O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


DETALLARNI O‘ZARO BOG‘LANISH MATRITSASI VA TEXNOLOGIK JARAYON GRAF MODELINI TUZISH



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə5/8
tarix21.06.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#133637
1   2   3   4   5   6   7   8
«tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi» kafedrasi

4.6 DETALLARNI O‘ZARO BOG‘LANISH MATRITSASI VA TEXNOLOGIK JARAYON GRAF MODELINI TUZISH

Buyum tikish texnologik ketma-ketligini tuzishda barcha bo‘linmas operatsiyalarning tartib raqami, ixtisosi, razryadi tarif-kvalifikatsion ma’lumotnomasi asosida tuziladi. Operatsialarni sarf vaqti aniqlashda normativ-texnik xujjatdan foydalaniladi.


Tikuv buyumga ishlov berishda texnologik operatsialarni o‘zaro bog‘lanishini ko‘rsatish maqsadida texnologik jarayon graf-modeli tuziladi. Graf-modelni tuzishda operatsiyalarni ketma-ket va parallel ishlov berilishi ko‘zda tutiladi. Jarayon operatsiyalarini ketma-ket bajarilayotganligi grafda ketma-ket joylashgan ish zanjiri ko‘rinishida, parallel belgilanadigan operatsiyalar esa ikki, uch va x. k, parallel ish zanjiri ko‘rinishida ko‘rsatiladi. Ayrim vaqtlarda operatsiyalarni bajarish tartibi bir xil bo‘lishi mumkin. Grafda bunday operatsiyalarni bog‘lanishi romb shaklida ko‘rsatiladi. «Suzuvchi» deb aytiluvchi operatsiyalarni (ko‘ylak choklarini, cho‘ntak baxya qatorlarini va x. k) yakunlovchi namlab-isitib ishlov berish, ularni tayyorlashdan so‘ng o‘sha zaxoti bajarmasdan, buyumga ishlov berish yakunida bajarilishi mumkin. Jarayon grafida bunday operatsiyalar asosiy jarayonidan tashqarida, ularni bajarish mumkin bo‘lgan vaqt oralig‘ini ko‘rsatib bajariladi. Graf jarayoniga aniq ko‘rinishni berish uchun (oson o‘qiluvchan bo‘lishi uchun) detallardan biri asosiy deb hisoblanadi. Bu detalga boshqa detallarni va furniturani biriktirish ko‘zda tutiladi. Buyumda boshqa detallar bilan konstruktiv-texnologik bog‘lanishi eng ko‘p bo‘lgan detal asosiy deb hisoblanadi. Shu detalni aniqlash uchun detallarni o‘zaro bog‘lanish matritsasi tuziladi (5.1- jadval)

Jadval 5.1. Detallarni o‘zaro bog‘lanish matritsasi.



Detalar kodi.

01

02

03

04

05

O‘zaro bog‘lanish yig‘indisi.

01

x

1

0

1

1

3

02

1

x

0

0

1

2

03

1

0

x

0

1

2

04



















05



















va x. k



















Bu erda, 01 – old bo‘lak;


02 – ort bo‘lak;
03 – eng ustki qismi;
04 – eng ostki qismi;
05 – ustki yoqa;
06 – ostki yoqa;
va x. k.

Graf-modelni tuzishda asosiy detal grafning o‘rtasiga joylashtiriladi, qolganlari esa unga nisbatan chap va o‘ng tomoniga qo‘yiladi. Bajariladigan bo‘linmas operatsiyalar doira shaklida ko‘rsatiladi. Uning ichida:


- bo‘linmas operatsichni tartib raqami - Ni


- operatsiyani bajarish vaqti – ti
- ixtisosi - ci
- razryadi - ri yoziladi.

Rasm. 1 Texnologik jarayon graf-modeli





Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin