Qarshi davlat universiteti



Yüklə 53,07 Kb.
səhifə6/15
tarix04.02.2023
ölçüsü53,07 Kb.
#82840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
NAMOZOV ABROR

Psixomotor qobiliyatlar - harakatlar va harakatlar tizimini amalga oshirish va boshqarishning psixologik va motor (harakat) asoslari. Ularga quyidagilar kiradi: statistik kuch; dinamik kuch; keskin harakatlardagi kuch; umumiy moslashuvchanlik qobiliyati; epchillik; umumiy chidamlilik; maxsus faoliyatga chidamlilik; muvozanatni tuta olish.
Biror faoliyatning ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarilishini taqozo qiladigan zo`r qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi. Ijodiy faoliyatga qobiliyatli bo`lgan kishilarni talantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin.
Talantlilikning yuqori bosqichi geniallik deb ataladi. Ijtimoiy hayotda, fan, adabiyot, san`at va shu kabi sohalarda printsipial ravishda yangi bo`lgan biror narsani yaratgan kishilar geniylar deb hisoblanadilar. Genial kishilar insoniyat taraqqiyotida yo`l ko`rsatuvchi bosqichlar bo`lib xizmat qiladilar, tarixiy shaxslar bo`ladilar.
Qobiliyatlar, masalan, olim, yozuvchi, konstruktor va hokozolar shug`ullanadigan aqliy mehnat bilan mashg`ul bo`lgandagina paydo bo`lib qolmaydi. Faoliyat turlari "oliy" va "quyi" xillarga bulinmaydigan va texnika taraqqiyoti oddiy ishchini yoki kishlok xo`jaligi sohasida ishlayotgan mehnatchini ijod bilan shug`ullanishga, ratsionalizator bo`lishga, ishlab chiqarishda yuqori ko`rsatgichlarga erishishga undayotgan, ayniqsa bizning mamlakatimizda jismoniy ishda ham qobiliyatlar nomoyon bo`laveradi.
Qobiliyatlarning tabiiy shartlari
Har bir kishida tug`ma layoqat nishonalari, ya`ni miyaning oliy nerv faoliyatining analizatorlarining o`ziga xos xususiyatlari bor bo`ladi, binobarin, kelgusida biror qobiliyatni rivojlantirishga bo`lgan muayyan moyillik ana shunga bog`liqdir. Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui kishining iste`dodi deyiladi. Lekin bu tabiiy layoqat nishonalari muvaffaqiyatli faoliyatning to`la-to`kis shart-sharoiti bo`la olmaydi. Layoqat nishonalarini rivojlantirish kerak, bu esa faoliyat jarayondagina ruy berishi mumkin. Layoqat nishonalari ko`p qiymatlidir, yana tegishli sharoitlar mavjud bo`lganda, faoliyatga qarab layoqat nishonalari asosida turli qobiliyatlar rivojlanishi mumkin. Masalan, yaxshi eshitish va ohangni sezish qobiliyati mavjud bo`lganda bir kishi kompozitor, ikkinchisi yaxshi ijrochi, uchinchisi yaxshi dirijyor, to`rtinchisi musiqa tanqidchisi va hokozolar bo`lib etishmogi mumkin. Qulay sharoitlar mavjud bo`lganda ayrim kishilarda qobiliyatlar juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san`atga bo`lgan layoqat ancha ertaroq paydo bo`ladi. Masalan, M.I. Glinka 3-4 yoshidayoq shunday o`yinni juda yoqtirgan: u ovoz chiqaradigan turli buyumlarni (mis, tog`oracha, kostrilka) yog`och bilan chalgan. Bunda kattalarni hayron qoldiradigan darajada ohangdosh tovushlar paydo bo`lganki, ularni eshitish maroqli edi. Keyinchalik bu bola buyuk kompozitor bo`lib yetishdi. Biroq shunday ham bo`ladiki, kishilar bolalikda favqulodda qobiliyatlarini nomoyon qilganlar-u, biroq katta bo`lgach, ulardan mahrum bo`lganlar. Lekin bunday hollar nisbatan kam uchraydi.
Qobiliyatlar faoliyat davomida rivojlanadi. Qobiliyatlarni rivojlantirishning birinchi sharti - faoliyatga bo`lgan ehtiyojni tarbiyalashdir. Mehnatga bo`lgan ehtiyojni tarbiyalash uchun ishga qiziqish va unga odatlanish katta ahamiyatga egadir.
Qobiliyatlar shaxsning boshqa sifatlari bilan chambarchas bog`langan. Kishining talantli ekanligi ma`lum darajada uning psixik jarayonlari, shuningdek, ko`pgina psixik xususiyatlarining rivojlanish darajasiga bog`liq bo`ladi. Ayrim qobiliyatlarni rivojlantirishda tegishli bilish jarayonlarining yuqori darajada bo`lishi hal qiluvchi rol o`ynaydi. Masalan, musiqachi uchun eshitish, rassom uchun ko`rish idroklari katta ahamiyatga ega. Kishi o`z qobiliyatlarini rivojlantirish bilan shug`ullanar ekan, bu rivojlanish quruq maqsaddan iborat bo`lib qolishi kerak emas. Asosiy vazifa jamiyatning munosib, foydali a`zosi bo`lib yetishishdan iboratdir.

Yüklə 53,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin