Rivojlanish qonuniyatlari



Yüklə 323,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix06.06.2022
ölçüsü323,46 Kb.
#60752
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu SOTSIOLOGIYANING PREDMETI, TARKIBIY TUZILISHI VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI.



СОЦИОЛОГИЯ Ҳусен Хайруллоевич Джураев 

1-mavzu: SOTSIOLOGIYANING PREDMETI, TARKIBIY TUZILISHI VA 
RIVOJLANISH QONUNIYATLARI. 
Reja: 
1. 
Sotsiologiya fanining predmeti va funksiyalari; 
2. 
Sotsial qonunlar va odamlarning sotsial faoliyati; 
3. 
Sotsiologiya fanining siyosiy fanlar tizimida tutgan o‘rni. 
Tayanch so‘z va iboralar: Tarkibiy-funksionalizm ta’limoti, tarkibiy – 
funksional tahlil, empirik bilish, pozitiv oqim, obstraksiya, ontologiya, institutsional 
sotsiologiya, fundamental sotsiologiya, fenomenologiya, sotsiometriya va realizm. 
1. 
Sotsiologiya fanining predmeti va funksiyalari. Sotsiologiya (lotincha 
societas – jamiyat va yunoncha Logos – ta’limot) – so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, 
jamiyat haqidagi fan ma’nosini anglatadi. Yaxlit tizim sifatidagi jamiyat va alohida 
institutlar, ijtimoiy guruhlar, jamiyat tuzilmalari va ularda yuz beradigan ijtimoiy 
jarayonlarni o‘rganuvchi fan. Jamiyatni tushunish, anglash, unga nisbatan so‘z 
munosabatini bildirishga teng bo‘lib insoniyatning hamma tarixi uchun xos bo‘lgan. 
«Sotsiologiya» haqidagi tushuncha birinchi marotaba XIX asrning 30 – yillarida 
fransuz faylasufi Ogyust Kont tomonidan ilmiy qo‘llanishga kiritilgan. 
Uning tushunishicha sotsiologiya jamiyatga taalluqli bo‘lgan hamma narsalarni 
o‘z ichiga olgan jamiyatshunoslik bilan bir qatorda turgan. 
Sotsiologiya – insoniyatning bir necha yillik tarixiy taraqqiyot davomida 
yaratilgan madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. 
XVIII asrda kishilik jamiyati, uning qonuniyatlarini o‘rganuvchi mustaqil fan 
sifatida tarix falsafasida shakllandi. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvchi va ilmiy 
bilimlarning tabaqalanishi sotsiologiyaning falsafasidan ajralib, mustaqil fanga 
aylanishini muqarrar qilib qo‘ydi. XIX asrgacha sotsiologiya falsafaning tarkibiy bir 
qismi bo‘lib keldi. 
Aslida falsafiy bilimlar doirasi juda keng bo‘lib, ularning tarkibiga qo‘yidagilar 
kiradi: 
1. 
Ontologiya – borliq haqidagi qarashlar. 
2. 
Sotsiologiya – jamiyat haqidagi qarashlar. 
3. 
Gnoseologiya – borliqni bilish muammolari. 
4. 
Logika – inson tafakkuri qonunlari haqidagi qarashlar tizimlaridir. 
5. 
Etika – axloqiylik haqidagi qarashlar. 
6. 
Estetika – go‘zallik haqidagi qarashlar. 
Demak, biz falsafiy bilimlar doirasidan kelib chiqib, sotsiologiya fani va uning 
o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganamiz. 
XIX asr boshlaridan esa o‘ziga xos ilmiy metodlarga ega bo‘lib, falsafadan 
ajralib chiqish imkoniga ega bo‘la boshladi. 
Sotsial sistemani taraqqiyoti va faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlari haqidagi 
mustaqil fan sifatida XIX asr 30-yillarida ilmiy muomalaga «Sotsiolgiya» atamasi, 
so‘zi kiritilgandan so‘ng shakllandi. Jamiyat haqidagi «pozitiv fan» (haqiqiy fan) 
yaratishga urinish X1X asr o‘rtalarida yuzaga keldi.
Sotsiologiyaning asoschisi fransuz mutafakkiri Ogyust Kont sotsiologiyani 
jamiyat haqidagi tajribaga asoslangan fan deb hisoblaydi. E. Dyurkgeym: 
“Sotsiologiyaning predmetini sotsial dalillar haqidagi fan.” - deb ataydi. 



Yüklə 323,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin