Mamlakatning pul belgilari, pul birliklari, pul emissiyasi qoidalari va muomalasi shakllari, mamlakatda milliy qonunchilik bilan joriy etilgan pul munosabatlari. Tarixan pul tizimining metal pul muonmalasi va pel belgilari muomala ko'rinishlari bor. Har bir mamlakatda o'zining shaxsiy pul tizimi bo'ladi. Masalan, O'zbekistonda rasman pul tizimi 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan. Rasmiy pul birligi so'm.
Pul tizimining elementlari
• Valyuta birligi- barcha tovarlar va xizmatlar narxini o'lchash va ifodalash uchun xizmat qiluvchi qonuniy ravishda o'rnatilgan banknot. Milliy yoki xalqaro valyuta- mamlakat yoki mamlakatlar guruhidagi pul nomi
•Narxlar shkalasi- ma'lum bir mamlakatning pul birliklarida har qanday imtiyozlarni amalga oshirish yoki baholashda qiymatni ifodalash o'lchovini anglatadi. Bu o'lchash usuli xarid qobiliyati yoki tovar qiymati, boshqacha aytganda narxlar masshtabi orqali pulling qiymat o'lchovi vazifasi namoyon bo'ladi
Qonuniy to'lov vositasi bo'lgan pul turlari- bu birinchi navbatda kredit pullari , mayd pullar, shuningdek qog'oz pullar
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda davlat qog'oz pullari cheklangan miqdorda muomalaga chiqarilmaydi, rivojlanmagan mamlakatlarda esa ular yetarlicha keng muomalaga ega
Pul turlari muomaladagi banknotlar va tangalarning nominallaridir.
Pul tizimining likvidligi
Naqd pul likvidligi- bu har qanday vaqtda tovarlar, xizmatlar va boshqalarni sotib olish uchun foydalanish imkoniyati. Turli xil pul shakllari uchun likvidlik darajasi har xil. Har xil likvidlik darajasiga qaramay, pulning barcha shakllari o'ziga xos birlikni tashkil qiladi, ular orqali barcha iqtisodiy aloqalar amalga oshiriladi va shakllanadi. Sharoitlarda barcha iqtisodiy munosabatlar pul shaklida , ya'ni ko'p yo'nalishli bo'ladi.
AQSH pul tiImzimi
Ko'pchikikka ma'lumki AQSH dollari kupyuralarida insonlar tasvirlanadi. Xususan 1dollarda AQSHning birinchi prezidenti Jorj Vashington tasvirlangan. Pul birligining belgisi $. 1786-yilda dollar pul birligi muomalaga kiritilgan. 1D=100sent. Xalqaro ifodasi USD. Muomlada ko'p davlatlatlarda ishlaydi.