Pirimqul Qodirovning “Yulduzli Tunlar” romani



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə1/2
tarix02.06.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#122390
  1   2
0013 13 mavzu Yulduzli tunlar

Mavzu:Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani


Adabiyot
O‘qituvchi:Abdukadirova Muqadddam Mo‘ydinovna

Pirimqul Qodirov


Pirimqul Qodirov 1928-yil 25-oktabrda Kengqo’l qishlog’ida tavallud topgan. 1951-yilda O’rta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi O’zMU) sharqshunoslik fakultitetini va 1954-yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi. Birinchi kitobi – ‘Studentlar” 1950-yili chop etilgan. Yozuvchi 1978-yilda “Yulduzli tunlar” asarini yozgan. Bundan tashqari, yozuvchi “Avlodlar dovoni” (1988) va “Ona lochin vidosi” (2001) kabi tarixiy asarlar muallifi hisoblanadi.
2010-yil 20-dekabrda Pirimqul Qodirov 82 yoshida bu dunyoni tark etgan.

“Yulduzli tunlar” romani

  • “Yulduzli tunlar” – o’zbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov ijodiga mansub tarixiy roman hisoblanadi. Asarda temuriy shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) hayoti haqida so’z boradi. P.Qodirov mazkur roman ustida o’n yil (1969-1978) ish olib borgan. “Yulduzli tunlar”ga “Boburnoma” va “Humoyunnoma” asarlari asos bo‘lib xizmat qilgan.

“Yulduzli tunlar” asari


“Yulduzli tunlar” asari zamonaviy o’zbek adabiyotining eng sara asarlaridan biri hisoblanadi. P.Qodirov 1980-yillarda “Yulduzli tunlar” asarining mantiqiy davomi sanalmish, Boburning farzandi Humoyun va nabirasi Akbar Jaloliddin Muhammad hayoti haqida hikoya qiluvchi “Avlodlar dovoni” (“Akbar”) romanini yozadi.
“Yulduzli tunlar” asari dunyoning bir qancha tillariga, jumladan, rus, qoraqalpoq qirg’iz, qozoq, urdu, turkman, hind, hamda bengal tillariga tarjima qilingan.

Romanning qisqacha mazmuni

  • Asarda shoir va shoh Bobur hayotini tasvirlash muhim o’rin tutadi. “Yulduzli tunlar” keng qamrovli asardir. Unda Boburning shaxsiy xislatlari, oilaviy hayoti – onasi Qutlug’ Nigor xonimga chin farzandlik tuyg’usi, opasi Xonzodabegimga inilik, farzandlaridan Humoyun va Gulbadanbegimga otalik mehri, birinchi umr yo’ldoshi Oyshabegim bilan o’tkazgan ko’ngilsiz damlar dramasi, Mohim bilan g’aroyib tanishuv daqiqalari, Mohimning Boburga cheksiz sadoqati, Panipat jangida halok bo’lgan Ibrohim Lo’diyning onasi
  • (u Boburni zaharlashga erishgandan so’ng, ikki raqib ro’para keladi. Shunda Malika Bayda shohdan o’lim kutadi, bu bilan shoh ustidan manaviy tantanaga erishmoq, onani o’limga hukm qilgan shohning el oldida sharmanda qilmoqni istaydi, lekin buni sezgan Bobur uni jazolamay, o’zini tanti shoh ekanini ko’rsatadi) bilan munosabat hayojonli va go’zal ifodalangan.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin