыy kurs v 2-x kn. – M.: Vlados, 1999. 239
22. Bordovskaya N., Rean A. Pedagogika.Uchebnoe posobie: – Spb.: Piter, 2009– 304 s.
23. Pidkasistыy P. Pedagogika. Uchebnoe posobie. – M., 2008 – 430 s. 24.
www.psycho.all.ru
Yüklə 42,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin