O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


KURS ISHINI BAJARISH UCHUN METODIK KO‘RSATMALAR



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/8
tarix21.06.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#133637
1   2   3   4   5   6   7   8
«tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi» kafedrasi

4. KURS ISHINI BAJARISH UCHUN METODIK KO‘RSATMALAR


4.1. KIRISH
Kurs ishini kirish qismida berilgan mavzuiga asoslanib yoritiladi. Kurs ishini mavzuini asoslashda ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish, tikuvchilik kiyimlarini sifatini yaxshilash, o‘sib borayotgan iste’molchilar talabini qondirish va jahon bozori talabiga mos kiyimlarni ishlab chiqish ko‘zda tutiladi.


4.2. MODELNI TANLASH VA ASOSLASH

Topshiriqga binoan va quyidagi talablarni nazarda tutib ishlab chiqarishda hozirgi kunda tikiladigan yoki ishga tushirishga mo‘ljallangan model tanlab olinadi.


Tavsiya etiladigan modellar kuyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • estetik talablarga, ya’ni shu kundagi va kelajakdagi moda yo‘nalishiga mosligi;

  • utilitar talablarga, ya’ni kiyib yurish sharoitiga va maqsadga muvofiqligi hisobga olinadi;

  • texnologik talablarga, ya’ni taraqqiy texnologiya va yuqori unumli asbob-uskunadan foydalanib, ommaviy ishlab chiqarish sharoitida tayyorlash mumkunligi hisobga olinadi;

  • iqtisodiy talablar, ya’ni eng kam mehnat va moddiy harakat talab qiladigan modellarni tayyorlash mumkunligi hisobga olinadi.

Modelni tanlash bo‘limida quyidagilar yoritiladi:



  • tanlangan kiyimning modasini yo‘nalishi;

  • tanlangan modelni eskizi, tashqi ko‘rinish ifodasi, tavsiya etilgan

o‘lchamlari;

  • modelni avra, astar, qo‘shimcha detallar andazalarini ro‘yxatini

tuzish, ularning chizmasini chizish va ulardagi tanda iplarni
yo‘nalishi ko‘rsatiladi, shuningdek qirqmalarini nomi bo‘yicha
ko‘rsatma;

  • tanlangan modelni asosi, ya’ni silueti, asosiy detallar shakli;

  • badiy bezak elementlari bo‘yicha moda yo‘nalishiga mosligi;

  • kiyib yurish sharoitiga va maqsadga muvofiqligi;

  • modelni tikishbobligi va tejamliligi.

Modelni hamma detallari va konstruktiv (tuzilish) chiziqlari yaqqol ko‘rinib turishi uchun eskizida old va ort tomonlarini ko‘rinishi tasvirlanadi.
Modelni tashqi ifodasida buyumni nomi, tavsiya etilgan gazlamalar nomi, kiyim silueti, kesimlar, bezaklar, konstruktiv chiziqlar, detallar to‘g‘risida batavsil ta’rifi, tavsiya etilgan o‘lchamlar ko‘rsatiladi. Detallarni bichiqlarini ro‘yxati 1.1-jadval shaklida beriladi.

Jadval 1.1. Bichiq detallarini ro‘yxati



T.r.

Detallar nomi

Detallar eskizi va tanda ipini yo‘nalishi

Bichiq detallarning qirqimlarini nomi

Bichiq detallarini soni

1

2

3

4

5


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin