O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti «Dehqonchilik va melioratsiya asoslari»



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə1/6
tarix26.05.2017
ölçüsü0,72 Mb.
  1   2   3   4   5   6
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI

SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTI
«Dehqonchilik va melioratsiya asoslari» kafedrasi

5628000 – O’rmonchilik ta’lim yo’nalishi bakalavriat bitiruvchisi

OLTIEV AKBARJON ning
BITIRUV MALAKAVIY IShI
Mavzu: «Kuchli shamol esuvchi mintaqalarda eroziyaga qarshi o`rmonzorlar barpo etish texnologiyasi»


Ilmiy rahbar, dotsent Sh.Berdiqulov
Bitiruv malakaviy ishi ko’rib chiqildi va DAK himoyasiga ruxsat etildi
Kafedra mudiri, professor

____________K.Mo`minov

«_____»_________2013 y

Fakultet dekani, dotsent ___________M.Xayitov

«_____»________2013 y


SAMARQAND-2013




Mundarija







Kirish…………………………………………………………….

3

I.

Adabiyotlar tahlili…………………………………………….

5

II.

Kuchli shamol esuvchi mintaqalarning iqlim sharoiti va shamol rejimi……………………………………………………...

17

III

Asosiy qism………………………………………………………

21

3.1

Ixota daraxtzorlarining mikroiqlimga va tuproq holatlariga ta’siri.

21

3.2.

Ixotazorlarni barpo qilish texnologiyasi va texnologik xaritasi….

29

3.3.

Ihota polosalarini joylashtirish tartibi……………………..............

36

3.4.

Ko’chat ekishga yer tayyorlash……………………………………

45

3.5.

Ko’chatlarni ekishga tayyorlash va ekish………………………….

46

3.6.

Qator oralariga ishlov berish va sug’orish…………………………

50

3.7.

Ihotazorlar barpo qilishning samaradorligi………………………..

51

IV.

Respublikamiz sharoitida iqtisodiy inqirozni oldini olish yo’llari va choralari………………………………………………

53

V.

O’rmon xo’jaligini modernizatsiya qilishning mohiyati va asosiy yo’nalishlari……………………………………………….

57

VI.

Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish……………………………..

59

VII.

O’rmon xo’jaligi ishlab chiqarishda hayot faoliyati xavfsizligi…………………………………………………………

68

VIII.

Yer shari iqlimining hozirgi o’zgarishlari va uning tabiiy resurslarga ta’siri…………………………………………………

70




Xulosalar va takliflar…………………………………………...

73




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati…………………………. …

74




Ilovalar……………………………………………………………

77


KIRISh

Respublikamizda mamlakat qonunchiligiga muvofiq o`rmon umumxalq boyligi hisoblamadi. O`rmondan oqilona foydalanish davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Shu bois o`rmon xo`jaligi byudjet hisobidan mablag` bilan taminlanadi. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli qaroriga muofiq o`rmon xo`jaligi 2008-yilgacha soliqlardan ozod qilingan. Ayni vaqtda tarmoqdagi xo`jalik va korxonalarga o`z mablag`lari hisobidan faoliyat ko`rsatishlari uchun ruxsat berilgan.

Bu chora –tadbirlar samarasi o`laroq o`mon xo`jaligi tizimidagi umumiy xarajat qariyb 4 mlrd so`mni tashkil etdi, shunung 2 mlrd so`mi byudjed mablag`i hisoblanadi. Shuningdek har yili xorij sarmoyalari ham jalb etilmoqda: 2002-yilda 168.8, 2003 yilda 74.1, 2004 yilda 55.5 ming AQSH dollori miqdorida. Lekin o`rmon xo`jaligini barqaror mablag` bilan taminlash ehtiyoji amaldagidan 2-3 barobar ko`pdir .

Hisob xo`jaligini rag`batlantirish bo`yicha amalga oshirilgan tadbirlar natijasida o`rmon xo`jaligining daromat manbalari kengayib bormoqda Bugungi kunda o`rmondan o`t o`rish , chorvani boqish , asalarichilik , yong`oqli va yovvoyi daraxtlarni mevalari , qo`ziqorin , oddiy qulmok ( xemil), shifobaxsh va texnik xom ashyolari, qamish va boshqa o`simliklar, daraxtlar sharbatlari olish sifatida foydalanilmoqda. Alohida xo`jaliklarda qo`shimcha mehnat evaziga mevalar, yong`oqlar, asalarichilik mahsulotlari asosiy daromat manbalariga aylangan Respublikamizda o`rmonlar asosan atrof muhitni muhofaza qilish vazifasini bajaradi. Qisman joylarda qisman joylarda yog`och sanoati uchun har yili 32-35 ming m3 yog`och tayyorlanmoqda.

Respublikamiz O`rmon xo`jaligi Bosh boshqarmasi tizimida yaqin va uzoq kelajakda amalga oshiriladigan chora tadbirlar pragnozlari ishlab chiqilgan. Unga ko`ra 2020, 2030,2050 yillargacha mo`ljallangan o`rmon fondi maydonlarida o`rmonlarni tiklash, har yili 43.17 ming gektar maydonga daraxtlar ekish ishlari rejalashtirilgan.

Ushbu tadbirlar amalga oshirilsa, 2050 yilga borib, o`rmonlar maydoni qariyb 2 barobarga kengayadi. Ammo bu sur’atbizni qonoqtirmaydi. Chunki Respublikamiz aholisi har yili 390-400 ming kishiga ko`paymoqda. 2050 yilga borib aholi soni 42-43 mln kishiga yitishi mumkin. Ushanda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan o`rmonzor hozirgidek yana 0.1 ga to`g`ri keladi. Shu tariqa o`rmon xo`jaligini pragnozlash va boshqarish ushbu sohani jadal rivojlantirishga yo`naltiriladi.

Respublikamizda yangi agrar islohatlarning amalga oshirilishi munosabati bilan qishloq va o’rmon xo’jaligini yildan-yilga yangi texnika, mineral o’g’itlar va o’simliklarni himoya qilish vositalari bilan ta’minlash yaxshilanmoqda, keng miqyosda irrigasiya va meliorasiya ishlari amalga oshirilmoqda shular jumlasiga Respublikamiz Oliy Majlisining 1999 yil navbatdagi sessiyasida qabal qilingan «O’rmon to’g’risida» gi qonuni mamlakatimizda o’rmonlarni saqlash, himoya qilish, ularning maydonlarini ko’paytirish, hosildorligini oshirish va himoya xususiyatlarini kuchaytirishni e’tiborga olga holda, bu muammolarni yechishda sun’iy o’rmonzorlar, tez o’suvchi daraxt plantasiyalari, ixota daraxtzorlari barpo etish ishlarni rivojlantirishni yuqori pog’onaga ko’tarish talab etiladi. Shuning uchun ham o’rmon xo’jaliklarining asosiy vazifasi sifatli urug’lar tayyorlash, ko’chatlar ekib, o’rmonzorlar barpo qilish xajmini oshirish, fermer xo’jaliklari bilan shartnoma asosida ixota daraxtzorlarni barpo qilish, yangi fan yutuqlari va tavsiyalaridan unumli foydalanish hisoblanadi. 1990 yillardan keyin respublikamiz qishloq xo’jaligida ixota daraxtzorlari barpo etish ishlari to’xtab qolgan edi. Vaholanki ixota daraxtzorlari qishloq xo’jaligi (korxonalari yerlarida shartnoma asosida ixota daraxtzorlarini barpo etish ishlari) ekinlari hosildorligini 10% dan 30% gacha oshiradi. Ushbu ishlarni respublikamizning kuchli shamol esadigan barcha xududlarida bajarishimiz kerak. Biz shu yo’nalishda malakaviy bitiruv ishi mavzusini tanladik.


  1. Adabiyotlar tahlili.

Respublikamiz sharoitida turli mintaqalarda kuchli shamollar esib tuproq eroziyasini vujudga keltiradi. Qariyb 1 mln gektar maydonda turli darajadagi eroziyalar sodir bo`ladi. Buning natijasida tuproq unumdorligi yildan – yilga pasayadi, ekinlar hosildorligi sezilarli darajada kamayadi. Bunday salbiy holatlarni oldini olishda o`rmon polosalarining ahamiyati kattadir. Shu maqsadda Respublikamizda har yili ming lab gektar maydonlarda ihoto- o`rmon polosalari barpo etilmoqda .

Sug’oriladigan va lalmikor yerlardagi ihota daraxtzorlari o’zining asosiy bajaradigan vazifasidan tashqari qo’yidagi asosiy guruhlarni birlashtiradi.

Ihota daraxtzorlar shamol kuchini so’ndiradi; parlanishni pasaytiradi; dalaga quyiladigan suvlarni iqtisod qiladi; yerning sho’rlanishini yo’qotadi; shamol tufayli yerning ustki qatlamidan ko’tariladigan unumdor tuproqlarni saqlab turadi; sepilgan urug’larni chiqishiga imkon yaratadi; dalaga tushgan qorlarni bir tekisda ushlab turadi; sepilgan urug’larni qurg’oqchilikdan saqlaydi; kanallar, ariqlarni suvlarini ortiqcha parlanishidan iqtisod qiladi; ekin maydonlariga o’tadigan suvlarni ildizlari orqali filtrlab turadi, yerlarni botqoqlashiga yo’l qo’ymadi.

Katta yo’l yoqalariga ekilgan olleya shaklidagi 2-3 qatorli ihota daraxtzorlar yo’llarni qumdan, qor uyumlaridan, chang-to’zonlardan saqlash bilan bir qatorda ko’kalamzorlik fraksiyasini ham bajaradi.

Sug’oriladigan yerlar geografiyasiga ekilgan himoya ihota daraxtzorlar yerlarni qum bosishdan va boshqa tabiiy ofatlardan muhofaza etishda katta ahamiyatga egadir.

U suv xavzalari, ko’llar atrofiga ekilgan ihota daraxtzorlar ularning qirg’oqlarini o’zida ushlab qolish orqali ko’llarni, suv xavzalarini ifloslanishdan, suvlarni parlanishdan saqlaydi, undan tashqari baliqlarning ko’payishiga imkon yaratadi.

Daryo qirg’oqlariga ekilgan ihota daraxtzorlar o’pirilish, yemirilishdan, suv to’lqinlarini urilishidan muhofaza qilish bilan birgalikda parlanishidan himoya qiladi.

Tokzorlar, olmazorlar, nokzorlar, ko’chatzorlar atrofiga ekilgan himoya daraxtzorlar ularning changlanishiga yaxshi sharoit yaratib, mevalarni shamol ta’sirida to’kilishidan asrab qoladi va mikroiqlim yaratish bilan hosildorlikni oshiradi.

Qishloqlar, dala shiyponlar, suv tortqich stansiyalar atrofiga ekilgan himoya daraxtzorlar birinchidan, ko’kalamzorlashtirish vazifasini o’tasa, ikkinchidan atrof-muhitni turli chang-to’zonlardan, qumlardan, qorlardan muhofaza etish bilan, issiqlikni, tozalikni saqlashda katta ahamiyatga egadir (Qumzullayev G’.K va Ablayev S.M 1996).

Ekiladigan maydonlarning tuproq iqlim va geografik joylanishiga qarab asosiy va yordamchi ixota daraxtzorlarning belgilamoq zarur. Sug’oriladigan yerlarning umumiy xajmiga nisbatan 3%, lalmi yerlarda 3-4% olinishi maqsadga muvofiq (Qayimo A.K. 1993).

Asosiy ixota daraxtzorlarni orasidagi masofa shamol kuchining ta’siriga qarab belgilanadi. Masalan, sekundiga 15 metrdan ortiq shamol bo’ladigan yerlarda asosiy ixota daraxtzorlarining 1800 metrgacha 250-300 metrgacha, yordamchi ixota daraxtzorlarning 800 metrgacha, shamol kuchi 6-15 m/s bo’ladigan mintaqalarda asosiy ixota daraxtzorlar oraliq masofasi 300-400 metrgacha, yordamchi ixota daraxtzorlarniki 800-1000 metrgacha, shamol kuchi sekundiga 0-6 metr bo’ladigan yerlarda asosiy ixota daraxtzorlarining oralig’i 500-600 metr; yordamchi ixota daraxtzorlarning oralig’i 1000-1200 metr masofani egallashi kerak. (Vinagradov V.N. va Pavlovskiy Ye.S. 1987).

Yer osti suvlari yaqin o’rtacha sho’rlangan maydonlarga terak daraxtzorlaridan ko’k terak, to’g’ri o’sadigan terak, daraxtsimon tol, oq tolsh, qora tol daraxtlari, tut va shumtol daraxt turlari tavsiya etiladi.

Lalmi yerlarga asosan qurg’oqchilikka chidamli bo’lgan daraxt nixollaridan qayrag’och, oddiy gledigiya, oddiy maklyura, oddiy o’rik, oddiy aylant, yashil shumtol, o’rik, mayda bargli qayrag’och, ingichka bargli jiyda, xandon pista daraxtlarining nihollari tavsiya etiladi. (Poletayeva Z.X va Yuldoshev Ya 1998).

Respublikamiz mustaqillikka erishgangandan so’ng bozor iqtisodiyotiga o’tish davri mamlakatda xo’jalik yuritishning yangi uslublarini ishlab chikardi. Qishloq xo’jaligining barcha tarmoklari, shu jumladan o’rmon xo’jaligini tubdan yaxshilash imkonini tug’dirdi. Oldimizga qo’ygan ulkan vazifalarni yechishda, mamlakatimiz hayotida qishloq xo’jaligi katta rol o’ynaydi. Shuningdek, respublika sharoitida o’z navbatida o’rmon xo’jaligini va o’rmon meliorativ tadbirlar majmuini rivojlantirishni taqazo etadi (2, 3).

O’rmonlarni tashkil qilishda, madaniy o’rmonlarni yaratishda yong’oq mevali daraxtlar o’ziga xos o’ringa ega. Shunday yong’oqmevali daraxtlardan biri-xandon pista (Pictasia vera) dir. Hozirgi paytda xandon pistaning 100 dan ortiq turi mavjud. O’zbekiston sharoitida shu turlardan faqat bitta turi xandon pista o’sadi. Xandon pista aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashda asosiy mahsulot hisoblanadi. Qandolat mahsulotlari va muzqaymoq ishlab chiqarishda ishlatiladi, yog’ochidan turli buyumlar tayyorlashda keng qo’llaniladi va hokazo (Ablayev. 1991).

Ayni paytda O’zbekistonda asosiy pista plantasiyalari Surxondaryo viloyati Bobotog’ va Samarqand viloyatidagi Sarayqo’rg’on o’rmon xo’jaliklarida jrylashgan. Xandon pista bilan bir nechta o’rmonshunos olimlarimiz, shuningdek O’rmon xo’jaligi ilmiy tekshirish instituti shug’ullanib kelmoqda. Hozirgi paytda pistazorlarning maydoni yildan-yilga kamayib bormoqda, chunki aholi ulardan o’tin sifatida foydalanmoqda va ba’zi joylarda pista o’rmonlari payhon qilinmoqda. Bundan tashqari xandon rista xalq xo’jaligi, sanoatida keng qo’llanilganligi tufayli va oziq-ovqat sifatida aholining unga bo’lgan ehtiyoji yildan-yilga oshib bormoqda. Yana shuni aytib o’tish kerakki, shu sohada ishlayotgan olimlar xandon pistaning ekologik jihatdan muhimligini va manzarali daraxt sifatida ko’kalamzolashtirishda qo’llanish kerakligini ta’kidlab o’tishgan. Ayniqsa, hozirgi xandon pista dunyo bozorida qimmatbaho va bozorbop mahsulotlardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, respublikamizning yangi navlar yaratishni yanada rivojlantirishi, mavjud navlar ichidan qimmatbaho va bozorboplarini tanlash, baholash va chiqarishga tadbiq etishni taqozo etadi (Ablayeva .2002)

Pista seleksiyasi bo’yicha dastlabki ishlar 30-yillarda boshlangan. Dastlabki tadqiqotchi olimlar P.M.Seslavin, V.G.Speranskiy, I..K.Trosko, L.G.Kononov, A.A.Jukovskiy va boshqalar bo’lgan.

P.M.Seslavin(1936,1939) va A.A.Jukovskiy(1941) Kushkin o’rmon uchastkasida 10 ming pista daraxtini ko’zdan kechirishgan va 70 ta yirikmevali shakllar tanlab olingan.

Unda yong’oq og’irligi 1.29-1.32 g, ochilganlik darajasi 60-80% bo’lgan.

O’zbekistonda (Bobotog’ tizmalarida) yaxshi shakllar va pista polimorfizmini I.K.Trosko o’rgangan. Uning ma’lumoticha, Bobotog’ pistazorlarida yong’oq og’irligi 0.45 g va ochiqlilik darajasi 40-45% bo’lgan maydamevali shakllari ko’p ekanligi ta’kidlangan. U kuzatishlari natijasida 214-TK shaklini keng ko’lamda foydalanish uchun tavsiya etgan.

60-yillarda boshqa bir olim tomonidan O’rta Osiyodagi pistalarning yong’oqlarini ochiqlilik darajasini o’rgangan. Unga ko’ra O’zbekistonda (Bobotog’)-32.5%, Turkmaniston (Kushkin)-74% va Qirg’iziston-72.2% ga teng ekanligini kuzatgan. (V.I.Kravchenko.1969)

O’zbekistondagi pista seleksiyasi bo’yicha ishlar asosan Bobotog’ va Kattaqo’rg’on o’rmon xo’jaliklaridagi pista plantasiyalaridagi mavjud. O’OITI olimlari K.Sh. Shamsiyev va S.I.Giyazevlar birgalikda pistaning 32 ta shaklini eng yaxshi onalik plyusli daraxt sifatida tanlab olishgan. Va ulardan vegetativ ko’paytirish uchun qalamchalar olishni tavsiya etishgan. S.M.Ablayev pistaning 60 ta shaklini tanlagan va tavsiflagan, shuning uchun O’zbekistonda bitmas-tuganmas pista genofondi haqida ma’lumot bergan.

Hozirda ToshDAU va O’XITI olimlarining tanlash bo’yicha va qimmatbaho genafondini yangi istiqbolli shakllar to’ldirish va onalik-kolleksiya bo’limlarini mustahkamlash uchun avvalo sanoat plantasiyasini yangi navlar asosida rivojlantirishni talab etadi. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki xandon pistadan qurg’oqchil va boshqa mintaqalarda yuqori sifatli pista yong’oqlari olish mumkin.

Shundan so’ng pista seleksiyasi yanada rivojlantirildi. Hozirgi kunda bu ishlar bilan S.M.Ablayev va GM.Chernovalar tadqiqod olib borishmoqda.

Handon pista sifati jihatidan qimmatbaho yong’oqmevali daraxt turi bo’lgani uchun ham qadimdan olimlarni o’ziga qiziqtirib kelgan. Uning yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan ko’plab navlari yaratilgan va istiqbolli deb topilgan shakllari ishlab chiqarishga tavsiya etilgan.

Dunyo bo’yicha handon pistaning 100 dan ortiq navlari to’liq o’rganilib, bugungi kunda keng yetishtirilmoqda. Eron, Turkiya, Suriya, O’rta Yer dengizi mamlakatlari, Shimoliy Afrika va shu kabi mamlakatlarda handon pista seleksiyasi va madaniy plantasiyalarini barpo etish ishlari keng rivojlangan.

Ma’lumki, handon pista o’rmonzorlari doimiy o’sish joyiga urug’idan ekib barpo etiladi va unib chiqqan nihollar kelajakda turli xil bioekologik va morfologik ko’rsatkichlarga ega bo’lgan, bir-biriga o’xshamaydigan pista daraxtlarini hosil qiladi. Ya’ni handon pista juda yuqori polimorfizm xususiyatiga ega.

Bugungi kunda o’rmon xo’jaliklari xududidan handon pistaning juda ko’plab yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan shakllari tanlab olingan. Biroq ushbu shakllarni payvand qilib sinovdan o’tkazmasdan turib ishlab chiqarishga tavsiya etib bo’lmaydi.

Bodom - janubiy, subtropik o’simlikdir. U Markaziy Osiyo, O’rta Yer dengizi, markaziy Amerika, bir qator Yevropa mamlakatlarida (Italiya, Fransiya, Qrim, Kavkaz orti) tarqalgan.

Bodom issiqsevar, qurg’oqchilikka o’ta chidamli, kserofit o’simlik bo’lganligi sababli yiliga 500-700 mm dan ziyod yog’in yog’adigan Toshkent, Jizzah Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog’ va tog’oldi qiyaliklarida qadim zamonlardan beri o’sib hosil berib keladi. Bu yerlarda yangidan barpo qilingan bodomzorlardan tashqari tabiiy o’rmonlarda yovvoyi holda ham o’sadi. Bu yerlarda ularning oddiy (mahaliy), Buxoro, Petunnikov,Tikanli, Kalmikov deb atalish.

Bodom navlari mavjuddir juda qimmatli bo’lib, undan halq xo’jaligining ko’p tarmoqlarida foydalaniladi. Danagi qotmagan xom bodomni shakarga qo’shib yoki murabbo tayyorlab istemol qilish foydalidir. Shirin mag’izli bodom 40-70% yeg’, 20-25% oqsil, 6% shakarga ega bo’lib, turli darmondori, organik moddalarga boy bo’ladi va konditer sanoati uchun qimmatbaho xom ashyo xisoblanadi. Kunjarasida 10% gacha moy va ko’p miqdorda oqsil va uglevodlar bo’ladi. Taqir bodom tarkibida yog’, oqsil, shakardan tashqari 2-2,5% amigdalin bo’lib, parfyumeriya sanoatida va medisinada keng qo’llaniladi. Bodomning po’sti gaz yutadigan kumir tayerlashda, vinochilikda vinoga xushbo’y hid, sifat va tam berishda foydalaniladi. Bodom po’chog’ining kulida 40% gacha kaliy hosil bo’ladi va o’g’it sifatida foydalaniladi. Bodom yog’ochi juda qattiq va chiroylidir, shuning uchun duradgorlikda va texnika uchun qimmatli ashyo xisoblanadi.

Bodomning ildiz sistemasi 6 metr chuqurlikgacha boradi, qurg’okchilikka yaxshi chidaydi va tog’-o’rmon meliorasiya ishlarida ham muhim rol uynaydi. U qurg’oqchilikka g’oyat chidamli bo’lib, yer tanlamasdan, suvsiz, toshloq va tog’ning unumsiz janubiy yon bag’irlarida ham yaxshi o’sa oladi.

Bodom 3-4 yoshidan hosilga kiradi, 12-18 yoshidan 35-40 yilgacha yaxshi hosil beradi. Yaxshi parvarishlansa 60-100 yil yashab hosil berishi mumkin. Bodom ko’chati kuzda yoki erta bahorda ekiladi. U yorug’likka talabchan bo’lganligi sababli qalinlikni yoqtirmaydi, tarkibida ohagi bo’lgan soz tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Bir tup daraxtining hosildorligi 3-4 kg dan 10-20 kg gacha yetadi. Ma’lumotlarga qaraganda eng ko’p hosil qilgan yillari 30-40 kg gacha ham bo’lgan.

Bodomning bunday xususiyatlari Respublikamizning tog’ va tog’oldi lalmikor xududlaridagi davlat va nodavlat xo’jaliklarini xar tomonlama qo’llab-kuvvatlash, ishlab chiqarish samaradorligini, iqtisodiy manfaatdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.

Yangi bodomzorlar barpo qilishda ekiladigan navlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Shirin bodom navlarining hilmahilligi g’oyat turlidir. Bodomning eng sifatli, istiqbolli, navlari serhosil, mevasi yirik, po’chog’i yupqa va mag’izining miqdori yuqori bo’ladi.

Bodom po’chog’ining qattiqligiga qarab to’rtta toifaga bo’lish mumkin:

1. G’alvirak bodom. Po’chog’i qog’ozdek yupqa, ikki barmoq bilan yengil chaqiladi.

2. Yumshoq po’choq bodom, po’chog’i yumshoq, g’ovak, ikkala qo’lning barmoqlari yordamida chaqiladi.

3. Standart po’chog’li bodom, bolg’a bilan sal urganda chaqiladi;

4. Qattiq po’chog’li bodom, po’chog’i qattiq, bolg’a bilan kuchli urganda chaqiladi.

Respublikamizda bodomning yuqori sifatli mahaliy va chetdan (AQSh, G’arbiy Yevropa, Qrim, Turkmaniston va boshqa davlatlar) keltirilgan unlab navlari sinovdan o’tkazilgan. Chetdan keltirilgan navlarning bir qismi hosil sifatidan talabga javob bersada, qishqi va bahorgi sovuqlarga deyarlicha chidash bermaydi. Ammo bir qator introdusiyalashtirilgan navlar ichida O’zbekiston tuproq va iqlim sharoitiga mos keladigan navlari ham sinovdan o’tkazilgan. Ekish uchun quyidagi erta hosilga kiradigan, qurg’oqchilik va erta bahorgi sovuqlarga nisbatan chidamli, hosildorligi mu’tadil, mag’zi mazali, bozor talablariga javob beraoladigan bodomning istiqbolli navlari tavsiya qilinadi:

O’rmon himoya daraxtzorlarining ekinzorlar va o’simliklar hayotiga ijobiy ta’sirini birinchilardan bo’lib, 1892 y Dokuchayev o’rganib chiqdi.

O’rmon himoya daraxtzorlarini ob-havo sharofatiga bog’liq bo’lgan holda iqlimning o’zgarishini o’z ishlarida V.A.Bodrov (1936), N.V.Voronsov (1953) lar ko’rsatib o’tishdi.

Ya.A.Smalkonning olib borgan izlanishlaridan ma’lum bo’ldiki o’rmon ximoya daraxtzorlari xududidagi tezligi o’zgargan shamol yo’nalishi bilan ob-havo o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik borligini u ko’rsatib o’tadi. Ya.A.Smalko shuningdek har xil konstruksiyadagi o’rmon himoya daraxtzorlarining kundalang profillarini ham o’rganib chiqdi.

O’rmon himoya daraxtzorlari konstruksiya va uning o’lchami bilan ko’p omillar qiziqishib ilmiy ishlar olib borishdi.

K.P.Gorshenin (1946), A.T.Zimlyasiskiy (1949), A.S.Boyko, A.S.Gorbulenko (1949) va boshqalar o’rmon himoya daraxtzorlarining tuproq hosildorligini oshirishga xizmat etishni o’rganib borishdi. Mahalliy tuproq va geografik sharoitga qarab bizning respublikamizda uch va olti qatorli himoya daraxtzorlari barpo etish tavsiya etiladi.

O’zbekiston respublikasida o’rmon himoya daraxtzorlari barpo etish bilan O’zbekiston o’rmon xo’jaligi ilmiy tekshirish instituti (O’z.O’x.I.T.I) olimlari shug’ullanib kelishadi.

Bular professor: V.M.Savich, professor A.I.Molchanova, qishloq xo’jalik fanlari doktori A.Xonazarov va boshqalar.

Bugunga kelib Respublikamiz viloyatlaridagi minglab gektar maydonlarda himoya daraxtzorlari barpo etilgan.

O’rmon himoya daraxtzorlari bahorda (mart, aprel, may) havo haroratining tez o’zgarib ketishini oldini oladi. (Molchanova A.I). Chunki himoya daraxtzorlari o’zining atrofdagi maydonlarning tuproq qatlamini esadigan issiq shamol xaroratidan ko’p hollarda himoya qiladi. Bu ochiq maydonlarga nisbatan himoya daraxtzorlarip tufayli ekin maydonlari tuproq qatlamidagi bug’lanish ancha kamayadi. Tuproq o’zining holatini ancha vaqtgacha saqlab turadi, ya’ni ochiq maydonga nisbatan havo harorati 3-40 past bo’ladi.

Iyun-Iyul oylarida esadigan issiq havo oqimini o’rmon himoya daraxtlari o’zida ushlab qoladi, natijada himoya daraxtzorlarining ichida havo harorati yuqori bo’ladi.

Yuqoridagi ijobiy tomonlaridan boshqa yana himoya daraxtzorlari sug’orish shaxobchalarida suvning bug’lanishini ancha pasaytiradi. Chunki agar issiq havo oqimi keladigan sug’orish inshootlaridagi suv oqimiga ta’sir etsa, bu tuproq qatlami uchun ham zararlidir.

Yuqoridagi salbiy ta’sirning o’z vaqtida oldi olinsa, paxta ekinlaridan olinadigan hosil 15-20% ga ko’tariladi. Bu tajriba o’z kuzatuvlarida A.Molchanova amalda isbotlab berdi.

A.Molchanov va N.Boykolar o’rmon himoya daraxtzorlaridan 250 metrgacha masofada g’o’za ko’saklarini ko’payishini va undan uzoq bo’lsa kamayib borishini ko’rsatib berishdi.

To’rt qator to’rsimon ixota daraxtzorlardan paxta ekinzorlardagi g’o’za ko’saklari 20% ga ortib boradi.

O’rtacha shamol tezligiga ega bo’lgan maydonlardagi himoya daraxtzorlarining ekinzorlarga beradigan yordamini N.P.Boyko o’rganib, paxta hosili gektariga 1,9-3,9 sentnerga oshishini (17-20%) aniqlagan.

Ihota daraxtlari shamollar esish kuchini pasaytirib, tuproqdan bo`g`lanishni, qor va suv oqimini kamaytiradi, tuproqning suv o’tkazuvchanligini oshiradi.


Kataloq: uploads -> books -> 47879
books -> O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «elektronika va avtomatika» fakulteti
books -> Kurikulumlar
books -> Fərdi komputerlərin proqram təminatının strukturu
47879 -> Министерство юстиции республики узбекистан
47879 -> Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy nazariy va mеtodologik asoslari
47879 -> Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan
47879 -> Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi
47879 -> O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi al -хоrazmiy nоmidagi urganch davlat univеrsitеti pеdagоgika fakultеti kunduzgi bo`lim
47879 -> Tabiatshunoslik va geografiya fakultet I

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə