Salom Dunyo! yoziladi va uni Birinchi htm qilib



Yüklə 322,86 Kb.
səhifə18/26
tarix21.12.2023
ölçüsü322,86 Kb.
#188143
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bob elektron darslik yaratishning nazariy-fayllar.org

Animatsiya usullari. Tasviriy ko’rgazmalilikni joriy etish uchun turli
usullar ishlatiladi. Uslubiy tomonidan olsak, tasvir eskizini jihozlash va yaratishga 
oid usullarda to’xtalamiz.
Animatsiya samarasini qo’llashda bir necha usullar bor: 
Ustma-ustlik usuli. Statik tasvirni tanlab, muallif uni bir tarkibiy qismga bo’ladi va
ularni bir - biriga ustma-ust kelish tarkibini belgilaydi. Dinamik tasvir samarasi 
joriy etiladi. Bu ob'ekt xarakatlanmaydi, lekin yashaydi. Bunday tasvir yig’ik va
obrazli tarzda qandaydir qatorni yoki hodisa ketma-ketligini ta'riflash uchun 
ishlatiladi. Nazariy materialni qismlab joriy etish usuli sekinlik bilan jadval
to’zishda ishlatiladi. Umumlashtirish va o’quv materialni tizimlashda yordam 
beradi.
Fazodagi harakat usuli. Ustma-ustlik usulidan farqi shundaki, qadamlar 
ketma-ketligini ta'riflaydi, tasvir uchun tanlangan ob'ekt ekran kenligida
harakatlanadi. Ko’z oldi qatorini asosini rasmlar tashkil etadi, rasm reproduktsiya 
o’quv rasmlari va videoqismlar.
Animatsiya va ranglilik yaxshi ta'sir beradi. O’quvchi diqqatini jamlovchi 
rangli ekran ko’zatish diapazonini chegaralaydi. Kadrlar o’zaro bog’liq, ketma-
ketlikda beriladi, mustaqil va avtonom. Ayrim kadrlar imzosi yo’q, ularni ulash va 
qo’shish imkoniyati bor, har xil tarzda beriladi, bir tasvir orqali turli uslub
qo’llanadi. Qismlarni tanlash imkoniyati nazariy o’quv materialni tanlash 
imkoniyati nazariy o’quv materialni tushuntirishda qulay. Masalan, 3 rasmli kadr
berildi, bir abzats mazmunini tasvirlovchi. Bu abzatsni o’qishda ketma-ket 3 rasmli 
kadr chiqariladi. O’quv materialni o’rganish jarayonida tasvir sifatida animatsiya
kadrlardan muammoli savollar uzatib, solishtirish jad-vallari tuziladi. Tasvirlar 
sharxlar bilan ko’zatiladi.

Ta'lim jarayoni uchun elektron darsliklar yaratishning nazariy asoslari. 
Respublikada elektron o’quv adabiyotlaridan foydalanishga mo’ljallangan 
axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish, shuningdek, masofadan turib
o’qitishni tashkil etish bo’yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Elektron 

50
adabiyotlar yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko’pgina olimlar tomonidan 


tadqiq etilmoqda.
2006 yildan e'tiboran, elektron o’quv adabiyotlaridan foydalanishning 
uchinchi bosqichi boshlanganiga qaramay ta'lim muassasalari uchun elektron
darslikni yaratish va ularni o’quv-tarbiya jarayonida qo’llash bo’yicha ishlar ancha 
sust ketmoqda. Bu esa, elektron darslik yaratish uslubiyoti, uning tuzilishi, o’z
ichiga oladigan komponentlariniig aniq bir tizimga solinmaganligi bilan bog’liq. 
Elektron o’quv adabiyotlarining uchinchi ya'ni o’quv jarayonida keng
foydalanish bosqichiga o’tishda, o’quv adabiyotlarining yangi avlodini ishlab 
chiqish va ta'lim muassasalarini ta'minlashni jadallashtirish hozirgi kunning
dolzarb vazifalaridandir. Bu borada fanlardan elektron darslikni yaratish muhim 
masala hisoblanadi. Shu o’rinda, darslik atamasiga ta'rif berib o’tsak maqsadga
muvofiq bo’lar edi. 
Darslik - Davlat ta'lim standarti, o’quv dasturi, uslubiyati va didaktik
talablari asosida belgilangan, milliy istiqol qoyasi singdirilgai, muayyan o’quv 
fanining mavzulari to’liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal
o’zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta'lim yo’nalishdarida foydalanish 
imkoniyatlari hisobga olingan nashr ekanligini ta'kidlaymiz.
Elektron darslik esa, kompyuter texnologiyasiga asoslangin o’quv uslubini 
qo’llashga, mustaqil ta'lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy
ma'lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan bo’lib, 
quyidgi shakllarda ifodalanadi:
- o’quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida; 
- o’quv materiallari verbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklida;
- multimedia (multimedia —turli xil aborot) qo’llanmalar, yani ma'lumot uch 
o’lchamli grafik ko’rinishida, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal
(matn) shaklida; 
- taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o’quvchi (talaba, tinglovchi)ni
«ekran olamida» stereonusxasi tasvirlangan qaqiqiy olamga kirishi va 
undagi ob'ektlarga nisbatan qarakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda.


51
Yangi asr ta'limini rivojlanish tendentsiyasi - axborot texnologiyalarini 


o’quv-tarbiya jarayoniga keng qo’llash va tarqatishdan iborat. Bu yo’nalishda
asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini o’z ichiga olgan bilimlar omborini 
yaratish bilan belgilanadi. Yangi axborot texnologiyalarining ta'lim tizimiga tatbiq
etilishi an'anaviy o’qitish jarayonidan o’quvchining o’zi ta'lim jarayonining 
borishini aniqlaydigan yangi jarayonga o’tishini ta'minlaydi.
Elektron darsliklardan foydalangan holda tashkil etilgan o’qitish 
texnologiyasi kelajakda ta'lim tizimida keskin o’zgarish qilishga qodir. Ko’pchilik
iqtidorli o’quvchilar o’zlarining qobiliyati va qiziqishiga mos ravishda mustaqil 
bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ta'limning bunday tizimida maktab va oliy
ta'lim o’qituvchilari bilimlarini o’quvchilarga etkazishda anchagina qiyinchiliklarni 
engishga to’qri keladi. Hozirgi kunda ta'lim muassasalarining hammasida ham
kompyuterli ta'lim etarlicha yo’lga qo’yilmagan. 
Elektron darslikni yaratish borasida anchagina ishlar qilinayotgan bo’lsa-da,
hali darsliklarga oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo’lishdek ochiq tizim 
mavjud emas. Ta'lim tizimining rivojlanishi bilan bunday kamchiliklar asta-sekin
yo’qolib boradi. Elektron darsliklarni yaratish juda murakkab jarayondir. Ta'lim 
texnologiyasi qo’llaniladigan o’quv jarayoni markazida o’quvchi, texnologiya
qo’llanish mazmunida o’quvchilarning mustaqil ta'lim olish qobiliyatini 
rivojlantirish hamda o’quv faoliyati asosida o’qituvchi bilan o’quvchining
hamkorligi yotadi. 
Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun emas, balki shaxs bilan
ishlashga mo’ljallangan. O’quvchi o’zining qobiliyati, fanga qiziqishi va uning 
tayyorgarlik darajasiga qarab ta'lim usulini tanlashi kerak. Elektron darslik
o’quvchining bilim olishini vaqt bo’yicha chegaralamaydi. Shuning uchun ham 
o’quv materialini o’zlashtirish vaqti o’quvchining hoxishiga ko’ra qisqarishi yoki
uzayishi mumkin. 
Elektron darslik o’quvchilarga axborotni o’qish, ma'ruzalarni eshitish,
amaliy va laboratoriya mashg’ulotlariga mo’ljallangan vazifalarii bajarish, o’z 
bilimlarini tekshirish va, zarur hollarda, ularni to’ldirish, o’z-o’zini nazorat qilish


52
kabi bilim shakllarini tavsiya etishi mumkin. Elektron darslik o’z ichiga 


trenajyorlar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun vazifalar, testlarni olishi
va bir vaqtda o’zida bilim berish va o’quvchilarning o’zlashtirish darajalarini 
aniqlash dasturiy ta'minotiga ega bo’lishi kerak.
Boshqacha qilib aytganda, u kursning asosiy axborotli qismini bayon etuvchi 
taqdimot qilishni tashkil etuvchi, olingan bilimlarni mustahkamlashga
mo’ljallangan mashqlar, o’quvchilarning bilimlarini oqilona baholash imkoniyatini 
beradigan testlar kabi uchta komponent bo’lishini talab etadi. Kompyuterga
mo’ljallangan darslik: 
- bir zumda teskari aloqani ta'minlashi;
- zarur 
axborotni
tezlikda 
topishga
yordam

berishi;


gipermatnli 
tushuntirishlarga ko’p marta murojaat qilishda vaqtni tejashi;
- ekranga matnni to’g’ridan-to’g’ri chiqaribgina qolmay, balki multimedia 
texnologiyasi orqali ovozli tahlil qilishi va modellashtirishi;
- aniq bir bo’lim bo’yicha o’quvchilarning o’zlashtirish darajalariga mos 
ravishda bilimni baholay olish imkoniyatini yaratish;
- zarur o’quv axborotlarini yangilash imkoniyatining mavjudligi bilan 
an'anaviy darsliklardan tubdan farq qiladi;
- elektron darslik, shuningdek, o’quv materiallarini ilmiy va ko’rgazmali qilib 
tasvirlash;
- tahliliy-sintetik imkoniyati; 
- axborotni to’la, tizimli va mantiqiy ketma-ketlikda tasvirlash, o’quv
materialini bir tizimda berish va faollashtirish kabi muammoli; 
- o’quv materialini o’zlashtirilishining mustahkamligi;
- ta'limni differentsiallashgan va individuallashtirilganligi; 
- moslanuvchanligi va emotsional ta'sirchanligi kabi psihologo- pedagogik;
- to’la didaktik ta'lim davriyliligi, ta'limning interfaolligi, teskari aloqa, o’z-
o’zini boshqarish vazifalarini amalga oshirish kabi boshqarish, shuningdek,
auditoriya va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil faoliyat jarayonida darslik 
bilan ishlash imkoniyati; ishlashda qulaylik;


53
- katta xajmdagi axborotni saqlashning osonligi va o’quv adabiyoti bilan 


ishlash uchun zarur maxsus texnik jixozlarning (masalan, kompyuterlarning)
mavjudligi kabi tashkiliy- texnologiik imkoniyatlar bo’lishini taqozo etadi. 
Nashr etilgan o’quv materiallarining yuqorida sanalgan didaktik
imkoniyatlari an'anaviy darslik, dasturlashtirilgan darslik, elektron darslik va o’quv 
qo’llanmalar tajribada qiuoslab ko’ilganda, eng ko’zga ko’ringan belgilarni oxirgi
tur (multimediali) o’quv qo’llanmalarida mavjud ekanligi tasdiqlangan. 
Xulosa qilib aytganda, ta'lim muassasalarining o’quv-tarbiya jarayonida
foydalanish uchun mo’ljallangan elektron darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega 
bo’lmog’i lozim:
- predmetdagi axborotlarning yaxshi tuzilishga egaligi; 
- o’quv predmetining tuzilishidagi elementlariga gipermatnli, namoyishli,
audio- va videoizoxdarga asosiy mavzularning mos kelishi; 
- matn va namoyish qilish bilan bir qatorda, darslikning asosiy bo’limlari
bo’yicha o’qituvchilarning o’quv materiallarining video-yoki audioyozuvli 
bayonlarini berilishi;
- rasm, model va sxemalarni tezlikda tushuntirish tizimiga ega bo’lishi va 
bunda gipergrafikadan foydalanilishi;
- ko’p oynalik interfeysning qo’llanilishi; 
- matn qismlarida zarur manbalarga murojaat etishga mo’ljallangan gipermatn
tizimining mavjudligi; 
- matn bilan tushuntirish kiyin bo’lgan predmetning boblari kushimcha
videoaxborot va animatsiyali kliplar bilan ta'minlanishi; 
- audioaxborotlar musika bilan olib borilishi;
- o’quvchilar sinf va sinfdan tashqarida bajarishi kerak bo’lgan vazifa va 
mashqlarning, shuningdek, ularning javoblarining berilishi;
- asosiy tushuncha va modullarning izoxli lug’atining mavjudligi bilan 
an'anaviy darsliklardan farq qilishi kerak.
Elektron darslikning har bir bo’limidan so’ng o’quv materialini mustahkamlash 
uchun savollar berilishi maqsadga muvofiq.


54
Ta'lim muassasalari ta’lim jarayonida elektron darsliklardan foydalanish 


orqali o’quv-tarbiya jarayoni jadallashadi.
O’quv-tarbiya jarayonini jadallashtirishning asosiy omillari qatoriga: 
- bir maqsadga yo’naltirilganlikni ko’tarish;
- o’quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish; 
- o’quv mazmunining axborot xajmini kengaytirish;
- o’quvchilarning o’quv-bilish xarakatini faollashtirish; 
- o’quvchilarning o’quv-amaliy darajasini tezlashtirishlarni kiritish mumkin.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida elektron darsliklarni yaratish jarayonida 
quyidagi jihatlarga e’tiborni qaratish lozim: o’quv axborotlarini notekis va ko’p
darajali tarzda taqdim etish; o’quvchining mustaqil va yakka tartibda bilim olishiga 
yo’naltirilganligi; o’quvchining ruhiy faoliyatini hisobga olish: kuzatish, fikrlash
va amaliy faoliyatlarini rivojlanish xususiyatlarini integratsiyalashdir. 
Elektron darslik - kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta'lim
metodlaridan foydalanishga mo’ljallangan o’qitish vositasi bo’lib, undan mustaqil 
ta'lim olishda va o’quv materiallarini har tomonlama samarali o’zlashtirishda
foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o’quv materiallari o’quvchiga 
interfaol usullar bilan etkazilib, psihologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy
axborot texnologiyalari, audio va videoanimatsiyalar imkoniyatlaridan o’rinli 
foydalaniladi.
Elektron darsliklar quyidagi qismlardan iborat bo’lishi zarur: 
1. O’rgatuvchi qism - gipermatnga asoslangan va statik, dinamik rasmlardan
iborat.

2. Mashq qildiruvchi - xatolarni ko’rsatib beruvchi va to’g’ri xulosaga olib


keluvchi kism. 
3. Nazorat qiluvchi - testlar orqali nazorat qiluvchi tizim asosida shakllanadi.
Bundan ko’rinib turibdiki, elektron darsliklarning imkoniyatlari an'anaviy 
darsliklarga nisbatan ancha keng. Shuningdek, elektron darslik quyidagi asosiy
xususiyatlarga ega: 

55
- ta'limni, o’quv mashg’ulotlarini yuqori sifatli darajada olib borilishi 


ta'minlanadi;
- mustaqil ta'lim olish va egallangan bilimlarni mustaqil baholash imkoniyati 
yaratiladi;
- ma'ruza va amaliy mashg’ulotlarning xamoxangligi ta'minlanadi; 
- axborot-ta'lim ashyolarini rivojlantirish xususiyatining xamoxangligi
ta'minlanadi; 
- matn va boshqa axborot materiallarini maxsus navigatsiya (gipermatn) va
illyustratsiya (multimedia vositalari, rasmlar, diagrammalar va jadvallar) 
yo’li bilan taqdim etiladi.
Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalaigan holda eng 
muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal
darajada engillashtiradi. Elektron darsliklarning quyidagi ko’rinishlari mavjud: 
Foydalanish maqsadlariga ko’ra: jamoa bo’lib va yakkama-yakka foydalaniladigan
elektron darsliklar. Jamoa bo’lib foydalaniladigan elektron darsliklar 
kompyuterning katta tizim ashyolarini talab qilmaydigan bo’lishi kerak, chunki
ular server kompyuterga joylashtiriladi, ulardan kompyuter tarmoqlari 
(INTERNET yoki INTRANET) orqali foydalanish mumkin. Yakkama-yakka
foydalaniladigan elektron darsliklar o’quv materiallarini o’qituvchining ishtirokisiz 
o’rganishga mo’ljallangan. Elektron darsliklarning bu ikki turidan auditoriya
mashg’ulotlarida ham foydalanish mumkin. 
O’quv materiallarini taqdim etish bo’yicha: tartibli va ixtiyoriy. Tartibli
elektron darsliklar ma'lum bir bo’limga oid bo’lgan o’quv materiallarini 
o’zlashtirmasdan keyingi bo’limga o’tishga imkoniyat bermaydi.
O’quv materiallarini va axborotlarni yangilash bo’yicha: uzluksiz va davriy 
yangilanuvchi. Uzluksiz ravishda yangilanadigan elektron darsliklar odatda,
elektron o’quv bazalariga (portallar, Web-saytlar va boshqalar) va elektron 
kutubxonalarga joylashtiriladi. Davriy yangilanadigan elektron darsliklar asosan
elektron axborot tashuvchi (disketa, CD-disk va boshqa)lar bilan taqdim etiladi. 
Elektron darsliklar quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:


56
To’liqlik tamoyili: o’quv materiallarining asosiy mazmunini qamrab olgan 


har bir modul o’zida quyidagilarni mujassamlashtirgan bo’lishi kerak:
gipermurojaatga ega kalit so’zlar; nazariy yadro; nazariya bo’yicha nazorat 
savollari; namunalar; mustaqil echish uchun masalalar; modul bo’yicha nazorat
savollari (javoblari bilan). 
Birinchi bosqich modulida quyidagilar bo’lishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi: testlar; nazorat ishi; yordamchi ma'lumotnoma (Help); tahlillar. 
Ko’rgazmalilik tamoyili: elektron darsliklar modullari, matn va
vizuallashtirilgan 
materiallarning
ma'lum

nisbatini


sachragan 
holda,
illyustratsiyalar va kadrlar jamlanmasidan iborat bo’lishi zarur. 

Tarmoqlanish tamoyili: har bir modul boshqa modullar bilan gipermatnli


murojaatlar orqali shunday bog’langan bo’lishi kerakki, foydalanuvchi ixtiyoriy 
paytda bir moduldan boshqasiga o’ta olishi mumkin bo’lsin. Tarmoqlanish
tamoyili predmetni ketma-ket o’rganishni amalga oshirishni rad qilmay, balki 
uning tavsiya qilingan o’tishlarini mavjud, deb hisoblaydi.
Erkin boshqarish tamoyili: o’quvchilar kompyuter ekranidagi kadrlar 
almashishini mustaqil boshqarishlari, zarur materiallarni istalgan miqdorda
ekranga chiqarishlari va nazorat topshiriqlarini bajarish orqali bilimlarini mustaqil 
sinash imkoniyatlariga ega bo’lishlari kerak.
Moslashuvchanlik tamoyili: elektron darsliklar o’quv jarayonida ma'lum bir 
foydalanuvchining ehxtiyojlariga moslashuvini ta'minlashi, o’rganilayotgan
materialning murakkabligini va chuqurligini, uning amaliy yo’naltirilganligini 
o’zgartirish, foydalanuvchining ehtiyojlaridan kelib chiqib, qo’shimcha illyustrativ
materiallarni shakllantirish imkoniyatlarini ko’zda tutishi maqsadga muvofiq 
bo’ladi.
Kompyuterni qo’llash tamoyili: o’quv materiallarining moxiyatidan kelib 
chikib, o’quvchi istalgan vaqtda kompyuterdan foydalanish imkoniyatiga ega
bo’lishi kerak. Bunday foydalanish uzundan-uzok hisoblashlarni amalga 
oshirishda, turli grafiklarni chizishda va olingan natijalarni istalgan bosqichda
tekshirishda ayniqsa muhimdir. 

57
Egiluvchailik tamoyili: elektron darsliklarni shunday dasturlashtirish 


kerakki, ularni umumiy elektron majmualarga yig’ish (joylashtirish), kengaytirish
va yangi bo’lim hamda mavzular bilan to’ldirish, shuningdek, alohida predmetlar 
bo’yicha elektron kutubxona (masalan, OTM kafedralarida) yoki talaba (yoki
o’qituvchi, ilmiy tadqiqotchi)ning shahsiy elektron kutubxonasini shakllantirishda 
ulardan osongina foydalanish mumkin bo’lsin, boshqacha qilib aytganda,
yuqoridagilarni bajarish imkoniyatini beradigan formatda bo’lishi kerak. 
Elektron darslik ishlab chiqishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
manbalarni tanlash, mualliflar bilan qayta ishlash xuquqi bo’yicha shartnomalarni 
tuzish, mundarija va tushuncha (indeks)larning ro’yxatini ishlab chiqish, modulda
matnlarni bo’limlar bo’yicha qayta ishlash va Help (yordam) yaratish, elektron 
shaklda gipermatnni loyihalash, kompyuterli qo’llab-quvvatlashini ishlab chiqish,
materialni multimediaga singdirish uchun saralash, materialni multimediali ishlab 
chiqish, ovozni ta'minlashni amalga oshirish, materialni ko’rinish (illyustratsiyalar,
rasmlar va boshqalarni quyishga)ga tayyorlash, materialning ko’rinishini amalga 
oshirish.
Elektron darsliklarni ishlab chiqish bosqichlarida quyidagi uslubiy 
maslahatlardan foydalanish foydadan holi bo’lmaydi:
Elektron darslik ishlab chiqishning birinchi bosqichida manba sifatida 
standart dasturga mos keladigan, gipermatnlar yaratish uchun qulay bo’lgan, katta
sondagi misol va masalalarga ega, shuningdek, qulay format (yig’ilish tamoyili)da 
chop etilgan va elektron nashrlardan tanlangani maqsadga muvofiq.
Shartnoma tuzishning ikkinchi bosqichida olingan manbalar yig’indisidan 
narxi va sifati maqbul (optimal) munosabatda bo’lganlari tanlanadi.
Uchinchi bosqichda mundarija ishlab chiqiladi, ya'ni materialning minimal 
xajmi bo’yicha mazmuni eng to’la bo’lgan bo’limlarga ajratiladi, predmetni
o’zlashtirish uchun zarur va etarli bo’lgan tushunchalar ro’yxati tuziladi (ikki yoki 
uch darajali indeks).
To’rtinchi bosqichda manbalarning matnlari mundarija, indeks va modullar 
tuzilishiga mos ravishda ishlab chiqiladi; ro’yxatga kirmagan matnlar olib


58
tashlanadi va manbalarda yo’qlari yoziladi; matn ichidagi ma'lumotnomalar tizimi 


(Help) ishlab chiqiladi; modullar va boshqa gipermatnli aloqalar orasidagi
bog’liqliklar aniqlanadi, kompyuterga kiritiladigan gipermatnlar loyihasi 
tayyorlanadi.
Beshinchi bosqichda gipermatn elektron shaklga o’tkaziladi. Natijada o’quv 
maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan eng sodda elektron nashr yaratiladi
(afsuski, ko’pchilik ana shunday sodda elektron nashrni elektron darslik, deb 
hisoblaydi).
Oltinchi bosqichda kompyuterli qo’llab-quvvatlash ishlab chiqiladi: aniq 
holda kompyuterga qanday matematik amal bajarish va kompyuterning javobi
qanday shaklda tasvirlanishi topshiriladi; intellektual yadro (IY) loyihalanadi va 
amalga oshiriladi; matematik masalani echish uchun (matematik ifodalar va IY
bilan o’zaro ta'sirlar yig’indisining qoidalari) intellektual yadroni qo’llash bo’yicha 
foydalanuvchilar uchun ko’rsatmalarni ishlab chiqiladi. Natijada, talabalarga zarur,
auditoriya mashg’ulotlari uchun foydali va o’qituvchilar uchun qulay 
imkoniyatlarga ega bo’lgan elektron darslik yaratiladi. Bunday ED tijorat asosida
tarqatilishi mumkin. IY shunday bo’lishi kerakki, uni DERIVE, Reduce, MuPAD, 
Maple va boshqa turdagi quvvatlirok kompyuter paketiga almashtirish mumkin
bo’lsin. Endi elektron darslik multimedia vositalari yordamida keyingi 
takomillashtirish (ovoz va ko’rinish berish)ga tayyor.
Ettinchi bosqichda alohida tushuicha va ta'kidlarni tushuntirish usullari 
o’zgartiriladi va matnlar multimedia materiallari bilan almashtirish uchun
ajratiladi. 
Sakkizinchi bosqichda ekranni ortiqcha matnlardan xalos qilish va
o’rganilayotgan materiallar talabaparning tushunishi va xotiraga olishlarini 
osonlashtirish hamda ularning eshitish qobiliyatlaridan foydalanish maqsadida
alohida modullarni ovozli qilishga mo’ljallangan matnlar ishlab chiqiladi. 
To’qqizinchi bosqichda ovoz berish uchun mo’ljallangan matnlar diktofonga
yoziladi va kompyuterga joylashtiriladi. 

59
O’ninchi bosqichda yuqori ko’rgazmalilykka, ekranni matnli axborotlardan 


maksimal ozod qilish va o’rganilayotgan materialni xotiraga olishga erishish uchun
modullar ko’rinishlarining stsenariysi ishlab chiqiladi. 
O’n birinchi bosqichda materiallar kompyuter ekranida ko’rinadigan va
xarakatlanadigan amallar bajariladi, ya'ni ishlab chiqilgan stsenariylarni mos 
rasmlar, grafiklar va animatsiyalar (animatsiya juda qimmatga tushishi yoddan
ko’tarilmasligi kerak) kompyuterga joylashtiriladi. 
Shu bilan elektron darslikni ishlab chiqish tugaydi va undan foydalanishga
tayyorgarlik 
boshlanadi.
Shuni

ta'kidlash


kerakki, 
elektron
darslikdan 
foydalanishga tayyorgarlik ko’rishda uni va multimedia komponentalarini
mazmunli tahrir qilish taqozo etiladi. 
Har qanday predmetdan to’laqonli elektron darslikni yaratish juda mushkul
ish hisoblanadi. Hozirgi kunda yaratilgan va yaratilayotgan elektron o’quv 
adabiyotlari soni uncha ko’p emas. Ushbu ishni jadal odimlar bilan amalga oshirish
va ta'lim muassasalarining o’quv jarayoniga joriy etish hozirgi kunning zaruratiga 
aylandi. Qo’yilgan vazifani amalga oshirish uchun respublikadagi salohiyatli va
tajribali o’qituvchi, uslubchi, olim va tizimli dasturchilarni birlashtirib, maxsus 
elektron darslik yaratuvchi guruxdar, imkoniyatdan kelib chiqqan holda, xatto,
markazlar tashkil etish zarur. Shunda mustaqil respublikamiz kelajagini 
ta'minlaydigan yosh avlodni yangi axborot texnologiyalardan foydalangan holda
o’qitib, bilimli, mustaqil fikrlaydigan va rivojlangan xorijiy davlatlarining yoshlari 
bilan raqobatdosh kadrlar tayyorlashga zamin yaratgan bo’lamiz.


60



Yüklə 322,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin