Salom Dunyo! yoziladi va uni Birinchi htm qilib



Yüklə 322,86 Kb.
səhifə11/26
tarix21.12.2023
ölçüsü322,86 Kb.
#188143
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bob elektron darslik yaratishning nazariy-fayllar.org

II. LOYIHA QISM 

2.1. Elektron darslik yaratuvchi dasturlar xarakteristikalari. 

Elektron darslik bu mavjud o’quv qo’llanma, darsliknining undan 


foydalanuvchiga qulaylik yaratish maqsadida maxsus dasturiy vositalar yordamida
ixcham holatga keltirilgan ma’lumotlar to’plamidan iborat. Elektron darslik 
tayyorlashda taqdim etilayotgan ma’lumotlar undan foydalanuvchilarga qulay,
qiziqarli va kerakli bo’lishligi ahamiyatlidir. 
Hozirgi kunda elektron darsliklarni bir necha xil tayyorlash usullari mavjud.
Ko’pchilik holatlarda tayyorlanayotgan elektron darslik ma’lumotlari dastlab 
HTML sahifalari ko’rinishiga o’tkaziladi.
HTML tili imkoniyatlaridan foydalanib ham elektron darslik tayyorlash 
mumkin. Bu sohaning hozirda imkoniyatlari kengaygan. HTML sahifalari
tayyorlovchi va ularga bezak berish imkonini beruvchi maxsus dasturlar ishlab 
chiqilgan. Bunday dasturlarga misol sifatida Microsoft FrontPage, Dreamweaver
dasturlarini keltirish mumkin. Bu dasturiy vositalar yordamida osonlik bilan 
elektron darsliklar tayyorlash va tahrirlash imkoniyatlari mavjud. Lekin bularda
ma’lumotlar .html yoki .htm kengaytmali ko’rinishda saqlanadi va elektron darslik 
tarkibidagi ma’lumotlar ko’p bo’ladigan bo’lsa uni ma’lumot tashuvchi kompyuter
qurilma (fleshka) larga ko’chirish yoki ko’chirib olish ko’p vaqt talab etadi. Bu esa 
doim ham hushlanavermaydi.
Anashu holatlardan qochish uchun maxsus dasturiy vositalar ishlab 
chiqilgan bo’lib, ular yordamida mavjud HTML tilida tayyorlangan elektron
darsliklarni osonlik bilan exe yoki chm kengaytmali fayllar holatiga keltirish 
mumkin. Bunday elektron darsliklar foydalanishga qulayligi va yuqoridagi
kamchliklardan holiligi bilan oddiy HTML ma’lumotlar to’plamidan iborat bo’lgan 
elektron darsliklardan afzal hisoblanadi. Bu elektron darslikning afzalligi uning
hajmini oddiy HTML hujjatlari papkasidan iborat elektron darslik hajmidan 
kichikligidir. Bunday elektron darsliklarni ko’chirish yoki ko’chirib olish oson va


29
qisqa vaqt talab etadi. Butun bir-biriga bog’langan HTML ma’lumotlar bitta exe 


yoki chm fayli holatiga keltiriladi.
Bunday elektron darslik tayyorlovchi dasturlar orasida SbookBuilder va 


htm2chm dasturlari o’ziga xos mavqega ega. Quyida anashu dasturlar
imkoniyalari bilan tanishib chiqamiz. 



Yüklə 322,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin