O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “sport o‘yinlari” fakulteti


Amaliyotchi - talaba malakaviy amaliyotni o‘tash davrida quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim



Yüklə 242,5 Kb.
səhifə9/10
tarix12.05.2023
ölçüsü242,5 Kb.
#111848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3 к Amaliyot dastur 2022-2023

Amaliyotchi - talaba malakaviy amaliyotni o‘tash davrida quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim:
- amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan va amaliyotga rahbarlik qiluvchi o‘qituvchi tomonidan berilgan individual topshiriqlarni to‘liq bajarish;
- amaliyot obyektida joriy etilgan kun tartibi va ichki mehnat intizomiga doir qoidalarni o‘rganib, ularga rioya qilish;
- mehnat muhofazasi, havfsizlik qoidasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qatʼiy rioya qilishi;
- o‘z kundalagida kunlik bajarilgan ishlarini aks ettirib borish va kun oxiriga kelib muassasa tomonidan tayinlangan rahbarga tekshirtirish va imzolash uchun taqdim etish hamda haftada bir marotaba institut tomonidan tayin etilgan rahbarga tekshirtirish va imzolash uchun taqdim etish yoki telefon orqali xabar berishi haftaning shanba kuni tanlansa maqsadga muvofiq);
- malakaviy malakaviy ish hamda hisobot uchun materiallarni yig‘ish va o‘rganish bilan doimiy ravishda shug‘ullanish;
- sport mashg‘ulotlari jarayonida faol ishtirok etish;
- malakaviy oldi amaliyot tugashi bilan amaliyot bo‘yicha hisobotni kafedraga taqdim etish lozim.
Amaliyot dasturi bo‘yicha topshiriqlarni bajarmagan, salbiy taqriz olgan yoki amaliyot hisobotini himoya qilish chog‘ida qoniqarsiz baho olgan amaliyotchi - talaba talabalik safidan chiqarilgan holda keyingi o‘quv yiliga qoldiriladi.
Amaliyot obyektining ichki qoidalarini buzgan amaliyotchi – talaba haqida institut rektoriga xabar beriladi.


4. MALAKAVIY AMALIYOT NATIJALARI YUZASIDAN HISOBOT TAYYORLASH, UNI HIMOYA QILISH VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

1.Hisobotning muqova (titul varog‘i), mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat bo‘lishi kerak.


2.Titul varog‘ida muassasa, fakultet, kafedra va hisobotning nomi, talabaning va uslubchining ismi-sharifi ko‘rsatiladi. (1-ilova)
3.Mundarijada barcha qismlar nomlari hamda ularning boshlanishi joylashgan sahifa betlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
4.Asosiy qismda hisobotning mazmun-mohiyati, qo‘yilgan vazifalar yoritiladi. Mavzuni bayon qilishda mantiqiy izchilligi va xodisalarning xronologik ketma-ketligiga e’tibor berish kerak.
5.Amaliyot hisoboti qo‘lyozma yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Hisobot qo‘lyozma shaklida yozilsa A-4 qog‘ozning bir tomoniga chap tomondan 30 mm, o‘ng tomondan 10 mm, tepadan 25 mm, pastdan 25 mm joy qoldiriladi. Hisobot hajmi 30-35 betdan (ilovalardan tashqari) iborat bo‘lishi lozim.
Amaliyot hisoboti kompyuterda yozilsa A4 qog‘ozning bir tomoniga (Times New Roman), 14 shrift, bir yarim intervalda chop etiladi. Chap tomondan 30 mm, o‘ng tomondan 10 mm, tepadan 25 mm, pastdan 25 mm joy qoldiriladi. Hisobot hajmi 20-25 betdan (ilovalardan tashqari) iborat bo‘lishi lozim.
Amaliyot hisobotini rasmiylashtirish uchun talabaga amaliyot yakunida 1 hafta muddat beriladi.
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati mavjud talablar asosida alfavit ketma-ketligi tartibida berilishi lozim. Bunda hisobot mavzusi bo‘yicha asosan so‘nggi yillar davomida nashr qilingan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
7. Ilovalarga hisobot matni to‘ldiruvchi va tasvirlovchi turli qo‘shimcha materiallar kiritiladi (jadvallar, rasmlar va b.q.).
Amaliyot hisoboti kafedraga amaliyotdan qaytgandan so‘ng bir kun davomida topshiriladi. Kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari hisobotni tekshiradi, o‘z mulohazalarini bayon etadi va taqriz yozadi.
Ommaviy sport musobaqalari mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik, madaniyat va san’at, intellektual o‘yinlar, axborot texnologiyalari hamda sport turlari bo‘yicha tashkil etilayotgan besh bosqichli «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida o‘tkaziladigan musobaqalarni xisobotini yozish;
Kafedrada belgilangan grafikka binoan universitet rektorining buyrug‘i asosida tuzilgan hayʼat oldida talaba amaliyot hisobotini taqdimot ko‘rinishida himoya qiladi. Malakaviy oldi amaliyotining hisoboti kafedra tomonidan ishlab chiqilgan “Talabalar malakaviy oldi amaliyotini tashkil etish va reyting tizimida baholash” bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmaga binoan baholanadi.

Yüklə 242,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin