Organik birikmalar sinflanishi



Yüklə 23,2 Kb.
səhifə1/6
tarix08.06.2023
ölçüsü23,2 Kb.
#126844
  1   2   3   4   5   6
Organik birikmalar sinflanishi



ORGANIK BIRIKMALAR SINFLANISHI


Organik birikmalar ularning tarkibiga ko‘ra quyidagi sinflarga bo‘linadilar:

1. Uglevodorodlar. Bular tarkibida faqat uglerod va vodorod atomlari
bo‘lgan
birikmalardir.
2. Tarkibida uglerod va vodorod bilan bir qatorda kislorod atomi ham bor
bo‘lgan birikmalarni kislorod saqlovchi organik birikmalar deyiladi.

3. Tarkibida uglerod va vodorod atomlaridan tashqari azot atomi ham
bor bo‘lgan birikmalarni azot saqlovchi organik birikmalar deyiladi. Azot
saqlovchi organik birikmalar tarkibida kislorod atomi ham bo‘lishi mumkin.

Uglevodorodlar uglerod atomlari orasida bog‘lanishlarni turiga qarab
to‘yingan va to‘yinmagan uglevodorodlarga bo‘linadilar.
To‘yingan uglevodorodlarga alkanlar va sikloalkanlar kiradi.
To‘yinmagan uglevodorodlarga alkenlar, alkadiyenlar, alkinlar va aromatik uglevodorodlar kiradi.



Shu bilan birga uglevodorodlar ochiq zanjirli va yopiq zanjirli bo‘lishi
mumkin.
Ochiq zanjirli uglevodorodlarga alkanlar, alkenlar, alkadiyenlar va
alkinlarkiradi.
Yopiq zanjirli uglevodorodlarga sikloalkanlar va aromatik uglevodorodlar
kiradi. Tarkibida gidroksil guruhi bor bo‘lgan moddalarga spirtlar va fenollar
kiradi. Agar gidroksil guruh alkil radikallari bilan bog‘lansa, spirtlar hosil
bo‘ladi. Agar gidroksil guruh benzol yadorsi bilan bevosita bog‘langan bo‘lsa,fenollar hosil bo‘ladi. Spirtlar va fenollar o‘z navbatida bir atomli va ko‘patomli spirtlarga bo‘linadi. Yog‘lar murakkab efirlar sinfiga kiradi. Yog‘lar uch atomli spirt(glitserin)ni yuqori yog‘ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab efiridir.

Yüklə 23,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin