Rivojlanish nazariyasi (Dialektika)



Yüklə 63,24 Kb.
səhifə1/3
tarix14.10.2023
ölçüsü63,24 Kb.
#155555
  1   2   3
Rivojlanish nazariyasi (Dialektika)





5-MAVZU. Rivojlanish nazariyasi (Dialektika)
REJA:

  1. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi.

  2. Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari.

  3. Qonun va uning tasnifi.

  4. Falsafaning asosiy qonunlari.

  5. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari.

Tayanch tushunchalar: Rivojlanish, dialektika, ob’ektiv dialektika, sub’ektiv dialektika, stixiyali dialektika, materialistik dialektika, idealistik dialektika, ziddiyat, sakrash, ayniyat, tafovut, inkor, vorisiylik, miqdor, sifat, me’yor, xossa, qonun, voqelik qonunlari, fan qonunlari, falsafa qonunlari.
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Harakat, taraqqiyot, umumiy bog‘lanish va aloqadorlik to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotlar ham falsafa fani bilan birga paydo bo‘lgan. Bu muammolar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Bu tushuncha falsafa tarixida turli davrlarda turli ma’nolarni ifodalab kelgan. Dialektika dastlabki davrlarda o‘zaro bahs, munozara olib boruvchi mutafakkirlarning muhokamalaridagi qaramaqarshi, zid fikrlarning to‘qnashuvi va shular asosida haqiqatni aniqlash ma’nosini ifodalagan. Antik davr mutafakkirlarining ma’lumotiga ko‘ra, munozarada ishtirok etuvchilar, o‘z muhokamalarida bir-birlariga muqobil savollarni berib, bu savollarga har tomonlama yondoshib, ulardagi bir tomonlamaliklarni bartaraf qilishga uringanlar. Bunda, ular, o‘z muhokamalarida har xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda, ilmiy, nazariy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy va shu kabi voqea-hodisalar to‘g‘risida o‘z qarashlarini ishlab chiqqanlar. Ular shundan kelib chiqib, dialektika deganda o‘zaro bahslashuv san’atini, munozara asosida haqiqatga erishish usulini tushunganlar. Masalan, antik davr mutafakkiri Suqrot dialektikani bahslarda yo‘l qo‘yiladigan qarama-qarshi fikrlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish orqali haqiqatga erishish san’ati, deb tushungan. Dialektikani bahs san’ati sifatida tushunish hatto o‘rta asrlarda ham davom etgan. Buni o‘rta asrlar mutafakkiri Per Abelyarning «Ha va yo‘q» nomli asari yaqqol tasdiqlaydi.
Dialektikaga munozara san’ati sifatida qarash o‘rta asrlarda yashagan O‘rta Osiyo mutafakkirlariga ham xos bo‘lib, hatto bu narsa Uyg‘onish davrlarida ham davom etgan. Bu davr mutafakkirlarida ham dialektika savol-javob san’ati sifatida o‘zgacha fikrlarni rad qilish usuli bo‘lib xizmat qiladi. Bunga misol qilib G.Galileyning «Dunyoning ikki sistemasi to‘g‘risidagi bahs» asarini ko‘rsatish mumkin. Umuman, dialektika tushunchasining paydo bo‘lishi, u o‘zining dastlabki davrlardagi tor ma’noni ifodalashiga qaramasdan, o‘sha davrlardan to bizning kunlarimizgacha qo‘llanib kelingan sermazmun falsafiy suhbat usulining paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynadi va insoniyat madaniyatining rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Asrlar davomida to‘planib borgan dialektik munozara madaniyati murakkab muammolarni muhokama qilish, ulardagi turli qarama-qarshi nuqtai nazarlarni ochish, aniqlash va tushunish mahoratining qaror topishi inkor qilib bo‘lmas ahamiyat kasb etdi. Bora-bora dialektika qarama­qarshi nuqtai nazarlar, ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish usuli sifatida qaraladigan bo‘ldi.
Shunday qilib, sekin-asta inson ijodiy tafakkuri o‘z tabiati bilan dialektik ekanligi haqidagi tasavvur paydo bo‘ldi. Lekin ma’lum vaqt o‘tishi bilan dialektika faqat kishilarning o‘zaro munozaralarigagina xos emasligi ma’lum bo‘la bordi. Oqibatda, dialektika faqat inson fikrlash jarayonigagina xos bo‘lmasdan, balki u tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga ham xos, deb qarala boshlandi. Ayniqsa, bu qarash borliq shakllari va turlari o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqadorliklarning, ular doim o‘zgarib, rivojlanib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishlarining aniqlanishi bilan yanada rivojlandi. Natijada, «dialektika» tushunchasi insonni, uni qurshab turgan dunyoni bilish, uni tushunish va izohlashning umumiy usuli ma’nosini ifodalay boshlaydi.
Vaqt o‘tishi bilan «dialektika» tushunchasi hamma narsalar: xoh katta, xoh kichik bo‘lishiga qaramasdan, o‘zgarib, o‘zining oldingi xususiyatlarini o‘zgartirib, ilgari ega bo‘lmagan yangi xususiyatlar hosil qilib borishlarini ham ifodalay boshlaydi. Shu asosda astasekin dunyoni dialektik tushunish, borliq va bilishga dialektik qarash qaror topa boshlaydi. Lekin dunyodagi barcha o‘zgarish, aloqadorlik va rivojlanishlarni falsafiy jihatdan tushunib etish juda qiyinlik bilan kechdi. Sababi: insoniyat taraqqiyotining juda uzoq davrlarigacha kishilar kosmosni, o‘simliklar, hayvonot dunyosini, hatto kishilarning o‘zlarini ham o‘zgarmas, doimo bir xilda turadi, deb bilishgan. Dunyoning o‘zgaruvchanligi, undagi narsa va hodisalarning birbirlariga bog‘liqligi to‘g‘risidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi insoniyatning dunyoni bilishi jarayonida juda katta kashfiyot bo‘lgan.
Dunyoning o‘zgaruvchanligi to‘g‘risidagi dastlabki fikrlar ham qadimgi Xitoy, Hindiston hamda Yunonistonning falsafiy ta’limotlarida ilgari suriladi. Qadimgi davr faylasuflari, garchi hali harakatning turli ko‘rinishlari va xillari to‘g‘risida ilmiy dalillarga ega bo‘lishmasa ham, borliqning umumiy o‘zgaruvchi xarakteri haqida o‘z davrlari uchun yangi fikrlarni ilgari surishadi.
Kishilar dastlabki vaqtlardan boshlab o‘z tajribalarida narsa, hodisalardagi o‘zgaruvchan xususiyatlar bilan birga, ularda ma’lum barqaror, o‘zgarmas xususiyatlarning ham mavjudligini anglay boshlaganlar. Nihoyat, dunyo o‘zgaruvchanmi, yoki o‘zgarmas mi? degan savollar paydo bo‘lib, bu savollarga mutafakkirlar turli xil javob berganlar. Amaliyot bergan ko‘pdan-ko‘p ma’lumotlarga va o‘z kundalik tajribalariga tayangan ko‘pchilik mutafakkirlar dunyo o‘zgaruvchan, deyishgan. Lekin bunga qarama-qarshi bo‘lgan, dunyo o‘zgarmas, barqaror, deyuvchi mutafakkirlar ham o‘zlarining muayyan asoslariga ega bo‘lishgan. Natijada, dunyoning, undagi narsa va hodisalarning ham o‘zgaruvchan, ham barqaror o‘zgarmas xossalari haqidagi qarashlar kelib chiqadi. Haqiqatan ham, narsa va hodisalar ma’lum vaqt ichida har qancha o‘zgarsa ham, ayni vaqtda ularning ma’lum tomonlari o‘zgarmay qolaveradi. Xullas, bunday qarashlar to‘plana borib, narsa va hodisalarning qarama-qarshi tomonlari, ular o‘rtasidagi ziddiyatlar haqidagi qarashlar tufayli falsafada rivojlanish g‘oyasi kelib chiqadi.
Rivojlanish g‘oyasi inson ongida uzoq asrlar davomida shakllanib boradi. Dastlab kishilar rivojlanish to‘g‘risida hech bir tasavvurga ega bo‘lmagan. Lekin keyinchalik ular dunyodagi narsa va hodisalarda yuz beradigan turli xil o‘zgarishlarni anglay borib, dunyoning uzluksiz harakatda, o‘zgarish va rivojlanishda ekanligini tushuna boshlaganlar. Ular, shu bilan birga, tabiat va jamiyat voqea-hodisalarida juda ko‘p davriy, takrorlanuvchi hodisalarni ham bila borganlar. Masalan, yil fasllari, kun bilan tunning o‘rin almashishi va shular kabi. Lekin dastlabki davrlarda mutafakkirlar rivojlanishni butunlay yangi narsaning, yangi bosqichning paydo bo‘lishi, deb tushunish darajasiga ko‘tarila olmaganlar. Rivojlanishni butunlay yangi sifat o‘zgarishi, eskiga nisbatan jiddiy yangining paydo bo‘lishi, deb tushunishda Uyg‘onish davri Sharq va O‘rta Osiyo mutafakkirlari, keyinchalik esa o‘rta asr xristian, diniy va tarix falsafasi mutafakkirlari bir qadar oldinga ketadilar. Ularning qarashlarida rivojlanish g‘oyasini insoniyat jamiyati tarixiga tatbiq etishga urinishlarni uchratamiz.
Rivojlanish g‘oyasini bir butun dunyo rivojlanishi bilan bog‘lab tushunishda muhim qadamni birinchi bo‘lib fransuz faylasufi Rene Dekart qo‘yadi. U, dunyoni xudo yaratayotib, unga dastlabki turtkini kiritgan va uni harakatga keltirgan, deydi. XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari Volter va Russo inqilobiy qayta qurishni o‘z ichiga olgan tarixiy rivojlanish g‘oyasini ilgari surishadi. Ularning izdoshi Kondorse esa o‘zining jamiyatning ilgarilama harakati, uzluksiz taraqqiyot to‘g‘risidagi ta’limotini yaratadi. Bu mutafakkirlar o‘z qarashlarida g‘oyaviy omillar (masalan: ahloq, din, huquq va shu kabilar) jamiyatni harakatga keltiruvchi, rivojlantiruvchi asosiy kuchlardir, degan g‘oyani ilgari suradilar.
Nihoyat, rivojlanish to‘g‘risidagi har xil qarashlarning sintezi sifatida bir butun taraqqiyot nazariyasi faqat nemis klassik falsafasidagina paydo bo‘ldi. Bu falsafaning asoschilaridan biri Immanuil Kant rivojlanish g‘oyasini quyosh sistemasi va barcha yulduzlar dunyosini izohlashga tatbiq etib, uni hatto insonning ijtimoiy rivojlanishiga, xususan, insonning ahloqiy rivojlanishiga ham joriy etishga urinadi. Kantning shogirdi Gerder esa rivojlanish g‘oyasini butun xalqlarning tarixi taraqqiyotiga va insoniyat madaniyati taraqqiyotiga birinchi bo‘lib tatbiq etadi. Bu davrga kelganda, dialektika tushunchasi endi rivojlanish g‘oyasini ifodalay boshlaydi.
Dialektikani rivojlanish haqidagi har taraflama, mazmun jihatdan boy va chuqur ta’limot sifatida birinchi marta nemis klassik falsafasining buyuk vakili Gegel ishlab chiqdi. Gegelning ulug‘ xizmati shu bo‘ldiki, u birinchi bo‘lib, butun tabiiy, tarixiy va ma’naviy dunyoni bir jarayon shaklida, ya’ni uzluksiz harakat qilib, o‘zgarib, qaytadan tuzilib, taraqqiy qilib turadigan holda ko‘rsatdi va bu harakat bilan taraqqiyotning ichki bog‘lanishini ochib berishga urindi. Natijada, insoniyat tarixi insoniyatning o‘zining taraqqiyot jarayoni sifatida maydonga chiqdi va endilikda tafakkurning vazifasi bu jarayonning barcha yanglishib yurishlari ichida uning izchil bosqichlarini kuzatib borish va zohiriy tasodiflar orasida bu jarayonning ichki qonuniyatlarini isbot etishdan iborat bo‘lib qoldi.
Gegelning taraqqiyot to‘g‘risidagi bu qarashi dialektika haqidagi falsafiy ta’limotni yanada boyitadi. Gegel birinchi bo‘lib dialektikaning barcha kategoriyalari va qonunlarini ta’riflab bergan edi. Lekin dialektika Gegelda mistiklashtirilgan, bir tomonlama, boshi bilan turgan dialektika edi. Chunki Gegelning fikricha, dialektika «fikrning har qanday ilmiy kengaytirilishining harakatlantiruvchi jonidir va u shunday bir prinsipdan iboratdirki, bu prinsip yolg‘iz o‘zi fanning mazmuniga immanent aloqa va zaruriyat kiritadi».
Keyingi davrlarda fan va amaliyot rivoji natijasida dialektika tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining, ulardagi aloqadorlik va bog‘lanishlarning eng umumiy qonunlari haqidagi fan; voqelikdagi narsa va hodisalar, ularning fikriy in’ikoslari o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi prinsiplar, ularni doimo o‘zgarish va rivojlanishda, ichki ziddiyatlar taqozosi bilan yuz beradigai «o‘z harakati»da, deb qaraydigan bilish nazariyasi; har tomonlama boy, ziddiyatlarga to‘la tarixiy taraqqiyot haqidagi ta’limot sifatida maydonga chiqadi.
Bu dialektika bir butun borliqning eng umumiy aloqadorligi, o‘zgarishi va taraqqiyoti to‘g‘risidagi ta’limot sifatida ham moddiy dunyoga, ham uning in’ikosi bo‘lgan inson bilishiga xos ta’limotdir. Shunga ko‘ra bu dialektika o‘z ichiga ob’ektiv va sub’ektiv dialektikani oladi. Bunda moddiy dunyoning, undagi narsa va hodisalarning aloqadorlik va bog‘lanishlari, ularning harakati, o‘zgarish va rivojlanishlari ob’ektiv dialektikani tashkil etadi. Moddiy dunyoning in son miyasidagi in’ikosiga xos bo‘lgan bilish jarayonining dialektikasi sub’ektiv dialektika — ob’ektiv dialektikaning kishilar miyasidagi in’ikosidir. Demak, ob’ektiv dialektika — bu narsalar, buyumlar dialektikasidir; sub’ektiv dialektika esa, ob’ektiv dialektikaning inson ongidagi in’ikosi

  • ya’ni, tafakkur dialektikasidir.

Obektiv dialektika subektiv dialektikani vujudga keltiradi. Bu jihatdan dialektikaga yangicha yondoshish Gegel dialektikasidan tubdan farq qiladi. Gegel dialektikasiga kora fikr, tafakkur dialektikasi narsalar, buyumlar dialektikasini yaratadi, yani subektiv dialektika obektiv dialektikani tugdiradi. Boshqa faylasuflarning talimotiga kora esa, aksincha, narsalar, buyumlar dialektikasi fikr, tafakkur dialektikasini yaratadi.
Dialektika borliq, yani tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi aloqadorliklar va rivojlanishlarning umumiy qonuniyatlari haqida bizga togri yonalish berib, dunyoni ozlashtirish va ozgartirish yollarini korsatib beruvchi nazariyadir, usuldir. Dialektika dunyoning haqiqiy ilmiy manzarasini yaratib, kishilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. Chunki ilmiy asoslangan dialektika, birinchidan, dunyodagi har bir narsa yoki hodisaning hamma tomonlarining bir-birlariga bogliq bolishi va bir-birlari bilan juda mustahkam aloqador ekanligi togrisida chuqur malumot bersa, ikkinchidan, u bosib otilgan bosqichlarni takrorlanayotgandek bolib korinadigan, lekin ularni boshqacha, yanada yuqoriroq negizda takrorlaydigan taraqqiyot, togri chiziq bilan emas, balki spiral tarzda boradigan, malum holatlarda boshlangich holga goyo qaytganday bolib koringan, malum tanazzullar va bohronlar bilan boladigan ilgor taraqqiyot togrisidagi talimot hisoblanadi. Dialektika kishilarning, ularni qurshab turgan dunyoni bilishining umumiy usuli sifatida dunyoga dialektik qarashni vujudga keltirgan. Dunyoga dialektik qarashbu barcha narsa va hodisalarni, ularning inson miyasidagi inikoslariinson bilishini ham ozaro aloqadorlikda va boglanishda, qarama- qarshiliklar birligi va kurashida, miqdor va sifat ozgarishlarining bir-biriga otishida, eskining ornini yangi egallashida, xullas, ularni «oz harakati»da, ozgarib va rivojlanib turishida, paydo bolib va yoq bolib turishida, va ayni vaqtda hamma narsa ozaro bogliqlik va aloqadorlikda va ozaro munosabatda, deb tushunishdir. Bunday tushunish dialektik qarashni vujudga keltiradi. Dunyoga dialektik qarash dialektik tafakkurni yuzaga keltiradi.
Dialektik tafakkur sub’ekt tafakkurining rivojlanish darajasiga ham bog‘liqdir. Tabiat va jamiyatda pirovard natijada hamma narsa dialektik tarzda yuz beradi. Bu dialektik jarayon sub’ekt miyasida in’ikos etganda, paydo bo‘lgan tasavvur va tafakkur yo metafizik yoki dialektik yo‘l bilan hosil qilinishi mumkin. Dialektik tafakkur shu jihatdan inson tafakkuri taraqqiyotining nisbatan yuqori bosqichiga xosdir. Dialektik tafakkur borliqdagi narsa va hodisalar asli qanday bo‘lsa, ularning sub’ekt miyasida muayyan fikr shaklida xuddi shunday aks etishidir. D ialektik tafakkur — bu dialektik fikrlash usuli. Dialektik tafakkur ham tabiatshunoslik va ijtimoiy fikr taraqqiyoti bilan o‘zgarib, rivojlanib boradi. Uning keyingi davr ijtimoiy taraqqiyot bilan, jahon xalqlari hamjamiyatlarining vujudga kelishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan shakli, bu — yangicha tafakkurdir. Yangicha tafakkurning asosini jamiyatni dialektik tushunish tashkil qiladi. Dialektik tafakkur usuli o‘z mohiyati bilan sofistik, eklektik va dogmatik tafakkur usullaridan tubdan farq qiladi. Tafakkurning sofistik, eklektik, metafizik-dogmatik usullari dialektik tafakkur usulining muqobillaridir. Ular inson tafakkuri faoliyatining turli qirralari sifatida bir-birlariga ham qaramaqarshi, ham, ayni vaqtda, bir-birlarini to‘ldiradilar. Ularning har birining inson tafakkuri jarayonida o‘z o‘rni bor. Biz ularning har biri bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Sofistika1. Sofistik tafakkur usuli dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘lib, o‘rta asrlarda, ayniqsa keng tarqaladi va rivojlanadi.
Qadimgi davr yunon falsafasida biron-bir xunarni yoki biron bir bilim sohasini mukammal egallagan kishilar sofistlar, deb atalgan bo‘lsa, keyinchalik o‘rta asrlarga kelib, notiqlik, donishmandlik, bilimdonlik bilan nom chiqargan kishilar ham, turli omonim so‘zlar asosiga ko‘rilgan turli fikrlar bilan kishilarning boshini qotiradigan, ustamonlik bilan ular fikrlarini chalg‘itadigan kishilar ham sofistlar, deb atala boshlanadi.
Sofistik tafakkur usuli yoki sofistika muhokama jarayonida bilib turib, ataylab yolg‘on asoslardan yolg‘on xulosalar chiqarish asosida fikr yuritish usulidir. Shu sababli sofistikani Forobiy «yolg‘ondakam donolik» deb, izohlaydi. Uning fikricha, sofistik tafakkur usuli bilan fikr yurituvchi kishi o‘rganilishi lozim bo‘lgan narsalarni o‘rganishda aqlni to‘g‘ri yo‘ldan chalkashtiradi va yolg‘onni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qilib, kishini to‘g‘ri fikrlashdan adashtiradi.
Sofistika ijtimoiy ildizlarga ega. Sofistik tafakkur usuli haqiqatni ataylab buzib, yolg‘on fikrni haqiqat sifatida ko‘rsatishga asoslanadi. Bu narsa doimo ma’lum manfaatdan kelib chiqib qilinadi. Bunga odatda formal mantiq qonunlarining talablaridan kelib chiqib yondashish ham imkon tug‘diradi. Sofistik tafakkur usulida kishi rasmiy formal ta’riflar bilan cheklanadi va shu asosda fikr yuritadi. Lekin sofistik tafakkur usulini ham faqat salbiy jihatdan qarash to‘g‘ri emas. Sababi: sofistik tafakkur usuli ilmiy bilishda, haqiqatni aniqlashda salbiy rol o‘ynasa ham, biroq u san’atda, har xil komik vaziyatni yaratishda, badiiy tasvirda ijobiy rol o‘ynaydi. Sofistik tafakkur usuli ham inson tafakkurining bir qirrasi, bir tomoni sifatida tafakkurning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Dialektik tafakkurning qaror topishida sofistik tafakkurning o‘ziga xos muhim o‘rni ham bor. Forobiy yozganidek, mantiq qonunlariga qatiy bo‘ysuniladigan fikr jarayoni sofistik tafakkur usulidan kishini xalos qiladi. Fikrning mantiqiy bo‘lishi uchun u formal mantiq qonunlaridan dialektik mantiq qonunlari darajasiga ko‘tarilishi lozim.
Eklektika.2 Dialektik tafakkur usuliga muqobil bo‘lgan tafakkur usullaridan yana biri bu eklektikadir. Eklektik tafakkur usuli ham dastlab qadimgi yunon falsafasida yuzaga keladi. Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, O‘rta asr falsafasi va yangi zamon falsafasi sxolastiklari qarashlarida keng qo‘llaniladi. Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va nomuhim, asosiy va asosiy bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar mexanik ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi. Narsa va hodisalarga, ularning bog‘lanishlariga konkret (aniq), muayyan makon va zamonda, muayyan vaziyat va shart-sharoitda yondashmaslik, ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli paydo bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, rahbarlikda rahbarning amaliy va nazariy faoliyatida, uning turmush ilgari surayotgan masalalarni to‘g‘ri hal qilishiga katta xalaqit beradi. U bunda narsa va hodisalarni, ularni tug‘dirgan hayotiy muammolarning qaysi biri muhim, qaysi birini birinchi navbatda hal qilishni bilmaydi, u voqealar zanjiridagi asosiy xalqalarni asosiy bo‘lmaganlardan ajrata olmaydi.Eklektik tafakkur usuli turli sohalarda turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli asosida ham formal mantiq qonunlaridan noto‘g‘ri foydalanish, narsa va hodisalar mohiyatiga yuzaki yondashish yotadi. Natijada, dogmatik tafakkur qaror topadi.
Dogmatika.3 Dogmatik tafakkur falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma’lumotlarini hisobga olmay, konkret makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgarmas tushunchalar va qoidalar bilan ish ko‘ruvchi tafakkur usulidir. Dogmatik tafakkurning asosini metafizika tashkil qilib, u dastlab sofistik tafakkur usuliga qarama-qarshi o‘laroq, vujudga keladi. Dogmatik tafakkurning paydo bo‘lishi tarixan metafizik usulning qaror topishi va rivojlanib borishi bilan bog‘liqdir. Dastlab tabiatshunoslik fanlari sohasida tabiatni tekshirish usuli sifatida paydo bo‘lgan metafizika «tabiatdagi buyumlar va jarayonlarni bir-biridan ajratilgan holda, ular o‘rtasidagi umumiy bog‘lanishdan tashqarida tekshirishga va shuning natijasida, ularni harakat holatida emas, balki harakatsiz holatida - muhim darajada o‘zgaradigan narsa sifatida emas, balki o‘lik narsalar sifatida tekshirishga» kishilarni odatlantirib qo‘ya boshlaydi. Bunday tekshirish va tushunish bora- bora o‘ziga xos dogmatik tafakkur usulini vujudga keltiradi.
Metafizik-dogmatik fikr qiluvchi kishi nazarida, buyumlar va ularning fikrdagi in’ikoslari, ya’ni tushunchalar bir-biridan keyin va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirilishi lozim bo‘lgan ayrim-ayrim, o‘zgarmas, qotib qolgan, hamisha bir zaylda turadigan narsalardir. Uning nazarida, buyum yo mavjuddir, yoki mavjud emasdir va xuddi shuningdek, bir narsa ayni zamonda shu buyumning o‘zi va yana boshqacha bo‘la olmaydi. Musbat narsa bilan manfiy narsa bir-birini mutlaqo istisno qiladi... Bu tafakkur usuli, daf’atan qaraganda, bizga tamomila maqbul bo‘lib ko‘rinadi.
O‘rta asr falsafasida metafizika teologiyaning falsafiy asosi qilib olinishi bilan diniy aqidalarga ishonish talablari kuchayadi. Bu o‘z navbatida dogmatik tafakkurning yanada keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Faqat dialektikaning paydo bo‘lishi bilan, metafizik tafakkurning ilmiy jihatdan asossizligi ma’lum bo‘lgandan keyingina, dogmatik tafakkur o‘zining falsafiy asosidan mahrum bo‘ladi. Lekin dogmatik tafakkur hozir ham mavjud. Dogmatik tafakkurning mavjudligi, avvalo, inson o‘z bilish jarayonida ba’zan bilishning biron bir tomoni yoki biron holatini noo‘rin mutlaqlashtirishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bilan birga, dogmatik tafakkurning mavjudligi hozirgi zamon falsafasida olamning o‘zgaruvchanligi va rivojlanishi g‘oyasini inkor etuvchi antidialektik (ya’ni metafizik) konsepsiyalarning mavjudligi bilan hamda dialektikani bilmaslik yoki tushunmaslik bilan ham bog‘liqdir.
Dogmatik tafakkur, ayniqsa, siyosatda juda xavflidir, u bunda sektantlikka, sub’ektivizmga, amaliyotdan uzilishga, ijodiy jarayonlarni to‘xtatishga, ijodiy g‘oyalar, nazariya va ta’limotlardan voz kechishga, hamma sohada sodir bo‘ladigan yangiliklarni o‘z vaqtida payqamaslikka, istiqbolni oldindan ko‘rishga to‘sqinlik qiladi. Dogmatik tafakkurga ega kishilar, ayniqsa, rahbarlik sohalarida jamiyatga juda katta zarar keltiradilar, ular jahon (jamiyat) taraqqiyotining o‘zgargan sharoitlarini hisobga olmasdan, o‘zlari ko‘nikkan vaziyatga muvofiq eski qarashlarga qattiq yopishib olib, ish tutadilar va fikr yuritadilar. Buni biz O‘zbekistonning o‘z mustaqil taraqqiyotini boshlab yangicha rivojlanish yo‘liga o‘tgan davrda ba’zi o‘rta bo‘g‘in rahbar kishilar faoliyatlarida yaqqol uchratdik. Umuman, dogmatik tafakkurning hamma xildagi ko‘rinishlariga qarshi kurash olib borib, dialektik tafakkurni hamma sohada keng qaror toptirish lozim. Faqat dialektik tafakkurgina ijtimoiy taraqqiyotning tarixiy ehtiyojlarini, eski shakllarning yangi rivojlangan mazmunga muvofiq kelmasligini, insoniyatning taraqqiyotini ta’minlovchi yangi shakl va mazmunga o‘tishning zarurligini to‘g‘ri hisobga olishga yordam beradi. Hozirgi kunda shakllanayotgan sinergetika ham dialektika muammolariga yangicha yondoshish kerakligini ko‘rsatmoqda.
Dialektika o‘z mohiyati jihatdan umumiy aloqadorlik, bog‘lanish, harakat, o‘zgarish to‘g‘risidagi ta’limot sifatida tabiat, jamiyat va inson tafakkuriga xos eng umumiy aloqadorlik va bog‘lanishlarni to‘g‘ri ochib borish asosida kishilarga dunyoni o‘zlashtirish va o‘zgartirish yo‘llarini ko‘rsatuvchi metodologik qurol bo‘lib xizmat qiladi.
Dialektika, avvalo, umumiy aloqadorlik va bog‘lanishlar haqidagi fandir. Chunki borliqdagi barcha narsa va hodisalarni umumiy aloqadorlikda va o‘zaro bog‘lanishda olib qarash borliq haqida dialektik fikr yuritishdir. Haqiqatan ham, borliqdagi hamma narsalar, hodisa va jarayonlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular umumiy aloqadorlikda bir-birlariga ta’sir va aks ta’sir qilib turadilar, bir-birlarini taqozo qiladilar. Xoh tabiat va jamiyatda, xoh inson hayoti va tafakkurida bo‘lsin, hech bir hodisa yoki voqea, o‘zgarish yoki jarayon boshqa hodisa yoki voqealardan, boshqa o‘zgarish va jarayonlardan alohida, ulardan ajralgan, ularga bog‘liq, bo‘lmagan, ular bilan aloqadorliksiz mavjud bo‘lmaydi, aksincha, ular bilan doimo o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi.
Borliqning turli tomonlari, materiyaning turli ko‘rinishlari, uning asosiy mavjudlik usullari, harakatning turli shakllari bir-birlari bilan o‘zaro umumiy aloqadorlikda bo‘lib, birbirlariga ta’sir va aks ta’sirida, lekin o‘zaro bog‘lanishda bir-birlarini taqozo qilib turadi.
Dialektikaning o‘zaro aloqadorlik prinsipi yalpi umumiy xarakterga egadir. Uning bu yalpi umumiyligi shundaki, birinchidan, bu aloqadorlik bir butun borliqqa, ya’ni tabiat, jamiyat, inson, inson tafakkuri va bilishga xosdir; ikkinchidan, bu aloqadorlik borliqning hamma ko‘rinishlariga oid barcha narsa va hodisalarni, ularga xos hamma narsa va holatlarni, bir butun inson bilish jarayonini, xullas, bir butun moddiy va ma’naviy olamning hamma bog‘lanishlarini o‘z ichiga oladi.
Dunyoda boshqa narsalar, hodisalar va jarayonlar bilan tabiiy aloqadorlikda bo‘lmagan hech bir narsa, jarayon yo‘q. Lekin biz o‘z bilish jarayonimizda biron narsa yoki hodisani o‘rganar ekanmiz, dastlab uni boshqa narsalar yoki hodisalarning umumiy bog‘lanishlaridan ajratamiz. Bu jarayonda biz uning o‘ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ochib berish uc hun bu narsa yoki hodisaning boshqa narsalar va hodisalar bilan bo‘lgan hamma aloqa va bog‘lanishlarini, hamma aloqadorliklarini aniqlab, bilib boramiz. Narsa va hodisalarni haqiqatdan bilish uchun ularning barcha tomonlarini, barcha aloqalarini va bog‘lanishlarini birga olib o‘rganmoq, lozim. Biz garchi bunga hech qachon to‘la-to‘kis erisha olmasak ham, lekin har tamonlama o‘rganish talabi bizni xatolardan, noto‘g‘ri xulosa chiqarishlardan saqlab qoladi. SHu asosdagina biz bu narsa yoki hodisaning bir butun tabiati va mohiyatini to‘g‘ri bilib olishga erishamiz.
Dialektik aloqadorlik va bog‘lanishlar bir butun borliqning turli tomonlari va materiyaning turli ko‘rinishlari o‘rtasidagina mavjud bo‘lmasdan, balki har bir narsa yoki hodisaning ham o‘zidagi barcha tomonlari, hamma belgi va xususiyatlari o‘rtasida ham mavjuddir. Chunki har bir narsa yoki hodisaning hamma tomonlari bir-biriga bog‘liq bo‘lishi va bir-birlari bilan juda mahkam va chambarchas aloqadorligi qonuniy va tabiiy holdir.
Aloqadorlik va bog‘lanishlar borliqning turli sohalarida turli-tuman shakllarda namoyon bo‘ladi. Bular quyidagilardir: a) «elementar» zarralarning bir-birini taqozo qilishi va aks ta’siri shaklida; b) planetalarning bir-birini tortib va itarib turishlari shaklida. Organik tabiatda: a) tirik organizmlarning modda almashinuvi shaklida; b) tirik organizmlar bilan tabiiy muhit o‘rtasidagi bog‘lanishlar; v) o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zaro aloqadorligida; g) hayvonlar va odamlar o‘rtasidagi munosabatlarda va h. k. Jamiyatda bo‘lsa: a) jamiyat bilan tabiat o‘rtasida; b) jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti o‘rtasida; v) jamiyat ishlab chiqarish usulining tomonlari: ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasida; g) jamiyatning iqtisodiy bazisi bilan ustqurmasi o‘rtasida; d) jamiyat iqtisodiy strukturasi elementlari o‘rtasida; e) jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarda ko‘rinadi. Tafakkurda bo‘lsa: a) bir butun tafakkur jarayonida, tafakkur shakllari o‘rtasida: b) tafakkur shakllari va qonunlari o‘rtasida; v) tafakkur va borliq o‘rtasida. Bilish jarayonida esa: a) hissiy bilish va aqliy bilish o‘rtasida; b) bilish bosqichlari va bilish shakllari o‘rtasida; v) bilish bilan borliq o‘rtasidagi aloqalar va bog‘lanishlarda ifodalanadi.

  1. Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari. Har qanday konsepsiyaning mazmunini yoritishda uning tamoyillarini tahlil qilish, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Dialektika ham bundan mustasno emas. Tamoyillar nima?

Falsafiy ma’noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida,birinchi asosni, biron-bir konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga soladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, sababiylik, tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o‘ynaydi. Quyida bu tamoyillarni tahlil qilamiz. Umumiy aloqadorlik tamoyili. Rang-barang dunyoda har bir ob’ekt ko‘p sonli xossalarga ega bo‘lib, ular boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa jarayonida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan aloqaga kirishish orqali namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, har bir ob’ekt o‘zga ob’ektlar bilan qonuniy bog‘lanadi va bu ob’ektlar bilan o‘zaro ta’sirga kirishish jarayonida ishtirok etadi.
Aloqa. Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki ob’ektning o‘zaro aloqa jarayoni tushuniladi. Ob’ektlar diskretlik, shakllanganlik va nisbatan mustaqillikdan mahrum bo‘lgan joyda aloqalar mavjud bo‘lishi mumkinmi? O‘z-o‘zidan ravshanki, shakllangan, nisbatan mustaqil narsalar mavjud bo‘lmagan joyda aloqa mavjudligini taxmin qilish ham mumkin emas. SHu sababli umumiy aloqa kategoriyasi «narsa», «uzluklilik», «uzluksizlik», «cheksizlik»,«tuganmaslik» tushunchalari bilan tavsiflanadi. Hozirgi ilmiy bilimga tayanuvchi borliqning falsafiy talqini olamning universal yaxlitligini, dunyoning birligini ochib beradi. Dialektika kategoriyalari borliqning universal aloqalarini bilish shakli hisoblanadi.
Aloqalarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida namoyon bo‘ladi. Aloqalarni tasniflash turli asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi. Xususan, bir tomonlama va o‘zaro aloqalar, to‘g‘ri va egri aloqalar, bevosita va bilvosita aloqalar, ichki va tashqi aloqalar farqlanadi. Hajm jihatidan aloqalar umumiy, alohida va xususiy bo‘lishi mumkin. Mazmun jihatidan genetik, funksional, strukturaviy, energetik, moddiy, informatsion va boshqa aloqalar farqlanadi. Aloqalarning butun rang-barangligi fanning qaysidir bir tarmog‘i doirasida tadqiq etilishi mumkin emas. Ularning muayyan turlari maxsus fanlarning predmeti hisoblanadi.
Dialektika borliqning barcha jarayonlariga xos bo‘lgan umumiy, muhim, universal aloqalarni o‘rganadi. Fan borliqning universal qonunlarini tashkil etadigan ichki, zaruriy, muhim,barqaror, takrorlanuvchi aloqalarga alohida e’tibor beradi. Umumiy aloqalar dialektika kategoriyalarida yoritiladi.
O‘zaro aloqa. Real voqelikda har bir muayyan ob’ekt ko‘p sonli sababiy zanjirlarning murakkab «tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob’ektlardan ta’sirlanish bilan bir vaqtda o‘zi ham ularga aks (reaktiv) ta’sir ko‘rsatadi. «Tashqi» va «ichki» sababiy zanjirlar unda uyg‘unlashadi, kesishadi va tarmoqlanadi. Ular bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va bu o‘zaro aloqa ob’ektda yuz beruvchi barcha jarayonlarning negiziga aylanadi.Ob’ektni bilish uchun pirovard natijada unda vujudga kelgan sababiy aloqalar «tuguni»ni echish talab etiladi. Barcha hodisalar mohiyatiga izohni o‘zaro aloqadan izlash kerak. U hodisalarning barcha xossalari va xususiyatlarini belgilaydi, amalda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar, tasodiflar va zaruriyatlarning manbalarini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘zaro aloqani tushunish umuman ob’ektni tushunish demakdir. Ammo har qanday ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa qilgani bois,uning barcha o‘zaro aloqalarini bilish uchun undan boshqa ob’ektlarni o‘rganishga,ulardan - uchinchi ob’ektlarga o‘tishga to‘g‘ri keladi va hokazo. Ayrim ob’ektning tabiatini belgilovchi o‘zaro aloqani bilish jarayoni cheksizdir. Paskal ta’biri bilan aytganda, to‘g‘nag‘ich kallagini bilish uchun butun Olamni bilish talab etiladi. Aloqa uchun asos. Aloqa, aloqa uchun asos va aloqa shart-sharoitlari tushunchalarini farqlash lozim. Aloqa yuzaga kelishiga imkoniyat yaratuvchi ayrim xossa, belgi yoki munosabat aloqa uchun asos bo‘ladi. Asosning mavjudligi aloqa o‘rnatish uchun zarur, lekin etarli emas, chunki uning o‘rnatilishi doim emas, balki muayyan sharoitdagina yuz beradi. SHart-sharoitlar - bu avvalo predmet mavjud bo‘lgan muhitdir. U aloqa o‘rnatish uchun qulay yoki noqulay bo‘lishi mumkin. SHart-sharoitlar o‘z holicha aloqa o‘rnatish omili bo‘lishi mumkin emas, ular faqat aloqa yuzaga kelishiga ko‘maklashadi yoki monelik qiladi.
Narsalar o‘rtasida aloqa biron-bir muayyan asosga ko‘ra yuzaga keladi. Umumiy asos ayrim umumiy asosga ega bo‘lgan turli ob’ektlar o‘rtasida umumiy aloqa yo‘lini ham vujudga keltiradi. Masalan, muayyan manfaat guruhlari o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun siyosiy guruhlarga birlashadilar, mamlakatdagi siyosiy muhitga kuchli ta’sir ko‘rsatadilar. Ammo boshqa, masalan, etnik, diniy va boshqa asoslarga ko‘ra ular o‘zaro bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. SHunday qilib, mazkur misolda aloqa yo‘li aloqa yuzaga kelishi uchun asos, boshqa belgilar - buning shartlaridir. O‘zaro aloqa umumiy xususiyat kasb etadi, u butun borliqqa xosdir. SHu sababli aloqa tushunchasi dialektikada eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Boshqa barcha kategoriyalar o‘zaro aloqaning muayyan turlari bilan tavsiflanadi.
Munosabat. Aloqa tushunchasi o‘zaro aloqa, harakat, munosabat tushunchalari orqali yoritiladi. «Hozirgi zamon falsafa lug‘ati»da1 munosabat tushunchasi «narsalarning o‘zaro mavjudlik usuli, ularda yashirin xossalarning namoyon bo‘lish omili» sifatida ta’riflangan. Bu ta’rifda munosabatni tavsiflovchi quyidagi jihatlar farqlanadi: birinchidan, narsalarning o‘zaro mavjudligi, yaqinlashuvi, birlashuvi. Ikkinchidan, munosabat narsaning xossalarini namoyon etish, ya’ni harakatga keltirish usuli sifatida amal qiladi. Uchinchidan, narsalarning birlashuvi sifatidagi munosabat ta’sirida kooperativ effekt, ya’ni narsalar holatlarining bir-birini o‘zgartirishi yuz beradi. Bunda munosabat yuzaga kelgunga qadar yashirin holda mavjud bo‘lgan narsalarning xossalari bir- biriga o‘tadi va namoyon bo‘ladi. Xullas, munosabat, bir tomondan, narsalarning o‘zaro aloqasini, boshqa tomondan esa - ularning alohida-alohida mavjudligini nazarda tutadi. O‘zaro ta’sir narsalarning o‘zaro aloqadorligini, ular bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi va bir-birini o‘zgartirishini anglatadi. Ammo o‘zgarish - harakat falsafiy tushunchasining sinonimidir. Binobarin, umumiy aloqaning tan olinishi bizni muqarrar tarzda borliqning o‘zgaruvchanligi umumiy xususiyatini tan olishga olib keladi. Umuman o‘zgarish sifatida tushuniladigan harakat butun olamni qamrab oladi, dunyoda hamma narsa muayyan paytda vujudga keladi, tadrijiy rivojlanadi, o‘zgaradi va g‘oyib bo‘ladi (o‘ladi, halok bo‘ladi, barham topadi). Demak, har qanday hodisa o‘z tarixiga ega. Ayni shu sababli tabiat va jamiyat hodisalarini o‘rganishga nisbatan tarixiy yondashuv zarur. O‘zgarishlar o‘z xususiyati va yo‘nalishiga ko‘ra tartibsiz o‘zgarishlar, aylanma harakatlar, jismlarning makonda bir joydan boshqa joyga mexanik ko‘chishida namoyon bo‘lishi mumkin. Rivojlanish o‘zgarishning alohida tipi hisoblanadi. Dialektika kategoriyalari umumiy aloqalarning o‘zgarish va rivojlanish manbai sifatidagi tavsifini to‘ldiradi, harakatlanayotgan, tadrijiy rivojlanayotgan dunyoning keng manzarasini yaratish imkonini beradi. Biron-bir aloqalar va o‘zaro ta’sirlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar amalda mavjud emas. Dialektikaning muhim belgilaridan biri va umumiy aloqa tamoyilining mazmuni aynan ob’ektlarning har tomonlama o‘zaro aloqalari va o‘zaro ta’sirlarini hisobga olishdan iborat.

  1. Qonun va uning tasnifi. Rivojlanishning umumiy qonunlari. Hodisalarni tavsiflashdan ularning mohiyatini anglab etishga o‘tish hodisalarda umumiy jihatlarni topishni talab etadi. Bunda vazifa turli hodisalar o‘rtasida umumiy jihatlarni topishdangina iborat emas. Hodisalarni birlashtiruvchi va ularning birligini belgilovchi asosni tushunib etish zarur. Bu asos - hodisalarni «biriktiruvchi» va ularni bir-biriga yo‘ldosh bo‘lish, uyg‘unlashish va muvofiqlashishga majbur qiluvchi amalda mavjud bo‘lgan barqaror aloqani aks ettiruvchi qonundir. Qonunlarni bilishga hodisalarni ilmiy o‘rganish natijasida erishiladi.Odatda, bu olimlarning tafakkurdan uzoq zahmat chekishni talab etuvchi juda og‘ir ishdir. Voqelikning biron-bir qonunini aniqlash uchun olim o‘rganilayotgan hodisalar haqidagi dastlabki ma’lumotlarning ko‘p sonli to‘plamlariga tayanishiga to‘g‘ri ke la di. Bu ma’lumotlar shunday tartibga solinishi va umumlashtirilishi lozimki, ho di salarning mazkur sohasi asosiy elementlar va munosabatlarni farqlash imkonini beradigan tizim sifatida namoyon bo‘lsin.

  2. Falsafa qonunlari tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog‘liq bo ‘lmagan holda mavjud bo‘lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz.

Qarama-qarshiliklar birligi qonuni. Qarama-qarshilik - narsalar va hodisa lardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyasiya - dissimilyasiya, o‘zgaruvchanlik - tug‘malik, ishlab chiqarish - iste’mol qilish, yaxshilik - yomonlik va sh.k.). Qarama-qarshiliklar - o‘zaro bog‘lanishli bo‘lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o‘zaro birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo‘lmasligi mumkin. Qarama-qarshiliklar o‘rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik munosabati va qarshi harakatga doir munosabat. (qonunning klassik ta’rifida «kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki mazkur atama ko‘proq jamiyatga tegishlidir.)
Qarama-qarshilik birligi nima? Birinchidan, qarama-qarshiliklar birligi - bu ularning uzviyligi. Har bir qarama-qarshilik boshqa bir qarama-qarshilikning mavjudlik sharti hisoblanadi. Ular alohida-alohida mavjud bo‘lishi mumkin emas (agar qarama-qarshiliklardan biri yo‘q bo‘lsa, ularning ikkinchisi ham yo‘q bo‘ladi). Ikkinchidan, qarama-qarshiliklar birligi ular birbirini taqozo etgan va bir-biriga o‘tgan holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Har qanday qarama-qarshilik o‘zida mavjud bo‘lmagan, lekin boshqa qarama-qarshilikda mavjud bo‘lgan jihatga muhtoj bo‘ladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Qarama-qarshiliklar bir-biriga ta’sir ko‘rsatish orqali bir-biriga o‘tadi. Bu qarama-qarshiliklar makonda bir-biridan ajratilgan,turli jinsli hodisalar sifatida mavjud bo‘lmasligini, ularning har biri o‘zida boshqasining muayyan jihatini mujassamlashtirishini anglatadi (masalan, o‘quv jarayoni o‘qituvchi va talablar mavjudligini nazarda tutadi).Qarama-qarshiliklarning qarshi harakat («kurash»)ga doir munosabati nima? Qarama-qarshiliklar bir-birini taqozo etar va rivojlanar ekan, biri boshqasiga «beparvo» bo‘lmaydi, balki bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ularning o‘rtasida qarshi harakat, kurash boradi. Uning mohiyati yagonalikka barham berishdan iborat. Qarama-qarshiliklarning har biri ikkinchisini o‘zidan itarib chiqaradi, undan xalos bo‘lishga harakat qiladi. SHunday qilib, qarama- qarshiliklar kurashi qarama-qarshiliklar bir-birini inkor etgan, bir-birini istisno qilgan holda yuz beradi. Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va nisbiy, o‘tkinchi hisoblanadi. Qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb etadi, u hech qachon to‘xtamaydi.
Ziddiyatlar - narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno etish va birbiriga o‘tish munosabatlaridir. Ziddiyatlar borliqning barcha hodisalari va jarayonlariga xos bo‘lib, o‘zgarish va rivojlanishning manbai, harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Ayni shu sababli ziddiyat dialektik ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh kategoriya hisoblanadi. Ziddiyat - bu qarama-qarshiliklar munosabatigina emas, balki ularning tarqalish jarayoni hamdir. SHu tufayli ham, Gegel g‘oyalariga asoslanib, ziddiyat tarqalishining quyidagi bosqichlari (fazalari) farqlanadi: ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat va asos (ya’ni ziddiyatning echilishi).

Yüklə 63,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin