B olalar: Yo`q topishmoqning javobi Oy
Tarbiyachi: Senga yana bir topishmoq aytaman
Tunda ko`rib cho`g deysan
Tongda ko`rib yoq deysan (Yulduz)
Qimmat: Axir bu olovku topdimmi
Tarbiyachi: Sen topishmoqning javobini topa olmading bu yulduz edi. Bolajonlar Qimmatxon kun va tunni farqlay olmas ekan. Kunduzi quyosh charaqlab chiqib bepayon olamga yorug`lik tarqatib turadi. Yerdagi butun tirik tabiat, o`simlik va hayvonlar, insonlar quyosh yorug`ligi tufayli mavjuddir. Tunlari esa osmonda son sanoqsiz yulduzlar ko`rinadi. Yulduzlar bizga mitti bo`lib ko`rinsada aslida ularning har biri juda ulkan. Yulduzlar rang barang ayrim yulduzlar oqish yoki ko`kimtir bo`ladi. Bolajonlar Odil Abdurahmonning “Oy allasi” she’rini kim aytib beradi.
Bolalar: Oy ona emish
Bolasi yulduz
Alla aytarmish
Oppog`im qunduz
Ko`zim nurini
Senga tutdimo
Otangday bo`l deb
Yo`ling kutdimo
Otam qayda deb
So`rama bolam
Otang quyoshdan
Bahramand olam
Tarbiyachi: barakalla bolajonlar qani aytinglarchi oy ona bolasiga yulduzga nimalar haqida so`zladi? Quyosh oy yulduzlar kimlarga o`xshatilgan?
Demak bolajonlar inson tirik tabiatning hayotida bu osmon jismlarining ahamiyati muhim ekan. Ayiqvoy. Quyoshbobo, Qimmatxon kelinglar bolalar bilan birga “kun va tun” o`yinini o`ynaymiz. Guruh ikki jamoaga bo`linib 1-quyosh, 2- yulduzlar
Bolajonlar sizlar bilan muassasa atrofiga sayrga chiqamiz. O`yinimizni kunning ikkinchi yarmida davom ettiramiz.