Rivojlanish nazariyasi (Dialektika)



Yüklə 63,24 Kb.
səhifə3/3
tarix14.10.2023
ölçüsü63,24 Kb.
#155555
1   2   3
Rivojlanish nazariyasi (Dialektika)

Birinchidan, inkorni-inkor rivojlanish yo‘nalishini ko‘rish uchun imkoniyat yaratadi. Mazkur hodisa taraqqiyot yoki tanazzul alomati ekanligini bir inkor harakatining o‘zidan aniqlash mushkul. SHu bois, masalan, qabul qilingan muayyan qonun, saylov natijalari va shu kabilar haqida xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak.
Ikkinchidan, inkorni-inkor rivojlanish shaklining tavsifi bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, Gegelning dialektika tizimida rivojlanish mantiqiy ziddiyatning yuzaga kelishi va uning bartaraf etilishi sifatida tavsiflanadi. Bu jarayon «tezis-antitezis-sintez» formulasiga muvofiq yuz beradi. Dialektika kontekstida rivojlanishning uch bosqichi ijtimoiy va tabiiy tizimlar rivojlanishining ko‘p sonli ssenariylaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo, Gegel qayd etgan rivojlanishning siklligi, uning chiziqsizligi tabiat va jamiyatda jarayonlar kechishining ancha keng tarqalgan shakli hisoblanadi.
Uchinchidan, tabiiy va ijtimoiy sikllarda rivojlanish ham, tanazzul ham bo‘lmasligi mumkin: o‘zgarish aylanma harakat qiladi. Inkorni-inkorda rivojlanish quyi bosqichining o‘ziga xos xususiyatlari yuqoriroq bosqichda takrorlanishi yuz beradi.
Inkorni-inkor qonuni - bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni yangining eskini dialektik inkor etish cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor, yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda rivojlanish jarayonida uning oliy bosqichlarida avvalgi bosqichlarning ayrim jihatlari va tomonlari sifat jihatidan yangicha asosda takrorlanadi va ayni hol to‘g‘ri chiziq, tutash doira bo‘ylab emas, balki spiralga yaqinlashuvchi egri chiziq bo‘ylab yuksalishni belgilaydi. Harakatning spiralsimonligi rvojlanishning sik lligini aks ettiradi.
Xulosalar. Dialektika rivojlanish falsafasining puxta ishlab chiqilgan konsepsiyasidir. Hodisalar rivojlanishining umumiy nazariyasi sifatida u rivojlanishning mohiyatini anglab etishga yo‘l ochadi, tabiat, jamiyat va tafakkurdagi real jarayonlarni ular amalda qanday bo‘lsa, shunday aks ettiradi. Dialektika narsalar va hodisalarni o‘rganishga ularning vujudga kelishi, harakati va rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashadi, shu sababli u ob’ektiv jarayonlarni konkret, har tomonlama o‘rganishga yo‘l ko‘rsatadi.Dialektika bilan bir qatorda rivojlanishning metafizik konsepsiyasi, sofistika, eklektika, ekzistensial dialektika, sinergetika va boshqa konsepsiyalar mavjud.

  1. Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi. Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz qanday fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday etkazishimizni ko‘rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar ko‘rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo‘lib, predmetlar umumiy va muhim belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqea va hodisalar ma’nosini anglaymiz, ularning o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh so‘zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo‘lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni so‘zlar yordamida ifodalaymiz. So‘z -fikr va dunyo o‘rtasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga etkazish vositasi hisoblanadi. So‘z boyligimiz qancha katta bo‘lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. Ob’ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi. Tushuncha - bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. Masalan,

«talaba», «universitet», «auditoriya» so‘zlari muayyan darajada umumiy va mavhumdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki o‘ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi. Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy yo‘li: «bu atirgul» («bu» so‘zi bilan aniq belgilangan); «atirgul» (bu erda «bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul» so‘zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq narsani qayd etadi. SHundan so‘ng bu iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab oladi. SHunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran uzoqlashamiz, chunki e’tibor barcha gullarda mavjud bo‘lgan umumiy jihatga qaratiladi. «O‘simlik» so‘zi butun o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga oladi va yanada kengroq mavhumlik hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo‘lida harakatni davom ettiramiz. Bu yo‘lda «tirik» tushunchasi yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas, balki hayvonot dunyosini ham o‘z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning yanada yuqoriroq darajasida turadi. Bunday tushunchalar - kategoriyalar (yunon. -«asos», «umumiy baho») deb ataladi. Fikr bizning dunyo bilan o‘zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada umumlashtiradi. Dunyo o‘z xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-barangligi jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz o‘zimiz yashayotgan dunyodan qashshoqroqdir. Falsafiy kategoriyalar - borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqa lari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir. Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. Shunday qilib, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyoni ideal aks ettirishning o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqelikni bilish va ma’naviy-amaliy o‘zgartirishning asosiy tamoyillari bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zi hollarda, umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq kategoriyalari dialektika kategoriyalari deb ham nomlanadi. Dialektika kategoriyalarini ikki turga ajratish mumkin: substansion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar.
Substansion kategoriya lar - bu boshqa kategoriyalardan qat’i nazar, alohida-alohida qo‘llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq»,«materiya», «harakat», «rivojlanish», «makon», «vaqt», «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular ob’ektiv voqelikning muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda, boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va mazmun; qism va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqelik.

  1. YAkkalik, xususiylik va umumiylik.

YAkkalik, xususiylik va umumiylik borliqdagi narsa va hodisalarning har biriga xos alohida, ma’lum guruhiga xos maxsus va hammasiga xos umumiy tomonlari, xususiyatlari hamda ular o‘rtasidagi bog‘anish va aloqadorlikni ifodalaydi.
Alohida narsa va hodisagagina xos bo‘lib, bu narsa va hodisani boshqa narsa va hodisadan farq qiluvchi, takrorlanmaydigan, individual belgi va xususiyatlar birligi yakkalik deyiladi. Yakkalik alohida narsa va hodisalarni ham, ulardagi alohida tomon, belgi va xossalarni ham aks ettiradi.
Ko‘pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning turlariga hamda tomonlariga) xos bo‘lgan o‘zaro o‘xshash, bir xil, takrorlanuvchi belgi va xususiyatlar birligini aks ettiruvchi tushuncha umumiylik deb ataladi. Umumiylik borliqdagi ko‘pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning tomonlariga) xos bo‘lgan umumiy belgi va xususiyatlarning fikriy in’ikosidir. Umumiylik bir sinf yoki bir turga kirgan narsa va hodisalarni ham ifodalaydi. Chunki borliqda har bir narsa va hodisa boshqa narsa va hodisalar bilan albatta, biror umumiy tomonga, xossaga, belgi va xususiyatga egadir.
Narsa va hodisalarga xos maxsus tomonlar, xususiyatlar birligi xususiylik kategoriyasida ifodalanadi. Xususiylik kategoriyasi narsa va hodisalardagi alohidalik va umumiylik kabi tomonlar o‘rtasidagi alohidalikka nisbatan umumiy, umumiylikka nisbatan alohida bo‘lgan tomonlar, belgilar, xususiyatlar va aloqadorliklarni ifodalaydi.
Bir butun borliqdagi hamma narsa va hodisalarga xos bo‘lgan tomonlar, belgi va xususiyatlar eng umumiylikdir. Eng umumiylik hajm jihatdan boshqa kengaytirib bo‘lmaydigan universal tushunchadir. Masalan: Ahmad □ odam □ tirik mavjudot, nihoyat □ materiya □ borliq. «Borliq» tushunchasi bu erda eng umumiylikdir.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik bir-biri bilan o‘zaro dialektik munosabatda bo‘ladi. Binobarin, yakkalik bilan umumiylik xususiylik orqali bog‘langan bo‘lib, ular o‘zaro aloqadorlikdadir. Xususiylik yakkaliklardan tashkil topib, umumiylikni alohidalik bilan bog‘laydi. Umumiylik esa yakkaliklardan ajralgan holda bo‘lmaydi, balki yakkaliklarning umumiy xususiyatlari, belgilari, tomonlari, bog‘lanishlari shaklida har bir yakkalikning o‘zida mavjud bo‘ladi. Demak, har bir konkret narsa va hodisa yakkalik, xususiylik va umumiylikning birligidan iboratdir.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi shundan iboratki, ma’lum sharoitda yakkalik xususiylikka, xususiylik umumiylikka va aksincha, ular bir-biriga o‘tishi mumkin. Ob’ektiv olamda har qanday yangilik dastlab yakkalik sifatida paydo bo‘lib, so‘ngra u o‘sib, rivojlanib xususiylik va umumiylik xarakterini kasb etadi.
Lekin bundan har qanday yakkalik xususiylikka, xususiylik esa umumiylikka o‘taverar ekan, degan fikr yuritmaslik kerak. Bunday bo‘lishi uchun ular taraqqiyotning asosiy tendensiyasiga mos kelishi shart. Yakkalik, xususiylik va umumiyliklarning o‘zaro bog‘lanishlarini dialektik nuqtai nazardan tushunish ob’ektiv voqelikni to‘g‘ri bilish uchun juda muhimdir. CHunki, insonning borliqni bilishi ham yakkalikdan xususiylikka va undan umumiylikka borishdan iboratdir. Bu umumiylikni biz narsa va hodisalarni va ularda ifodalanuvchi yakkaliklar va xususiyliklarni bilish orqali anglab etamiz. Biz, dastavval, sezgi a’zolarimiz yordamida yakkalikni, yakka narsa va hodisalarni idrok qilamiz. So‘ngra tafakkurimizda shu hissiy idrokimizda vujudga kelgan mavjud faktlarni analiz va sintez qilib, ularning muhim tomonlarini nomuhim tomonlaridan, umumiy tomonlarini alohida tomonlaridan ajratamiz, ularni o‘zaro bir-biri bilan birlashtiramiz, bir-biriga taqqoslaymiz, shular asosida fikrimizda ularni ifodalovchi tushunchalarni hosil qilamiz. Bu hosil qilgan tushunchalarda narsa va hodisalarning ham yakka tomonlari, ham ularning muayyan turkumiga xos bo‘lgan xususiy tomonlari, hamda shu narsa va hodisalarning butun bir sinfiga oid bo‘lgan umumiy tomonlari ifodalanadi.

  1. Mohiyat va hodisa.

Mohiyat narsa va hodisalarning ichki, eng muhim o‘zaro bog‘lanishlari, shu bog‘lanishlarning qonuniy aloqadorliklarini ifodalaydi. Hodisa esa shu narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va bog‘lanishlarning namoyon bo‘lish shakli, mo hiyatning ifodalanishidir. Masalan, hamma tirik mavjudotlarning mohiyati ulardagi modda almashish jarayoni bo‘lmasa, tiriklik jarayoni — hayot ham bo‘lmaydi. Modda almashish jarayoni butun hayot jarayonining asosiy mohiyatini tashkil etadi. Lekin bu modda almashuv jarayoni har bir tirik organizmda juda xilma-xil ko‘rinishlarda sodir bo‘ladi. Bu ko‘rinishlar — hodisalar. Mohiyat va hodisa o‘zaro umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu xususiyatlar quyidagilardan iboratdir:

  1. Mohiyat ichki aloqalarni, hodisa esa tashqi aloqalarni ifodalaydi. Masalan, inson daraxtning shitirlashini, qushlarning sayrashini eshitadi. Bu hodisalarning sababi turlicha bo‘lsada, ularning mohiyati bittadir, ya’ni havo zarralarining tebranishidir. Biroq inson buni birdan payqay olmaydi. Dastlab u hodisa sifatida yuz bergan narsani faxmlaydi, so‘ng uning mohiyatini bila boshlaydi.

Mohiyat narsalarning ichki aloqadorligi bo‘lgani sababli, u chuqur tahlil qilish va izlanish natijasida, amaliyot jarayonida bilib boriladi. Hodisa esa aksincha, hissiy organlar orqali bevosita idrok etiladi. U hissiy organlarimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etib, u yoki bu sezgi va idroklarimizni hosil qiladi.

  1. Mohiyat bilan hodisa o‘zaro birlikda bo‘lishi bilan, ular bir-biriga qarama-qarshi ham, shu sababli ular hech vaqt bir-biriga aynan mos kelmaydi. Ularning qarama-qarshiligi borliqdagi narsalarning o‘z tabiatidan kelib chiqadi. Mohiyat hodisada yashirin bo‘ladi va uni bevosita hissiy organlar orqali bilish mumkin emas. Hodisa — narsalarning namoyon bo‘lishi shakli sifatida mohiyat bilan hech vaqt mos kelmaydi. Agar narsalarning namoyon bo‘lish shakli bo‘lgan hodisa mohiyat bilan bevosita mos kelganda edi, u holda har qanday fan ortiqcha bir narsa bo‘lib qolgan bo‘lur edi. Fanning vazifasi borliqning ko‘pdan-ko‘p hodisalari, ularning tashqi tomonlari va belgilari ostida yashirinib yotgan, ularning asosini tashkil qiladigan mohiyatlarni izlab topishdan iborat.

  2. Mohiyat nisbatan doimiyligi va barqarorligi bilan hodisadan farq qiladi. Mohiyat va hodisa munosabatini daryoning yuzidagi ko‘piklar va uning ostidagi suvning tez oqimiga o‘xshatish mumkin. Bundagi daryo harakatining yuzidagi ko‘piklar hodisa bo‘lsa, ularning ostidagi suvning tez oqimlari mohiyatdir. Lekin uning ustidagi ko‘piklar ham mohiyatning o‘ziga xos ifodasidir.

  3. Mohiyatning nisbiy doimiyligi va barqarorligini, hodisaning o‘zgaruvchanligini mutlaqlashtirmaslik lozim. Chunki mohiyat ham, hodisa ham o‘zgarib boradi. Lekin mohiyat hodisaga nisbatan sekin o‘zgaradi, u ma’lum barqarorlikka ega.

Mohiyat va hodisa o‘zaro umumiy tomonlarga ega. Masalan: a) har qanday mohiyat hodisada namoyon bo‘ladi, hodisa esa mohiyatning u yoki bu holda ko‘rinishidir: b) mohiyat va hodisa ob’ektiv xarakterga ega bo‘lib, ular inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda ham mavjuddir; v) mohiyat ham, hodisa ham doimo o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi. Biroq mohiyat va hodisa ziddiyatli xarakterga ham ega. Shu bilan birga, mohiyatning o‘zi ham ziddiyatlidir. Dialektika buyumlarning o‘z mohiyatidagi ana shu ziddiyatlarni o‘rganadi.
Dialektikaning mohiyat va hodisa kategoriyalari konkret fanlarning shu sohada erishgan yutuqlarini umumlashtirish asosida doimo boyib, rivojlanib boradi. Ular inson amaliyoti va barcha fanlar yutuqlarini umumlashtirish natijasida kelib chiqqandir. SHu jihatdan mohiyat va hodisa kategoriyalari inson bilimlari tizimining hamma sohalariga tegishli bo‘lib, dunyoni bilishning metodologik vositasi sanaladi.
Mohiyat va hodisa bog‘lanishlari fan va amaliyotda ham muhim o‘rin tutadi. Bunda hodisani mohiyatdan ajrata bilish muhim. Mohiyatni hodisadan ajrata bilmaslik nazariya va amaliyotda jiddiy xatolarga olib keladi.
v) Butun va qism.
Ma’lumki, borliqdagi har bir narsa, hodisa, jarayon bizning ko‘z oldimizda bir butunlik sifatida gavdalanadi. Biz ularni o‘rganar ekanmiz, ularning qismlardan, bo‘laklardan, komponentlardan, elementlardan iboratligini ko‘ramiz. Bu qismlar, bo‘laklar, komponentlar, elementlar o‘zaro muayyan qonuniyatlar orqali birikib, ma’lum tuzilishdagi bir butun narsani, hodisa yoki jarayonni tashkil qiladilar. Bu narsa va hodisalarning ma’lum bir guruhi o‘zaro birikib, biron bir sistemani hosil qiladi. Bu esa ma’lum strukturaga ega bo‘lib, muayyan elementlardan iborat bo‘ladi. Bundagi butun, qism, sistema, struktura, elementlar o‘zaro dialektik birlikda, bog‘lanish va aloqadorlikda mavjud bo‘ladi.
Xo‘sh, butun va qism deb nimaga aytiladi?
Butun — o‘zaro dialektik aloqadorlikda bo‘lgan qismlar, bo‘laklar, tomonlar, elementlar, komponentlarning uzviy birligidan iborat bo‘lgan alohida narsa, hodisa, jarayondir. Masalan, bizni o‘rab turgan olam bir butundir. Qism esa shu butunni tashkil qilgan, uning tarkibidagi ma’lum bo‘lak, komponent, elementdir. Masalan, bir butun olamning bir qismi tabiatdir. Borliqdagi narsa va hodisalarga xos bo‘lgan butun va qismlarning o‘zaro qonuniyatli aloqadorligi «Butun va qism» kategoriyalarida aks etadi va ifodalanadi. Olamdagi har bir predmet (hodisa, buyum, protsess) ana shu butun va qismlarning dialektik birligidan iborat. Masalan, leksikologiyaga oid «ishchilar» so‘zini olsak. Bu so‘z: «ish» — «chi» — «lar» kabi ma’noli qismlardan iborat. Bu qismlar o‘zaro birikib, bir butun «ishchilar» so‘zini hosil qiladi.
Butun va qism o‘zaro dialektik aloqadorlikdadir. Butunning umumii tabiati uni tashkil qiluvchi qismlarning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, butun tarkibidagi har bir qism butunning o‘ziga xos xususiyatini ma’lum darajada ifodalaydi. Lekin butunni tashkil qilgan bu qismlar butun tarkibida har biri alohida-alohida emas, balki butunning bo‘laklari sifatida ko‘rinadi. Unda butunga xos ma’lum xususiyat qismlarga ham xos bo‘lishi mumkin. SHu bilan birga, butun tarkibidagi qismlar butun bilan umumiy birlikka ega bo‘lishi bilan birlikda, ular bilan o‘zaro ziddiyatda, qarama-qarshilikda bo‘lishi ham mumkin. Butunsiz qismlar va qismlarsiz butun yo‘q va bo‘lishi mumkin emas, ular faqat o‘zaro aloqadorlikda, birlikda, birgalikda, bir -birini taqozo qilgan holda mavjud bo‘ladi. Bunda butunni tashkil qiluvchi qismlar ham o‘zaro bir -birlari bilan ta’sir va aks ta’sir qilib turishadi. Butun va qismlarning bu o‘zaro ta’sir va aks ta’sir qilib turishlari natijasida butun va qismlarning o‘zgarishi va rivojlanishi sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, har bir butun va qismlar ob’ektiv reallikdagi boshqa butunlik va qismlar bilan ham muayyan aloqadorlikda va bog‘lanishda bo‘ladi.
g) Sistema, struktura va element.
Borliqdagi narsa va hodisalar sistema, struktura va element aloqadorligiga ham ega bo‘ladi. CHunki ular ma’lum sistemalar tarzida mavjud bo‘lib, o‘z tuzilishi va tarkibiga ko‘ra esa muayyan strukturaga ega hamda qator elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Sistema — bu borliqdagi o‘zaro bog‘liq, muayyan tartibdagi bir-biriga ta’sir va aks ta’sir qilib turuvchi narsalar, hodisalar va jarayonlarning qonuniyatli birligidir.
Struktura esa shu sistemani tashkil etgan narsalar, hodisalar va jarayonlarning tartibi, tuzilishi, tarkibi, joylashishi va ifodalanishidir. Struktura har bir narsa yoki hodisaning, har bir sistemaning ajralmas tub xususiyati bo‘lib, u muayyan elementlar dan tashkil topadi.
Element sistema strukturasini tashkil kilgan, nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan tuzilmadir. Har bir sistema o‘z strukturasiga ko‘ra bir qancha o‘zaro chambarchas bog‘liq va aloqadorlikda bo‘lgan elementlardan iborat bo‘ladi. Sistema, struktura va element kategoriyalari narsa va hodisalarga xos bo‘lgan ana shu moddiy sistemalar, strukturalar va elementlarning aqliy in’ikoslaridir.
Odatda, har bir sistema, o‘zining tuzilishiga ko‘ra alohida sistemachalarga ajralishi, nisbiy mustaqil elementlarga bo‘linishi, ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi, bir butunlikni tashkil etishi kabi xususiyatlarga egadir. Bunda sistemalar ierarxiyasi shundaki, doimo bir qancha sistemachalar birikib, yangi, hajm jihatidan kengroq sistemani hosil qila boradi. Bu holat yanada yuqorilashib borib, natijada, bir-biriga kiruvchi, bir-biri bilan bog‘liq, biriga nisbatan ikkinchisi kengroq bo‘lib boradigan sistemalarning oliy birligi — bir butun borliqni qaror toptiradi. Umuman, har bir sistemaning tashkil topishi va mavjud bo‘lishida uning strukturasi muhim rol o‘ynaydi. Ayni shu struktura sistemadagi o‘zaro ta’sir va aks ta’sir qiluvchi moddiy tarkiblarni elementlarga aylantiradi. Dialektika uchun sistema, struktura va element kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligini, ularning bir-biriga o‘tishlarini va har biriga xos alohida xususiyatlarini ko‘rsatish, ularning o‘zaro umumiyligi va bir-biridan farqlarini aniqlash ayniqsa muhimdir.
Struktura narsa va hodisalardagi, ulardan tashkil topgan sistemalardagi o‘zaro bog‘liq quyidagi uch ma’noni ifodalaydi:

  1. Struktura narsa yoki hodisaning bir xil yoki har xil jinsligini, uning muayyan nisbiy mustaqil qismlarga, elementlarga, komponentlarga bo‘linishini ifodalaydi.

  2. Struktura narsa yoki hodisani tashkil etuvchi qismlar, bo‘laklar, komponentlar va elementlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir va aks ta’sirlarini, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘lanishlarni, bu bog‘lanishlarga oid qonuniyatlarni ifodalaydi.

  3. Struktura, nihoyat, narsa yoki hodisaning qanday elementlardan tashkil topganligidan qat’iy nazar, bu elementlarning organik birligini, ularning yaxlitligi va bir butunligini ifodalaydi. SHuning uchun strukturani bilish bu, birinchidan, uning elementlarini aniqlash, ikkinchidan, mazkur elementlarning o‘zaro aloqadorliklarini aniqlash, nihoyat, uchinchidan, bu elementlar bir butunligining o‘ziga xos tabiatini tushunib olishdir.

Demak, struktura kategoriyasi butun bir sistemani tashkil etuvchi elementlar aloqadorligining o‘ziga xos usullarini va bu bir butunlik doirasidagi elementlarning o‘zaro munosabatlarini ifodalaydi. Bunda har bir element strukturaning nisbiy mustaqil komponent bo‘lishi bilan birga, o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida birlashib, bir butun sistemani vujudga keltiradi.
Keyingi vaqtlarda tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohalarida tadqiqot ob’ektini chuqurroq o‘rganish maqsadida sistemali yondashish, strukturaviy analiz usullari ishlab chiqildi. Bu usullarning qo‘llanilishi ularning samaradorligi va istiqbolli ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ayniqsa, sistemali yondashish usuli o‘zining muhimligi, o‘rganilayotgan predmet va hodisalardagi barcha aloqadorlik va bog‘lanishlarni hisobga olishi bilan dialektik usullarning tarkibiy qismini tashkil etadi.
d) Mazmun va shakl.
Mazmun va shakl ham kishilarning borliqni bilishida katta rol o‘ynaydi.
Xo‘sh, mazmun va shakl nima?
Mazmun — narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki hodisa sifatida ifodalovchi jarayonlar, muhim elementlar va o‘zgarishlarning majmuidan iborat.
SHakl — mazmunning mavjudlik usulini, uning strukturasini, ya’ni tuzilishini ifodalovchi, narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidan iborat. Mazmunni tashkil etuvchi xususiyatlar, ziddiyatlar, elementlar shaklsiz ifodalanmaganidek, ularning mavjudlik usuli, strukturasi, tuzilishi ham mazmunsiz namoyon bo‘la olmaydi. Demak, mazmun va shakl muayyan bir narsa yoki hodisaning bir-biri bilan dialektik aloqador bo‘lgan ikki tomonidir.Ob’ektiv olamda narsa va hodisaga oid bo‘lmagan sof mazmun ham, sof shakl ham yo‘q. Aksincha, faqat muayyan mazmun va shakl birligiga ega bo‘lgan narsalar va hodisalargina mavjuddir. Bunda hamisha muayyan mazmun muayyan shaklda ifodalanib, muayyan shakl muayyan mazmunga ega bo‘ladi. Borliqdagi har bir narsa va hodisa o‘z mazmun va shakl birligi tufayligina mavjud bo‘lsa-da, ular shu birlikni vujudga keltirishda turlicha rol o‘ynaydi. SHakl esa, aksincha, mazmunni ifodalaydi. Qisqa qilib aytganda, mazmun shaklni belgilaydi. z) Sabab va oqibat.
Narsa va hodisalar o‘zlarining paydo bo‘lishlari, shakllanish va rivojlanishlarida birbirlari bilan aloqadorlikda va sababiy bog‘lanishlarda bo‘lishib, ularning biri sabab, ikkinchisi shu sabab tufayli kelib chiqqan oqibat bo‘ladi. Ularning o‘zaro bunday aloqadorligi sababiy bog‘lanish deyiladi. Bu sababiy bog‘lanishda bir narsa yoki hodisa ikkinchi bir narsa yoki hodisani vujudga keltiradi.
Xo‘sh, sabab va oqibat nima?
Bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan hodisa yoki hodisalar guruhi sabab deb ataladi. Sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisa oqibat deyiladi. Masalan, qo‘llarimizni bir-biriga ishqalaganimizda qo‘llarimiz qiziydi. Bu erda ikki hodisa: ishqalanish va issiqlikning guvohi bo‘lib turibmiz. Lekin bunda ishqalanish issiqlikni keltirib chiqarmoqda, ya’ni ishqalanish issiqlikning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Demak, ishqalanish sabab, issiqlik - oqibat bo‘lmoqda.
Odatda borliqdagi har bir hodisaning paydo bo‘lishi va rivojlanishida o‘z sababi bo‘ladi va ayni vaqtda uning o‘zi ham boshqa hodisalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga sabab bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ayrim hodisalarni tushunmoq uchun biz ularni umumiy aloqadorlikdan ayirib olishimiz hamda ularni alohida-alohida tekshirishimiz lozim. Bunday holda esa bir-biri bilan almashinib turuvchi harakatlardan biri sabab tarzida, boshqasi oqibat tarzida ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi.
Sabab bilan oqibatning o‘zaro aloqadorligi sababiyat deb ataladi. Tabiat va jamiyatdagi sabab-oqibat bog‘lanishlarning kishilar fikridagi ifodasi sababiyat kategoriyasining paydo bo‘lishiga olib kelgan. Sababiyat hodisalar o‘rtasidagi shunday ichki aloqadorlikki, bunda har doim bir hodisa mavjud bo‘lar ekan, uning ketidan muqarrar ravishda ikkinchisi sodir bo‘ladi.
Kishilarda bir hodisa boshqa hodisaga sabab bo‘ladi, degan tasavvur ularning amaliyot i asosida kelib chiqqan. Sababiyat borliqda umumiy, har tomonlama xarakterga ega. Sababsiz oqibatlar yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, hamma narsaning o‘z sababi bor. «SHamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi» — deydi xalqimiz. Sababiyat ob’ektivdir, u borliqqa inson aql-idroki yoki qandaydir G‘ayritabiiy kuchlar tomonidan kirilgan emas. Sababiyat aksincha, borliqning o‘ziga xos aloqadorligi bo‘lib, u inson tomonidan shu borliqni bilish jarayonida ochiladi. Ayrim hodisalarning sababi hozircha ma’lum bo‘lmasa ham, u keyinchalik fan va ijtimoiy amaliyot taraqqiyoti davomida kashf etiladi. Sabab oqibatga aktiv ta’sir qiladi. Bu ta’sirning xususiyati shundan iboratki, u sababning hal qiluvchi kuchiga asoslangan bo‘ladi.
Borliqda doimo ma’lum vaqt muayyan aniq shart-sharoit mavjud bo‘lgan taqdirdagina, sabab oqibatni keltirib chiqaradi. Lekin bu ma’lum sabab doimo bir xil ma’lum oqibatni keltirib chiqaradi, degani emas. Bunda oqibatning kelib chiqishi aniq shart-sharoitlar, aniq vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Sababni oqibatni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlardan farq qilish zarur.
Sabab va oqibat vaqt jihatdan ketma-ket kelib, bunda sabab oqibatdan oldin, oqibat sababdan keyin keladi, ya’ni sabab oqibatni keltirib chiqaradi. Lekin borliqda ketma-ket keluvchi har qanday predmetlar va hodisalar bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lavermaydi. Masalan, qishdan so‘ng bahor, bahordan so‘ng yoz, yozdan so‘ng kuzning kelishi sabab va oqibat bog‘lanishi emas, ular bir-birlarini keltirib chiqarishmaydi. Bu hodisalarning ro‘y berishi Erning Quyosh atrofida o‘z holatini o‘zgartirgan holda aylanishi sababli sodir bo‘ladi.
Borliqdagi barcha narsa va hodisalar o‘z tabiiy ob’ektiv sabablari asosida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Tabiat hech qachon oldindan belgilangan maqsadlarni qo‘ya olmaydi va qo‘ymaydi ham. Jamiyatda esa ahvol boshqacha, chunki jamiyatda ongli mavjudotlar — insonlar faoliyat ko‘rsatadilar, ular o‘z faoliyatlarini oldindan belgilangan ma’lum maqsadlar asosida amalga oshiradilar. Maqsadga muvofiq faoliyat ko‘rsatish faqat insonlarga xosdir. Jamiyatda kishi nimani qilmoqchi bo‘lsa, avvalo, u o‘zicha buni o‘ylaydi, uning haqida fikr yuritadi, bu ish yuzasidan ma’lum reja tuzadi, uni amalga oshirish uchun o‘z oldiga ma’lum maqsadlarni qo‘yadi va ularga erishish uchun harakat qiladi. Bunda maqsad kishining o‘zi tomonidan belgilangani uchun, odatda u ko‘pincha tashqi shart-sharoitlarga bog‘liq, emasday tuyuladi. Aslida, insonning har qanday maqsadi (niyati, hatto orzusi ham) ob’ektiv sabablar asosida tarixiy shart-sharoitlar ta’sirida, uning miyasida zaruriy ravishda paydo bo‘ladi.
Borliqdagi sababiy bog‘lanishlarning murakkab zanjirida zaruriy va tasodifiy aloqadorliklar ham muhim rol o‘ynaydi. Bunday aloqadorliklarni zaruriyat va tasodif kategoriyalari ifodalaydi.
j) Zaruriyat va tasodif.
Narsa va hodisalarning mohiyatidan, ularning ichki muhim bog‘lanishlaridan muayyan sharoitda qat’iy ravishda kelib chiqadigan, kelib chiqishi muqarrar bo‘lgan voqea yoki hodisa zaruriyat deb ataladi. Narsa va hodisalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, tashqi ta’sir va ikkinchi darajali omillar bilan bog‘liq, bo‘lgan, ayni sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‘lgan hodisa yoki voqea tasodif deyiladi. Zaruriyat va tasodif o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydigan borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zgarishi va rivojlanishiga oid aloqadorlikning ikki tomonidir. Ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va ayni vaqtda bir-biridan farq ham qiladi. Bu farq, avvalo, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Zaruriyatning bunday o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: 1) zaruriyatning sababi o‘zida bo‘ladi, u mazkur narsa yoki hodisaning ichki tabiatidan kelib chiqadi, u mohiyat bilan bog‘liq; 2) zaruriyat narsa va hodisaning muhim, takrorlanib turadigan ichki aloqadorliklarning natijasidir; 3) zaruriyat narsa va hodisaning oldingi bo‘lgan o‘zgarish va rivojlanishlari orqali qonuniy tayyorlangan bo‘ladi; 4) zaruriyat muqarrarlik xususiyatga ega bo‘lib, albatta, yuz beradi; 5) zaruriyat umumiy xarakterga ega; 6) nihoyat, zaruriyat doimo qonuniyat bilan bog‘liq, bo‘ladi.
Tasodif zaruriyatdan farqli o‘laroq, muayyan sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin, u shu tarzda ham, boshqacha tarzda ham yuz berishi mumkin. Tasodif ayni vaqtda narsa yoki hodisaning mohiyatidan kelib chiqmaydi, u beqaror va vaqtinchadir. Ammo tasodif ham sababsiz yuz bermaydi. Uning sababi, odatda, narsa yoki hodisaning o‘zida bo‘lmay, balki undan tashqarida tashqi shart-sharoitlarda bo‘ladi. Tasodif ham o‘ziga xos quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: 1) tasodifning sababi o‘zida emas, balki boshqa narsa va hodisadadir, u ichki sabab asosida emas, tashqi sabablardan kelib chiqadi; 2) tasodif borliqdagi nomuhim bog‘lanishlardan kelib chiqadi; 3) u narsa yoki hodisaning butun rivojlanish davomida emas, balki turli jarayonlarning ta’sirida sodir bo‘ladi; 4) tasodif narsa va hodisalar rivojlanishining yo‘nalishini belgilab bermaydi, shunga ko‘ra u muqarrar emas; 5) tasodif umumiy emas, balki individual xarakterga ega; 6) tasodif, nihoyat, qonun bilan bog‘liq emas.
Umuman, zaruriyat va tasodif borliqdagi narsa va hodisalar o‘zaro aloqadorligining turli shakllari sifatida mavjud bo‘lib, ular ob’ektivdir, ya’ni ularning mavjudligi va amal qilishi inson hohishi va irodasiga bog‘liq emas.
Zaruriyat va tasodif o‘zaro dialektik bog‘liqdir, bunda tasodif zaruriyatning ichki tizimida yashiringan bo‘lgani kabi, zaruriyat ham tasodiflar tizmasida, ularning takrorlanishida mavjud bo‘ladi, boshqacha aytganda, ular bir-birisiz, alohida-alohida mavjud bo‘lolmaydi.
Fanning vazifasi borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanishlarida yashirinib yotgan, insonga noma’lum bo‘lgan ichki zaruriy aloqadorliklarni va ular tizimidagi tashqi tasodiflarni aniqlashdan iboratdir.
Borliqdagi qat’iy zaruriyat doimo tasodiflar tizmasida hukmronlik qilib, tadqiqotchi o‘z tadqiqoti jarayonida tasodifiy hodisalar tizmasida mavjud bo‘lgan tasodiflarni tadqiq qilish, ularning bir-birlari bilan aloqadorliklarini aniqlash, ular tizmasida mavjud bo‘lgan, lekin yashirinib yotgan zaruriyatni ochish, jamiyatda insoniyat uchun noqulay bo‘lgan voqeahodisalarning ro‘y berishlarining oldini olishga imkon beradi.
Borliqdagi narsa va hodisalarning hozir qanday ekanligi, kelajakda qanday bo‘lishini biz imkoniyat va voqelik kategoriyalarisiz tushuna olmaymiz.

  1. Imkoniyat va voqelik.

Imkoniyat va voqelik o‘zgarish va rivojlanish jarayonidagi narsa va hodisalarning ikki xil davrini, ikki xil holatini, bu davrlarning o‘zaro munosabatini o‘z larida ifodalovchi kategoriyalardir.
Voqelik — bu hozir real mavjud bo‘lgan, yashab turgan narsa va hodisalardir. Lekin bu hodisalar rivojlanish jarayonida birdaniga hozirgi holatda bo‘lmay, balki dastlab imkoniyat holatida bo‘lgan bo‘lib, ular o‘zlarining ma’lum kelib chiqish davriga, vaqtiga, tarixiga ega. Voqelik o‘zining paydo bo‘lish davridan oldin imkoniyat shaklida mavjud bo‘ladi.
Imkoniyat — bu voqelikning kurtak holdagi ko‘rinishidir, u yuzaga chiqmagan voqelikdir. SHu bilan birga, imkoniyat voqelikni keltirib chiqaruvchi, rivojlanishning ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari ham bo‘lishi mumkin. Imkoniyat ob’ektiv qonuniyatlardan kelib chiqadi, ular tomonidan yaratiladi.
Imkoniyat va voqelik kategoriyalarini, ularning o‘zaro dialektikasini chuqur bilib olish kishilarning amalii faoliyatida, ilmiy tekshirish ishlarida katta ahamiyatga ega.
Imkoniyat va voqelik kategoriyalarining mazmuni ongdan tashqaridagi ob’ektiv olamdan olinadi. Bu kategoriyalar bir butun moddiy yoki ruhiy jarayonning ikki tomonini aks ettiruvchi, o‘zaro dialektik munosabatdagi kategoriyalardir. Shuning uchun imkoniyat va voqelikni birbiridan farq qilish lozim, chunki ularni aralashtirib yuborish nazariyaning rolini inkor etishga, insonning tabiat va jamiyatni o‘zgartiruvchi faoliyatini tushunmaslikka, amaliqtning ahamiyatini yo‘qqa chiqarishga olib keladi. Ularni aralashtirib yuborish yo‘q narsani bor, deb bilishga, yangining kurash jarayonida eski ustidan g‘alaba qilishni ko‘rmaslikka olib boradi.
Imkoniyatlar yangi, endi vujudga kelayotgan, rivojlanayotgan va eski, umrini tugatayotgan real kuchlar sifatida progressiv va konservativ bo‘lishi mumkin.
Eskilikni ifodalovchi imkoniyat rivojlanish jarayonida voqelikka aylanib qolishi ham mumkin, lekin bu harakatning ichki qonuniyatidan, uning tub xarakteridan kelib chiqmaydi. Shuning uchun eskilikni ifodalovchi imkoniyatning voqe bo‘lishi vaqtinchadir.
Imkoniyat voqelikka birdan aylanmaydi. U eski voqelik ichida, avvalo, kurtak shaklida mavjud bo‘lib, so‘ng rivojlanib borib, tobora reallasha boradi va ma’lum davrda, ma’lum shartsharoit tufayli voqelikka aylanadi. Imkoniyat reallasha borgan sari, uning mavjud eski voqelik bilan kurashi ham keskinlashib boradi. Shunga ko‘ra, imkoniyatni formal, abstrakt va real imkoniyatlarga ajratib o‘rganiladi. Quruq fikriy izchillik jihatidangina to‘g‘ri bo‘lgan, lekin real asosga ega bo‘lmagan imkoniyat formal imkoniyatdir. Formal imkoniyat ob’ektiv rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqmaydi. Shuning uchun ham u hech qachon voqelikka aylanmaydi.
Amalga oshishi uchun hali shart-sharoitlar to‘liq etilmagan, lekin amalga oshishi qonuniy bo‘lgan, narsa va hodisaning o‘zgarish va rivojlanish mantig‘idan kelib chiquvchi imkoniyat abstrakt imkoniyat deyiladi. Abstrakt imkoniyat rivojlanish jarayonida ma’lum ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar etilganda, real imkoniyatga aylanadi.
Real imkoniyat — bu rivojlanishning asosiy tendensiyasini ifodalovchi, hozirgi sharoitda uning ichki mohiyatidan kelib chiquvchi imkoniyatdir. Real imkoniyat konkret, ayni vaqtda amalga oshishi mumkin bo‘lgan imkoniyatdir.
Ijtimoiy taraqqiyotda imkoniyatning voqelikka aylanishida ob’ektiv shart-sharoit hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ob’ektiv shart-sharoitlar — bular inson onggidan tashqarida mavjud bo‘lgan shart-sharoitlardir. Biroq jamiyatdagi real imkoniyatlarni voqelikka aylantirishda ongli faoliyatning roli ham g‘oyat kattadir. Buning ma’nosi shuki, jamiyat imkoniyatlarining voqelikka aylanishida sub’ektiv omil muhim ahamiyatga ega. Sub’ektiv omil — bu xalq ommasi, uning ongliligi va aktiv amaliy faoliyatidan iborat. SHuning uchun ham imkoniyat va voqelik dialektikasini o‘rganish masalasi jamiyatni boshqarishda juda katta ahamiyatga ega. Bunda sub’ektiv omil ob’ektiv shart-sharoitlarga asoslanadi. Ularsiz sub’ektiv omilning o‘zi hech narsani yuzaga keltira olmaydi, chunki ob’ektiv shart-sharoitlar sub’ektiv faoliyatga nisbatan birlamchi va belgilovchidir.
Ijtimoiy taraqqiyot yollarini hamisha butun ichki murakkabligi va ziddiyatligi bilan tasavvur etish kerak. Biroq bu jarayonlarning markazida doimo inson, uning manfaatlari va qiziqishlari turmog‘i lozim. Falsafiy dunyoqarashning o‘ziga xos eng muhim xususiyati ham mana shundan iborat. Umuman, dialektikada yuqoridagi deterministik aloqadorliklarni ifodalaydigan kategoriyalar o‘zaro bir-birlari bilangina emas, balki boshqa barcha kategoriyalar bilan ham chambarchas bog‘liqlikda o‘rganishni talab qiladi.
Xulosalar. Kategoriyalar fikrlashning universal shakllari bo‘lib, ularda ob’ektiv voqelikda mavjud bo‘lgan umumiy aloqalar, xossalar va munosabatlar aks etadi. Kategoriyalarda kishilik jamiyatining tajribasi va faoliyati mujassamlashadi.
Bilish natijalari o‘z aksini topuvchi tushunchalar va kategoriyalar bo‘lmasa, bugungi kunda bilishning o‘zi ham bo‘lmas edi. Kategoriyalar ob’ektivlik, muayyanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik va tarixiylik, o‘zgaruvchanlik va sh.k. xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.:“O’zbekiston”, 2014. 24 b

  2. Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947sonli Farmoni.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.

  • Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. - 488 b.

  1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: “OzbekistonNMIU, 2017. - 56 b.

  2. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar.- T.: O’zbekiston 1996-2016.

  3. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. 2 nashr -T.:Ma’naviyat, 2016 176- b.

  4. Falsafa. Axmedova M. Tahriri ostida. - T.: O’FMJ, 2006. 339 b.

  5. Shermuxamedova N.A. Falsafa. - T.: Noshir, 2012. 1214 b.

  6. Falsafa asoslari. Q.Nazarov tahriri ostida. -T.: «SHarq», 2005 y.


1Софистики (юнонча: sopism — ataylab xato asoslar asosida, ko’p ma’noli so’zlarga asoslanib fikr yuritish) — bilib turib, xato asoslardan yolg’on xulosa chiqarishdir. Bu yerda sufiylik falsafasi emas, balki o’rta asrlarda Yevropada кенг tarqalgan alohida falsafiy ta’limot nazarda tutiladi.

2Эклектика (юнонча: eklegein — tanlayman, degani) — turli qarama-qarshi nazariyalarni qarashlarni aralashquralash qilib yuboruvchi tafakkur usuli.

3Dogmatika (yunoncha so‘z bo‘lib o‘zgarmas, qotib qolgan, aqida degani) — konkret shart-sharoitlarni hisobga olmay qo‘llaniladigan qoida, prinsip, fikrdir.

4 Гегель Г.В. Наука логики. Т. 1. -М.: 1970 й. с. 467.






Yüklə 63,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin