Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi



Yüklə 32,08 Kb.
tarix28.07.2020
ölçüsü32,08 Kb.
#32347
Infratuzilma R.I (Lotincha)
Psixologiya Hasanov Abdumajidova MM uz 4f578, Anatomiya, Azamatov, M., ATMOSFERA IQLIMI VA OB-HAVO HAQIDQGI BILIMLARNI O'ZLASHTIRISH VA TAHLIL QILISH, 2 5285371932525464276, meva savzabotlarni saqlashga tayorlash jarayonlari, 1-ma'ruza
RAQAMLI IQTISODIYOT INFRATUZILMASI

Umurzakova Kommuna Xursanova

Qo’qon universiteti “Ta’lim kafedrasi” o’qituvchisi

+998903056753 (umurzakovakommunahon@gmail.com)

Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari va ularni xavfsizligini ta’minlash borasida fikr boradi.

Kalit so’zlar: Infratuzilma, raqamli iqtisodiyot, platforma, tendensiyalar, texnologiyalar, xavfsizlik,

Dunyoning eng yirik kompaniyalari allaqachondan buyon turli axborot texnologiyalaridan foydalanib kelishmoqda. Biroq qandaydir platforma joriy qilish

hali biznesni raqamli qilib qo‘ymaydi. Oddiy texnologik platformaning raqamli iqtisodiyot platformasidan farqi nimada? Birinchidan, raqamli iqtisodiyot platformalari tarmoq yoki sanoatning ko‘plab qatnashchilari uchun maksimal darajada qulay o‘zaro aloqalar yaratishi ko‘zda tutgan. Hozirgi kunda to‘laligicha qaror topgan ommaviy platformalarga misol keltirish qiyin, lekin kelajak aynan shunday yechimlar ortidadir. Google, Facebook, Apple, Amazon va Alibaba Group kompaniyalari ushbu g‘oyani to’laligicha amalga oshirishga eng yaqin holatdalar, ko‘plab yirik kompaniyalar bunday platformalarni yaqin vaqtlarda yaratishni rejalashtirishgan. Ikkinchidan, yanada muhimrog‘i, raqamli iqtisodiyot platformalari to‘laqonli (end-to-end) biznes-jarayonlarni avtomatlashtirishi lozim. Raqamli iqtisodiyot to‘liq platformasi uch qismdan iborat bo’lishi kerak: bular iste’molchi ekotizimlari, ishlab chiqaruvchi ekotizimlari va kommunikativ o‘zak. Iste’molchi ekotizimi funksiyasi – platformadan foydalanuvchining barcha ehtiyojlari va muhtojliklarini qondirish, uning qulayligini va funksionalligini ta’minlashdir. Ishlab chiqaruvchining ekotizim funksiyasi – biznes yuritishni yengillashtirgan va unga kirish bo‘sag‘asini pasaytirgan holda yordamchi funksiyalar bajarishini ta’minlashi lozim. Platforma o‘zagi iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning o‘zaro aloqalari bo‘yicha funksionalni ham amalga oshirib, zaruriy texnologik baza va infratuzilma ehtiyojlarini ta’minlaydi.

Barcha asosiy iqtisodiy qonunlar va metrikalar (jumladan, yalpi ichki mahsulot) XIX-XX asrning birinchi yarmida ifodalangan va joriy qilingan bo‘lib, real sektorni (ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotni) yaxshi tavsiflaydi. XX asrning ikkinchi yarmidan

boshlab, nomoddiy ishlab chiqarish va xizmatlar sektori sezilarli darajada rivoj topdi va iqtisodiyotning asosiy sektoriga aylandi.

Bizning dunyoda ularni hisobga olish yangilangan iqtisodiy nazariyaning zaruriy bazasini shakllantirishda bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan bir nechta barqaror tendensiyalar mavjud:

 axborot tovarga aylanadi;

 axborot qiymatga ega;

 raqamli pullar emissiya markaziga ega emas;

 juda ko’p turdagi raqamli valyutalar hosil bo’la boshladi va ular an’anaviy valyutalarning o’rning egallab oladi;

 barcha ma’lumotlar taqsimlangan ma’lumot bazalari va blokcheynlarda saqlanadi;

 ma’lum bir inson guruhlari yoki kompaniyalar jamiyatning mutlaq ko’p boyligiga egalik qiladi;

 robotlar sun’iy intellektga ega bo’lib, insonning raqobatchisiga aylanayapti;

 intellektning jamiyatdagi mavqei misli ko’rilmagan darajada ortadi;

 virtual dunyo jamiyat hayotining barcha sohalariga dadil va faol kirib kela boshlaydi;

 mahsulot va xizmatlar virtual dunyoda va virtual ko’rinishda sotila boshlaydilar;

 globalizatsiya jarayoni misli ko’rilmagan darajada rivojlana boshlaydi;

 raqamli iqtisodiyotning hayotga tatbiq qilinishi natijasida turli mamlakatlar va insonlar orasidagi farq-tafovut kuchayadi;

 alohida mamlakatlar va irqlar hukmron toifaga aylana boshladi;

 jamiyat farovonligi umumiy energiya sarfi bilan bog‘lanadi;

 moddiy boyliklarning ahamiyati ancha pasayadi;

 ijtimoiy maqom ijtimoiy nufuz bilan siqib chiqariladi va boshqalar.

Milliy iqtisodiyotlarning yangi raqamli iqtisodiyotning tomon rivojlanishi bu sohada nazariy tadqiqotlar va bahs-munozalarning kengayishini talab qiladi. Milliy iqtisodiyot rivojlanishining texno-raqamli platformasini yaratishga qaratilgan oliy boshqaruv organlarining amaliy dasturiy harakatlari ham yangi iqtisodiyotga o’tish uchun katta hissa qo’shishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotning mohiyatga oid tomoni, ya’ni, raqamli texnologiyalardagi inqilobiy o‘zgarishlar, internetning aloqasining zamonaviylashishi va uning jadal rivojlanishi hamda Hard Ware va Soft Ware sohalardagi innovatsiyalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Raqamli iqtisodiyotning mazmunga oid tomoni esa birinchi navbatda, ta’lim tizimi islohoti va inson hayotining barcha tomonlarini «raqamlashtirish»da namoyon bo‘ladi. Masalan, sanoat dizaynini kompyuterlashtirish va ishlab chiqarishda konstruktorlik

tayyorgarligini modellashtirish kabi innovatsiyalar paydo bo‘lishi murakkablik darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar, masalan, stanoklar, avtomobillar, poyezdlar, samolyotlar, binolar va boshqalarni loyihasini yaratishni osonlashtiradi va ish siklini sezilarli darajada qisqartiradi. Mamlakatimizda yangi raqamli texnologiyalarning (ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, ijtimoiy va boshqalar) paydo bo‘lishi va hayotga joriy qilinishi milliy iqtisodiyot uchun juda ko‘p sonli ijobiy samaralar va natijalarga olib kelishi mumkin:



  • mehnat unumdorligining ortishi;

  • kapitallashuvning ortishi;

  • turmush sifatining yaxshilanishi;

  • yangi bozorlar shakllantirilishi;

  • resurslarni (aktivlar, kapital, vakolatlar) utilizatsiya qilish samaradorligining ortishi;

  • raqobatbardoshlikning o‘sishi;

  • xavfsizlikning o‘sishi;

  • xalq farovonligining ortishi.

Hozirgi paytgacha, globallashuv jarayoni yakun topmagan ekan, barcha sanab o‘tilgan samaralar shunga olib keladiki, birinchi bo‘lib yangi texnologiyani o‘zlashtirgan mamlakat xalqaro bozorlarda ustunlikni qo‘lgan kiritadi va bu navbatdagi «bozor bo’lagini bo‘lib olish»ga olib keladi. Alohida olingan mamlakat nuqtai-nazaridan bu darhaqiqat yangi texnologiya joriy qilinishi bilan asoslanadigan iqtisodiy o‘sish sifatida talqin qilinishi mumkin. Lekin jahon iqtisodiyoti ko‘lamida o‘sish joriy qilingan texnologiyaning «qo‘shimcha» kapitallashuvi bilan (siqib chiqarilgan texnologiya kapitallashuvini chiqarib tashlagan holda) chegaralangan.To‘g‘risini aytganda, tan olish kerakki, agarda ular sotuv salohiyatini yana bir bor o‘stirishga tayyor bo‘lishmasa, hech qanday texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot ekstensiv rivojlanish modelini hayotga qaytara olmaydi. Shu munosabat bilan tan olish kerakki, raqamli iqtisodiyot va texnologiyalar rivojlanishi na O‘zbekiston uchun, va na butun dunyo uchun har qanday falokatdan qutqaradigan vosita bo‘la olmaydi. Har bir alohida mamlakat

uchun bu zaruriy chora bo‘lib, raqobatbardosh darajada qolishga, jahon iqtisodiyotidagi ulushlar paritetini qayta ko‘rib chiqishga va suverenitetni asrashga imkon beradi. Hozirgi paytda mamlakatizdagi va xorijdagi ko‘plab mutaxassislar va iqtisodchilar yangi iqtisodiyotning, jumladan, uning namoyon bo‘lish shakllaridan biri – raqamli iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish holatiga uzil-kesil tavsif berishga va uni tushunib yetishga harakat qilmoqdalar. Ko‘plab tadqiqotchilar subyektiv munosabat prizmasi orqali zamonaviy iqtisodiyotga xos bo‘lgan umumiy – obyektiv va subyektiv nuqtai-nazardan bu hodisani o‘zicha tushunish va idrok qilishga harakat qilmoqda. Obyektiv jihatdan esa bu ko‘proq zamonaviy iqtisodiyotdagi yangi jihatlar, tomonlar, belgilar, tendensiyalar va qonuniyatlar namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Yangi iqtisodiy hodisalarni o‘rganish va hisobga olish, xususan, raqamli iqtisodiyotni yangi iqtisodiyotning nisbatan mustaqil qismi sifatida ajratish katta qiziqish uyg‘otadi, chunki iqtisodiyotni boshqarish sifati va tezligini oshirish, biznes yuritish qoidalari va huquqiy maydoniga tuzatishlar kiritish, raqamli texnologiyalar – taassurotlar iqtisodiyoti, MICE-industriya, Smart-shahar va shunga o’xshashlar asosida innovatsion mahsulotlar, servislar va xizmatlar hosil qilishga imkon beradi. Iqtisodiyotda yangi tendensiyalar va hodisalarni tahlil qilishga kuchli e’tibor qaratib, hamda Nicholas Negroponte, Chris Meyer, Mohanbir Sawhney, Daniel Spulber, Don Tapscott, Steve Jurvetson, Patricia Seybold kabi amerikalik tadqiqotchilarning asarlariga tayangan holda, mualliflarning «yangi iqtisodiyot» (New Economy), «iqtisodiyot 2000», «internet iqtisodiyoti» (Internet Economy), «Net iqtisodiyot», «Web iqtisodiyot», «raqamli iqtisodiyot», «elektron tijorat» (E-economy, E-business), «nomoddiy iqtisodiyot», «buyum ko‘rinishida bo‘lmagan iqtisodiyot» kabi atamalardan foydalangan holda zamonaviy iqtisodiyotning yangi jihatlarini tavsiflashga intilishini qayd etish mumkin. Ushbu atamalarko‘pincha global elektron tarmoq (Network) shakllanishi, shaxsiy kompyuterlarning global tarqalishi, dasturiy ta’minotni (Software)yaratish va uzluksiz takomillashtirish, axborot texnologiyali va raqamli texnologiyalar rivojlanishi, IT-kompaniyalarning nomoddiy mahsulot va hizmatlarini ishlab chiqarish bilan asoslanadigan

iqtisodiyotdagi yangi hodisalarni ko‘rib chiqishda sinonim sifatida foydalaniladi. Ushbu sohadagi mavjud tadqiqot natijalariga tayanib, raqamli iqtisodiyot predmetli sohasining quyidagi ta’rifini taklif qilish mumkin: “raqamli iqtisodiyot – mavjudlikning texnoraqamli shakli bo’lib, tovar va xizmatlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimli yig‘indisidir. Iqtisodiy munosabatlarning texnoraqamli tabiati raqamli iqtisodiyotni boshqalardan ajratib turadigan asosiy belgilar hisoblanadi. Shunday qilib, agar yangi iqtisodiyot – postindustrial iqtisodiyot namoyon bo‘lishining qonuniy shakli bo’lsa, raqamli iqtisodiyot – yangi iqtisodiyot namoyon bo‘lishining evolyusion shakllaridan biri. Demak, «shaklning shakli» sifatida raqamli iqtisodiyot nafaqat yangi iqtisodiyot alomatlari to‘plamiga, balki raqamli iqtisodiyotning sifat jihatidan aniqligini tavsiflaydigan bir qator ajratib turuvchi tomonlarga ega.

«Industrial» iqtisodiyotda o‘ringa ega bo‘lmagan yangi qonuniyatlar va tendensiyalar paydo bo‘lishi bilan bir qatorda raqamli texnologiyalar bilan bog‘liqlikda va uyg‘unlikda o‘zini yangicha namoyon etadigan an’anaviy iqtisodiy qoidalarning yangicha mazmuniga e’tibor qaratadi. Fan-texnika taraqqiyoti va iqtisodiy rivojlanish ta’siri ostida bozor iqtisodiyoti qoidalarida, biznes yuritish qoidalarida, an’anaviy iqtisodiy qoidalar va qonuniyatlarning yangicha namoyon bo‘lishida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Masalan, elektron tarmoqlar, kompyuterlar va dasturiy mahsulotlar, raqamli texnologiyalar, elektron mahsulot va xizmatlar paydo bo‘lishi va rivojlanishi yangi iqtisodiyotda quyidagi tushunchalar mazmuni, nisbati va ahamiyatini tubdan o‘zgartiradi: moddiy (buyum holidagi) va nomoddiy (buyum holida bo‘lmagan), jug’rofiy masofa, zamon va makon, iste’mol qiymati (foydalilik) vaqiymat, sifat va son, raqobat va iste’molchilarning afzal ko‘rishi (afzallik), vositachilik va logistika, inson kapital va biznes axloqi, bitimlar va samaradorlikni baholash, xaridorlar va sotuvchilar xulq-atvori, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning yangi munosabatlari, marketing texnologiyalari va sotuv. Ko‘rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, AQSHda internet-kompaniyalarva internet-firmalar jadal rivojlanishi

bilan iqtisodiyotning barcha sohalariga kirib boradigan va butun iqtisodiyot ko‘rinishini o‘zgartiradigan internet-xizmatlar, mahsulotlar, servislar, provayderlar xizmatlari va boshqalarning yangi bozori shakllanadi. Shu sababli bizningcha, internet-iqtisodiy va raqamli iqtisodiyotni tor ma’noda – internet-kompaniyalar va firmalarning raqamli texnologiyalari, mahsulot va xizmatlari yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha munosabatlar yig‘indisi sifatida hamda keng ma’noda - asosan uchinchi, to‘rtinchi texnologik ukladga mos keladigan «industrial» iqtisodiyot bilan taqqoslaganda bir qator ajralib turadigan belgilarga ega bo‘lgan va texnologiyalar raqamli formatidan foydalaniladigan global elektron tarmoq sharoitlarida faoliyat yuritadigan har qanday tarmoqlar korxonalari iqtisodiyoti sifatida yangi iqtisodiyotni farqlay olish maqsadga muvofiqdir.

Shu sababli raqamli iqtisodiyot muammolarini o‘rganish iqtisodiyot fani nuqtai-nazaridan ham, turli darajadagi: elektron hukumatdan tortibturli ob’ektlarni (shahar, transport harakati, uy, kvartira, avtomobil va boshqalar) smart-boshqarish raqamli modellarigacha menejment tizimlari amaliy o‘zgarishi nuqtai-nazaridan ham dolzarb hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlash zarurki, ijtimoiy hayotni raqamlashtirishning eng muhim jihati iqtisodiy va kompyuter xavfsizligi muammolari bo‘lib, raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi bilan butun dunyoda tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ayupov R.X. , Baltabaeva G.R. “Raqamli valyutalar bozori: innovatsiyalar va rivojlanish istiqbollari”. –Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2018-yil, 99-bet.

  2. Ayupov R.X. , Baltabaeva G.R. “Kichik biznes va tadbirkorlikda innovatsion rivojlanish yo’nalishlari”. –Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2018-yil, 201 bet.

  3. S.S. Gulyamov, R.H. Ayupov, O.M. Abdullaev,

G.R. Baltabaeva “Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari” Toshkent 2019-yil 101-107-bet

  1. Aniq.uz

Yüklə 32,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə