Oʼzbekistonda baliqchilik tarmoqlarini 103-guruh tinglovchisi rivojlantirish boʼyicha davlat siyosati F. A`zamov Iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida baliqchilk mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan xo`jaliklarni barqaror rivojlantirish aholining baliqchilk mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish muhim o`rin tutadi.
Oʼzbekistonda baliqchilik faoliyatiga eʼtibor 2016-yildan oʼzining yangi bosqichiga koʼtarildi. Bunga, eng avvalo, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 6-maydagi “Qoraqalpog`iston Respublikasida baliqchilk tarmog`ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 145-son qarori Qoraqalpog`iston Respublikasining Mo`ynoq tumanida baliqchilk tarmog`ini yanada rivojlantirish, “Jaltirbas”, “Sudoche” tabiiy suv havzalarining baliq mahsuldorligini oshirish, yangi ish o`rinlarini yaratish, aholini yuqori sifatli baliq mahsulotlari bilan ta`minlash belgilab qo`yildi.
Shuningdek, 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar Strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturining 3- “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish” usutovor yoʼnalishining 164-bandida “Baliqchilik xo`jaliklarini tuzish, ularni rivojlantirish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishda amaliy yordam ko`rsatish” vazifasi belgilab qoʼyilgan.
Ushbu yoʼnalishda davlat siyosatini tashkil etish sohaning boshqaruv tizimini isloh qilishdan boshlandi. Xususan, 2017- yilning 3- may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2939 sonli “Baliqchilk tarmog`ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qarori qabul qilindi. Qarorga koʼra, Oʼzbekistonda baliqchilik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha yagona vakolatli davlat organi – “Oʼzbekbaliqsanoat” uyushmasi tashkil etildi. Shuningdek, uyushmaning asosiy vazifalari sifatida tizimdagi ma`suliyatli cheklangan jamiyat va xo`jaliklar faoliyatidagi muammolarni o`rganish va ularni bartaraf etish hamda tarmoqda samaradorlikni oshirish, tabiiy va sun`iy suv havzalarida qimmat baliq turlarini, yangi inkubatsiya sexlarini tashkil etish, mavjud hovuzlarni modernizatsiya qilish bo`yicha tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish kabi muhim vazifalar koʼrsatib oʼtildi.
Baliqchilikni rivojlantirish yoʼnalishidagi islohotlarning moliyaviy taʼminotini mustahkamlash maqsadida 2017 yil 7-avgustdagi Vazirlar Mahkamsining 593-sonli qaroriga ko`ra Baliqchilikni rivojlantirish jamgʼarmasi tashkil etildi. Jamgʼarmaga “Ipotekabank” tomonidan sohani rivojlantirish uchun kreditlar ajratilishi, bank ustav kapitaliga kiritilayotgan ekvivalenti 50 million AQSH dollari miqdoridagi jamg`armaning valyuta mablag`laridan zarurat bo`lganda baliqchilkni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi, tadbirkorlik subyektlariga ushbu bandda nazarda tutuilgan mablag`lar evaziga kreditlar tijorat foiz stavkasi bo`yicha uning 50 foizini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab- quvvatlash davlat jamg`armasi mablag`lari hisobidan kompensatsiya qilgan holda beriladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilk tarmog`ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2939 qarorini ijro etish yuzasidan, O`zbekisto Respublikasi Vazirlar Mahkamsining 2017-yil 13-sentabrdagi “Baliqchilik tarmog`ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 719-sonli qarorini ishlab chiqdi. Unga muvofiq, Respublikada baliqchilk tarmog`ini kompleks rivojlantirish, baliqlantirish, baliq yetishtirish hamda ovlash ishlarini samarali tashkil etish, ushbu tarmoqqa yangi texnologiyalarni joriy qilish va imtiyozli kredit resurslarini jalb etish ko`zda tutilgan. Shuningdek, tabiiy va sun`iy suv havza maydonlarini xatlovdan o‘tkazish va yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish, tabiiy va sun’iy ko‘llardan ovlanadigan baliq mahsulotlari hajmini hisobga olgan holda baliq mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash quvvatlarini oshirish, sun`iy suv havzalari maydonlarini baliq chavoqlari va baliqlar yetishtirish uchun kengaytirish vazifalari qo`yilgan.
Bundan tashqari, baliqchilk tarmoqlarini ozuqa bazasini mustahkamlash doirasida sohada bir qancha ishlar olib borildi. Jumladan, baliqchilk tarmoqlarining ozuqa bazasini, chorvachilk, baliqchilk fermer xo`jaliklarini hamda tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan ta`minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlsh chora-tadbirlari to`g`risida”gi 2017-yilning 18-oktabrda 845-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko`ra, ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bug`doydan maqsadli foydalanish, shuningdek, chorvachilik va baliqchilik yo`nalishidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari o`rnatilgan narxlar bo`yicha belgilangan hajmlarga muvofiq sotish, oziq-ovqat bug`doyining balansini shakllantirishda chorvachilik va baliqchilik yo`nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqani yetkazib berish uchun bug`doy hajmlari birja savdolari orqali ajratilishi nazarda tutilgan hamda ushbu shartlarni bajarilishini nazorat qilish bo`yicha maxsus kommisiya tuzilgan.
Sohani rivojlantirish uchun sharoit yaratish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar va ishlanmalar sifatini oshirish, ularning natijalarini amaliyotga keng joriy etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi PQ – 3657-sonli qaroriga muvofiq Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hokimligiga sud qarori bilan berilgan mol-mulk va yer uchastkalari, shu jumladan, suv havzalari negizida “Baliq ishlab chiqaruvchi erkin iqtisodiy zonasi” tuzildi. Unga nasldor baliq lichinkalari yetishtiruvchi zamonaviy inkubatsion sexfaoliyatini tashkil etish, baliq chavoqlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, mavjud baliq chavoqlarini yetishtiruvchi suv havalarini modernizatsiya qilish, qayta tayyorlash o`z ehtiyoji va baliqchilik xo`jaliklari uchun to`la qiymatli va yuqori oqsilli ozuqalarni ishlab chiqarish bo`yicha zamonaviy quvvatlarni yaratish orqali ozuqa bazasini mustahkamlash, don va don ekinlarini ekish yo`li bilan bug`doy va soyaga bo`lgan o`z ehtiyojlarini qondirish vazifasi qo`yildi.
Baliqchilk tarmog`ini nafaqat amaliy jihatdan balki, sohani ilmiy jihatdan tatbiq etish uchun ham davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Xususan, 2018-yil 31-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to`g`risida”gi 606-sonli qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq baliqchilk tarmog`ida ilmiy – tadqiqot ishlarining strategik yo`nalishlarini va sohadagi mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan istiqbolli tadqiqot mavzularini belgilash, davlat ilmiy dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar asosida baliqchilik sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish, sohada seleksiya – naslchilik ishlari, baliqlarni oziqlantirish, shuningdek, baliqlar kasalliklarning oldini olish va ularnin davolash tadbirlarini amalga oshirish bo`yicha uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, intensiv texnologiyalar asosida, jumladan, qafas moslamalarida, yopiq aylanma suv tizimlarida, oqar suv basseynlarida, sug`orish tarmoqlari va daryo bo`ylarida baliq yetishtirishning innovatsion usullarini ishlab chiqishga keng ko`lamda tatbiq etish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassalari bilan xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yish kabi asosiy vazifalar belgilab o`tilgan.
So`nggi yillarda ham baliqchilk tarmog`ini rivojlantirish va bu tarmoqni aholi xonadonlariga olib kirish bo`yicha bir qator ishlar va imtiyozlar yaratilmoqda. Jumladan, 2022-yil 13-yanvardagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog`ini yanada rivojlantirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-83 sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini ko`paytirish, eksport salohiyatini oshirish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, intensive texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmini ko`paytirish hamda baliqchilik xo`jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash belgilab qo`yilgan.
Shuningdek, “O`zbekbaliqsanoat” uyushmasining Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida tashkil etilgan baliqchilik klasterining aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida ishlash tajribasini har bir viloyatda joriy etish belgilangan. Baliqchilik xo`jaliklari xonadon egalarini baliq yetishtirish bo`yich o`qitishni tashkil etadi, ularga baliq yetishtirish uchun zarur bo`lgan asbob-uskunalar, baliq chavoqlari, omuxta yem, mineral o`g`itlarni yetkazib beradi hamda ular tomonidan yetishtirilgan baliqlarni kelishilgan narxlarda sotib oladi. Xonadon egalari o`z xonadonlarida baliqchilik xo`jaliklari tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlardan foydalangan holda intensiv usulda yetishtirilgan baliqlarni kelishilgan narxlarda ularga sotish belgilab qo`yildi.
2022-yil 1-fevraldan boshlab jismoniy shaxslarga o`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida o`z xonadonida baliq yetishtirishni yo`lga qo`yishga ruhsat beriladi. 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo`lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarsihni yo`lga qo`ygan, biroq daromadining 80%dan ortig`ini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan subektlar uchun foyda solig`i, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig`i yuridik shaxslarning mol-mulkiga solig`ining va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50% ga kamaytiriladi. Baliq yetishtiruvchi xonadon egalariga yerb solig`i va mol-mulk solig`i stavkasi 50% etib belgilandi.
Baliqchilikni rivojlantirish 2022-2026-yillarga mo`ljallangan Taraqqiyot strategiyasining 30, 32, 35-maqsadlarida ham o`z tasdig`ini topgan. Unga ko`ra, baliqchilikni rivojlantirish va baliq yetishtirish hajmini ko`paytirish bo`yicha chora-tadbirlarni belgilash,hosildorligi past bo`lgan 31 ming gektar suniy suv havzalarini bosqichma bosqich intensivlashtirish va baliq yetishtirish hosildorligini 4-5 barobarga oshirish, Baliqchilik klasterlari sonini 15 taga yetkazish va 10 ming aholi xonadonlarida kooperatsiya usulida intensiv baliq yetishtirishni yo`lga qo`yish, qimmatbaho sovuq suv baliqlarini yetishtiruvchi korxonalar quvvatini 2 barobarga oshirish yiliga 6 ming tonna sovuq suv baliqlarini yetishtirish, qayta ishlash korxonalari sonini 84 taga, omuxta yem korxonalari sonini 84 taga yetkazish maqsad qilib qo`yilgan. Bundan tashqari, yillik baliq mahsulotlari ishlab chiqarsih hajmini 700 ming tonnaga yetkazish ko`zda tutilgan.
Mamlakatimizda baliqchilik tarmogʼini rivojlantirish hamda yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning eng muhum tarmoqlaridan biri hisoblanib ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun soʼnggi yillarda koʼrilayotgan chora-tadbirlar tufayli baliq va baliqchilik mahsulotlari ishlab chiqarish koʼpayib, mamlakat iqtisodiyotining tarkibida baliqchilik ulushi yildan - yilga ortib bormoqda.