O‘quv adabiyoti h. K. Shodiyev, S. R. Ahmedov teri va tanosil kasalliklari


Talabalarning o‘z ustida ishlash rejasi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə8/17
tarix12.03.2017
ölçüsü0,92 Mb.
#10948
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17


5. Talabalarning o‘z ustida ishlash rejasi


Ishning komi

Ishning mazmuni

yshming maqsadi



ko‘rib, ular to‘grisida

aniq tasavvurga ega bo‘ladilar;

v) bemorlarning umumiy ahvoli, teri simptomlari tasvirlangan

videosuratlarni o‘rganadilar;

g) kerakli ma’lumotlarni o‘z daftarlariga yozib oladilar;

d) tovushsiz videosuratlarni ko‘rib, bemorga dastlabki tashxis qo‘yishni o‘rganadilar.















v) OITS ga dermatologik tashxio qo‘yishnp o‘zlashtmrish.







































;


7MASHG‘ULOT

1. Mashg‘ulot mavzusi. So‘zak (sabablari, YU1rsh yo‘llari, klinik belgilari, diagnostikasi, davolash, oldini olish).



2. Mavzuning qisqacha mazmuni.

So‘zak siydiktanosil a’zolari kasalligidir. Kasallikning qo‘zg‘atuvchi gonokokklarni Olmoniyalik olim Neysser 1879 yilda kashf etgan. Gonokokklar Gram usulilida manfiy bo‘yaladigan diplokokklardir. Ular loviya shaklida bo‘lib, uzunligi 1,25 mkm, eni 0,75 mkm ni tashkil etadi. Gopokokklar faqat o(dam organizmini zararlaydi, tarkibida oqsil moddasi bo‘lgan sun’iy oziq muhitlarda yaxshi rivojlanadi.

Kasallik katta yoshdagi kishilarga jinsiy aloqa paytida yuqadi. Bolalarga nojinsiy yo‘l bilan: kasallikka chalingan otaonalaridan va uyro‘zgor buyumlari orqali yuqadi.

Gonokokklar silindrsimon epiteliy hujayralari bilan qoplangan shilliq qavatlarda yashaydi va ularni zararlaydi. Shu sababli odatdagi so‘zak n?arayoni suyndagi a’zolarnpng yallitlanishiga olib keladi: siydik chidaruv yo‘lj (uretrit), bachadon bo‘yni (endotservitsit), yo‘ron ichakning pastki qismi (proktit), qiz bolalarda qin (vaginit) va yangi tugilgan chaqaloqlarda ko‘zning konyunktival va muguz savatlari (blennoreya). Boshqa siydiktanosil a’zolarining va ekstragenital organlarning gonokokklardan zararlanishi s5’zakning asorati hisoblanadi.

So‘zakda bemor organizmiga tushgan gonokokklar qon zardobida maxsus qarshi tanachalar (komplement bog‘lab oluvchi, birbiriga yopishib cho‘kmaga tushuvchi va boshqa turdagi antitanalar) hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu antitanalar oksillarning 6—8 turiga mansubdir. Biroq hosil bo‘lgan immun tanachalarning himoya kuchi juda past bo‘ladi. Ular bemorlarni organizmga sayta tushgan gonokokklardan himoya qila olmaydi. Shu sababli so‘zakdan davolangan bemorlarga kasallik sayta yukishi mumkin (reinfeksiya). So‘zak bilan kasallangan bemorlarda kuzatiladigan fagotsitoz asosan ko‘p yadroli neytrofillar tomonidan olib boriladi. Ammo bunday fagotsitoz tugallanmagan hisoblanadi (endotsitobioz). So‘zakning ke|chishi, kasallikning ogir yoki yengil o‘tishi bemor organizmining immunobiologik holatiga bog‘liq. So‘zak sepsisining ko‘pincha organizmi zaiflashib qolganbemorlarda kuzatilishi fikrimizning dalilidir.

Amaliy venerologiyada so‘zakning duyidagi klinik turlarini farqlash qabul qilingan:

1. Yangi so‘zak (kasallpk muddati 2 oydan ko‘pga cho‘zilgan bo‘lmasa);

a) o‘tkir so‘zak — kasallik belgilari o‘ta rivojlangan;

b) o‘rtacha o‘tkir so‘zak — kasallik belgilari rivojlangan;

v) torggad, sezilarsezilmas so‘zak — kasallik belgilari kam yoki ahyonahyonda namoyon bo‘ladi.

2. Surunkali so‘zak (kasallik shakllanganiga 2 oydan ko‘p vaqt o‘tgan). Bunda so‘zak jarayoni chuqurlashadi, o‘chokli tus oladi, so‘zak asoratlari kuzatiladi. Kasallikning klinik belgilari ko‘pincha sust bo‘ladi, ba’zan u qo‘zib turadi. Yillab davom etishi mumkin.

3. Yashirin so‘zak yoki gonokokk tashuvchanlik. So‘zakning bu turida kasallik belgilari kuzatilmaydi. Ammo bemor organizmida, ayniqsa uning siydiktanosil a’zolarida gonokokklar mavjud bo‘lib, ular laboratoriya usullaridagina aniqlanadi. Gonokokklar tashuvchi odamlar ko‘pchilik hollarda o‘zlarini sog‘lom deb hisoblaydilar. Ular kasallik yuqtirish manbai hisoblanadi. Gonokokk tashuvchanlik diagnozi odatda tasodifan qo‘yiladi, ya’ni tekshirilayotgan shaxsda bakterioskopik va bakteriologik usullar yordamida so‘zak kokklari topilgandan so‘ng ularning kasalljk manbai ekanligi isbotlanadi.

Uretritlar. Siydik chiqaruv yo‘lining yalliglanishi uretrit deb ataladi. Uretritlar odatda kasallik yuqqanidan so‘ng 3—5 kun o‘tgach rivojlanadi. Ba’zan 1 kundan va, aksincha, 15 kundan keyin ham kasallik belgilari papdo bo‘lishi mumkin. Dastlab bemorlarni uretraning achishishi yoki qichishshdi bezovta qiladi. So‘ngra uretra og‘zida shillshush yoki nshlliqyiringli suyuqlik paydo bo‘ladi. Siydnk chitsaruv kanalining tashsi chikaruv teshigp shishadp, atrofi qizaradi. Uretradan kelayotgan yiring kanal og‘zida qotib qolib, siyishni qiyinlashtirpshi mumkin.

Kasallik rivojlana borgach jinsiy olat tanasida ogris paydo bo‘ladi. Paypaslab ko‘rilganda uretraning sim arqondek qotganini sezamiz, ogriq kuchayadi. Siydik chiqarish yo‘lidagi yalliglanish jarayoni dastlab uretraning oldingi qismida, keyin orqa qismida rivojlanadi. Mazkur jarayonni topografik jihatdan aniklash maqsadida ikki stakanli sinov usuli qo‘llaniladi. Bemorga navbat bilan birinchi va ikkinchi stakanlarga siyish buyurpladi. Bunda birinchi stakanga quyiladigan siydik okimi uzilmasligi lozim. Oldingi uretritda faqat birinchi stakandagi siydik loykalanadi. Ikkpnchi stakandagi siydik esa tiniq va toza bo‘ladi.

Agar so‘zak jarayoni orqa uretrani ham zararlagan bo‘lsa, ikkala stakandagi siydik ham loyqalanib, unda ipiripir pplar suzib yurgannni yoki quyqashshg cho‘kmaga tushayotganini ko‘ramiz (total uretrit). Diagnostik xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun bemor kamida 200—300 ml miqdorda siyishi lozim. Shuningdek, siydik boshka sabablarga ko‘ra (masalan, siydiktosh kasallngi) ham loyqalanishi mumkinligini hisobga olish zarur. Ayniqsa, buyrak va siydik pufagi kasalliklariga xos bo‘lgan o‘zgarishlar siydik tarkibida turlituman tuzlar, bakteriya va yiringli massalarning (piuriya) to‘planishiga olib keladi. Agar siydik fosforli tuzlar hisobiga loykalangan bo‘lsa, unga xlorid kislotani tomizish siydiknnng tiniqlashishiga sabab bo‘ladi. Uratlar (siydik kislotaning tuzlari) hisobiga loyqalangan siydpk uni qizdprish yo‘li bilan aniqlanadi.

Yuqorida ta’riflangan belgilarning rnvojlatsi! darajasiga qarab, uretritlarning o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir va torpid turlari farqlanadi.

So‘zak diagnostikasida, jumladan uretritlarning so‘zakka alotsadorligini aniqlashda bakterioskopik va bakteriologik usullar hal diluvchi rol o‘yiaydi. Siydik chiqarish yo‘lidan ajralayotgan yiringli suyuqlikdan surtma tayyorlab, uni Gram usulida bo‘yash lozim. Bo‘yagk natijalarnga qarab (gonokokklar grammanfiy bo‘yaladi) so‘zak qo‘zgatuvchilari diplokokklardan farklanadi. Shuningdek’gonokokklarning hujayra ichida joylashganligj (endotsitoparazit), juft uchrashi, loviyasimon shaklp va boshqa belgilari uretritlarning asya tabiatini aniklashda yordam beradi.

Erkaklarda so‘zak uretriti quyidagi asoratlar koldiradi:

1. Parauretrnt — uretra yonidagi yo‘lchalarning yalliglanishi;

2. Balanopostit — zakar boshchasi va jinsiy olag kalpog‘p ichki yuzasining yallig‘lanishi;

3. Kuperit — Kuper bezlarining zararlanishi;

4. Prostatit — prostata bezining yalliglanishi;

5. Epididimit — moyak ortigining kasallanishi;

6. Vezikulit — urug pufakchasining zararlanishi;

7. Sistit — siydik pufagining yalliglanishi;

8. Orxit — moyakning zararlanishi;

9. Piyelonefrit — buyrak va buyrak jominpng yiringli yalliglanishi va boshqa asoratlar.

Prostatit ko‘pchilik hollarda jinsiy ojizlikka olib kelsa, orxit bola ko‘rmaslikka (farzandsizlikka) sabab bo‘ladi.

So‘zakning ekstragenital asoratlari asosan metastaa yo‘li bilan rivojlanadi: so‘zakli sepsis, endokardit, bo‘gimlarning zararlanishi, asab sistemasi va terining zararlanishi. Yangi so‘zakda asoratlar juda kam kuzatiladi, surunkali so‘zakda esa deyarli barcha hollarda u yoki bu turdagi asoratlar paydo bo‘ladi. So‘zak asoratlarini aniqlash nafaqat diagnostik ahamiyatga ega. Ularning tabiatini bilish davolash rejasining to‘gri tuzilishiga imkoniyat yaratib beradi. So‘zak asoratlari ko‘pincha gonokokklarning o‘zidan vujudga keladi. Shubi~ lan bir qatorda qo‘shilib keladigan yuqumli mikroorganizmlar va boshka allergik jarayonlar ham so‘zak asoratlarinnng kisqa muddat ichida shakllanishiga va xilmaxil bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Eng ko‘p uchraydigan so‘zak asoratlaridan (45—50%) prostatitga to‘xtalib o‘tamiz. Prostata bezishshg spetsifik zararlanishi odatda orqa uretraga o‘tgan gonokokklarning bez chiqaruv yo‘llariga tushishi natijasida shakllanadi. Ba’zan gonokokklar limfogen va gematogen yo‘llar bilan ham bezga o‘tishi mumkin. Kasallikning kechishiga qarab, o‘tkir va surunkali prostatitlar farq qilinadi. Jtkir prostatit kam qayd ztiladi. Suruikadn prostatit kasallikning o‘tkir turi sifatsiz davolanganda yoki butunlay davolanmaganda rivojlanadi. Shuningdek, surunkali prostatit birlamchi (o‘tkir formasiz) shakllanishi mumkin. Kasallikningtabiati va bezning yallig‘lanish darajasiga qarab kataral, folljkulyar va parenximatoz prostatitlar tafovut qilinadi.

Kataral prostatitda yalliglanish o‘chogi asosan bez bo‘lmachalarining chikaruv yo‘llari sohasida kuzatiladi. Prostata bezi paypaslab ko‘rilganda patologik o‘zgarishlar deyarli sezilmaydi. Faqatgina bez suyuqligi mikroskopda tekshirilganda katta miqdorda ' leykotsitlar borligi aniqlanadi va letsitin donachalarining kamayganligi ma’lum bo‘ladi.

Follikulyar prostatitda esa bez sohasida bilqillaydigan og‘riqli o‘smalar yoki chegaralangan tugunlarni paypaslab ko‘rish mumkin. Bemorlarning shikoyatlaridan oraliq sohasida ogriq sezish, urug otilish muddatining tezlashganligi, jinsiy olatning sust taranglashishi, jinsiy qoniqish ’sezgisiving pasayganligi diqqatni jalb etadi.

Parenximatoz prostatitda yuqorida sanab o‘tilgan shikoyatlar kuchayadi. Siyganda achishish, qichnshish, uretradan shillikyiringli suyuqlikning ahyonahyonda kelishi bemor kayfiyatini buzadi. Jinsiy ojizlik belgilarining ko‘payishi ularga uyqu bermaydi. Bez suyuqligida ko‘p mvEqdorda leykotsitlar topilishi bilan birga letsitin donachalarining keskin kamayib ketganligi anidlanadi. Prostatitning so‘zakka aloqador ekanligini isbotlash uchun uretral suyuqlikdan tayyorlangan surtmalarda. gonokokklarni topish loeim. Baktyrioskopik usullatr foyda bermagan bemorlarda ekib o‘stirish usuli yordam beradi.
QIZ BOLALAR SO‘ZAGI
Kiz bolalarda so‘zak kasalligi ko‘pincha vulvovaginit va uretrit ko‘rinshnida namoyon bo‘ladi. Bachadon va bachadon ortiqlarining zararlanishi deyarlj kuzatiyamaydi. Gonokokklar qo‘zshtadigan vulvovaginit qizlar jinsiy a’zolarida kuzatiladigan yuqumli kasalliklarning 4% ini tashkil etadi.

Qizlarni so‘zakka nisbatan moyilligi ular organizmining o‘ziga xos anatomik, fiziologik, biokimyoviy va gormonal xususiyatlari bilan tushuntiriladi. Ayniqsa qin suyuqligining ishqoriy muhiti, qin devorining ko‘p qavatli yassi epiteliydan tuzilmaganligi va gonokokklarning antagonisti hisoblangan Dederleyn tayoqchalarining rivojlanmaganligi qin shilliq qavatining yalliyelanishiga sabab bo‘ladi.

So‘zakdan davolanmagan yoki sifatsiz davolangan qizlarda so‘zak jarayoni jinsiy balogatga yetish davrigacha cho‘zilishi mumkin. Jinsiy balogat (pubertat davr)ga yetgan qiz bolalar organizmida kuzatiladigan o‘zgarishlar natijasida organizmning o‘zo‘zidan davolanish holati kuzatiladi. Bunga qin shilliq qavatida kuzatiladigan gistologik o‘zgarishlar, qin suyuqligining fizik va kimyoviy xossalari, boshqa immunologik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi.

So‘zakning inkubatsion davri qiz bolalarda o‘rtacha 5 — 7 kunni tashkil etadi. Kasallik jinsiy a’zolar va orqa chiqaruv teshigi sohalarida kuzatiladigan ogrik, achishish, qichishish kabi belgilar bilan boshlanib, bemor qizning umumiy harorati ko‘tariladi, teztez siyish, siyganda achishish sezgisi bezovta qiladi. Kichik jinsiy lablar terisida, qin dahlizi, qinning devori, siydik chiqarish naychasi va to‘gri ichakning pastki qismlarida yalliglanish belgilari kuzatiladi. Bundan tashqari, katta uyatli lablar va oralnq terisida ham qizarish, shishish kabi belgilar namoyon bo‘ladi. Jinsiy yorivdan ok,qan yiringli suyuqlik jinsiy lablar sohasida surishi natijasida sargimtirjigar rang qatkaloqlar hosil bo‘ladi. Sin dahlizida mayda eroziyalar paydo bo‘lishi mumkin. Ba’zan o‘tkir yalliglanish jarayoni oqibatida qinning devori, uretraning ogzida polipoz o‘simtalarning rivojlanganligini ko‘rish mumkin.

Vulvovaginitga duchor bo‘lgan qizlarning barchasida uretrit belgilari kuzatiladi: uretraning tashqi chikaruv teshigi qizargan, shishgan va kengaygan; siydik yo‘lining pastki devori bosib ko‘rilganda undan yiringli suyutslik ajraladi. Qiz bolalar teztez siydik ajratib turadi, ba’zan siydigini tutib tura olmaydilar. So‘zak 3—7 yoshli sizlarda bartolinit va zndotservitsit kabi asoratlar berishi mumkin. Bunday hollarda bu bezlarning kattalashganligini, chiqaruv yo‘llari sohasida esa qizil nuqtalarni (macula gonorrheica) yatsqol ko‘rish mumkin. Bachadon bo‘yni ^izargan va shishgan. Uning ofzidan (canalis cervicalis) yiring suyuqligi ajralib turadi, atrofida esa maydamayda eroziyalar kuzatiladi. Siz bolalarda so‘zak diagnozini qo‘yish uchun Gram usulida va metilen ko‘ki bilan bo‘yalgan surtmalarda albatta gonokokklarni topish lozim.

So‘zakni davolash maxsus uslubiy qo‘llanma asosida olib boriladi. Mazkur qo‘llanmaga asosan kasallikni davolashda antibiotiklar, sulfatshlamidlar, spetsifik va nospetsifik immunologik dorilar, shuningdek mahalliy davo preparatlari qo‘llaniladi. Antibiotiklardan penitsillin tuzlarn, levomitsetin, tetrasiklinlar, eritromitsin, monomitsin va kanamitsinlar ishlatiladi. Keyingi yillarda so‘zakni davolashda sefalosporinlarning (seporin, sefamizin, kefzol, sefuroksim, sefoleksin) samaradorligi tekshirildi.

Sulfanilamidlardan sulfamonometoksin, sulfadimetoksnn, sulfaton va biseptol480 qo‘llaniladi.

Immunologik davo o‘tkazilayotganda gonovaksina, pirogenal, prodigiozan, autoqon va vitaminlardan keng foydadaniladi.

Yangi o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir asoratsiz so‘zak faqat antnbiotiklar bilan davolanadi. Ko‘pincha penitsillin va uning ta’siri uzaytirilgan hosilalari 1^o‘llaniladi. Benzilpenitsillin 300 000 TB dan har 4 soatda, bitsillinlar 1 200 000 TB dan har 48 soatda yuboriladi, jami 3 mln TB.

. Yangi torpid va surunkali asoragsmz so‘zaklarni davolashda dastlab immun davo, so‘ngra antibiotiklar bilan davo o‘tkazidadi. (penitsillin guruhi davo kursiga 4,2bmln TB).

Yangi va surunkali asorat xoldyargan so‘zaklarni davolayotganda ham dastlab immun davo va so‘ngra antibiotnklar qo‘llaniladi. Ammo so‘zakning bundap murakkablashgan turlarida antibiotiklarni tanlashdan oldin ularga nisbatan gonokokklarnjng sezuvchanligi aniqlanadi. Shu bilan birga asoratning turiga qarab u yoki bu xil mahalliy davo o‘tkaziladi (uretrani yuvish, prostata bezini uqalash, moyak xaltasiga (yoryukda) suspenzoriy kiygizish va hokazo). Sulfanilamidlar asosan surunkali asorat qoldirgan so‘zak bilan kasallangan bemorlarda antibiotiklarga nisbatan chidamlilik hola•ti yoki noxush belgilar kuzatilganda ishlatiladi.

Yashirin so‘zakda navbat bilan immun davo va anti’biotiklar bilan davo o‘tkaziladi. Bunday xollarda bir vaqtnnng o‘zida ikki turdagi antibiotikni qo‘llash mumkin (ularning gonokokklarga nisbatan sezuvchanligini hisobga olgan holda).

Bolalar so‘zagini davolayotganda davo choralari statsionar (kasalxona) sharoitida olib borilishi lozim. Sizlarning yangi asoratsiz so‘zagi penitsilljn (500 000 TB dan har 3 soatda yuboriladi, jami 2 mln TB) bilan davolanadi. Yangi asoratli va surunkali so‘zakda penitsillin miqdori 4 mln TB gacha, eritromitsin 6—8 mln gacha otkaziladi. Birok kerakli natija olish maqsadida antibakterial davoga qadar immun davo (yoshi 4 dan oshgan qizlarda) o‘tkaziladi. Sin va to‘gri ichak 1 — 2—3% protargol yoki kollargol zritmasi bilan yuviladp. Bachadon bo‘shgaga ixtiolning 5—10% glitserinli erptmasi surtiladi.

So‘zakka qarshidavo o‘tkazilgandan 7 — 10 kun o‘tgach, bemorlarda davolanganlik mezoni aniqlanadi. Buni aniklash uchun qo‘shma provokatsiya (kasallikni sun’iy qo‘zg‘atish) usullaridan foydalaniladi. Kasallikni sun’iy ko‘zgatishning quyidagi turlari mavjud:

1) biologik usul — mushak orasiga gonovaksina yuborish, katta yoshdagi kishilarga 0,5 mlrd, bolalarga 200 mln — 300 mln mikrob taiachalari;

2) kimyoviy usul — 1 — 3% kumush nitrat eritmasi mahalliy qo‘llaniladi;

3) alimentar usul — o‘tkir va yuo‘r taomlar iste’mol qilish;

4) mexanik usul — uretraga buj kiritpsh;

5) .fizik usul — turli isituvchi muolajalar o‘tkazish.

Qo‘shma provokatsiya usullari o‘tkazilgaandan so‘ng 24, 48, 72 soat o‘tgach 3 marta surtma tayyorlanjb, bakterioskopik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Shuniigdek, ekib o‘stirish yo‘li ^o‘llaniladi, prostata bezining suyukligi tekshpriladi va uretroskopiya qilinadi.

Agar surtmalarda, oziqln muhitlarda, jinsip bezlar suyukligida va siydik yo‘llarida kasallik belgilari kuzatilmasa, shuningdek gonokokklar topilmasa, tekshirilayotgan bemor sog‘lom, ya’ni butunlay davolangav deb hisoblanadi.
3. Mashgulotshshg maqsadi.

Talabalar gonokokklarning mikrobiologiyasi va immunologik xususiyatlari to‘grisida tushunchaga ega bo‘lishlari, yuqish yo‘llari va klassifikatsiyasi (tasnifi)ni bilishlari, kasallikning klinik belgilarini so‘zlab berishlari, asoratlarini birmabir sanab chiqishlari va davolash prinsiplarini tushunib olishlari lozim. Shupingdek, quyidagilarni o‘zlashtirib olishlari lozim:

a) yalliglanish suyuqligidan surtma tayyorlash;

6) gonokokklarni diplokokklardan farqlash;

v) qizlar so‘zagining diagnostikasi.

4. Uyga vaaifa:

a) gonokokklar qanday a’zolarni ko‘p zararlaydi? Sababini tushuntiring;

b) so‘zak bipai bir necha marta kasalpanish mumkinmi?

v) so‘zak klassifikatsiyasining zamirpda nima yotadi?

g) qpzlar so‘zagining mohiyatiyai tushuntiring;

d) kasallikni sun’iy do‘zg‘atishning qanday usullarini bilasiz? Amaliy ahamiyatini tushuntiring;

ye) kasallikdan tuzalganlik mezoni sanday anitslanadi?

ADABIYOTLAR
YU. K. Skripkin va boshqalar. «Rukovodstvo po detskoy dermatovenerologip» L., 1983.

«Venericheskiye bolezni» (0. Shaposhnikov tahriri ostida). M., 1991. 289—324,

Instruksiya po lecheniyu i profilaktike gonorei M. 1988.

N. M. Ovchinnikov va boshqalar. Laboratorpaya diagnostika zabolevaniy peredayush;ixsya polovsh putem. M. 1987. 30—44betlar.
5. Talabalarning o‘z ustida ishlash rejasi:


Ishning nomi

Ishning mazmunn

Ishning maqsadi

1. Shahar tanosil

kasalliklari dispanseriga borish;





a) so‘zak bilan ogrigan

be(morl’a(rg;a dermatolo

gik status (bo‘lim)

yozpsh;



a) so‘zak bo‘lgan bemorlarga kasallik tarixpni yozishni o‘rganish;

a) so‘zakka duchor

bo‘lgan bemorlar

bilan tanishish;

b) zaxmga uchragan

bymorlar bilan

tanishish;



•1) kuzatilgan biologik

suyuqliklardan surtma

tayyorlash;

v) mikroskop ostyada

gonokokklarni diplokokklardan ajratish;

g) bemorlardan olingan ma’lumotlar asosida dermatologik qismni yozish;

d) mikroskop ostida

rangpar spiroxetalarni

apiqlash;


b) so‘zakning laboratoriya diagnostikasini o‘adashtirish;





v) zaxm bo‘lgan bemorlarga kayeal^ysh tarixpnn yozishni o‘rganpsh;









g) zaxmning laboratoriya diagnostikasini o‘rganish;





v) serologpk laboatoriya bilan talishish.

ye) serologik reaksiyalar texnikasi bilan tanishish.

d)zaxm oyerodiagnostpkaspni o‘zlashtirish.

E s l a t m a: Yettinchp mashrulot tanosil kasalliklarj bo‘yicha o‘tkazilgan oxirgi mavzu bo‘lganligi va pnstitut dermatologik klinikasida venerologik bemorlar bo‘lmaganligi sababli talabalar shahar teritanooil kasalliklari dispanseriga borganlarpda apni vaqtda so‘zak va zaxm bo‘lgan bemorlar bilan xam tanishadplar. Shuningdek, serologik reaksiyalar qo‘yish texnikasi bo‘yicha ma’lum tasavvurga ega bo‘lib qaytadilar.


8MASHG‘ULOT
1. Mashgulotnnng mavzusi. Piodermitlar (terining yiringli kasalliklari).

2. Mavzuning qisqacha mazmuni.

Terining yiringli kasalliklari (piodermitlar). Kattalar va bolalarning teri kasalliklari ichida eng ko‘p tarqalgani piodermitlardir, ular dermatozlarning 25—60%ini tashkil etadi. Ma’lumki, odam terisida deyarli barcha hollarda stafilokokklar mavjud bo‘ladj. Streptokokklar ko‘pchilik kishilarning terisida, aynkqsa teri burmalarida topiladi. Ana shu yiringli kokklar (piokokklar) so‘zgatadigan terining yiringli yalliglanishi piodermitlar deb ataladi.

Piodermitlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillarga bogliq. Tashkn omillarga terining ifloslanishi, har xil ko‘zga ko‘rinmas ta’sirotlar (mayda shikastlar), teriniig ishqalanishi va shilinpshi, terining sovuq olishj yoki haddan tash^ari isib ketishi misol bo‘la oladi. Ayniqsa katta yoshdagi kishilarga xos kasbga aloqador ifloslanishlar: benzin, kerosin, yoglovchi suyuqliklar, ohak, bo‘yoq va loklar piodermiyaga eng ko‘p sabab bo‘ladigan omillardir. Yosh bolalarni xaddan tashdari o‘rabchirmash yoki sovuq oldirish, yuvintirish koidalariga rioya kilmaslik. endi tugilgan chaqaloqlarda esa kindik yarasi, terlash, ter va yor bezlari faoliyatining buzilishi shunday kasalliklarga sabab bo‘ladi.

Piodermiyaning rivojlanishida ma’lum ahamiyat kasb etadigan ichki omillardan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: gipovitaminoelar (A, S), oshqozonichak faoliyatining izdan chiqishi, modda almashinuvining buzilishi, steroid preparatlar va immunodepressantlarni uzos muddat sabul kilish va hokazolar. Yiringli kokklarga nisbatan immunitet sisqa muddatli bo‘ladi va ko‘pincha uning tyskarisi — allergik reaksiyalar ro‘yobga chiqadi.

Piodermitlarning yagona, ko‘pchilik e’tirof etadigan tasnifi yo‘q. Ko‘pincha ularni so‘zg‘atuvchi sabablariga qarab, stafilodermiyalarga (stafilokokklar ;o‘zg‘atadigan turi) va streptodermiyalarga (streptokokklar qo‘zgatadigan turi) bo‘ladilar. Bolalarda streptodermiyalar stafilokokklarga nisbatan ko‘pros uchraydi. Faqat yangi tugilgan chaqaloqlardagina aksariyat hollarda stafilodermiyalar kuzatiladi.

Streptodermiyalar qo‘zgatadigan piodermiyalar terining yuzaki qavatlarini zararlaydi. Ammo, bu yuzaki joylashgan toshma elementlari tez tarsaluvchan bo‘ladi va piringli joylar tez kattalashishga moypl bo‘ladi. Streptodermiyalarning asosiy klipik belgisi seroz yiringli suyuqlik bilan to‘lgan pufakdir. Bunda pufak pardaoi juda yupka va tez yirtiluvchan bo‘ladi, chetlarp osilib turadi. Bunday toshma elementi fliktena deb ataladi. Streptodermiyalarda kuzatiladigan yirpngli pufak va pufakchalar teri sathi bo‘ylab tez tarqalishga moyil bo‘lganligi sababli xalq orasida sachratqp degan nom bilan yuritiladi. Sachratqida pufak va pirnnglar epidermis bag‘rida joylashadi. Ana shu sabablp o‘tkir yallirlanish belgilari kam rivojlangan bo‘ladi. Uning ba’zi turlarida esa (masalan, xushki, ya’ni oddpp temiratki) yallig‘lanish belgilari deyarli ko‘rinmaydp. Streptodermiyalarda toshma elementlari so‘rilib yo‘qolgach, o‘rnida vaktinchalik pigmentli dor koladi.

Stafilodermiyalarda kuzatiladigan yalliglanish o‘choqlari ko‘pincha soch tolalari, ter va yor bezlarining atrofida joylashadi. Yalliglanish yiringli va yirtgaglinekrotik tabiatga ega bo‘lib, chukur o‘zgarishlar bilan kechadi. Asosiy toshma elementi yirnng va* yiringchalardir. Ular yarim aylana shaklida bo‘lib, pufak pardasi kalii, ichi kuyuq va sargimtiryashil ranglp yiripg bilan to‘lgan. Stafilodermiyalarda kuzatiladigan toshma elementlari terida chuqur o‘rnashadi. Ular dermaning pastki katlamlarp yoki teri osti yog qavatpda joylashgan hollarda chandiq yoki chandikli atrofiya kuzatpladi. Ba’zan stafilodermiyalar terining yuzaki savatlarini zararlantirishi bilan cheklanishi mumkin. Bunda teri ortiqlarining zararlanishi kuzatilmaydi. Masalan, endi turilgan cha^aloqlarda kuzatiladigan stafplodermiyalarda kasallik yuzaki pufaklar paydo bo‘lppsh bilan o‘tadi. Ter bezlari va soch tolalari zararladaaydi. Bundan soxta chipqon va vezikulopustulyozlar pstisno. Stafilodermiyalar bemor organizmining umumiy holatiga xam ta’sir etib, umumiy haroratning ko‘tarilishi, ema olmaslik, holsizlik kabi belgilar ham yavdol namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha sepsis bilan asoratlanadi.

Stafilodermiyalar ichida ko‘p tarkalgani sizlorich (follikulit), chipQon (furunkul) va suv chipqon (gidradenit)dir. Shuningdek ho‘ppoz (karbunkul) va yiringli husnbuzar (sikoz) ham uchrab turadi. Yosh bolalarda esa suv chipqon (periporit), yuqumli yara (chakaloq bolalarning epidemik pufak yarasi), soxta chipqon (psevdofurunkulez), bargsimon ko‘chadigan dermatit (eksfoliativ dermatit) kabi turlari ko‘p kuzatiladi.

Sizlog‘ich. Soch tolasi qinining yiringli yallirlapishi follikulit deyiladi. Dastlab terida pushti yoki kizil tuguncha paydo bo‘lib, u tezda yiriyagcha (pustula) ga aylanadi. Odatda yiringchaning o‘rtasida soch tolasi ko‘rinib turadi. Oradan 3—4 kun o‘tgach yiringcha qurib, usti katqaloq bilan qoplanadi, so‘ngra u (crusta) dichishib ko‘chib tushadi va o‘rnida shilinish (erosio) paydo bo‘ladi. Ma’lumki, yo? bezlarining chiqaruv teshigi sochning tolasiga ochiladi. Shu sababli soch tolasishshg yiringli yallng‘lanishi yog bezlari chikaruv yo‘lining xam ^lliYElaiishiga olib keladi. Bu hol osteofollikulit deyiladi.

Chipqon. Soch tolasi va uning atrofidagi biriktiruvchi to‘qimashshg yiringlinekrotik yallig‘lanishi furunkul, ya’ni chipqon deyiladi. Odatda chipqon follikulit yoki osteofollikulitdan boshlanadi. Bu jarayon rivojlanib, atrofdagi to‘kima yiringlaydi, so‘ngra bnriktiruvchi to‘qima elementlarining nobud bo‘lishi natijasida nekrotik chiqindn hosil bo‘ladi. Bunda terida kuzatilgan osteofollikulitning atrofi kizarib gaishadi, kuchli ogriq paydo bo‘ladi. Madda to‘plaiishi natijasida dizargan teri ko‘karadi yoki to‘q qizil rang oladi. So‘ngra hosil bo‘lgan tugunnnng o‘rtasi yumshab bilqillay boshlaydi, nihoyat teshilib yiringli madda ajralib chitsa boshlaydi, shundan so‘ng ogriq kamayadi. Shu yo‘sinda yara hosil bo‘lib, bu jarayon yengpl chandiklapish bilan tugaydi.

Suv chipqon. Apokrin ter bezlarining yirpnglp yallirlanishi gidradenit deyiladi. Dastlab teri ostida kattaligi no‘xatdek keladigan orriqli tugunlar (yoki tugun) paydo bo‘ladi. So‘ngra tugun kattalashpb hajmi yong‘okdek bo‘ladi. Tugun ustidagi teri yallirlanib yupqalashadi, rangi kizil, to‘s qizil, ko‘kimtir qizil va nihoyat yoriladi. Undan nohush hidli yiring ko‘p mjqdorda ajralib chnkadi. Ba’zan suv chipqon yorilmasligi mumkin. Vaktida boshlangan davo natijasida tugun yumshab kichraya boshlaydi va so‘rilib ketadi.. Gidradenit erkak va ayollarda balogat yoshiga yetgandan so‘ng kuzatilib, ko‘pincha qo‘ltiq ostida, orqa chikaruv teshigi atrofida, katta uyatli lablar sohasida uchraydi.

Yuqumli yara. Mazkur yara chaqalok hayotining 3—4 kunlarida, ya’ni tugruqxonada paytidayoq boshlanadi. Kasallik asosan tilla rang stafilokokklar tomonidan qo‘zg‘atilib, ularning yuqumlilik darajasi yuqoridir. Tugruqxonalarning yaxshi isitilmasligi yoki yelvizakka yo‘l qo‘yilishi, shuningdek tibbiy xodimlarning sanitariyagigiyena qoidalarini buzishlari, shaxsiy gigiyenaga rioya qshshasliklari oqibatida kasallik rivojlanadi. Bu dardni «epidemik pufak yarasi» ham deyiladi. Bu kasallikda dastlab yugsqa pardali pufaklar (fliktena deyiladi) paydo bo‘ladi. Pufak bo‘shligida avval seroz suyuqligi, so‘ngra yiring hosil bo‘ladi. Pufak atrofidagi teri qizaradi, ba’zan shishadi. Oradan bir necha kun o‘tgach pufak pardasi yorilib yallig‘lanish suyuqligi chiqib ketadi va o‘rnida nam eroziya (shilinish) k;oladi. Shilinish epiteliy to‘qimasi bilan qoplanib, yara bitib ketadi, jarayon mana shu yo‘sinda tugaydi. Yutsumli yarayaing shirinchadan farqi shuki, «epidemik yara»da pufak pardasining qurishi natijasida qatqalssq hosil bo‘lmaydi. Parda nam davridayoq ko‘chib tushib ketadi. Toshma ko‘pincha terining korin, yelka, qo‘loyoqlar sohasida va teri burmalarida joylashadi. Son jphatidan birikkita, ba’zan butun badanga tarkalib ketadigan ko‘p sonli bo‘lishi mumkin.

Agar yuqumli yaraga duchor bo‘lgan go‘daklarga pnevmoniya ,(zotiljam,), otit kabi kasalliklar qo‘nshlsa, yiringli yalliglanish zo‘rayib bichilishga aylanpshp mumkin. Ba’zan yiringli sepsis shakllanadi. Yuqumli yarani zaxm yarasidan farq qilish lozim. Zaxmda pufaklar qo‘l kafti va oyos kaftida ko‘proq joylashgan bo‘ladi. Pufakning ostidagi madda dattik; bo‘ladi. Shuningdek bemorda turma zaxmning boshqa belgilari ham kuzatpladi. Pufak suyukligidan esa rangpar treponemalar topiladi.

Soxta chipqonlar (psevdofurunkulez). Kasallik go‘dak hayotining birinchi 3—4 oylarida ko‘proq kuzatiladi. Kasallik ekkrin ter bezlarining yiringli yallirlanishi bilan o‘tadi. Bunda yog bezlari va soch tolasi zararlanmaydi, ana shuning uchun ham «soxta chipqon» deyiladi. Toshmalar boshning znsa sohasida, bo‘yin terisi, qo‘loyodlar va dumba sohasida ko‘proq joylashadi. Paydo bo‘ladigan teri yusti tugunlarining kattaligi o‘rmon yong‘ogidek bo‘lib, rangi to‘q qizil, ba’zan ko‘kimtir qizg‘ish tus oladi. So‘ngra tugunlarning o‘rtasp yumshab, teshiladi va undan yiring oka boshlaydi. Asl chipqondan yana bir farqi shuki, ularda nekrotik «o‘zak» kuzatilmaydi. Soxta chipqonni periporitlar (vezikulopustulez)dan ham farqlash lozim. Bu kasallikda ter bezlarining chiqaruv teshigigina yiringli yalliglanadi, shu sababli yengilroq kechadi.

Soxta chipqon jiddiy kasallikdir. Bunda go‘dak bolalarning harorati 38—39"S gacha ko‘tariladi, bemorning ishtahasi yo‘qoladi, oriqlay boshlaydi, dispepsiya kuzatiladi, gipotrofiya shakllanadi. Go‘dakning jigar va talovi kattalashishi mumkin. Qonda anemiya, leykoditoz, ECHT oshadi va soatiga 30—40 mm ga yetadi. Siydikda oqsil, leykotsitlar, eritrotsitlar va silindrlar topiladi. Qisqasi sepsis holati kuzatiladi, shu sababli tez davo choralari o‘tkazishni talab qiladi.

Yosh bolalar suv chipqoni (periporitlar) chakaloq hayotining 3\5kunlarida rivojlanadi. Kasallik belgilari boshni^g sochli qismida, burmalar sohasida, do‘l va oyoqlarda paydo bo‘lib, asosan yiringchalardan iborat bo‘ladp. Zlementlar atrofidagi terida yallig‘lanish belgilari ko‘zga tashlanadi. Yiringlar ko‘p sonli, ular ketmaket paydo bo‘ladi. Yangilari paydo bo‘lishi bilan bir qatorda eskplari qurib qotaveradi. Qatqaloqlar ostida bir vaqtning o‘zida epiteliylanish jarayoni kuzatiladi. Gistologik jihatdan suv chipqonda ekkrin ter bezlarining otzida yallirlanish kuzatilganligi tufayli bu kasallik periporit ham deyiladi. Mazkur dermatoz asoratspz kechganda o‘rta hisobda 3 — 10 kun davom etadi, umumip haroratning uncha yuqori bo‘lmagan ko‘tarplipsh (subfebrilitet) bilan o‘tadi. Ba’zi bolalarda ogir kechishi mumkin. Bunday hollarda ter bezlarinmng atrofini madda boylaydi, bezning barcha ^ismlari zararlanib, yiriyagli o‘choqlar shakllanadi. Jarayon ham chuqur to‘kimalarda, ham teri sathi bo‘ylab tarqalishi mumkin. Stafilokokklar gematogen va limfogen yo‘llar bilan tarqalib, ichki a’zolarni, suyak sistemasini zararlaydi. Natiya^ada septikopiyemiya holati rpvojlanadi. Suv chiggqon pnevmoniya, otit va kamqonlik (normoxrom va ginoxrom) kabi asoratlar qoldiradi. Peryaporitlar yangi tugilgan chaqaloqlarda kuzatiladigan stafilodermiyalarning eng ko‘p uchraydiganidir. Barcha stafilodermiyalarga nisbatan 33% ni tashkil etadi.

Bargsimon ko‘chadigan dermatit pragalik pediatr Ritter fon Rittersgayn tomonidan 1878 yilda tasvirlangani uchun Ritter dermatiti ham deyijadi. Terining zararlangan sohalarida tilla rang stafilokokklar topiladi, bu kokklar 33% hollarda qonda ham aniqlangan. Yuqumli yara bilan Ritter dermatiti o‘rtasida uzviy boglanish bor. Ba’zi olimlar Rittyr kasalligi yuqumli pufaksimon yaraning keyingi bosqichi deb hisoblashadi. Kasallikning dastlabki belgilari pufaklar paydo bo‘lishi bilan boshlanadi, so‘ngra pufaklar yorilib, kattakatta eroziya o‘choqlari paydo bo‘ladya. Ular birbiri bilan qo‘shilib, ma’lum bir sohani egallaydi. Teri kuchsiz mexanik ta’sirotlar natmjasida ko‘chib tusha boshlaydi. Ko‘chjb tushayotgan teri pilakchalari bargni eslatgani uchun u bargsimon ko‘chadpgan dermatit nomini olgan. Tugruqxonalarda yuqumli yara epidempk tus olgan iaytlarda Ritter dermatitiga eig zapf chaqaloqlar chalinib qoladilar. Chakaloqnpng yoshi bilan kasallikniig kechishi o‘rtasida ma’lum boglanish bor: dermatam chaqaloq hayotining 3—5kunlarida boshlansa og‘ir o‘tadi. Hayotining 3haftasida Ritter kasalligiga chalingan chakaloqlarda esa u yengil o‘tadi.

Mazkur dermatozda kuzatiladigan ko‘n sonli eroziya o‘choqlari, terining o‘tkir qizarishp, ko‘chib tushayotgan teri sohalaridagi teri po‘stlari chetlarining qayrilib va osilib turishi, terining ko‘kimtirqizg‘ish rangli bo‘lib «pishib kolgandek» ko‘rinishi xuddi qaynos suvga pishib qolgan chakalskq terisini eslatadi. Bola terisining zararlangan sohalariga bexosdan tegpb ketish ham tershshng bargsimon ko‘chpshiga sabab bo‘ladi (Nikolskiyning musbat belgisi). Buvdas bemorlarda kindik yarasi bitmagan, balki yalliglangan (omfalit deypladi) bo‘ladi.

Bargsimon ko‘chib tushadigan dermatptga chalpngan chaqaloqlarshshg umumiy ahvoli og‘ir, isptmasi 39—40°S gacha chidadi. Ularshshg ko‘pchnligida intoksikatsiya belgilari rivojlanadi, keypnchalik sepsis holati kuzatiladi. Oshqozonichak sistemasining faoliyati izdan chiqadi, tana ogirligi qisqa muddat ichida kamayib boradi. Qondagi o‘zgarishlar: leykotsitoz, leykotsitar formulaning chapga siljishi, gipoxrom kamqonlik, ECHT oshishi, gipoproteinemiya, gipoxolesterinemiya va boshqa belgilar kasal chaqalov; ahvolining ogirlashayotganidan darak beradi. Ba’zi bolalarda piyelonefrit rivojlanishi mumkin. Ritter dermatitida quyidagi asoratlar: shilliq qavatlar kandidozi, pnevmoshsh, teri ostida ynringli o‘choklar paydo bo‘lipsh, otit, yirpngli konyunktivit va boshdalar ko‘p kuzatiladi. Kasallikning ogir va asoratlar bilan kechpshi chakaloqnpng nobud bo‘lishiga olib keladi.

Streptodermpyalarning eng ko‘p uchraydigan va diqqatga sazovor turlari pshrincha (impetigo), ko‘zyara (ektima), xushki (kurus streptodermiya) va saramas (roja) xisoblanadi.

Streptokokkli impetigo (shirincha) terining eng ko‘p tarqalgan yiringli kasalliklari qatoriga kiradp. Bu kasallpkda terida avval yallig‘langan dog (eritema) pando bo‘ladi, sungra yumshoq. pufak (fliktena) rivojlanadi. Pufakshshg atrofi sizarib, hajmi kattalashib •boradi. Pufak ochilib, suyuqligi chiqqach ko‘kimtir sargish katqalok hosil bo‘ladi. Satqalod ko‘chib tushib teri •bitadi, bunda atrofiya &ks chandiq hosil bo‘lmaydi. Toshmalar ko‘pincha ochiq sohalarida (yuz, ko‘l) uchraydi. Ba’.zan pufaklar yuzni butunlay qoplab oladi, yiringliseroz suyuqlik oqib turadi. «Shirincha» nomi ana shundan kelib chnkqan.

Ko‘zyara (vulgar ektima) streptodermiyalarning yara hosil qiladigan turidir. Avval pufak va yiringcha paydo bo‘ladi. Biroq, bu ikki toshma chuqur joylashgan •bo‘ladi. Ko‘zyarada kuzatiladigan pufaklar (fliktena) teri po‘sti ostida joylashgan bo‘lib, yallnrlanish jarayoni butun dermani egallab oladi. Pufaklar va yiringlarni qoplaydigan satqalod ochilgandan so‘ng chuqur yara hosil bo‘ladp. Bu yaraning tubi teri osti yog qavatigacha «tadi, «ko‘zyara» deb atalish sababi ham ana shundan. Yarashshg shakli aylana yoki ovalsimon, chetlari maddalagan, tubidan shilliqliyiring ajralib turadi, ba’zan konaydi. Ko‘zyaraning chipkondan farqi yara chukur joylashgan bo‘lipshga 5qaramasdan deyarli ogrimaydi, ichida o‘zagi yo‘q. Shirinchadan farqi shuki, kasallik sekin rivojlanadi, yaraning tubi yiringdan tozalangach chandnqlanadi. Shirincha esa o‘tkir kechadi, yara va chandiklar hosil bo‘lmaydi. Ko‘zyara zaxm yarasi (zaxm ektimasi)dan ham farq qilinishi zarur. Zaxmda yaralarning cheti qattiq, asosida to‘plangan madda ham qattiq. Kolaversa zaxmga xos boshka belgilar va serologik reakspyalarning javobi uni ko‘zyaradan farqlashda yordam beradi.

Xushki (oddiy temiratki). Streptodermiyaning quruk klinik ko‘rinishidir. Bunda pufak va yiringlar paydo bo‘lmaydi, toshma namlanmaydi. Kasallik maktabgacha va maktab yoshdagi bolalarda ko‘p uchraydi. Bunda yuzning yonoq sohasida, pastki jag terisida yalliglanmaydngan dog‘yaar paydo bo‘ladi. Bunday doglar badanda, ko‘l va oyoqlarda ham kuzatiladi. Dog‘lar aylana va oval shaklida bo‘lib, kattaligi no‘xatdek, bir tiyinlik chaqadek, ba’zan undan ham katta bo‘lishi mumkin. Chetlari chegaralangan, oqimtir, qizgimtir rangli, yoki kul rang. Doglarning barchasi mayda qipiklar bilan qoplangan. Aynpqsa terisi ^oramtir bolalarda oqarib ko‘rinadi. Ko‘pincha bahorda va kuzda paydo bo‘lib, davolanmasa ham yo‘qolib ketadi, biroq yana paydo bo‘ladi. Kipiqlar bilan qoplangan va yalliglanmaydigan bu doglar kepaksimoi temiratkini eslatadi. Ammo Balser sinovining manfiy javobi va zamburug‘larning yo‘qligi kasallikning aniq tabiatini aniklashda yordam beradi. Davolangan xushki pesni eslatadi. Chunki kishn^lardan tozalangan bu oi^ domar bemorlarnn va otaoialarini juda tashvishga soladi. Biroq kasallikning faslga aloqador kechishi, o‘ziga xos joyyaashishi uni pesdan far;lashda yordam beradi.

Terining yiringli kasalliklarpni (strepto va stafilodermiyalarni) davolashda antimikrob dorilar: antibiotiklar, sulfanilamidlar keng ^o‘llaniladi. Antibiotiklardan pennsillin guruhi, tetrasiklin guruhi ko‘pros naf beradi. Ta’sir muddati uzaytirilgan sulfanilamidlardan sulfadimetoksin, sul’fomonometoksinlar yiringli toshmalarning tezroq so‘rilib ketishi uchun yordam beradi. Yudumli yara, soxta chipsoya kabi sepsisga sabab bo‘luvchi piodermitlarni davolashda qon yoki uning zardobini quyish, shuningdek poliglyukin, gemodez kabi suyuqliklarning tomchilab :kuyilishi intoksikatsiyani pasaytiradi. Surunkali davom etib, qaytalanib turadigan piodermitlarda spetsifik immun davo yaxshi natijalar beradi. Ular (stafilokokkli vaksina, anatoksin va antifagin) maxsus k;oida asosida teri ostiga yuboriladi. Piodermitlarning (ayniqsa chipqon, suv chipqon) kechikkan turlarida jarrohlik usullarini v;o‘llash asqotadi.

Terining yiringli kasalliklarshsh mahalliy davolashda terida kuzatiladigan jarayovnnng tabiatiga va piodermitning turiga sarab davolashga turlicha talablar qo‘yilishi lozim. Jumladan, suvlanib, yiringli so‘yuqliklar bilan namlangan holdarida yalliglanish o‘choqlarinj bakteritsid suyuqliklar (rezorsin, rivanol, Alibur suyuqligi, kaliy permanganat) bilan yuvib tozalash zarur. So‘ngra antibiotikli malhamlar surtish mumkin. Pufaklar joylashgan sohalarda esa dastlab pufaklar kesilib, yallig‘lanish suyuqligi chiqariladi. Keyin Kastellani eritmasi yoki metilen ko‘ki eritmasi bilan ishlov beriladi. Hali kesilmagan tugunlar va maddalar ixtiol, naftalan malhamlari yordamida yumshatilib maddaning so‘rilishi uchun imkoniyat yaratiladi. Terining sezuvchanligi oshishi bilan kechadigan piodermitlarda tarkibida antibiotiklar saqlanadigan steroid malhamlarni (gioksizon, lorinden S) k.o‘llash maqsadga muvofiqdir.

Yangi tugilgan chaqalo^larda kuzatiladigan pioderdermiyalarni davolash muhim va mas’uliyatli vazifadir. Shifokorpediatrlar o‘z mehnat faoliyatlarida, ayniqsa Utreptodermiyalar va yetafiaoderyaiyalarnnnt turlptuman asoratlangan xillarini uchratadilar. Iiodermiyalarking bunday ogir formalari davo choralarivp o‘sha zahotiyoq boshlashga undaydi. Endi tugilgan chaqaloqlarda piodermiyalarni (ayniqsa stafilodermiyalarni) davolash kompleks olkb borilishi lozim. Kasallikni K4o‘zgatuvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashish bilan birga chakalo^ organizmining karshilik ko‘rsatish qobiliyatini oshiruvchi preparatlarni buyurish o‘lim xavfining oldkni oladi. Shuningdek funksional o‘zgarishlarga qarshj kurash va modda almashinuvida kuzatiladigan nuksonlarni to‘ldirish kasallik va uning asoratlarini tezda bartaraf etishga yordam beradi. Piodermiyalarga duchor bo‘lgan chaqaloqlarni ona suti bilan botsish (onalarini esa oksil, uglevod, yog, vitaminlar va mikroelementlarga boy ozikovqat maxsulotlari bilan bokish) davolashning asosiy talablaridan biri xisoblanadi.

Bemorlarga antibiotiklar buyurilganda kasallik ko‘zg‘atgan mikroorganizm turlari va aniqlangan shtammlarining ,antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligini ani;lash muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda penitsillin va tetrasiklin guruxlariga nisbatan chidamliligi yukori bo‘lgan stafilokokklar shtammlari ko‘payib bormoqda. Ammo, ogir va asoratyaar bilan kechayotgan piodermiyalarda bakteriologik tekshiruv natijalarini kutmasdan o‘sha zahotiyoq yarim sintetik penitspllinlar guruhini (mytitsillin, oksatsillpn, dikloksatsillin) ko‘llash lozim. Bu tadbir chaqaloq ahvolishg yengillashtirish bilan birga rivojlanayotgan sepsisning oldini oladi. Jumladan, Ritter dermatitida penitsillpplarning yuborilishi «epidermalitik» toksinlar xosil bo‘lshshshi to‘xtatadi. Chaqaloklarga antibiotiklar mushak orasiga, lozim bo‘lsa tomir ichige. yuborilishi lozim.

Umumiy ta’sirga ega bo‘lgan, organizmning sarshilik ko‘rsatish kobiliyatini oshiruvchp dorp vositalaridan gammaglobulin, stafilokokka qarshi gammaglobuliilar ia poliglobulinlar yaxshi naf beradi. Ular davo kursk Ayubaynida 2—3 marta yuborilishi lozim. Stafilokokka qarshi plazma yuborish (xar 1 kg tana ogirligiga 5—8 ml dan 3 — 5 marta 2—3 kunlik tanaffus bilan) Qoyedagi stafilokokklarning kirilishiga olib keladi. Toksikoz xolatiga karshi kurashda 5—20% li glukoza^ gemodez, albumin, plazma, poliglyukin kabi sugokliklygre kutilgan natijalarni beradi. Ma’lumki, aitnbiotshslarni uzoq muddatga qo‘llash, gauningdek ichaklarning stafilokokklardan zararlanishi disbakterioz hodisasini keltirib chiqarishi mumkin. Bu hol soxta chipQon va Ritter dermatitiga duchor bo‘lgan yosh bolalarda ko‘proq kuzatiladi. Bifidumbakterin, laktobakterin kabi fermentli preparatlar esa ana shu disbakteriozni davolagada keng qo‘llaniladi. Laktobakterin 6 oygacha bo‘lgan bolalarda sutkasiga 1 — 2 dozadan, bifidumbakterin esa 3 dozadan beriladi (dorivor moddaning sutkalik miqdori 2 — 3 ga bo‘lib beriladi). Davo kursi 2 haftani tashkil etadi.

Mahalliy davo individual olib borilishi lozim. Periporitlarda yiringli pufaklar toza igna yordamida ochilib, so‘ngra anilin bo‘yoqlari bilan ishlov beriladi. Ayniqsa Kastellani suyukligi, metilen ko‘ki kabi eritmalar keng qo‘llaniladi. O‘choqlar quriy boshlagach, rux oksidning talk aralashmasi (5 —10%) upa ko‘rinishida sepiladi. Soxta chipqon elementlari esa skalpel yordamida muntazam ravishda sirqib olinadi. Ochilgan chipqon o‘choqlariga spirtli dezinfeksiyalovchi eritmalarni surtish epiteliylanish jarayonini tezlashtiradi.

Fizioterapevtik usullardan ultrayuqori chastotali elektr maydoni bilan davolash (5—8 davo seansi) yiringli o‘choqlarning so‘rilishiga sabab bo‘ladi. Kasallik tuzalish arafasida ultrabinafgaa nurlari bilan nurlantirish (15—20 seans) yiringli o‘choqlarshgag asoratsiz bitishiga va chadaloq organizmi umumiy holatining yaxshilanishiga olib keladi.

Yuqumli yara aniqlangan chaqaloqlar boshqa bolalardan ’ajgratilib, alohida xonalarga joylashtirilmyut) lozim. Tugruqxonalarda yuqumli pufaksimon yaraning epidemik tarqalishi mazkur turrukxonaning vaqtinchalik yopib qo‘yilishiga sabab bo‘ladi. 3. Mashg‘ulotning maqsadi.

Piodermitlarning sabablari, ularning rivojlanishida tashqi va ichki omillarning axamiyati, klinik turlarini sanab berish talabalar oldiga qo‘yiladigan birinchi vazifadir. Talabalar chipQonni ho‘ppoz va soxta chipqondan, yiringli husnbuzarni oddiy husnbuzardan, yuqumli yarani ' zaxm yarasidan, shirinchani ko‘zyaradan ajrata olishlari lozim. Shu bilan bir katorda stafilodermiyalar va streptodermiyalarning davolash yo‘llarini aytib bera olishlari kerak. Ular quyydagilarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari lozim:

a) emizikli bolalarda kuzatiladigan piodermiyalarni anyqlash va davolash;

b) piodermitlarning jiddiy asoratlari kuzatilganda zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini bilish; v! piodermitlarning barcha turlarpda mahalliy davo o‘tkazishni o‘rgangan bo‘lishlari; g) bolalar bogchalari va maktablarda yiripgli kasalliklarnpng oldini olpsh choralarini o‘zlashtirgan bo‘lishlari lozim. 4. Uyga vazifa: — chipqonshshg follikulitdan farqini antib bering.

nega gidradenit chaqaloqlarda kuzatilmaydi?

yuqumli yarani zaxm yarasidan ajratib turadigan belgilarni aytib bering.

streptokokklar qo‘zgatadigan eg;tima nega «ko‘zyara» deb ataladi?

piodermitlarning kaysi turlarida jarrohlik davo usullari so‘llaniladi?



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə