O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix26.12.2016
ölçüsü0,98 Mb.
  1   2   3

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI

.G‘.  HMEDOV, G.X. ZIYAMUTDINOVA

NATOMIYA, FIZIOLOGIYA

VA PATOLOGIYA

(Tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma)

Uchinchi nashri

Toshkent

«IQTISOD–MOLIYA»

 2014


Taqrizchilar:

. .  bdumajidov – tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent;

D.B. Bajakova – tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent;

M.F. Ziyayeva – I Respublika tibbiyot kolleji direktori,

   


    oliy 

toifali 


o‘qituvchi. 

    

Ahmedov 

A.G‘.

A 98

  Anatomiya

fi ziologiya va patologiya: tibbiyot kollejlari uchun  

      o‘quv  qo‘llanma / A.G‘. Ahmedov,  G.X. Ziyamutdinova;  O‘zbekis- 

      ton Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; O‘rta max-

      sus kasb-hunar ta’limi markazi. –Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA», 

   

2014. 


–520 

b.

Ushbu o‘quv qo‘lanma tibbiyot kollejlari o‘quvchilari uchun 



mo‘l  jallangan. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’-

lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 

«Anatomiya, fi 

ziologiya va patologiya» fani o‘quv dasturi asosida 

tuzilgan. O‘quv qo‘lanmada odam organizmi a’zolari va tizimlari-

ning mo‘tadil tuzilishi va fao liyati, ularning ba’zi bir patologik ho-

latlarda o‘zgarishi, shuningdek, moddalar almashinuvi va ularning 

buzi lishi haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan.

Lotin atamalari xalqaro anatomik terminlarga mos.

UO‘  616.8-091(075)

B  52.5 722

ISBN 978-9943-13-318-1           

  © «IQTISOD-MOLIYA», 2012

ISBN 978-9943-13-463-8  



 © «IQTISOD-MOLIYA», 2013

ISBN 978-9943-13-515-4 



   © «IQTISOD-MOLIYA», 2014

UO‘  616.8-091(075)

B  52.5 722

   A 

98

3

KIRISH

Anatomiya, fiziologiya va patalogiya tibbiyot xodimlarini na-

zariy va amaliy tomondan tayyorlovchi asosiy fanlardan biri bo‘lib 

hisoblanadi. Odam anatomiya si  – odam organizmining taroqqiyo-

ti, shakli va tuzilishini o‘rganadi. Bun  da, yoshga qarab o‘zgarish, 

jinsiy va shaxsiy o‘zgarishlarni hisob ga olish kerak. Bolalik, ba-

log‘at, hatto, o‘smirlik davr larida ham a’zolar o‘sib, to‘ qima ele-

mentlari ta komillashayotgan bo‘ladi. Kattalarda ham yashash sha-

roiti va tash qi muhit ta’siriga mos ravishda a’zolarda o‘zgarishlar 

sodir bo‘ladi. Odam organizmi bir butun tizim bo‘lib, unung bar-

cha qism lari o‘zaro va tashqi muhit bilan bog‘langan.

Odam organizmining tuzilishini, unung alohida a’zolarining 

qism lari, shakli, ko‘rinishi va ularning o‘zaro munosabatini oddiy 

ko‘z bilan makroskopik anatomiya o‘rganadi.



Mikroskopik anatomiya esa a’zolarning nozik tuzilishini, tarki-

biy ele mentlarini mikroskop yordamida o‘rganadi.

Anatomiya fani rivojlanishining dastlabki davrlarida, o‘likni 

yorgan vaqtda o‘rganilgan odam tanasi a’zolarini faqat tasvirlab 

berilgani uchun tasviriy anatomiya termini paydo bo‘lgan.

Sistematik anatomiya odam organizmini tizimlarga bo‘lib 

(suyak, mushak, ovqat hazm qilish va boshqalar) o‘rgangani uchun 

mo‘ tadil anatomiya deb ham ataladi.

Topografik anatomiya odam gavdasini sohalar bo‘yicha, a’zo-

larning joylashishini, ularning o‘zaro va skelet bilan munosabati-

ni o‘rganadi.

Odam organizmining tug‘ilishgacha bo‘lgan davrdagi (prenatal 

davr) rivojlanishi va o‘sishini embriologiya, tug‘ilgandan keyin  gi 

davr ni (post natal davr) yoshli anatomiya o‘rganadi.

Odam tanasi tuzilishini uning faoliyatiga bog‘lab o‘rganadigan 

hozirgi davr anatomiyasi funksional anatomiya deb ataladi.

Gistologiya organizm to‘qimalarini ularning faoliyatiga bog‘lab, 

moddalar almashinuvi va tarkibiy elementlarini to hujayra ichi tar-

kibigacha o‘zaro munosabatini o‘rganadi.

Fiziologiya bir butun tirik organizmni, uning a’zolarini, hu-

jayra va hujayraning tarkibiy elementlarini hayot faoliyati jara-

yonlarini, shuning dek, faoliyatlarning taroqqiyoti, ularning o‘z-

aro aloqasi va tashqi muhit ning turli sharoitlarida va organizm-

ning turli holatlaridagi faoliyatini o‘rganadi.


4

Fiziologiya umumiy va xususiy qismlarga bo‘linadi. Umumiy 



fiziologiya  barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan asosiy hayot 

jarayonlarini, jonli materiyani atrof-muhit ta’siriga reaksiyalari-

ni umu 

miy qonuniyatlarini o‘rganadi. Umumiy fiziologiyaning 



hujayra lar fiziologiyasini o‘rganadigan qismi – sitofiziologiya deb 

ataladi. Har xil turlar organizmining taroqqiyotini yoki bir tur-

ning shaxsiy rivojla nish jarayoni xususiyatlarini o‘rganuvchi fan – 

qiyosiy fiziolo giya ajrati ladi. Qiyosiy (evolyu tsion) fiziologiyaning 

vazifasi ayrim tur lar shaxsiy fao liyatlari taroqqiyoti qonuniyatla-

rini o‘rganishdir.

Umumiy va qiyosiy fiziologiya bilan bir qatorda fiziologiya-

ning ayrim qismlari: mehnat, ovqatlanish, jismoniy mashqlar va 

sport, yosh li fiziologiya bo‘limlari ham mavjud. Fiziologiya tib-

biyotning barcha mutaxassisliklari bilan yaqin bog‘langan bo‘lib, 

uning yutuq lari o‘z navbatida fiziologik izlanishlar uchun material 

yetkazib beruv chi tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladi.

Fiziologiya eksperimental fan. Fiziologik laboratoriyalarda fi-

zik, kim yoviy va texnik usullarning qo‘lanilishi organizmda bo‘lib 

o‘tayot gan murakkab jarayonlar haqida ma’lumotlar olishga imkon 

beradi. Fiziologik tajribalarning usullari turlicha. Ularga ta’sir-

lash, ekstrepatsiya, trans 

plantatsiya, biotoklarni ro‘yxatga olish, 

denervatsiya va fistula usullari kiradi.



Patologiya grekcha «pathos» – «kasallik», «logos» – «ilm» so‘zlari-

dan olingan bo‘lib, kasallikning asosini va kelib chiqishini o‘rganuv-

chi fan. Umumiy va xususiy patologiya tafovut qilinadi. 

Umumiy patologiya kasallik va patologik jarayonlarni rivojla-

nish qonuniyatlarini: ularning sababi (etiologiya), mexaniz mi (pa-

to genez), kechishi va oqibatini o‘rganadi. Umumiy patologiya-

ni o‘rganish turli kasallikni rivojlanish qonuniyatlarini, ularning 

irsiyat ga va immunitetning holatiga bog‘liqligini tushunishga asos 

soladi. 

Xususiy patologiya kasalliklar tasnifini, ayrim kasalliklarni 

rivoj lanish qonuniyatlari, ularning asorati va oqibatini o‘rganadi.

Patologiya patologik fiziologiya va patologik anatomiyaga 

bo‘li nadi. Patologik fiziologiya, fiziologik usullardan foydalan-

gan holda kasal organizmdagi funksional o‘zgarishlarni o‘rgana-

di, patologik jarayonlarning kelib chiqish, paydo bo‘lish, kechish 

va oqibatlarining umumiy qonuniyatlarini belgilaydi.



Patologik fiziologiyaning usullari.  Butun organizmning, shu-

5

ning dek, uning ayrim tizimlari va a’zolari faoliyatining kasallik 

holatida buzilishini kasal odamda o‘rganiladi. Klinik kuzatishlar, 

a’zolar va tizimlar faoliyatini turli kasalliklar vaqtida tekshirish 

har qaysi ka sallikka xos bo‘lgan funksional buzilishlarni belgilab 

beradi.


Patologik anatomiya kasallik vaqtida va sog‘aygandan so‘ng or-

ga nizmda vujudga keluvchi to‘qima va a’zolar tuzilishining o‘zga-

rishlarini, shuningdek, kasallikning rivojlanish qonuniyatlarini 

o‘rganadi.

Patologik fiziologiya va patologik anatomiyada yoshga aloqa dor 

patologiya katta ahamiyatga ega, chunki u bir xil kasallikning ni-

ma uchun bolalarda, kattalarda va qariyalarda turlicha kechishi ni 

aniq lashga yordam beradi. Patologiyaning bu qismiga so‘nggi bir-

necha o‘n yillar mobaynida ko‘p e’tibor berilmoqda. Qariyalar pa-

tologiyasi – gerontologiya maxsus fan sifatida ajratilgan.



ANATOMIYANI O‘RGANISH USULLARI

Odam anatomiyasi, asosan murdada o‘rganiladi, lekin bu bo-

rada shifokorlik (vrachlik) ixtisosini egallaydigan kishi tirik odam 

bilan ham munosabatda bo‘lishini e’tibordan chetda qoldirmasli-

gi lozim. Shuning uchun odam organizmi va a’zolarining tuzilishi, 

topografiyasi, asosan murdada hamda turli usullar bilan va mavjud 

texnikadan foydalangan holda tirik odamlarda ham o‘rganiladi. Bu 

usullar quyidagilar:

1. Kesib preparatlar tayyorlash usuli. Bunda skalpel (pichoq-

cha) va pinset bilan murda a’zolarini kesish orqali preparatlar tay-

yor lanadi.

2. Inyeksiya usuli – ichi kavak a’zolar va qon tomirlariga turli xil 

rang li moddalar yuborib to‘ldirib o‘rganish usuli.

3. Palpatsiya – tirik odamda a’zo va to‘qimalarni paypaslab 

ko‘rib o‘rganish usuli.

4. Perkussiya – a’zo va to‘qimalarni barmoq yoki bolg‘acha bi-

lan urib ko‘rib aniqlash. Bu ikki usul poliklinika va kasalxonalarda 

keng qo‘llanilib, undan a’zolarning chegaralarini aniqlashda foy-

dalaniladi.

5. Auskultatsiya usuli – maxsus eshitish asboblari yordamida 

a’zolar (yurak, o‘pka)ning ishlab turgandagi tovushi eshitib ko‘ri-

ladi. Bu usul a’zo larning normal yoki kasallik holatini aniqlashga 

yaxshi yordam beradi.


6

6. Antropometriya usuli – bunda gavdaning uzunligi, kengligi 

va og‘irligi o‘lchanib, olingan ma’lumotlar organizmning ayrim bo‘-

laklariga taqqoslanib, ularning oshishi yoki o‘zgarganligi kuzatib bo-

riladi.

7. Rentgenoskopiya va rentgenografiya usullari – bunda rent-



gen nuri yordamida a’zo va to‘qimalarning holati ko‘riladi yoki tas-

virga olib o‘rganiladi.

8. Korroziya yoki yemirish usuli – a’zolar tez qotadigan mod-

da lar bilan to‘ldirilib, to‘qimasi kuchli kislota ta’sirida yemi riladi 

va a’zolarning shakli o‘rganiladi.

Anatomiya, fiziologiya va patologiyaning qisqacha

rivojlanish tarixi

Anatomiya fani boshqa fanlar qatori juda uzoq rivojlanish 

yo‘lini bosib o‘tdi. Odam tanasining tuzilishi haqidagi birinchi aniq 

ma’lumotlar ulug‘ grek olimi, tibbiyot ilmining otasi Buqrot (Gip-

pokrat) (eramizdan oldingi 460–377-yillar) asarlarida uchraydi. U 

organizmning asosini to‘rt xil suyuqlik: qon, shilliq, o‘t va qora o‘t 

hosil qiladi degan ta’limotni yarat gan. Bu suyuqliklar miqdorining 

o‘zgarishi turli kasalliklarni keltirib chiqaradi deydi. Uning yozib 

qoldirgan 72 ta asaridan 2000 yil mobaynida tibbiyotda foydala-

nilgan. Shu bilan birga, u nervlarni paylardan ajrata olmagan, arte-

riyalarda havo oqadi degan noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan.

Arastu (Aristotel) (eramizdan oldingi 384–322-yillarda yasha-

gan). U Gippokratning qon tomirlar bosh miyadan boshlanib ta-

naga tarqaladi, degan noto‘g‘ri fikrini rad etib, qon tomirlar 

yurak dan boshlanishini isbotlagan, shuningdek, paylarni nervlar-

dan, suyakni tog‘aydan ajratgan va aortani birinchi marta aniqla-

gan. Ammo Aristotel nervlarning ichi bo‘shliq dan iborat bo‘lib, 

bosh miyada hosil bo‘ladigan ruh shu nervlar orqali organizmga 

tarqaladi, degan noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan.

Gerofil (eramizdan 304 yil oldin tug‘ilgan). Ptolomey II ning 

saroy tabibi bo‘lgan. Bemorlarni nima sababdan o‘lganligini bi-

lish uchun murdalarni kesib o‘rgangan. Shu usulda Gerofil bosh 

miya va uning pardalarini, vena bo‘shliqlarini, bosh miya nervla-

rini va ularni bosh miyadan chiqishini o‘rgangan. O‘n ikki bar-

moq ichakka birinchi bo‘lib nom bergan, shuningdek, arteriyalar-


7

ni venalardan ajrat gan. Ko‘z olmasi pardalarini va shishasimon ta-

nani, ingichka ichak limfa tomirlarini o‘rgangan. O‘zidan oldingi 

va o‘zi to‘plagan ma’lumotlar asosida «Anatomiya haqida» kitob-

ni yozgan.

Erazistrat (eramizdan 300–250-yillar oldin yashagan). Tomi-

rlar tizimi: yurak qopqoqlari, aorta, kavak venalar, yirik arteriya 

va venalarni o‘rganib, qon tomir anastomozlari haqidagi ilmga 

asos solgan. Erazistrat harakatlantiruvchi va sezuvchi nervlarni aj-

ratgan, shuningdek, mushaklar qisqarishini o‘rganib, harakat na-

zariyasini yarat gan.

Klavdiy Galen  (130–201) anatomiya, fiziologiya va boshqa 

ko‘p gina fanlarni mukammal o‘rgangan olim. U o‘n ikki juft bosh 

miya nerv laridan 7 tasining tuzilishini, mushaklardagi biriktiruv-

chi to‘qima va nerv larni, ba’zi bir a’zolar qon tomirlarini, suyak 

va boylam larni, bosh va orqa miyani o‘rgangan. Galen hayvon-

lar yuragini va qon tomirlarini o‘rganib, arteriyalarda havo emas, 

balki qon oqishini birinchi bo‘lib ko‘rsat gan. Galen davrida mur-

dani yorish mumkin bo‘lmagani uchun, u anatomiyani hayvon-

larda o‘rgangan. Shuning uchun uning ba’zi ma’lumotlari xato-

lardan holi emas.

O‘rta asrlar (V–XI)da O‘rta Osiyodan ham bir qancha mash-

hur olim lar yetishib chiqdi. Ana shundaylardan biri har taraflama 

yetuk olim Abu Ali ibn Sinodir (980–1037). Yevropada Avitsen-

na nomi bilan mashhur bo‘lgan bu olim falsafa, matematika, as-

tronomiya, kimyo, adabiyot, musiqashunoslik va tibbiyot bilimi-

dan xabardor bo‘lgan. U Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qish-

log‘ida tug‘ilgan. Dastlabki bilimni Buxoroda olgan va 17 yoshi-

danoq ko‘p fanlarni mukammal egallagan. Abu Ali ibn Sino Xo-

razm va Eronda saroy tabibi bo‘lib xizmat qilgan. Tibbiyot soha-

sidagi buyuk xizmatlari, kashfiyotlari uni butun dunyoga mash-

hur qilgan. Ibn Sino 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, 

lekin uning 242 tasi bizgacha yetib kelgan. Shulardan 43 tasi ta-

bobatga oiddir. Ibn Sinoning tabobatga oid eng yirik shoh asari 

«Tib qonunlari» 1012–1023-yillarda yozilgan. U o‘zining buyuk 

va o‘lmas asarida tibbiyot sohasidagi barcha ma’lumotlarni to‘p-

lab qolmasdan, o‘z kuzatishlari, tekshirishlari va tu shunchalari bi-

lan asarni boyitgan. Kitob besh jilddan iborat bo‘lib, birinchi jildi 

anato miya va fiziologiyaga bag‘ishlangan. Kitob turli tillarda 40 

marta qayta nashr etildi va dunyodagi barcha mamlakatlarda 600 



8

yildan ziyod roq vaqt ichida tibbiyot bilim yurtlarida asosiy o‘quv 

qo‘llanma bo‘lib xizmat qilib keldi.

Ibn Sino birinchi bo‘lib odam organizmini o‘rganishda uning 

konstitutsiyasi ga alohida e’tibor berdi. «Tib qonunlari»da ich-

ki kasalliklar, xururgiya, farmakologiya, gigiyena va tibbiyot-

ning barcha sohalari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Bu shoh 

asarni rus tiliga birinchi bo‘lib anatomiya tarixchisi akademik 

V.N.Ternovskiy taj rima qilgan. «Tib qonunlari» birinchi marta 

o‘zbek tilida 1954–56-yillarda Toshkentda chop etilgan.

Leonardo da Vinchi  (1452–1519) Uyg‘onish davrining buyuk 

ar bobi, italiyalik olim, musavvir, matematik, muhandis va fayla-

suf. Odam portretini to‘g‘ri va aniq chizish maqsadida 30 dan or-

tiq murdani yorib o‘rgandi va a’zolar rasmini chizib chiqdi. O‘zi-

ning rasm larida u odamning turli a’zolarini (dumg‘aza, umurtqa 

pog‘onasi egriliklari, ko‘p mu shaklar, ichki a’zolar, yurak qopqoq-

lari, bosh va orqa miya, miya qorinchalari, ko‘z va boshqalarni) 

tuzilishini aniq ko‘rsatib bergan. U dunyoda birinchi bo‘lib, mus-

haklarning ishlash dinamikasini o‘rgandi. Shu bilan plastik anato-

miyaga asos soldi.

Andrey Vezaliy (1514–1564) ilmiy anatomiyaning asoschisi hi-

soblanadi. U murdalarni yorib, kuzatishlari asosida «Odam tana-

sining tuzilishi haqida yetti kitob»ini yozadi. A.Vezaliy Galenning 

xatolarini ko‘rsatib bergan. Uning shogirdlari XVI–XVII asrlar da-

vomida odam a’zolarining tuzilishini to‘g‘ri yoritib berdilar.

Ingliz vrachi, anatomi va fiziologi Uilyam Garvey (1578–1657) 

hayvonlarda tajriba o‘tkazib qon aylanishini o‘rgangan. Garvey o‘z 

izlanishlari natijalarini to‘plab 1628-yilda e’lon qilgan «Hayvon-

larda yurak va qon harakatlari haqida anatomik izlanishlar» nomli 

ilmiy asarida katta va kichik qon aylanish doirasini tarixda ilk bor 

isbotlab bergan. Garvey qon arteriyadan venalarga ko‘zga ko‘rin-

mas mayda tomirlar orqali o‘tadi, deb taxmin qilgan bo‘lsa, Mar-

chelo Malpigi  (1628–1694) 1661-yilda arteriya bilan venalarni 

bir-biriga qo‘shib turadigan kapillyarlar borligini mikroskop os-

tida ko‘rib isbotladi. Ammo M.Malpigi qon arteriya kapillyarla-

ridan dastlab oraliq bo‘shliqqa, undan keyin vena kapillyarlariga 

o‘tadi, deb o‘ylaydi. Uning bu fikrini A.M.Shumlyanskiy (1748–

1795) buyrakni o‘rganish jarayonida inkor etib, arteriya va vena 

kapillyarlari bevosita bog‘langanligi va qon tomirlar tizimi yopiqli-

gini ko‘rsatgan.



9

Rossiya anatomiya maktabining asoschisi P.A.Zagorskiy 

(1764–1846) Sankt-Peterburg tibbiy-xirurgiya akademiyasi ana-

tomiya kafedrasiga rah barlik qilgan. Uning 1802-yilda rus tilida 

yozgan birinchi anato miya darsligi «Vrachlik ilmini o‘qiyotganlar-

ga odam gav dasining tuzilishini o‘rganish uchun qo‘llanma yoki 

qisqacha ana  tomiya» besh marta nashr etilgan.

Teodor Shvann (1810–1882) organizm tuzilishining hujayra na-

zariyasini yaratdi. 

D.J.Zernov (1843–1917) Moskva universiteti professori, ana-

tom. Miya ning pushtalari va egatlarini o‘rganib, qulay klassifi-

katsiya yaratdi. U dunyodagi turli millat vakillarining bosh miyasi 

tuzilishida farq yo‘qligini isbot etdi, shu xususda hukm surib kel-

gan idealistik ta’limotni rad etdi. Uning «Odam tasviriy anato-

miyasidan qo‘llanma» asari 14 marta nashr etilgan.

V.P.Vorobyov  (1876–1937) Xarkov tibbiyot instituti profes 

-

sori. Periferik nerv tizimini makro-mikroskopik o‘rganishga asos 



sol  gan. 5 jildlik «Anatomiya atlasi«ni tuzgan.

V.N.Tonkov (1872–1954) «Odam anatomiyasi» darsligi muallifi.

G.F.Ivanov (1893–1955) anatomiyadan 2 jildli qo‘lanma mu al lifi.

Zohidov Hakim Zohidovich (1912–1978) anatom olim va mo-

hir pedagog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot 

fan lari doktori, professor. O‘rta Osiyo Meditsina Pediatriya ins-

tituti odam anato miyasi kafedrasining birinchi mudiri (1972–1978-

yillar). O‘zbek tilida yozilgan «Odam anatomiyasi» (1964) darsli-

gi va «Ruscha-o‘zbekcha-lotincha anatomiya lug‘at»i mualliflari-

dan biri.

Xudoyberdiyev Rahim Egamberdiyevich  (1922–2003) – ana-

tom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fan-

lari doktori, professor. Toshkent Davlat birinchi tibbiyot insti-

tuti odam anatomiyasi kafedrasi mudiri (1960–1992). «Odam ana-

tomiyasi» (1964) dars ligi muallif laridan biri. Darslik 3 marotaba 

qayta nashr etilgan.

Ahmedov Nosir Komilovich  (1922–2004) O‘zbekistonda xiz-

mat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Respublika muko-

fotining nishondori. Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot instituti 

odam anatomiyasi kafedrasi mudiri (1990–1998). 2 jildlik «Odam 

anatomiyasi» atlasi va ko‘pgina darsliklar muallifi.

XIX asrda fiziologiya alohida fan bo‘ldi. Fiziologiyani rivoj-

lanishida rus fiziologlari I.M.Sechenov (1829–1905), I.P.Pavlov 


10

(1849–1931), V.M.Bexterev (1857–1927) va boshqalarning hissasi 

kat ta. I.M.Seche novning 1862-yilda chop etilgan MNTda tormoz-

la nish jarayonini ochgan «Bosh miya reflekslari» asari katta aha-

miyatga ega. 

I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati, qon aylanish va ovqat ha-

zm qilish fiziologiyasi haqidagi ta’limotlari fiziologiya sohasida 

katta yutuq hisob lanadi. Possiyada patologik anatomiya asoschisi 

bo‘lib A.I.Polunin (1820–1888) hisoblansa, kliniko-anatomik yo‘-

nalish asoschilari A.B.Ab ri kosov (1875–1955) va I.V.Davidovskiy-

lar (1887–1968) hisoblanadi. 

Bular bilan bir qatorda fiziologiya va patologiya fanlarini rivoj-

la nishiga bir qator o‘zbek olimlari: A.I.Magrupov, K.A.Zuparov, 

N.X.Ab dullayev, M.S.Abdullaxodjayeva, U.Z.Qodirov, V.A.Alimov 

va boshqalar ma’lum hissa qo‘shganlar.

Sathlar haqida tushuncha va anatomik nomlanish

Anatomiyada a’zolar va ularning qismlarining bo‘shliqdagi ho-

latini aniq lashda o‘zaro perpendikulyar joylashgan sagittal, frontal 

va gorizontal sathlardan foydalaniladi.

Sagittal sath (grekcha «sagitta» – «o‘q-yoy») deb gavdani ol-

dindan orqaga qarab teshib o‘tayotgan o‘q-yoy yo‘nalishida kes-

ganda hosil bo‘lgan yuzaga aytiladi. U gavdani o‘ng va chap bo‘lak-

ka ajratadi.

Frontal sath (grekcha «frons» – peshona) 

esa gavdani peshonaga parallel qilib kesgan-

da hosil bo‘ladigan yuza. U gavdani oldingi 

va orqa qismlarga ajratadi.

Gorizontal sath gavdani sagittal va fron-

tal sathlarga to‘g‘ri burchak ostida kesganda 

hosil bo‘lgan yuza. U gavdani yuqori va past-

ki qismlarga aj ratadi. Bu uchta sathni odam 

gavdasini xohlagan nuqtasidan o‘tkazish mu-

mkin va ularning soni ixtiyoriy bo‘ladi. Sath-

larga mos ravish da vertikal (yuqoridan past-

1-rasm. Sathlar va o‘qlar.

1–vertikal (bo‘ylama) o‘q; 2–frontal sath;

3–gorizontal sath; 4–ko‘ndalang o‘q; 5–sagittal 

o‘q; 6–sagittal sath.



11

ga), frontal – ko‘ndalang (o‘ngdan chapga), sagittal (oldindan or-

qaga) o‘qlar ajratiladi. Bu o‘qlardan bo‘g‘imlar harakatini aniq-

lashda foydalaniladi.

Gavda qismlari va a’zolarning joylashi shini aniqlashda butun 

dunyoda qo‘llaniladigan lotin anatomik terminlari qabul qilingan. 

Hozirgi vaqt da qo‘llanilayotgan o‘zbek tilidagi Xalqaro anatomik 

terminologiya 2004-yil 7–8-oktabrda Samarqand shahrida bo‘lib 

o‘tgan O‘zbekiston Morfologlarining III syezdida tasdiqlangan.

Tananing va a’zolarning joylashishini o‘rganishda anatomik ter-

minologiya tarkibiga kiruv chi quyidagi nomlardan foydalaniladi:

Medialis – medial, ichki (o‘rtaliqqa yaqin turuvchi);

Lateralis – lateral, yondagi, o‘rtadan chetdagi;

Intermedius – oraliqdagi;

Internus – ichki;

Externus – tashqi;

Profundus – chuqur;

Superficialis – yuzaki;

Proximalis – proksimal, tanaga yaqin;

Distalis – distal, tanadan uzoq;

Anterior – oldingi;

Posterior – orqa, orqadagi;

Superior – yuqorigi;

Inferior – pastki, pastda turuvchi;

Transversus – ko‘ndalang;

Ventralis – oldingi tomonga (qorin tomonga) qaragan;

Dorsalis – orqa; orqa tomon; dorsal;

Dexter – o‘ng;

Sinister – chap; 

Longitudinalis – bo‘ylama;

Cranialis – bosh tomon, cranial tomon;

Caudalis – quyruq (dum) tomon.

Ba’zi a’zolar (yurak, o‘pka, plevra va boshqalar)ning ta-

na yuza sidagi proyeksiyasini aniqlash uchun tana bo‘ylab verti-

kal yo‘nalgan shartli chiziqlar o‘tkaziladi. Bularga to‘sh chizig‘i 

(linea sternalis) to‘sh suyagi chekkasi bo‘ylab o‘tadi; o‘rta o‘mrov 

chizig‘i (linea medioclavicularis);  oldingi qo‘ltiq osti chizig‘i 

(linea axillaris anterior); o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘i (linea axillaris 

media);  orqa qo‘ltiq osti chizig‘i (linea axillaris posterior);  ku-

rak chizig‘i (linea scapularis); umurtqa yon chizig‘i (linea para-

vertebralis) kiradi.


12



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə