Salom Dunyo! yoziladi va uni Birinchi htm qilib


Elektron darsliklar yaratish qo’yilgan talablar



Yüklə 322,86 Kb.
səhifə2/26
tarix21.12.2023
ölçüsü322,86 Kb.
#188143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bob elektron darslik yaratishning nazariy-fayllar.org

Elektron darsliklar yaratish qo’yilgan talablar. Hozirda deyarli barcha
sohaning elektron nashrlari mavjud. Lekin hammasini ham foydali deya olmaymiz. 
Ma’lumot undan foydalanilgandagina kerakli bo’lishi mumkin. Shunday ekan
elektron darsliklar tayyorlashda ham ushbu jihatga e’tibor qaratish zarur bo’ladi. 
Ayni paytda yangi axborot texnologiyalari sohasida gipermedia tizimlarini qo’llash
rivojlanib bormoqda. 
Bunday texnologiyalar asosida an'anaviy o’quv matnini yanada
takomillashtirilgan o’quv materiali asosida kengaytirish va chuqurlashtirish hamda 
kurslar va animatsion lavhalardan foydalanish yo’li bilan almashtirish g’oyasi
yotadi. Bunda u yoki bu holda ajratib berilgan matn lavhalari orasida o’zaro 
bog’anish tugunlari barpo etiladi. Mutaxassislarning ta'rifiga ko’ra, gipermatn
inson intellektining katta xajmdagi axborotni esda saqlash kobiliyatini va mazkur 
axborotlar ichidan kommunikatsiya (muloqot) va tafakkur jarayonlarini
assotsiatsiyalash yo’li bilan qidiruv ishlarini olib borishni imitatsiya (o’zida aks) 


42
qiladi. Boshqacha qilib aytganda, gipermatn murakkab darajada tashkil etilgan 
o’quv materiallari tizimi bo’lib, ko’plab statistik va dinamik axborotlarni o’zida
mujassamlashtiradi hamda umumlashgan tarmoq tuzilishiga ega bo’ladi. Bunda 
axborot lavhalari ahamiyatini matn, grafik, sxema, videolavha, ijrochi dastur va
animatsiya (qarakatli jarayon)lar o’ynaydi. 
Matnlar esa, o’z navbatida, yanada kichik matnchalardan tashkil topib, ular
«matryoshka» («qo’g’irchoq ichida qo’g’irchoq») ko’g’irchog’i kabi ko’p marta 
ichma-ich joylashishlari mumkin. Bir matndan ikkinchisiga o’tish (chiqarish)
EDning tarkibiga kiruvchi ma'lum munosabat orqali amalga oshiriladi. Matnlar 
orasidagi o’zaro bog’lanishlardan tashqari matn va videolavhalar, matn va ijrochi
dastur hamda matn va animatsion effektlar orasida ham bog’lanishlar mavjud 
bo’lishi zarur. Bu bog’lanishlar ham ma'lum nisbatlar to’plamida keltirilgan
nisbatlar ko’rinishida berilgan bo’ladi. Biz gilermatnlarni graf-daraxt ko’rinishida 
tasvirlashimiz
mumkin,
bunda
matnlarning 
lavhalari,
grafik
tasvirlar,
videolavhalar, ijrochi dasturlar va animatsiyalar doirachalar (graf tugunlari) 
ko’rinishida, ular asosidagi munosabatlar esa, mos doirachalarni tutashtiruvchi
yoylar shaklida ifodalanadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, gipermatnlardan 
foydalanishning samaradorligi ko’p jixatdan bog’lanishi mumkin bo’lgan
axborotlarning uslubiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiqligiga bog’iq bo’ladi. 
Chunonchi, nisbatlar to’plami har bir elementga hos bo’lgan aniq
vazifalarning 
muayyanlashtirilishi,
ularning 
muqobillik
darajalari 
bilan
harakterlanadi. Matnlar lavhalarida izox talab etuvchi («kalit») so’zlar, 
tushunchalar, matnning boshqa parchalari, jumladan, videolavhalar bilan
bog’langanligini ko’rsatish maqsadida alohida rang bilan ajratilgan (yoxud tagiga 
chizilgan) holda berilishi mumkin. Shunday qilib, gipermatn tizimidan
foydalanuvchilar graf tugunlari bo’ylab «sayohat»ga chiqib, uning uchlaridan mos 
axborot bo’lagini, yoylaridan esa, foydalanish tartibini aniqlashlari mumkin.
Foydalanuvchining axborot lavhalari bo’ylab bunday «sayohati» navigatsiya 
deyiladi. Gipermatn tizimi, kitobni varaqlagan kabi yoxud kitobning mundarijasi
bo’yicha (boblar, paragraflar va betlarni) ierarxik kuzatish singari, matnlarni 


43
ketma-ket qarab chiqish, shuningdek, oldindan ma'lum bog’lanish «yo’llari» 
bo’yicha ixtiyoriy yo’nalishda navigatsiya qilish imkonlarini beradi.
Elektron dasrliklar yatuvchi dasturlarning nomlari har xil, lekin ularni 
boshqarilish tamoyillari deyarli bir xil bo’ladi. Ularning ba’zilari qo’shimcha
imkoniyatlari mavjudligi va ularda darslik tayyorlash qulayligi bilan farqlanadi. 
Dastlab elektron darsliklar o’ta sodda ko’rinishga ega bo’lgan bo’lsa endilikda turli
inson ruhiyatiga ta’sir etadigan tasviriy vositalar bilan boyimoqda. Bunday 
vositalarga turli animatsiya va video fayllarni kitish mumkin. Dastlab bu
imkoniyatlar mavjud bo’lmagan. Vaqt o’tishi bilan Flash, 3D Max dasturlarini 
ishlab chiqilishi elektron darsliklar tayyorlashni yanada mazmundorroq va
foydalanuvchiga mazmuni tushinarliroq bo’lishiga olib keldi. Bularning barchasi 
axborotlarni elektron usulda tezkor almashish va o’zlashtirish imkonini beradi.
Elektron darsliklar iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi. Buning uchun 
tayyorlangan ma’lumotlar foydalanuvchiga kerakli bo’lishligi ahamiyatlidir.
Dunyoda axborot ko’payib keganidan keraklilarini tanlab olish muammo bo’lib 
bormoqda. Ana shu holatlardan qochish maqsadida ko’plab nufuzli muassalar
o’zlarining elektron darsliklarini imkon qadar asosiy va talaba o’zlashtirishi 
muhim bo’lgan ma’lumotlar bilan boyitmoqda. Albatta bu jarayonda elektron
darsliklar yaratuvchi dasturlarning o’rni ahamiyatlidir. Vaqt o’tishi bilan bunday 
dasturlarning
imkoniyatlari 
kengaygan
ko’rinishdagilari 
amaliyotda
qo’llanilmoqda. Bunday dasturlar bozorida arzon bo’lgan, foydalanish uchun qulay 
va sifatli elektron darslik tayyorlovchi dasturlar turli ko’rinishlarni olmoqda.
Elektron darslikni ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o’quv 
materialini bayon etish, amaliy mashg’ulotlarni bajarish va teskari aloqa
(o’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirganlik darajasini aniqlash jarayoni) 
e'tiborga olinishi kerak. Elektron darslik to’laligicha bir faylda bo’lishi maqsadga
muvofiq emas, chunki, u katta xajmda bo’ladi. Bu darslikni kompyuterga 
yuklashdagi tezlikni kamaytiradi va materialni o’zlashtirishni qiyinlashtiradi. Har
bir bob bitta xujjat sifatida tayyorlanishi yuqridagi kamchiliklarni bartaraf qiladi. 
Darslikning matni uchun ixtiyoriy matn muharriri qo’lanilishi mumkin bo’lib,


44
tayyorlangan xujjatlarni txt formatida yoki birdaniga HTML da yozib qo’yish 
mumkin. Matn darslikning faqat axborotli qismidir. Eng kerakli narsa darslikni
tayyorlashning umumiy uslubi hisoblanadi. Freymlar monitorda zarur hollarda 
ko’rinishi kerak bo’ladigan doimiy axborotlarni hosil qilish imkoniyatini beradi.
Bunday axborot sifatida darslik muallifining ismi va sharifi, o’quv muassasasining 
nomi va boshqalar olinishi mumkin. Buni ijobiy tomoni, shundaki, darslikning
mazmunini joylashtirish va matn bo’yicha xarakatlanish (sahifalash) qulay. Shuni 
aytish joizki, freymlarning o’zlari axborot joylashadigan xotiraning ko’p qismini
egallaydilar va natijada, matnlarga joy kam koladi. Elektron darslikning 
yaratilishini oddiy kitobga o’xshash, ya'ni betma-bet chiqadigan qilib freymlarsiz
yaratish ham mumkin. Bunday holda darslikni yuklash vaqti ko’payadi, chunki 
kitobning o’zi katta xajmda bo’ladi. Unda xarakat qilish, ya'ni ekranda
sahifalashning osonligi yo’qoladi. Lekin, bunda axborot fazosi anchagina iqtisod 
qilinadi. Matn bo’yicha xarakatlanishni osonlashtirish uchun ekranda doimiy
joylashgan maxsus ob’ekt yaratgan ma'qul. 
Elektron darslik yaratishda yuqori sifatdagi rasmlarni iloji boricha kamroq
ishlatish kerak. Chunki ular ham darslikni kompyuterga yuklashni sekinlashtiradi. 
Elektron darslik ma'ruza mobaynida namoyish etish vositasi, kompyuter sinflarida
tashkil etiladigan mustaqil ishlash mashg’ulotlarida repetitor, mustaqil ta'lim olish 
vositasi, kompyuterda laboratoriya ishlarini bajarish mobaynida uslubiy
yordamchi, o’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish nazoratchisi, amaliy 
mashg’ulotlar uchun masala va mashqlar ta'minotchisi bo’lib xizmat qilishi
mumkin. Elektron darslik yuqorida sanalgan imkoniyatlarni mujassamlashtirilishi 
uchun darslik yaratayotgan mualliflardan pedagogik mahorat, bilim va ularda
o’rganilayotgan predmet xususiyatini hisobga oluvchi murakkab uslubiy 
ishlanmalarning bo’lishini talab etadi. Avvalo, elektron darslikda boblar alohida
bo’lishi va unga ko’rgazmalilik, ijobiy emotsional fon, xushfe'llik va qo’yilgan 
masalani echishda keng yordam berish tamoyillari qo’llanilishi zarur. Elektron
darslik bilan ta'limning eng qulay stsenariyeini tanlashni ta'minlaydigan interfaol 
tartibda ishlash o’quvchilar bilim olishini faollashtiradi. Elektron darsliklarni


45
yaratishda imkoni boricha uning zarur qismlarini printer orqali chiqarish va 
o’quvchilar hohlagan paytda uni o’qish imkoniyati ham bo’lishini nazarda tutish
kerak. Chunki matnni ekrandan ko’p o’qish o’quvchilar ko’ziga salbiy ta'sir etishi 
mumkin.
Elektron o’quv qo’llanma maksimal darajada tushunish va tushuntirilishga 
ega bo’lishi, inson miyasi, ongiga nafaqat eshitish balki ko’rish orqali etib borishi,
kompyuter tushuntirishidan foydalanish kerak.Tashkil qiluvchi matnlar hajmi 
chegaralangan bo’lishi kerak.
Ko’rgazmali o’qitish. Ko’rgazmalilik tushunchasi. Uning turlari va 
funktsiyalari Ya.Kamenskiy VII asrdayoq ko’rgazmolilikni shunday ta'riflaydi: xar
bir narsani hissiyotlar bilan anglash, o’rganilayotgan ob'etni his-tuyg’ular orqali 
anglash, maket va modellarni o’quvchilar orqali ko’zatish, o’qitish
ko’rgazmaliligini avval aniq ob'ektni anglash deb tushunilgan, masalan: real 
predmet va hodisalar o’z boshlang’ich ko’rinishida mashinalar modellari,
ko’rgazmali (tarqatma material, jadvallar, va ayrim chizmali dasturlar, o’quv 
kinofilmlar. Zamonaviy didaktika shuni ta'kidlaydiki, ko’rgazmalilik tushunchasi
bu nafaqat konkret vizual predmetlarga tayanish, balki modellarga ham model - bu 
nimaq Odatdagi ko’rgazmalilikdan farqi nimadaq Model - bu ob'ekt yoki ob'ektlar
turlarining shartli ko’rinishi. O’rganilayotgan ob'ektning tashqi ko’rinishi xaqida 
tasavvur hosil qiluvchi natural predmetlar anglatadi. Model esa faqat hodisa va
jarayonning ayrim, zarur bo’lgan tomonlarini ko’rsatadi. Bu tomonlar to’g’ri aks 
ettirilishi zarur, o’rganilayotgan hodisa uchun izomorf. O’rganish vositari
ko’rgazmali bo’lishi uchun hodisa modelga aylantirilishi kerak, uning asosiy 
xossalarini ko’rsatish (ya'ni model o’rganilayotgan hodisaga izomorf bo’lishi
kerak), modelning tushunarliligini ta'minlaydi. Izomorflik va oddiylik bu 
ko’rgazmalilikning farqli tomonlari, o’quv modellarining teoriya tushunchalari
shakllanishidagi o’rni Davo`do orqali ilmiy fikrlash asosi deb topildi. O’quv 
modellarini u ko’rgazmalilik va tushuncha uyg’unligi deb ta'riflaydi.
Tasvirlar soni va turlari. Elektron dasturning maqsadi - o’quv materialini 
hamma yutuqlarini saqlab qolish emas, balki kompyuter orqkali tasvir uchun


46
ko’rgazmalarni tanlash. Tasviriy material turi va soni qaysi tartibda tanlanadi. 
Bizningcha, o’quv matni tushunilishi qiyin joyida tasvir kiritiladi, qo’shimcha
ko’rgazmali tasvir orqali mavzuviy-mazmuniy bloklarining uyg’unlashishi va 
tartiblashishi uchun. Kompyuter texnologiya elektron dasturga hamma axborotni
sig’dirish maqsadi qo’yilmaydi. Bu o’quvchini matn parchasini o’rganishdan 
chalg’itadi. Talabaga beqiyos ozodlik berish havfli. Rasmdan lug’atga, boshqa
gipermatnga ko’chish maqsadga muvofiq emas. Lekin, uni ozodlikdan mahrum 
etish ham kerak emas. Ongli kelishuv zarur o’qitish usulidagi bir chiziqlik yoki
modullik yaratilishi kerak. Gipermatnda harakatli rasmlar ko’pligi, dinamikasi bir 
chiziqlik bilim olishni susaytiradi, bu animatsiya to’liq bilim olishga halaqit beradi.
Bir mavzuda nechta tasvir bo’lishi kerakq Bu nazariy o’quv dasturining mazmuni 
va xarakteriga bog’lik. Ko’rgazmalarga boy betlar yoki elektron matnlar
keraklimiq Bir marta tasvir qo’rib, ko’p marta elektron matnni o’qigandan 
yaxshiroq.Misol uchun siz yumuq ko’z bilan notanish xonaga kirib,
yoningizdagidan xonani tasvirlashni so’raysiz, unga 3-5 sekund ichida ko’rgani 
ma'qul. Xonani tasvir vositasi orqali qanday tasavvur etsa bo’ladiq Tasvir soni va
beti aniq belgilanmaydi, quyidagi faktorlari asoslanadi: 
O’quv matnini mazmuni va xarakteriga ko’ra; O’quv uslubiga ko’ra; O’quv
muassasasiga ko’ra. 
Ko’rgazmali vositalar asosida o’qitish tasnifi. Mazmun va xarakteri bo’yicha tasnif
3 guruhga bo’linadi: 
1. Tasvirli ko’rgazmalilikka:
rasmlar reproduktsiyasi; arxitektura va haykataroshlik fotoreproduktsiyasi; o’quv 
matnlar uchun yaratilgan rasmlar; rasm va applikatsiyalar; vidoeparchalar;
audioparchalar; videofilmlar. 
2.Shartli-chizmali ko’rgazmalilikka:
jadvallar; sxemalar; blok-sxemalar; diagrammalar; grafiklar; xaritalar; planshetlar 
kiradi.
3.Predmetli ko’rsatmalilikka: 
muzey eksponatlari; maketlar; modellar.


47
Axborotni ko’z odiga keltirish deb anglash jarayoniga yoki ko’z, yoki quloq, 
yoki baravariga ikkalasi yoki hissiyotlarni ulashdir. O’quv dasturini anglash uning
ko’z oldiga keltirishdan boshlanadi. Shuning uchun barcha sezgi organlari ishga 
tushadi, shu tufayli tez va oson o’quv matnini o’zlashtiriladi. Tasviriy material
bo’lishi kam, u tushunarli va o’zaro bog’langan, aktual bo’lishi kerak. Bunda tasvir 
vositalaridan foydalanadi.
Yaxshi jihozlangan o’quv matni umumiy holatga ijobiy ta'sir etadi. Ranga 
qiziqish oshadi. Diqqat va faoliyat uyg’unnashadi, ko’zatuvchanlik va sezgirlik
oshadi, xotira tayerlanadi, fikrlash jarayoni engillashadi, o’quv materiali 
o’zlashtiriladi.
Jadvallar turlari. Tasvirni oddiy va samarali vositasi bu jadvallar. Ular 
yordamida asosiy mazmunni aniqlash, o’rganilaetgan materialni osonlashtirish va
fikrni eslab qolish, tushuncha va qoidalarni umumlashtirish mumkin. 
Doirali jadvallar - asosiy chizma elementlaridan biri bu doira. Uslubiy qiymati
shundaki, materialni kompozitsiyasini ososhlashtiradi, chegaralashtiradi va 
umumlashtiradi.
Sxema - materialning grafik ko’rinishi, hodisalarning ayrim xossalari shartli 
belgilar orqali beriladi, aloqa va muloqotlar esa qismlarni o’zaro joylashtirilishi va
ikki tomonlama ko’rsatkichlar bilan beriladi. 
Dinamik - animatsion - ob'ektning harakati samarasini belgilashdir, turli
statik jadval to’zishga imkon beradi. Qulayligi shundaki, materialni qismlab berish, 
oz-ozdan, jadvalni o’zgartirish imkoni bor, bir elementni boshqasi bilan
o’zgartirish mumkin. Xarakatli jadvallarni qulayligi o’rganish va mustahkamlashga 
yordam beradi.
O’quv axborotini taqsimlash, chizma tasvir ob'ektlashni to’g’ri tanlash 
harakatning samarasiga olib keladi. Turli qismli uzatishlarni tarqatish imkoni
kompyuter texnologiyalar orqali bajariladi. 
Blok-sxema. Tasvirning ishrtli-chizma turini ko’rib chiqamiz. Sxema bu
materialni chizma tasviri hodisalar qismlari va xossalari shartli belgilar orqali 
beriladi, aloqa va muloqotlar esa qismlarni o’zaro o’rnatilishi va ikki tomonlama


48
ko’rsatkichlar orqali. Jadvallar kabi sxemalar turli formatda bo’ladi, ular ekran 
betini qismini egallaydi, butun betni yoki bir necha betli bo’ladi.
Chizma vositalar yordamida sxemani yana shunday jixozlasa bo’ladi: 
turli ranglar orqali; rasmlar orqali; shriftlar tanlash orqali; aniq sonli qismlar va
aloqalar orqali; sxemaning harakatlanish samarasi orqali; 
Shartli-chizma ko’rgazmalilikka nafaqat sxemalar, balki grafik, diagramma,
aplikatsiyalar, sxemali rasmlar kiradi. Ular xodisa, voqea, jarayonlarning aloqa va 
muloqotlarini
aniqlashga 
ishlatiladi,
matn
qismini
obrazli
tasavvurini
shakllantiradi. Matniqiy ketma-ketlik va ko’p ob'ektlarni tasvir orqali solishtirish 
hosil bo’ladi. Sxemalar bir necha turlarga bo’linadi: statik va harakatli. Tushuncha,
jarayon va hodisalarni tarkibiy qismlarini ko’rsatuvchi mantiqiy qismlar mantiqiy 
ketma-ketligini aniqlaydi.Boshqa tasvirlarni sxematik tasvir bilan taqqoslash real
obraz yaratadi.Sxemani aniq tilga oid material to’ldirishi mumkin, lekin hajmini 
chegaralash kerak, chunki sxema ortiqcha yuklanadi, bu esa sxemaning qiymatini
yuqotadi.Gigiena normasiga keltiruvchi sxemalar engillashadi, qachonki material 
zich o’rnatilsa va shartli belgilar ongli joylashsa. Ular fikr va diqqatni jamlaydi,
mezonlarini anglatadi, lekin aniq xulosalar bermaydi, fikrlash faolligi talab qilnadi, 
mustaqil, abstrakt fikrlashga undaydi, quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
tushuntiruvchi so’zlar kamroq ishlatilishi yuqori, pastki va joy qoldirish ranglar-
rangbarangligini yo’qotish; tarkibiy qismlar soni va aloqalar matn parchasi
mazmuni va xarakteriga mos bo’lishi kerak. 
Bob elektron darslik yaratishning nazariy

4


5


6


7


Yüklə 322,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin